Mundarija kirish I. Bob Ilk o’rta asrlar markaziy osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi


Kurs ishi mavzusining o’rganilish darajasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix17.09.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#144547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ahmadaliyev Kamron- Ilk o\'rta asrlarda

 
Kurs ishi mavzusining o’rganilish darajasi. 
Ma’lumki, o’z davrida 
Markaziy Osiyo eng yirik aholi punktlaridan biri bo’lgan. Lekin, uzoq yillar 
davomida iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillar tufayli tadqiqotchilarlarning 
e’tiboridan chetda qolgan. Mazkur yodgorliklar sovetlar davrida G. Chayld, V. 
Masson, V. Sarianidi, M. Dyakonov, A. Kabırov, A. Asqarov, U. Rahmonov kabi 
tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada o’rganilgan. Lekin mazkur 
tadqiqotlarning aksariyatida Markaziy Osiyo tarixiga umumiy, ya’ni kompleks 
ravishda yondashilmaganligi ajablanarlidir. Masalan ingliz olimi G. Chayldning 
Markaziy Osiyo shaharlari ilmiy izlanishlarida paydo bo‘lish masalasi Qadimgi 
Sharq arxeologiyasining bir bo‘lagi sifatida qaralgan bo‘lsa, M. Dyakonov, 
tadqiqotlarida Markaziy Osiyo shaharlashish jarayoniga asosiy e'tibor qaratilgan. 
Lekin mazkur manzilgohlar tarixini o’rganishda rus olimi V. Masson tadqiqotlarini 
qayd etmaslik noto‘g‘ri bo‘ladi. Mazkur olim Markaziy Osiyo shaharlashishi va 
vujudga kelish jarayoni, uning hududiy xususiyatlari, aholining joylashuvi, 
mashg‘ulotlari, moddiy va ma'naviy madaniyati haqida kengroq ma’lumot 
berganligi bilan xarakterlidir
Mavzuning maqsad va vazifasi
: Kurs ishi mavzusining asosiy maqsadi, 
mavjud manbalar yordamida Ilk o’rta asrlar Markaziy Osiyo shaharlari va ularni 
rivojlanishi va hududlarda joylashgan yodgorliklarni kompleks tarzda o‘rganishdan 
iborat. Mavzuning maqsadidan kelib chiqib, muammo ilmiy yechimini izlashda 
quyidagi ilmiy vazifalarni amalga oshirishni ko`zda tutilgan: Markaziy Osiyo 
hududidagi ilk dehqonchilik va shaharsozlik madaniyatining vujudga kelish 
jarayonlari tarixini o‘rganish. Markaziy Osiyo shaharlari tipologiyasini tadqiq etish. 
O’rta Osiyo hududida joylashgan Buxoro va Samarqand shaharsozlik tarixini 
mavjud arxeologik va moddiy manbalar asosida tadqiq etish. O‘rta Osiyo 
hududidagi ilk shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishga doir ilmiy xulosalar 
chiqarish.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin