Mundarija. Kirish. I. Bob. Hindistonda XVI-XIX asrlarda ijtimoiy-fayllar.org
1.2.XIX asrning birinchi yarmida Angliyaning Hindistondagi bosqinchilik siyosati. XVII asrdayoq hind shaharlardagi mulkdor va savdogorlarning yevropalik savdogarlar bilan aloqalari kengaydi. Hind mahsulotlarining to’g'ridan-to’g'ri Yevropabozorlariga chiqishi xaridorlarini oshirdi. Yevropa savdogorlari savdodagi moliyaviy zaruriyat tufayli tez-tez hind hamkasblariga murojat qilib turganlar. Masalan: inglizlarning "Ost-Hindiston" (Indiya) kompaniyasi ulardan katta miqdorlardan moliyaviy qarz olib tugan bunga javoban kompaniya ham o'zining Surat, Bombey, Madrasdagi savdo faktoriyalaridan mulkdor hindlar uchun siyosiy panoh bergan. Shu tariqa Hindistondagi «kompradorlar» deb atalgan alohida savdogarlar qatlami shakllangan. Ular hind feodallariga xizmat qilib, chet el kapitali va ajnabiy ma'muriyati bilan ham teng ravishda hamkorlik qilganlar. Hindistondagi Yevropa savdo kompaniyalari orasida eng muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan bu Angliyaning 1600 yilda asos solingan "Ost Hindiston" kompaniyasi edi. Qirolicha Yelizavetaning maxsus yorlig'i bilan mazkur kompaniya Yaxshi Umid burnidan sharqda joylashgan mamlakatlar bilan bo'ladigan savdoga o'z monopoliyasini o'rnatgan edi. XVIII asrga kelib "OstHindiston" savdo kompaniyasi Bombey, Madras va Kalkuttada mustahkam faktoriyalarga asos solgan edi.Hindistondan ushbu kompaniya asos solgan paxta, ipakdan tayyorlangan matolar chiqargan. Hatto katta miqdorda hind gazlamalarining Angliyaga kiritilishi ingliz manufakturachilarining noroziligiga sabab bo'lgan. Kompaniya hind gazlamalarini nafaqat Yevropaga balki, Osiyo va Afrika mamlakatlariga ham chiqargan. Kompaniyaning savdo mollarini Hindistondagi ichki boj va to’lovlardan ozod qilinishi haqidagi farmonning chiqishi ham savdo suratlarini o'sishiga sabab bo'ldi. Biroq bu yevropalik va hind savdogarlarining munosabatlarini murakkablashtirdi bu davrga kelib hind savdo kapitali faqat xaridorlik faoliyati bilan cheklanib qolmasdan tayyor mahsulot yoki xom-ashyo uchun oldindan pul to'lab qo’yish bilan ishlab chiqaruvchini o'ziga iqtisodiy jihatdan qaram qilib qo'ya boshladi. XVII asrning oxiriXVIII asr boshlarida Hindistonda dastlabki manufakturalar paydo bo'ldi, o‘sha vaqtdayoq ingliz va shakllanayolgan hind burjuaziyasi o'rtasida dastlabki ziddiyatlar ham boshlandi, jag'irdor va zamindorlarning ko'pchiligi o'z daromadlarini ko'paytirish maqsadida o'zboshimchalik bilan soliqlar miqdorini oshirdilar, mahsulot bilan olinadigan soliqlarni pul bilan olish tartibini joriy qildilar, jamoa yerlarini tortib oldilar yig'ilgan yer soliqlarini o'zlashtirdilar. Natijada mamlakat aholisining ahvoli og'irlashib xalqning norozilik harakatlari kuchaydi, xazina bo'shab qolganligi bois Hindistonda markaziy hokimiyat zaiflashib qoldi. Feodallar va noiblarning alohida mustaqil davlat tuzish uchun urinishlari avj oldi. Boburiylar davlatida birin-ketin viloyatlar mustaqil davlatlar sifatida ajralib keta boshladi. Bunga Avrangzebning qattiqqo'llik siyosati ham sabab bo'ldi. Garchi uning davrida Bejanur va Gongkonda (1686-1687) qo'shib olingan bo'lsada oshiqcha soliqlar, hundularning davlat ishlaridan uzoqlashtirilishi, ibodatxonalarning mulkini talon-taroj qilinishi islom dinini majburan qabul qildirilish natijasida norozilik kuchaydi va hind rojalari undan tobora yuz o’girdilar. Boburiylarning Dekan noibi 1724-yilda mustaqil Haydarobod knyazligiga asos soldi. 1739-yil Eron shohi Nodirning Dehliga qilgan talonchilik yurushi Boburiylarning davlatini parchalanishini kuchaytirdi. 1740-yilda Bengaliya noibi, 1747-yil Aud noibi o'z mustaqilligini e'lon qildilar 1747-yil Afgon davlatining asoschisi Axmadshoh Durroniy Hindistonga yurush qilib, Panjobni egalladi. XVII asrning 40-yillarida Hindistonda inglizlarning fransuzlarga qarshi kurashi oqibatida hind yerlarining inglizlar tomonidan bosib olinishi boshlandi. Angliyadan oldin bu yerga Portugaliya, Daniya, Gollandiya kabi davlatlar bostirib kelgan edilar, ammo inglizlar ularni siqib chiqarib yubordi, ularning asosiy raqibi, Fransiya bilan kurash boshladilar va ularni tor-mor etdilar. Fransuz "OstHindiston" kompaniyasiga tegishli bo'lgan Panjsher shahri gubernatori Dyupleks hindlarni harbiy xizmatga yollab ulardan sipohiylar qo’shinini tuzdi. Avstriya merosi uchun bo'lgan urush davomida fransuzlarning Hindistondan siqib chiqarishga uringan ingliz qo'shinlariga qarshi janglarda sinohiylar qo'shinidan fransuzlar Hindistonda o'zlarining siyosiy hukmronligini ta'minlashda va Dekanda hududiy bosqinchilik rejalarini amalga oshirishda foydalandilar. Bengaliya uchun bo'lgan anglo-fransuz kurashi 1757-yiIda Bengaliya navabi (knyazlik) taxtiga inglizlar vakili Mir Jafarning o’tirishi bilan Angliya foydasiga hal bo'ldi.Etti yillik urush (1756-1763) yakunlangan Parij sulhiga ko’ra fransuz "Ost-Hindiston" kompaniyasining Hindiston bilan savdo huquqi saqlab qolingan. Panjsher va boshqa bir qator shaharlar uning ixtiyorida qoldirilib, Fransiyaning Hindistonda harbiy qo’shin saqlashi ta'qiqlandi. Shunday qilib etti yillik urush ingliz "OstHindiston" kompaniyasni nafaqat savdo, balki harbiy va ma'muriy uyushmaga aylantirdi-ki, aynan shu davrda Sharqda Britaniya imperiyasiga asos solindi. 1756- yil Boburiylar davlati va Aud navabligida mustaqil ravishda yer soliqlarini yig'ish va uni moliyaviy boshqarish huquqini qo'lga kiritdi. Aud navabligi inglizlarning Ollohobod va Kor okruglarini berib, 5 mln. rupiya to'ladi. Shu tariqa inglizlar Bengaliya navabligi aholisini yer soliqlari asosida asoratga soldilar. Yer solig'i ingilizlar Bengaliyadagi asosiy daromad manbayi bo'lib qoladi. 1773 yilda "Ost-Hindiston" kompaniyasi bar besh yilda, keyinroq esa har yili Bengaliya okruglarining har biridan yig'ilishi lozim bo'lgan yer solig'ining miqdorini belgilab borgan, "Ost-Hindiston" kompaniyasining general-gubernatori Uorren Xeystings (1773-1784) 1775-yilga kelib Bengiliyadan yig'iladigan soliqlar miqdorini 3 barobar ko'paytirishga muvaffaq bo'ldi. Kompaniya daromadlarining yana bir manbai bu tuzga o’rnatilgan ingliz monopoliyasi edi, ishlab chiqarilayotgan tuzning hammasi omborlarga keltirilib, kim oshdi savdosiga qo'yib sotilgan. Aholining o'z ehtiyoji uchun tuz olish taqiqlangan, unga amal qilmaganlar qattiq jazolanganlar.Hind hunarmandlari ham inglizlar tomonidan shafqatsiz ravishda ezildi. Xeystings buyrug’iga ko'ra hind hunarmand-to’quvchilari kompaniyaning buyurtmalarini bajarish shart edi. Hunarmandlar o'z mahsulotlarini sotib yubormasligi uchun ularga maxsus qorovullar qo'yilgan.Bundan tashqari kompaniya noiqtisodiy zo'rovonlik usullari bilan hind savdogarlarini hunarmandchilik mahsulotlarini sotib olishdagi monopoliyasidan mahrum qilib, ularni ijaradorlik va sudxo'rlik faoliyali bilan shug'ulanishiga majbur qildi. Oqibatda Bengaliya qishloq xo’jaligi va hunarmanchiligi tushkunlikka yuz tutdi, aholisi soliq zulmi ostida qolibqashshoqlikda yashashga mahkum qilindi. Ingliz savdo-sanoat burjuaziyasini "Ost-Hindiston” kompaniyasining monopoliyasiga qarshi kurashi oqibatida 1773 yil Hindistonda general-gubernatorlik lavozimi joriy qilindi. Ushbu lavozimga nomzodni kompaniyaning direktorlar palatasi tavsiya etgan. General-gubernator vakolatli 4 kishidan iborat kengash bilan cheklangan. Ingliz burjuaziyasining talabi bilan Pitt boshlik hukumat 1784 yilda imperiyahududlarini boshqaruvi to’g'risida qonun qabul qildi. Unga ko’ra Hindistonni boshqarish qirol tomonidan tayinlanadigan 6 kishilik nazorat kengashi ixtiyoriga berilgan.1786 yil Hindiston generalgubernatori lavozimiga o'tirgan Kornuollis yer solig'i tizimini o'zgartirdi. Unga ko'ra 1793 yil Bengaliyadagi yer mulklariga doimiy yer solig'i joriy etildi, raiyatning yerga meroslik huquqi zamindorlar hisobiga tugatilgan. Ularning ixtiyoriy hosilning zamindorga to'langan rentadan ortgan qismigina qoldiriladi. Natijada soliqni to’lay olmagan dehqonlarning yerlari zamindorlar qo’liga o’tdi. Soliq solishning bu yangi tizimi «zamindorlik» tizimi, deb atalgan.Madras viloyatida dehqon yerlarini zamindorlar foydasiga tortib olish uchun bo'lgan urinishi raiyatning qarshiligiga sabab bo'idi. Natijada mustamlakadagi hokimiyat «raiyatvari» deb atalgan soliq tizimini joriy qildi. Unga muvofiq lalimikor yerlardan olinadigan hosilning yarmi, sug’oriladigan yerlardan esa hosilning 3/5 qismi miqdorida yer solig'ini to’lash sharti asosida yer egalarining meroslik huquqi e'tirof etildi.XlX-asrning 70-yillarida inglizlar Hindistonda yer solig'ini hosilning darajasiga qarab faqat ishlov beriladigan yerlarga emas, balki mavjud yer maydonlanning barchasiga joriy qilganlar.XlX-asrning boshlarida ingliz sanoati ayniqsa, paxtani qayta ishlash sohasi tez rivojlandi. 1787-1812 yillarda Angliyaga kiritilayotgan paxtaning jami 52 dan 194 mln f.st.ga oshdi. Angliya burjuaziyasining xom ashyoga va tayyor mahsulotlarini sotish uchun bozorga ehtiyoji katta edi. Burjuaziyaning talabi bilan ingliz parlamenti 1813-yilda "Ost-Hindiston" kompaniyasini Hindistondagi savdo monopoliyasi huquqidan mahrum qildi. Natijada, Hindistonda ko’p miqdorda ingliz sanoat mahsulotlari birinchi navbatda fabrikada tayyorlangan ip-kalavalar keltirila boshladi. Arzon va pishiq bo'lgan ingliz ip-kalavalari hind to'qimachi-hunarmandlarini xonavayron qildi. Ingliz bug’ kemalari hind kemasozlarini, metall va melall buyumlarni keltirilishi esa hind tog'- rudachilik sohasini kasod qildi. Inglizlar bosib olgan hududlarda dastlabki davrlardayoq hind xalqining mustamlakachilarga qarshi kurashi boshlandi. Biroq u XIX asrda uzluksiz tus oldi. 1816-yil Shimoliy Hindiston xalqning kuchli norozilik chiqishi bo'idi. Bareyli aholisi mahalliy politsiya ta'minoti uchun inglizlar joriy etgan soliqni to’lashdan bosh tortdilar.XIX-asrning 20-yillarida Shimoliy Hindistonning musulmonlardan iborat aholisi orasida vahhobiylar harakati paydo bo'idi. Bu harakatga Muhammad Ismoil va Said Ahmad Barelvilar rahnamolik qildilar. Ular nafaqat sof islomga qaytishni balki, musulmon dehqonlari hunarmand va savdogarlarini g'ayridin inglizlar tomonidan asoratga solinishtga qarshi targibot ishlarini olib borish, xalqni muqaddas urush-jihodga chorlaganlar.XIX-asrning 30-50-yillarida Bombey, Madras va Bengaliya viloyatlari aholisining ozodlik va antifeodal qo'zg'olonlari davom etdi. Bu qo'zg'olonlarni eng yirik 1855-1857 yillardagi Santal qabilalarining qo'zg'oloni edi.2 Soliqlarni to'lay olmagan santallarning yerlari inglizlar tomonidan tortib olinib bengaliyalik zodagonlar va sudxo'rlarga xususiy mulk sifatida sotilgan. Inglizlarning soliq talonchiligi va politsiyaning zo'ravonligi oqibatida mazkur qo'zg'olon boshlangan. Birok o’q-yoy va nayza bilan qurollangan qo'zg'olonchilar Bombeydan chaqirilgan inglizlarning yaxshi qurollangan muntazam qo'shini tomonidan shafqatsiz ravishda tor-mor etilgan.1839-1842 yillardagi anglo-afgon urushi munosabati bilan ingliz qo'shinlari Sind amirligi hududiga kiritildi. Biroq urush tugagandan keyin ham ingliz qo’shinlari Sind hududiga qolaverdi. Sind amirining ingliz qo’shinlarini Sinddan olib ketish haqidagi talabi 1843 yil Sind va "Ost-Hindiston" kompaniyasi o'rtasidagi urushga sabab bo'ldi. Inglizlarning harbiy ustunligi amirni mag'lubiyatiga va Sindni kompaniya mulkfariga qo'shib olinishiga olib keldi,endi inglizlar Panjobdagi Sikx feodal davlatini bosib olishga kirishdilar. 1845-1846- yillardagi birinchi va 1848-1849 yillardagi ikkinchi anglo-sikx urushlarida sikx qo’shinlarining mag'lubiyati oqibatida Panjob ham inglizlarga bo'ysindiriladi. 1849 yilda Panjobni va 1856 yilda Aud knyazligini "Ost-Hindiston" kompaniyasi mulklariga qo'shib olinishi bilan amalda butun Hindiston hududi inglizlarga tobe ettirildi.Ingliz mustamlakachililarining yuz yillik talonchiligi oqibati Hindistonda 1857 - 1859 yillardagi xalq qo'zg’oloni ko’tarildi. Ingliz manbalarining guvohlik berishicha mazkur qo'zg'alon arafasida o’tgan besh yil davomida ingizlar ikki mingdan ziyod in'om va jog’irlarini tortib oldilar. Aud, Nagpur, Jxansi va boshqa bir qator yirik hind kinyazlarini bosib oldilar. Natijada nafaqat dehqonlar va hunarmandlar, balki soliqni to’lay olmaslik oqibatida yer mulklaridan mahrum qilingan zamindorlar, maosh to’lanadigan politsiya va sinohiylar harbiy qo’shini tashkil qilinishi oqibatida xizmatlari uchun berilgan yer mulklaridan ayrilgan jag’irdorlar ham ingliz mutsamlakachilik tuzumidan aziyat chekmoqda edilar. Xullas, Hindistonda inglizlarning talonchilik va zo’ravonliklari xalq qo’zg'alonini keltirib chiqardi. Qo’zg'olon 1857 yilda 140 ming kishidan iborat bo'lgan Bengaliya sipohiylar qo’shinida boshlandi. Bengaliya armiyasi asosan musilmonlar, braxmanlar va rejputlar kabi hukumron tabaqa vakillaridan iborat bo'lib, ular qo’zg'olon arafasida o'zlarining iqtisodiy va ijtimoiy hukumronlik maqomini yo’qotgan va inglizlarning soliq talonchiligiga duchor bo'lgan edilar. Qo’zg'olonning muhim markazlaridan bo'lgan Kanpurda ingliz mustamlakachiligi o’rnatilgandan to 1840 yilgacha merosiy yer mulklari 35% ga kamaydi, savdo-sudxo’rlik kastasi bo'lgan - baniya vakillarining yer mulklari esa 43%ga ko'paydi.Bundan tashqari Bengal sipohiylari noroziligining bir qator boshqa sabablari ham mavjud edi. Masalan, Bengaliya provinosiyasidan o'zga hududlarda xizmat uchun sipohiylarning maoshiga qo'shib berilgan "bitta" deb nomlanuvchi qo’shimcha maoshni bekor qilinishi, armiyaga yollanuvchilar uchun Hindistondan tashqarida va hatto dengizda xizmat qilish majburiyatini joriy qilinishi, sipohiylarni ingliz ofitsyerlari tomonidan tahqirlanishi va boshqa shular jumlasidandir.Ingliz qo’mondonligi sipohiylar armiyasini o’t otar miltiqlar bilan qurollantira boshladi. Sipohiylar orasida miltiq patronlari o’ralgan qog’ozlarni cho’chqa va sigir yog'lariga botirganligi to’g'risida mish-mish tarqaldi. Sipohiylar patronlarni miltiqqa joylash uchun qog'ozlarni tish bilan yirtar va gunohga botgan sanalar edilar. Bengaliya sipohiylarining chiqishlariga ayni voqelik bahona bo'ldi.Qo’zg'olon 1857 yil 10 mayda Dehli yaqinidagi Mirut harbiy garnizon joylashgan shaharchada boshlandi. Sipohiylar shahar kambag'allari va shahar atrofidagi qishloqlarning dehqonlari yordamida ingliz amaldorlari va ofitserlarini qirib tashlab, hibsdagilarni ozod qildilar. Qo'zg’olonchilar Dehliga yo'l olib, 11 may kuni Dehlini egallashga muaffaq bo'ldilar.Sipohiylar Boburiylar davlatining hukmdori, ingliz ma'muriyatining nafaqaxo’ri Bahodirshoxdan inglizlarga qarshi xalqni umumiy kurashga chaqirishni va bu kurashga rahbarlik qilishni talab qildilar. Bir oy davomida Dehlidan Patnagacha bo'lgan hududlar deyarli qo'zg'olonchilar qo’liga o'tdi. Panjobdagi Bengal armiyasi qurolsizlantirildi, ayrim qo’zg'olon ko’targan polklar esa aholi tomonidan qo’llabquvvatlandi.Madras va Bombeydagi sipohiylar armiyasi Bengal sipohiylaridan farqli holda ingliz ma'muriyatiga sodiq qoldilar. Buning bosh sababi mazkur hudud sipohiylarning quyi kastalardan chiqqanligi edi. Chunki harbiy xizmat uchun beriladigan maosh ularning ochlikdan o'lmasliklarining yakkayu-yagona kafolati va yashash manbai edi. Madras va Bombey sipohiylarini qo'zg'alon ko'tarmaganligi o’ z navbatida Dekan aholisini umumxalq kurashigajalb qilmadi.Shunday qilib, mazkur qo’zg'olonda feodal aslzodalar ham ishtirok etdilar. Ular qo'zg'alonda o'zlarining siyosiy hokimiyatini tiklash vositasini ko'rib, inglizlardan ozod qilingan hududlarda o'zlarini hokimiyatini o’rnatdilar yoki o’rnatishga harakat qildilar. Shu tariqa Dehli, Kanpur va Audda milliy ozodlik kurashining mustaqil markazlari shakllandi.Dehlida Bahodirshoh hokimyati tiklangach, tabib Hakim Axsanul vazirligidahukumat tuzildi, shahzoda Mirza Mo'g'ul bosh qo’mondon qilib tayinlandi. Bengal armiyasining tajribali ofitserlari Baxtixon raisligida ma'muriy palata (parlament) tuzildi.Kanpur qo'zg'oloniga Maratx knyazligining merosxo'ri bo'lgan Pana Sohib boshchilik qildi. Kanpur qo'zg'olonchilari armiyasiga esa braxman oilasidan chiqqan ajoyib sarkarda Tantiya Topi qo'rnondonlik qildi.Aud milliy-ozodlik urushiga Ahmad shoh nomi bilan mashhur bo'lgan Mavlaviy Axmadulla qo’mondonlik qildi. Uning harbiyotryadi Poxlkxanga hujum qilgan ingliz qo'shiniga qarshi muvaffaqiyatli ravishda partisan urushini olib bordi. Ingliz qo’shinlarining bosh qo'mondoni bo'lgan Kolen Kempbell uning boshi uchun 50 ming rupiya mukofot e'lon qildi. Aud feodallaridan biri mukofotni olish maqsadida 1858 yil 5 iyunda Ahmad shohga xiyonat qilib uni o’ldirdi.1857 yil iyun oyida Jxansi knyazligida ham sipohiylar qo'zg'oloni ko’tarilib, knyazlik inglizlardan ozod qilindi. Malika Lakshmi Bay o'zini Jxansi hukmdori deb e'lon qildi. Qo'zg'olonni bostirish maqsadida yuborilgan ingliz qo'shinlariga Lakishmi Bay markaziyHindiston hududlarida partisan urushlarini olib bordi. Tantiya Topi ham bir hind zamindorining xiyonati oqibatida 1859 yilning aprelida ushlab olindi va o'ldirildi.1857-1859 yillarda ingliz mustamlakachiligiga qarshi Hindistonda ko'tarilgan sipohiylar qo'zg'oloni shafqatsizlarcha bostirildi. Biroq ingliz mustamlakachilari hind xalqiga ayrim yon berishlarga majbur bo'ldi. 1858 yilda "Ost-Hindiston" savdo kompaniyasi tugatildi, soliq asorati yumshatildi, ayrim soliqlar qisqartirildi. Sipohiylar qo'zg'oloni mag'lubiyatga uchrashiga qaramasdan Hindiston xalqining ingliz muslamlakachilik zulmidan ozod bo'lishidagi muhim voqelik sifatida ahamiyatlidir.3