1
MUNDARIJA
Kirish
I.
Bob - Ilk o’rta asrlar markaziy osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi
1.1
Arxeologik ma’lumotlarning shaxarlar tarixini o’rganishdagi axamiyati
1.2
Markaziy Osiyo hududida ilk shaharsozlik
va davlatchilikning tashkil
topishining o‘ziga xos xususiyatlari
II.
Bob – Samarqand va buxoro vohasi urbanizatsiyasi
2.1
Samarqand shaharlari yodgorligi: xronologiyasi va tipologiyasi
2.2
Buxoro vohasi shahar yodgorligining arxeologiyasi va tarixi
III.
Xulosa
IV.
Foydalanilgan adabiyotlar
2
Kirish
Mavzusining dolzarbligi
. XX asr oxirida xalqimizning asriy orzulari
ro‘yobga chiqdi, O‘zbekiston mustaqillikka erishdi.Mamlakatimiz
jahon
hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub
o‘zgarish va islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda barpo etilayotgan
siyosiy tuzum demokratik, huquqiy davlat bo‘lsa, ijtimoiy tuzumni-qonun ustivor
bo‘lgan fuqarolik jamiyatidir. Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy
tarixiy,ilmiy, madaniy va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va
bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo‘l ochildi. Ma'naviy boyliklar,
qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi
va taraqqiyot manbai
hisoblanadi. Aynan ushbu ma'naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda
rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek: “Tarix xotirasi, milliy o‘zlikni
anglashni, ta'bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat
muhim o‘rin tutadi”. Shuningdek, Birinchi Prezidenti I. A. Karimov o‘zining bir
qator risola va nutqlarida “Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba - bu
haqqoniy yoritilgan tarixdir” deb ko‘rsatadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston
tarixchilari oldida haqqoniy tarixning yoritilishi lozim bo‘lgan masalalari ko‘lami
ham aniqlandi.
Bugungi zamon mustabid sovet tuzumi mafkurasi asoratlariga,
eskicha
fikrlashga barham berish, tarixiy voqealar va jarayonlarni baholashda milliy
manfaatlardan kelib chiqish zarurligini talab qilmoqda. Konstitutsiyada bor
“Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab
asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”. O‘zbek
xalqi va uning davlatchiligi tarixini umumjahon taraqqiyoti nuqtai nazaridan, aniq
tarixiy
faktlarga tayanib, xolis va ilmiy asosda tadqiq etib, xalqqa yetkazish
zaruriyati paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning
1998-yil 26-iyunda birguruh tarixchi va jurnalistlar bilan bo‘lgan
uchrashuvida
Respublika tarixchilari oldiga aynan shunday vazifa qo‘yildi. Ushbu masala
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyunida qabul
qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi qabul qilingan Qarorida ham o‘z ifodasini topgan
1
.
Unda xususan, o‘zbek xalqi va uning davlatchiligining haqqoniy tarixini o‘rganish,
“eng qadimdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida hududimizda
yashagan
xalqlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayoti
masalalarini o‘rganish» lozimlig qayd etilgan. So‘nggi yillarda amalga
oshirilayotgan jadal islohotlar arxeologik tadqiqotlarni
tubdan takomillashtirish,
1
Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yuq., T.:, 1998.
3
yirik arxeologik yodgorliklarda keng ko‘lamli tadqiqotlarni olib borish, qadimiy
tariximiz va boy madaniyatimizni xalqimizga va jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilish
zarurligini inobatga olib, O‘zbakiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qaror
qiladi: Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida 21.09.2019
yildagi 792-sonli qarori:
1-ILOVA:O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya
markazi tuzilmasi
2-ILOVA:2019 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida arxeologik
tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi.