Mundarija kirish I bob. Hindiston iqtisodida turizm sanoatining asosiy roli



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə3/10
tarix25.07.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#137459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Djumayev Abdurraxmon kurs ishi

Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar uning mantiqiy bog’langan tarkibini belgilab beradi. U kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishining 1-bobi “Hindiston iqtisodida turizm sanoatining asosiy roli” deb nomlanadi. Bu bobda xalqaro turizmning rivojlanishi va tasnifi, Hindistonni diqqatga sazovor maskanlarining turizmda tutgan o‘rni haqida so’z yurutamiz. 2-bob esa “Mamlakatdagi turizmining rivojlanish dinamikasi “ deb nomlanadi. Bu bobda Hindiston turizmi va uning mamlakat iqtisodiyotiga ko’rsatgan ta’siri hamda industuriyasi, restoranlari va mehmonxonalari haqida so’z yuritiladi.


I BOB. HINDISTON IQTISODIDA TURIZM SANOATINING ASOSIY ROLI

    1. Hindistonda xalqaro turizmining rivojlanish tarixi

Hindiston turizmi iqtisodiyotining katta tarmogʻi. Butunjahon sayohat va turizm kengashi maʼlumotlariga koʻra, 2011-yilda turizm Hindiston byudjetiga 121 milliard AQSh dollari miqdorida daromad oilb kelgan, bu esa mamlakat yalpi ichki mahsulotining 6,4 foizini tashkil qiladi. Ushbu tarmoqda 39,3 million kishi ishlaydi,shuningdek bu Hindistonning umumiy iqtisodiy faol aholisining 7,9 foizini tashkil qiladi. 1990-2011-yillar oraligʻida Hindiston yalpi ichki mahsulotida turizm ulushi 29 foizga oshdi. Prognozlarga koʻra, yaqin oʻn yillikda Hindiston iqtisodiyotining ushbu sektori har yili oʻrtacha 7,7% ga oʻsishi mumkin 2011-yilda Butunjahon sayohat va turizm kengashi 2011-2021 yillar oraligʻida yillik oʻsish surʼati 8,8% ni tashkil etishini taxmin qilgan.Bu Hindistonga turizm sanoati jadal rivojlanayotgan mamlakatlar orasida beshinchi oʻrinni egallash imkonini berdi. Hindistonda tibbiy turizm ham mavjud va 2015-yilga kelib yillik 30% o'sish bilan u taxminan 9500 krorga yetishi kutilgan edi.
2011-yilda Hindistonga qariyb 6,29 million chet ellik sayyoh tashrif buyurdi,bu 2010-yilga nisbatan 8 foizga koʻp, yaʼni sayyohlar soni 5,78 million kishini tashkil etdi. Shuningdek, Hindistonning barcha Shtatlari va ittifoqdosh hududlariga tashrif buyuradigan ichki sayyohlar soni 747,7 million kishini tashkil qiladi. Chet ellik sayyohlarning aksariyati AQSh 16 % va Buyuk Britaniyadan 12,6% keladi.2011-yilda Maxarashtra,Tamil Nadu va Dehli chet ellik sayyohlar orasida eng mashhur Shtatlarga aylandi. 2011-yilda mahalliy sayyohlar orasida esa Uttar-Pradesh, Andxra-Pradesh va Tamilnadaga kabi shtatlar mashhur boʻldi .2011-yilda toʻrtta shahar yaʼni, Chennai, Dehli, Mumbay va Agra Hindistonning eng koʻp tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlik shaharlariga aylandi. Xalqaro reytingda Chennay chet ellik sayyohlar soni boʼyicha 41 — oʼrinni, Dehli 50 — oʻrinni, Mumbay 57 — oʻrinni, Agra esa 65-oʻrinni egalladi
2011-yilda turizm narx siyosatida raqobatbardoshlik boʻyicha hisobotda Hindiston 139 ta oʻrindan 28-oʻrinni egalladi. Shuningdek, ushbu hisobotda Hindiston juda yaxshi havo transportiga egaligi (39-oʻrin), ayniqsa mamlakatning hozirgi rivojlanishi bilan normal quruqlik transportiga egaligi ham eslatib oʻtiladi (43-oʻrin). Biroq, turizm infratuzilmasining ayrim jihatlari hali ham rivojlanmagan. Mamlakatda aholi jon boshiga mehmonxona xonalari xalqaro standartlarga nisbatan juda kam,shuningdek, bankomatlarning past tarqalishi ham mavjud. Hindiston hukumati 150 ming mehmonxona xonasi yoʻqligi sababli mamlakat byudjeti juda kam mablagʻ olayotganligini aniqladi.
Hindiston Turizm vazirligi turizmni rivojlantirish va targʻib qilish boʻyicha milliy siyosatni ishlab chiqmoqda. Vazirlik oʻz faoliyati davomida turli manfaatdor tomonlar, bundan tashqari, markaziy vazirliklar va idoralar, shtat va ittifoq hududi hukumatlari, xususiy sektor bilan maslahatlashmoqda va hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, qishloq, kruiz, tibbiy va ekologik kabi turizmning yangi turlarini targʻib qilish boʻyicha birgalikda harakatlar olib borilmoqda. Turizm vazirligi shu bilan birga Incredible India kompaniyasini ham qoʻllab-quvvatlaydi.
Hindistonning boy tarixi va madaniyati, shuningdek, geografik xilma-xilligi uning xalqaro turizmini jozibador qiladi. Hindistonda xalqaro turizm, boy meros va madaniy turizmdan tashqari, tibbiy, biznes va sport turizmi bilan ham taqdim etiladi.




    1. Yüklə 1,77 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin