Translatsiya davomida avvalo aminokislota (t-RNKmet ) o‘ziga spetsifik transport RNK orqali o‘z saytiga o‘tiradi. Mana shu shaklda tayyor bo‘lgan initsiirlovchi kompleks endi polinukletid zanjirining uzayishidan iborat elongatsiya davriga o‘tadi. Translatsiyaning ayrim bosqichlarida ishtirok etadigan oqsil faktorlari: F1, F2 , F3 va energiya manbai vazifasini bajaradigan GTR bu murakkab mexanoximiyaviy jarayonlarda kuzatiladigan tanib olish, harakat hodisalari bilan bog‘liq konformatsion o‘zgarishlar uchun zarur. Elongatsiya takrorlanadigan qaytalma jarayon bo‘lib, birinchi bosqichda navbatdagi aminoatsil-t-RNK (aa-t-RNK) elongatsiya faktori Tu (YEG- Tu) va GTR bilan bog‘lanadi. Hosil bo‘lgan uch komponentli kompleks t-RNK- Tu-GTR 70S initsiirlovchi kompleksga birikadi. Ayni vaqtda GTR parchalanadi, Tu-GDR ribosomadan chetlanadi. Keyin ribosomaning A uchastkasi bilan yangi aa-t-RNK bog‘lanadi. Elongatsiyaning ikkinchi davrida II uchastkadan N-formilmetionin qoldiq uni tashib yurgan t-RNK dan peptidiltransferaza yordamida ko‘chirilishi tufayli A uchastkadan dipeptidil-t-RNK hosil bo‘ladi. Bu jarayonlarni quyida ko‘rish mumkin. Endi ribosomaning A uchastkasi bilan yangi aa-t-RNK birikadi va sikl takrorlanaveradi. Elongatsiya siklining uchinchi davrida ribosoma RNK bo‘ylab 3-uchiga qarab bir qadam masofaga siljiydi. Bunda dipeptidil t-RNK ham A uchastkadan II uchastkaga ko‘chib ozod bo‘lgan t-RNK sitozolga o‘tadi. Bu davr translokatsiya deyiladi. Bu bosqich uchun translokatsiya fraksiyasi (translokaza deb ham ataladi) va yana bir GTR ning gidrolizi lozim. Translatsiyaning oxirgi davri terminatsiya (tugatish) deb ataladi.Oqsil sintezi polinukleotid zanjirida maxsus terminirlovchi kodonlardan biri – UAA, UAG, UGA tripetlaridan biri tomonidan uziladi.Polipeptid zanjirining S uchiga oxirgi aminokislota birikkandan keyin ham sintezlangan oqsil ribosoma bilan bog‘langan holda qoladi.Polipeptid zanjirining t-RNK ribosomadan ajralishi spetsifik faktor – maxsus ajratish faktori (R) ta’sirida amalga oshadi.
II BOB. ALLEL VA ALTERNATIV BELGILAR