Mundarija kirish I. Bob Ilk o’rta asrlar markaziy osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix17.09.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#144547
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ahmadaliyev Kamron- Ilk o\'rta asrlarda



1
MUNDARIJA
Kirish 
I.
 
Bob - Ilk o’rta asrlar markaziy osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi 
1.1
Arxeologik ma’lumotlarning shaxarlar tarixini o’rganishdagi axamiyati
1.2
Markaziy Osiyo hududida ilk shaharsozlik va davlatchilikning tashkil 
topishining o‘ziga xos xususiyatlari
II.
 
Bob – Samarqand va buxoro vohasi urbanizatsiyasi 
2.1
Samarqand shaharlari yodgorligi: xronologiyasi va tipologiyasi
2.2
Buxoro vohasi shahar yodgorligining arxeologiyasi va tarixi
III.
 
Xulosa 
IV.
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


2
Kirish
Mavzusining dolzarbligi
. XX asr oxirida xalqimizning asriy orzulari 
ro‘yobga chiqdi, O‘zbekiston mustaqillikka erishdi.Mamlakatimiz jahon 
hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub 
o‘zgarish va islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda barpo etilayotgan 
siyosiy tuzum demokratik, huquqiy davlat bo‘lsa, ijtimoiy tuzumni-qonun ustivor 
bo‘lgan fuqarolik jamiyatidir. Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy 
tarixiy,ilmiy, madaniy va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va 
bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo‘l ochildi. Ma'naviy boyliklar, 
qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai 
hisoblanadi. Aynan ushbu ma'naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda 
rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek: “Tarix xotirasi, milliy o‘zlikni 
anglashni, ta'bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat 
muhim o‘rin tutadi”. Shuningdek, Birinchi Prezidenti I. A. Karimov o‘zining bir 
qator risola va nutqlarida “Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba - bu 
haqqoniy yoritilgan tarixdir” deb ko‘rsatadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston 
tarixchilari oldida haqqoniy tarixning yoritilishi lozim bo‘lgan masalalari ko‘lami 
ham aniqlandi. 
Bugungi zamon mustabid sovet tuzumi mafkurasi asoratlariga, eskicha 
fikrlashga barham berish, tarixiy voqealar va jarayonlarni baholashda milliy 
manfaatlardan kelib chiqish zarurligini talab qilmoqda. Konstitutsiyada bor 
“Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab 
asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”. O‘zbek 
xalqi va uning davlatchiligi tarixini umumjahon taraqqiyoti nuqtai nazaridan, aniq 
tarixiy faktlarga tayanib, xolis va ilmiy asosda tadqiq etib, xalqqa yetkazish 
zaruriyati paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 
1998-yil 26-iyunda birguruh tarixchi va jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvida 
Respublika tarixchilari oldiga aynan shunday vazifa qo‘yildi. Ushbu masala 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyunida qabul 
qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi qabul qilingan Qarorida ham o‘z ifodasini topgan
1

Unda xususan, o‘zbek xalqi va uning davlatchiligining haqqoniy tarixini o‘rganish, 
“eng qadimdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida hududimizda 
yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayoti 
masalalarini o‘rganish» lozimlig qayd etilgan. So‘nggi yillarda amalga 
oshirilayotgan jadal islohotlar arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish
1
Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yuq., T.:, 1998.


3
yirik arxeologik yodgorliklarda keng ko‘lamli tadqiqotlarni olib borish, qadimiy 
tariximiz va boy madaniyatimizni xalqimizga va jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilish 
zarurligini inobatga olib, O‘zbakiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror 
qiladi: Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida 21.09.2019 
yildagi 792-sonli qarori:
1-ILOVA:O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya
markazi tuzilmasi
2-ILOVA:2019 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida arxeologik 
tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin