Mundarija kirish I. Bob Ilk o’rta asrlar markaziy osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi


Muxammadjonov A. “Qadimgi Buxoro” Toshkent, “Fan”, 1991. 29-b



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix17.09.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#144547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ahmadaliyev Kamron- Ilk o\'rta asrlarda

 
2
Muxammadjonov A. “Qadimgi Buxoro” Toshkent, “Fan”, 1991. 29-b
 


24
Zargaron, Halvopazon, Zarangari, Pichoqchi deb atalgan. Aholining milliy tarkibi, 
tili va dini bilan bog`liq holda vujudga kelgan joy nomlari ham muhim ahamiyatga 
ega. Ma’lumki Buxoro viloyati hududi aholi manzilgohlarining ko’pchiligi tojik 
tilidagi nomlar hisoblanadi. Bu avvaldan tojik va o’zbek xalqlari bu hududda birga 
yashab kelganligidan dalolat byeradi. Bundan tashqari o’zbekning 92 bovli urug`lari 
nomlari bilan ataladigan joy nomlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ichida 
Do’rman, Chandir, Orlot, Ming, Nayman kabi urug`lar nomlari bilan ataladigan joy 
nomlari ko’pchilikni tashkil etadi. Siyosiy-geografik omillarga davlatlarning 
vujudga kelishi, urushlar, bosqinlar, migrastiyalar kabi omillarni kiritish mumkin.
Ma’lumki Buxoro O’rta Osiyoda vujudga kelgan ko’plab davlat 
birlashmalarining poytaxti hamda madaniy ma’rifiy markazi vazifasini o’tab kelgan.
Jumladan buxorxudotlar, somoniylar, qoraxoniylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, 
mang`itlarning Buxoro amirligi kabi davlatlarning poytaxti vazifasini o’tagan. Har 
bir sulola joy nomlarida ham o’z izlarini qoldirgan. Bundan tashqari urushlar, 
bosqinlar hamda migrastiyalar ham joy nomlari vujudga kelishida siyosiy geografik 
omil sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. Masalan: arab bosqinidan keyingi davrda 
Arab, Arabxona, Arablar, Arabcha, Arabmahalla, Arabqishloq kabi toponimlar 
mug`ul bosqinidan keyin Mo’g`ulon, Mo’g`ulcha, Mo’g`ul va mo’g`ullarning 
urug`lari nomi bilan ataladigan bir qancha joy nomlari vujudga kelganki bu joy 
nomlarining vujudga kelishida siyosiy geografik omillar etakchi rol o’ynagan. O’rta 
Osiyoga turkiy xalqlar kelishidan oldin hozirgi hududimizdagi vohalardagi yashagan 
mahalliy xalqlar sharqiy eron tillarida so’zlashganlar. Bu esa hududdagi forscha-
tojikcha nomlar tub nomlar ekanligini anglatadi.
Arablarning 
uzoq 
vaqt 
davomida 
yurtimizda 
hukmronlik 
qilishi 
yunonmakedon istilochilaridan farqli o’laroq joy nomlarida o’z aksini topgan. 
Albatta bunda o’sha davrda arab tilining adabiy til bo’lib xizmat qilishi ham katta 
rol o’ynagan. Arabcha nomlar orasida diniy e’tiqod bilan bog`liq nomlar alohida 
o’rin tutadi. Ayniqsa valilar, payg`ambarlar nomlari joy nomlari tarkibida ko’plab 
uchraydi. Bundan tashqari rabot (arabcha ribot) nomi ko’p uchraydi. Arablarning 
o’zlari bosib olgan hududlarda qurgan harbiy tayanch nuqtalari rabotlar deb atalgan. 
Jumladan, Poykand yaqinida 1000 dan ortiq rabot bo’lgan. Bu rabotlarda mahalliy 
va turkiy xalqlarning hujumlariga qarshilik ko’rsatadigan qo’shinlar turgan. Hozir 
ham Raboti Qalmoq, Rabot, Ta’lirabot, Rabotizohid, Rabotcha kabi nomlar 
uchraydi. Viloyat tarixiy toponimiyasi uchun o’ta qimmatli asarlardan biri Abu Bakr
Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asaridir. Kitob 934-944 
yillarda arab tilida yozilgan.1128-1129 yillarda forschaga qisqartirilib tarjima 
qilingan, noma’lum muallif kitobga mo’g`illar bosqinchiligigacha bo’lgan 
voqealarni qo’shgan. Kitob 1966 yilda o’zbek tiliga tarjima qilingan. Bu asarda O’rta 
Osiyoning VIII-XII asrlardagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti yoritilgan. Shu 


25
bilan birga eski Buxoro va uning yaqinidagibir qancha geografik nom tilga olingan. 
Shunisi qiziqki, XI-XII asrlardagi ko’pgina geografik nomlar hozirgacha saqlanib 
qolgan. Shulardan Nur (hozirgi Nurota), G`ijduvon, Romitan, Shopurkom, Karmana 
qadimiy nomlardir. Varaxsha (Faraxsha), Poykand Buxorodan ham keksa 
shaharlardir, deb yozadi Narshaxiy. Buxoroning Numijkat, Bumiskat, Madinat-
ussufriya (“Mis shahri”), Madinat-tujjor (“Savdogarlar shahri”), Foxira degan 
nomlari bo’lgan.
Atamasi qadimdan Buxoro atrofida iste’molda bo’lgan va hozir ham anchagina 
geografik nomlar tarkibida uchraydi: Kom Zar, Komi Akka ( Zarafshoning bir nomi), 
Haramkom va hokazo. Shopurkom arig`i Yeron shahzodasi Shopurning nomi bilan 
atalgan ekan. Shopur Buxorxudotdan ( o’sha paytda Buxoro hokimlari shunday 
atalgan) yer olib, qasr qurgan va Vardona qishlog`ini barpo qilib, ariq qazib keltirgan. 
Shopurkom “Shopur arig`i” deganidir. Shopur so’zi o’z navbatida ikki so’zdan 
iborat: shoh va pur ya’ni o’g`il. Kom Narshaxiy o’zining “Buxoro tarixi” asarida nur 
degan joy nomini tilga olgan. Uni boshqa viloyatlarda Nuri Buxoro deb ataydilar, 
deb yozadi Narshaxiy. Nuri Buxoro, ya’ni Buxoro Nuridan boshqa Nurlar ham 
bo’lgan. Viloyatda uchraydigan ayrim joy nomlari juda qadimda paydo bo’lgan. 
Masalan, Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida tilga olingan bir qancha nomlar 
Buxoro atroflarida hozirgi kunda ham uchraydi. Romitan, Shofirkon, G`ijduvon kabi 
nomlar ana shular jumlasidandir
1
.
Buxoro xonligi va amirligi hujjatlarida, vaqfnomalarida, vasiqalarda ko’plab 
joy nomlari, shuningdek toponimlarning kaliti bo’lib xizmat qiladigan talay 
geografik, ijtimoiy-siyosiy va boshqa matyerialar uchraydiki, bundy boy manbalarni 
o’rganmasdan turib, viloyat toponimikasi haqida fikr yuritish ko’ngildagidek samara 
byermaydi. XIV asrda yashagan Buxoro shayxi Sayfiddin Boxarziyga mansub vaqf 
hujjatlarini o’rgangan O.D.Chexovich ushbu hujjatdagi ko’pgina nomlar hozirgi 
vqtda ham Buxoro atrofida uchrashini ta’kidlagan. Mo’g`ullarning kirib kelishi O’rta 
Osiyo toponimiyasini yanada murakkablashtirib yubordi. Mo’g`ulcha atamalar O’rta 
Osiyo turkiy xalqlari leksikasidan va toponimiyasidan mustahkam o’rin olgan. 
Masalan to’qay atamasi mo’g`ulcha atama hisoblanadi
2
. Ruscha nomlar temir yo’l 
stanstiyalarining qurilishi, rus dehqonlarining ko’chirib kelinishi bilan vujudga 
kelgan ya’ni ruslar o’zlari yashab kelgan yoki o’zlariga tanish bo’lgan joy nomlari 
o’zlari bilan ko’chirib olib kelingan. Sho’rolar davrida paydo bo’lgan geografik 
nomlarning aksari dohiylar, sho’ro davlati va kommunistik partiya rahbarlari, partiya 
shiorlaridan iborat mafkuraviy nomlar edi. Aynan mustaqillik yillarida bu “qizil” 
toponimlar bekor qilinib, joylarning tarixiy nomlari tiklandi va sof xalqona 
toponimlar paydo bo’ldi.
1
Sultonov. F., Bozorov., F – O’rta asrlar tarixi., T:. 2007. 74-b
2
Muxammadjonov A. “Qadimgi Buxoro” Toshkent, “Fan”, 1991. 35-b
 


26
Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinadiki, viloyat toponomiyasi bir necha 
davrlar mahsuli bo’lib, har bir davrning o’ziga xos toponimlari mavjud. Ma’lumki, 
ko’pgina toponimlar zaminida oddiy atamalar, turdosh so’zlar yotadi. Shu bilan
birga bir qancha joy nomlari ayrim shevalargagina xos so’zlardan tarkib topgan. 
Professor E.D.Polivanov turkiy tillarda hech birida shevalar o’zbek tilidagichalik 
ko’p emas, deb yozgan edi. O’zbek shevalarida shunday so’zlar uchraydiki, deb 
davom etgan edi olim, ularning bir qismi adabiy tilda yoki boshqa shevalarda 
muqobil yo’q bo’lib, bir qismining esa boshqa so’z bilan ifodalanadigan variantlari 
mavjud. Viloyat toponimiyasining xaraktyerli xususiyatlaridan yana biri unda 
etnotoponimlarning, ya’ni turli millat, xalq, elat, qabila va urug`-aymoq nomlari 
bilan atalgan toprnimlarning nihoyatda keng tarqalganligidir. Viloyat joy nomlari 
tizimida etnotoponimlar katta o’rin egallaydi. Urug`, qabila, millat, xalq nomlari 
ya’ni etnoninimlar asosida yaratilgan manzilgohlarning atoqli otlari etnotoponimlar 
deb yuritiladi. Etnotoponimlar tildagi eng qadimgi qatlamlardan hisoblanib, uzoq 
tarixiy davrlarda shakllangan holda ma’lum xalqning tarixini, etnik tarkibini 
o’rganishda va aniqlashda muhim manbadir. Etnotoponimlar xalqlarning tarqalish 
chegarasini o’rganishda g`oyat qimmatlidir. Buxoro viloyatida Chandir degan bir
necha qishloq bor. Xalq buni “chandir go’sht” deb izohlaydi. Aslida Chandir 
turkmanlarning bir urug`idir.
Zarafshon vodiysining etagida anchagina turkmanlar yashaydi. Joy nomlari 
xususan mikrotoponimlar (Mikrotoponimlar-(yunoncha-"mikro"- kichik) o’zida jar, 
tepalik, qir, buloq, quduq, hovuz, jilg`a, soy, ariq, dala, dasht o’tloq, mahalla, guzar, 
ko’cha, singari mayda ob’ekt nomlarining atoqli otlarini o’zida mujassamlashtiradi.) 
ichida antrotoponimlar, ya’ni kishilarning ismlari, familiyalari hamda laqablari bilan 
ataladigan toponimlar son jihatdan etnotoponimlardan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Ba’zi bir kishi ismlarini bilib olish oson emas. Kishi ismlari orasida o’simlik va 
hayvon nomlari uchraydi. Viloyat hududidagi joy nomlarini paydo bo’lishiga ko’ra 
turlarga ajratib o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, hududiy tarqalishiga ko’ra eng ko’p 
tarqalgan joy nomlari etnotoponimlar, kasb-korga oid nomlar, joy xususiyatini 
bildiruvchi nomlar, fitotoponimlar, ijtimoiy-siyosiy tyerminlar bilan ataluvchi joy 
nomlari hamda gidronimlardir. Viloyat hududini toponimik areal sifatida ajratib joy 
nomlarini ilmiy asosda o’rganish sobiq sho’rolar hatto chor Rossiyasi Buxoro 
amirligini o’z protektoratiga aylantirgan davrlardan boshlangan.
Rus olimlaridan N.Xanikov, B.Y.Vladimirstev, S.Y.Malov, V.A.Livshis, 
I.M.Dyakonov, K.V.Kaufman kabilarning asarlarida viloyatdagi joy-nomlari tarixi, 
etimologiyasi haqidagi ma’lumotlarni uchratish mumkin. Mahalliy olimlardan H. 
Hasanov, S. Qoraev, A.Muhammadjonov kabi olimlarning asarlarida Buxoro 
viloyati va uning ayrim joy nomlari haqidagi fikrlar mavjud. 1984 yilda Buxoro 
viloyati toponimiyasi bo’yicha S.N.Nayimov «Oynokomы Buxarskoy oblasti» 


27
mavzuida nomzodlik dissyertastiyasini himoya qilgan. 1998 yilda BuxDU olimlari 
A.Sh.Jumaev, I.T.Muhammedov, A. Hamroevlar asosan Buxoro viloyatidagi joy 
nomlarini o’zida mujassamlashtirgan «O’lkamizdagi joy nomlari» izohli lug`atini 
nashr ettirdilar. Viloyat toponimiyasining o’rganilmagan qirralari hali juda ko’p, ular 
o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. Quyida biz viloyatdagi ayrim joy nomlarining 
qisqacha izohiga to’xtalib o’tamiz
1
.
Buxoro - qadimiy, tarixiy yodgorliklarga boy bo’lgan shahar. Narshaxiy 
Buxoroni Numijkat, Bumiskat, Madinat us-Sufriya, ya’ni "Mis shahar", Madinat 
o’ttujjor, ya’ni "Savdogarlar shahri" degan nomlarning borligini aytadi: "Buxoro" 
degan nom u nomlarning hammasidan ma’qulroqdir, Xuroson shaharlaridan 
birontasi ham bunchalik ko’p nomga ega emas. Bir hadisda Buxoro nomi Foxira 
bo’lib olgan. Chunki "qiyomat" kuni Buxoro shahri o’zida shahidlarning ko’pligi 
bilan faxr qiladi. Xalqda Buxoro-Buhora degan rivoyat ham bor. Buxoro so’zining 
etimologiyasi aniq emas. Buxoro - sanskritcha "Vixara" so’zidan olingan bo’lib,
"ibodatxona" ma’nosini bildiradi degan fikr bor. V.A.Lishisning fikricha, Vixara 
so’zi So’d tilida "parxar" shaklida kirgan. Hofiz Tanish yozishicha, "Buxoro" so’zi 
buxor so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’tparastlar tilida "ilm makoni" demakdir. Bu 
talaffuz uyg`ur va xitoy butparastlarining tiliga yaqindir, chunki ular sig`inish joylari 
bo’lgan ma’budalarni "buxor" deb ataydilar.
Buxoro shahrining nomi aslida "Lumijkat bo’lgan (Hofiz Tanish Buxoriy" 
Abdullanoma, 1 jild T. 1966, 273 bet) Buxoro toponimi yolg`iz emas. XI-XII 
asrlarda Balx shahri atrofida Navbehor darvozalari bo’lgan. Navbehor "Yerta bahor" 
emas, balki "yangi ibodatxona" demakdir. Buxoro shahri etimologiyasi bilan 
Hindistondagi 
Bihar 
shtatining 
etimologiyasi 
birdir. 
(V.A.Nikonov). 
V.V.Shostakovich Sibirdagi Buxoro nomli daryoni tilga oladi. Buxoro yaqinida Dul 
Buxoro (Jul Buxoro) nomli qishloq bo’lgan. Buxoro viloyatlaridan biri Buxorxitvar 
(Najar-xatvar) deb atalgan (Buxoro okimlari "buxorxudot" deyilar edi.) Bekobod 
yaqinida Buxorolik, Janubiy Uralda Buxorcha degan soy, Qashqadaryo viloyatida 
(Kitob, G`uzorda) Buxorto’por, Buxori, Xo’jabuxori nomli mahalla, joylar bor. 
Shunday qilib, Buxoro komponentli toponimlar bir anchadir. Qadimgi turkiy runik 
yozuv (Kulteginga bag`ishlangan yodgorlikda) Vuharak degan joy nomi uchraydi. 
Buqaraq, ulis -Buxoro edi. Bu joy nomiga S.Y.Malov bemalol Buxoro deb izoh 
byergan.
Akademik B.Ya.Vladimirstev o’sha yodgorlikda So’g`d nomi ham uchrashini 
aytadi va Buhara haqiqatan Buxoro degan so’z bo’lib, "o’yrat" (oltoy) aramonlik 
eposlaridan birida buxarin chyerik, ya’ni "Buxoro qo’shinlari" degan so’zlar 
uchraydi, deb yozadi (B.Ya.Vladimirstev, "Geograficheskie imena orxonskix 
1
Muxammadjonov A. “Qadimgi Buxoro” Toshkent, “Fan”, 1991. 38-b 


28
nadpisey, soxranivshiesya v mongolskom".) Ba’zi bir tadqiqotchilar Buxoro so’zi 
sanskritcha emas, balki eftalitcha bo’lsa kyerak, deb hisoblaydilar. Bunda ular 
so’g`diy yozma hujjatida Buxoro so’zining bosh harfi "P" bilan yozilganini dalil 
qilib keltiradilar. (V.A.Livshist, K.V.Kaufman, I.M.D’yakonov "O drevney 
sogdiyskoy pismennosti Buxarы". Vestnik drevney istorii, №-1, 1954, 150-163 
betlar). Buxoro o’zining ko’p asrlik tarixi mobaynida bir necha bor ko’tarilish va 
inqiroz davrlarini boshidan kechirdi, istilolarining qurboni bo’ldi.
Buxoro. Namozgoh XII asr 
Moddiy madaniyat va san’atning shunchalik xilma-xil va turli davrga oid 
yodgorliklari to’plangan bunday shaharlar juda oz. Shahar sharq me’morlari 
yaratgan nodir arxitektura yodgorliklari bilan butun dunyoga ma’lumdir. 
Buxoroning birinchi tarixchilari yozib oldirgan afsonalardan birida Buxoro qal’asi 
Siyovush tomonidan qurilgan deb aytiladi. Siyovush qadim zamonlarda ilohiy shaxs 
sifatida hurmatlangan. Keyinga davrlarda yaratilgan she’riy afsonaga ko’ra, Yeron 
shohi va turk ayolining farzandi bo’lgan Siyovush Turon shohi Afrosiyob tomonidan 
o’ldirilgan. VII asrda shahar yuqorida ta’kidlanganidek; so’g`dcha nom bilan 
Numijkat deb atalgan bo’lsa, VII-VIII asrlarda esa Puxo, Buxo, Buge deb ham 
nomlangan. Afshona-Buxoro viloyati Peshko’ tumanidagi qishloq. Abu Ali ibn Sino 
tug`ilgan joy. Narshaxiy asarida Afshina shaklida keltirib, «Katta shahriston va 
mustahkam hisorga egadir. Bir qancha qishloqlar unga mansubdir. Bu yer duo qabul 
bo’ladigan joy» deb ta’riflagan. qishloq nomi cho’lda o’sadigan "afshon" degan 


29
giyoh nomidan kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Bodiyai Xurdak-Karmana 
shahrining qadimgi nomlaridan biri. Narshaxiyning yozishicha, «qadim vaqtlarda 
Karmanani «Bodiyai Xurdak» («Ko’zacha») deb ataganlar» (26 a, 95 b.). 
Haqiqatdan ham bodiya so’zining bir ma’nosi «ko’za», «umon» demakdir. 
Shuningdek, uni: «cho’l, dasht, biyobon» ma’nolari ham bor. Demak, Bodiyan 
xurdak «Kichik cho’l», «Kichik dasht» degan ma’noga ega
1
.
Joy nomlari uy-ro’zg`or buyumlaridan ko’ra ko’proq tabiiy geografik 
atamalar bilan nomlanganligini e’tiborga olsak, keyingi ma’no haqiqatga yaqinroq 
bo’ladi. Vardonze - Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi qishloq. Narshaxiy «Bu 
katta bir qishloq bo’lib, kuxandizga, katta va mustahkam hisorga ega. U qadim 
vaqtlardan podshohlarning turar joylari bo’lgan, lekin hozirda unda podshoh 
o’tiradigan qarorgoh yo’q. Vardona Buxoro shahridan qadimroq barpo bo’lgan, uni 
Shoxpur Malik (Shopur-Xusrav-II (531-578) yoki Xusrav II (590-628)ning o’g`lini 
ko’zda tutilsa kyerak) bino qilgan» deb yozadi . Qadimgi qo’rg`on yaqinidagi 
qishloq hozir Ko’hna Vardonze deb ataladi. Toponim so’g`dcha «var» so’zi asosida 
tuzilgan bo’lib, aholi yashaydigan, to’rt tomoni devor bilan o’ralgan istehkomni 
bildiradi. «qo’rg`on, podshohlarning maxsus qarorgohi» ma’nosiga ega. 
VobkentBuxoro viloyatidagi shahar, shu nomli tuman markazi. O’g`uz shevalarida 
vob yoki vaob so’zi «bo’z yer, quruq yer» degan ma’noga ega
2
.
Vobkent-«bo’z yerdagi qishloq, aholi manzili» demakdir. Galaosiyo-Buxoro 
viloyatidagi shahar. Buxoro tumanining markazi. Galaosiyo ikki so’zdan olingan 
bo’lib, Gala-qishloq, «Osiyo-tegirmon» yoki «tegirmonli qishloq» ma’nosini 
anglatadi. Xalq etimologiyasiga ko’ra, tojikcha «alla, osiyo-alla tegirmoni» so’zidan 
olingan deyiladi. Jilvon-Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi qishloq, kanal va 
cho’l nomi. Buxoro amirligidagi mansab va martabalardan biri xalqni o’g`ri, 
qaroqchi va yo’lto’sarlardan himoya qiluvchi jilbon mansabi bo’lib, joy nomi ham 
shundan kelib chiqqan bo’lsa kyerak. Jondor-Buxoro viloyati Jondor tumani
markazi. Qo’rg`on ma’nosida: a) Tirik mavjudot, jonivor; b) O’rta Osiyoda 
Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davrida yasovulboshi, Shurot (gvardiya)ning 
mashhur kishilari; v) Qurol-aslaha egasi «do’st va madadkor» deyilgan fikrlar bor.
Jo’ybor-Buxoro shahrining g`arbidagi mavze.
XII asrda Ahmadxon hukmronligi zamonida obod qilingan. Jo’ybor-«ariq bo’yi» 
ma’nosini bildiradi. Jo’ybor xo’jalari katta mavqega ega bo’lgan. Jo’yi Mo’liyon-
Buxoro shahrining shimol tomonidagi ariq va uning atrofidagi ekin yerlari nomi. 
Narshaxiyning yozishicha, Jo’yi Mo’liyon yerlari qadim vaqtlarda Tug`shodaning 
1
Eshov B. O’rta Osiyo qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. Toshkent. ‘’Fan va tehnologiya’’,2008., 70-b
2
Nazarov I.K., Allayorov I. Buxoro geografiyasi. Buxoro, 1994. 51-b
 


30
mulki bo’lib, u o’z farzand va kuyovlarining har biriga taqsim qilib byergan edi. 
Marhum Amir Ismoil Somoniy bu yerlarni xalifa al-Musta’in ibn al-
Mo’’tasimning lashkarboshisi bo’lgan Hasan ibn Muhammad ibn Tolutdan sotib 
oldi. Amir Ismoil Jo’yi Mo’liyonda saroylar va bog`lar barpo qilib, uning ko’proq 
qismini Mavoliylarga vaqf qildi. Shunday qilib bu yerlar Jo’yi Mavoliyon deb atalib 
keyinroq Jo’yi Mo’liyon bo’lib ketgan. Mavoliy-aslida «Mavlo» (Xoja, janob, valiy 
va okazo)ning jami . Kogon-Buxoro viloyatidagi shahar. 1888 yildan boshlab 
Zakaspiy temir yo’li (Krasnovodskdan Samarqandgacha) bo’yida, Kogon qishlog`i 
o’rnida yuzaga kelgan.
Nom qoraqipchoqlarning kovon urug`i bilan bog`liq bo’lsa kyerak. Chunki 
Kogon tumanida qipchoqlarning turli urug`i yashaganlar. Bundan tashqari "ko’k 
ekuvchilar" degan talqini ham bor. Losha-Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi 
qishloq. O’tmishda Buxoro sharidan O’rtacho’l massiviga boriladigan yo’l yoqasida 
xarob, tashlandiq ko’l bo’lib, vaqt o’tishi bilan uning qurigan o’rnida qishloq barpo 
bo’lgan. Losha-xarob, aftoda ma’nosiga ega. Olot-Buxoro viloyatidagi shahar va shu 
nomli tuman markazi. Buxoro tumanida Olotxona qishlog`i ham bor. Olot-Arlot 
qabilasining dialektal talaffuzidir. Ayrim manbalarda Olat-asboblar, yaroqlar 
ma’nosida ham keltiriladi. Peshko’-Buxoro viloyatida shu nomli tumandagi aholi 
markazi. Peshko’ nomi aslida «Peshi Ko’y» bo’lib, «katta yo’l ustidagi joy» 
ma’nosini anglatgan. Peshko’ tarixi bevosita Buxorodan Xorazm va Yeronga 
yo’nalgan buyuk ipak yo’li bilan uzviy bog`liqdir.
"Peshi Ko’h" – tog` oldi bo’lishi ham mumkin. Romitan-Buxoro viloyatidagi 
shu nomli tuman markazi, shahar. Navoiy viloyati Navoiy tumanida ham shu nomli 
qishloq bor. Tojikiston Respublikasida ham Romitan degan joy nomi mavjud. 
Romitan atamasini Narshaxiy "Romtin", Muhammad Solih esa "Razmitin" shaklida 
keltiradi. Asrimizning 20-yillarigacha bu aholi manzili Laqlaqa deb yuritilib, 
Rometan (Xayrobod) tumanining markazi bo’lgan. Aslida Rometan deganda 
qo’rg`oni Rometan tushunilgan. Muhammad Narshaxiy qo’rg`oni Rometan haqida 
«Bu bir katta ko’handizga ega va mustahkam bir qishloq bo’lib, Buxorodan 
qadimiyroqdir» deb yozgan edi. Romitan nomini Rometi degan urug` nomi bog`liq 
degan fikrni ham ayrim mualliflar keltiradilar. Ba’zi tarixiy manbalarda esa Romi 
so’zi harakatdagi otliq askar, nayzador ma’nosiga egaligi keltiriladi. Shunga asosan 
«askarlar turadigan joy», «harbiy manzil yoki qo’rg`on» ma’nosi ham bo’lishi 
mumkin. Yana "Roh"-yo’l, "miton"-qal’a, qo’rg`on, «yo’l bo’yidagi qo’rg`on» 
ma’nosida bo’lishini ehtimoli ham yo’q emas. Chunki bu qishloq buyuk ipak yo’li 
bo’yidagi manzillardan biri bo’lgan
1
.
1
Muxammadjonov A. “Qadimgi Buxoro” Toshkent, “Fan”, 1991. 35-b 


31
Ayrim mualliflar Romitan va Romish nomlarini «Rom»-shodlik va xursandlik 
bilan bog`laydilar. Soktari-Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi qishloq. Xalq 
etimologiyasiga ko’ra, qishloq xalqi o’tmishda o’qimishli va dono o’tgan bo’lib, 
yuzta pirlari bo’lgan ekan. Shuning uchun ham qishloqni «Sadpiri»-«yuzta piri bor 
joy» deyilgan. Sadpiri vaqt o’tishi bilan Soktariga aylangan deyiladi. "Qiyos-ul 
lug`otda" «suta» so’zi tayrilmo va yiilmo ma’nosida keltiriladi. Qishloqni Zarafshon 
bo’yida joylashganligini hisobga olib, uning asl ma’nosi "So’tari"-sirpanchi joy, 
daryo bo’yidagi suvlik joy bo’lishi mumkin. Atamaning ikkinchi ismi-tari, tar-o’l, 
suvlik demakdir. Torob- Buxoro viloyati Jondor tumanidagi qadimiy qishloqlardan 
biri. Narshaxiy bu qishloqni Tarovcha deb atab, Nur, arorund, Vardona, Safna va
Isvona qishloqlariga o’xshash hali Buxoro vujudga kelmasdan oldin paydo 
bo’lganligini qayd qiladi.
Qishloq xalqi 1238 yilda Mahmud Torobiy boshchiligida mo’g`ul 
bosqinchilariga qarshi ko’targan ozodlik kurashi bilan mashhur. Xalq 
etimologiyasiga ko’ra, Torob- «arining kichraygan, toraygan joyi» ma’nosiga ega. 
"Qiyos-ul lug`ot"da "Tarova"- motam paytlarida kiyiladigan rangli chopon deb 
keltirilgan. Shofirkon-Buxoro viloyatidagi tuman markazi, shahar. Joyning asl nomi
Xoja Orifi Mohitobon bo’lib, Naqshbandiya tariqatiningXIII asrda yashab o’tgan 
mashhur namoyandasi Abduxoliq G`ijduvoniyning to’rtinchi xalifasi nomi bilan 
atalgan. Xoja Orif tug`ilgan paytda joyning nomi Revgar qishlog`i bo’lganligi uchun 
u kishini ham Xoja Orif Revgariy deb ataganlar. Shofirkonni to’g`ri atamasi 
Shopurkom bo’lib, Narshaxiyning yozishicha, Sosoniylar sulolasidan bo’lgan 
Kisroning (Xisrav I (531- 5780 yoki Xisrav II (590-628) o’g`li otasiga achchiq qilib 
bu viloyatga kelgan; Uning nomi Shopur edi. «Pur» Yeron tilida «o’g`il» demakdir.
Buxorxudotdan bu mavzeni so’rab olib, ariq chiqarib uni «Shopurkom» deb atadi. 
Shopurkom-«shopur arig`i» demakdir. 
G`ijduvon-Buxoro viloyatidagi tuman markazi, shahar. tarixiy manbalardan 
Narshaxiyning "Buxoro tarixi"da Muqanna qo’zg`oloni voqealari (775-776 yil) 
munosabati bilan tilga olinadi. Xalq etimologiyasiga ko’ra "g`uji-devon"-«Devlar 
to’planadigan joy», «g`uji-dehon», «bir to’p qishloq» singari ma’nolari bor deyiladi. 
Yana bir varianti Kishtuvon shaklidagi atamasi bo’lib, kishti-ekin eekuvchi, 
dehqonchilik qiluvchi, ekin ekiladigan paykal singari qator ma’nolari bor. 
G`ishtuvon dehqonlar manzili ma’nosida bo’lsa kyerak. G`ishti-Buxoro viloyati 
G`ijduvon tumanidagi qishloq. Xalq etimologiyasiga ko’ra, quyidagi ma’nolari bor: 
1. Tabiiy jihatdan qulay joyda joylashganligi, xo’jalik tarmoqlarini rivojlanib, joyni 
jannatmakonga aylanganligi uchun behishti-«jannatdek joy» deb atalgan. Behishti 
so’zi vaqt o’tishi bilan o’zgarib bishti, hishti, g`ishti bo’lgan; 2. Qishloqda g`isht 
xumdonlari bo’lib, obi g`ishtlar pishirilgan. shuning uchun qishloq shunday atalgan.


32

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin