Mundarija kirish I. Bob Ilk o’rta asrlar markaziy osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi


 Buxoro vohasi shahar yodgorligining arxeologiyasi va tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix17.09.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#144547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ahmadaliyev Kamron- Ilk o\'rta asrlarda

2.2 Buxoro vohasi shahar yodgorligining arxeologiyasi va tarixi
Buxoro viloyati toponimiyasi ya’ni geografik nomlar O’zbekiston 
toponomiyasining, qolavyersa O’rta Osiyo toponimiyasining bir qismi sanaladi. Bu 
geografik nomlarning asosiy qismini tashkil etadi. Hozirgi o’zbek, tojik, turkman, 
qozoq tillari yordamida osongina tushunish mumkin. Toponimlar hozirgi ma’muriy 
yoki etnografik chegaralarni tan olmaydi ya’ni tojikcha nomlar o’zbeklar 
yashaydigan manzilgohlarda yoki umumiy olganda O’zbekistonda, o’zbekcha 
nomlar esa Tojikistonda uchrashi mumkin. Buxoro viloyati toponimlarini o’rganish 
chog`ida albatta o’zbek va tojik tilini bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir 
hududda joy nomlarining vujudga kelishi shu joy hamda uning aholisini o’ziga xos 
xususiyatlardan kelib chiqadi. Buxoro viloyati respublikamizning ana shunday 
o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan hududlaridan biridir. Viloyat hududi qadimdan 
aholi manzilgohi sifatida muhim ahamiyat kasb etib kelgan
1
.
Hududdagi joy nomlarning vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatgan omillarni 
geografik nuqtai- nazardan quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1. Tabiiy geografik 
omillar 2. Ijtimoiy iqtisodiy geografik omillar 3. Siyosiy geografik omillar Tabiiy 
geografik omillar bu viloyatning tabiiy geografik o’rni, tabiiy sharoiti, geologik 
tuzilishi, relefi, gidrografik xususiyatlari, yer osti va yer usti boyliklari o’simlik va 
hayvonot dunyosi kabilardir. Ma’lumki Buxoro viloyati hududi qurg`oqchil iqlimli 
(arid) cho’llardan iborat bo’lib Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan.
Zarafshon va uning tarmoqlari oqib o’tgan tor palasada Buxoro vohasi 
shakllangan. Viloyat tabiatning ana shu xususiyatlari uning joy nomlarida ham o’z 
aksini topgan. Ikkinchi komponenti cho’l, ko’l, ariq, ro’d, (ro’dak) bo’lgan joy 
nomlari ko’plab uchraydi. Shuningdek hudud relefi (tepa, tal, chuqur, qir, 
komponentli) o’simlik va hayvonot dunyosi (yantoq, tol, jiyda, yulg`un, patta, 
komponentli) joy nomlari ko’plab uchraydi. Xullas viloyat tabiati va tabiiy sharoiti 
uning joy nomlarida yaqqol aks etgan. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar bu aholi, uning 
turmush tarzi, urf-odatlari hamda kasb-kori kabilarni o’zida mujassamlashtiradi. 
Bundan tashqari aholining tili, milliy tarkibi, dini kabilar ham shunday omillar 
sirasiga kiradi
2
. Viloyatda qishloq aholisi aholining katta qismini tashkil etadi. 
Qishloq turmush tarzi va urf-odatlari joy nomlarida o’z aksini topgan. Aholining 
tabaqalanishini aks ettiruvchi joy nomlari xususan xo’ja, boy, so’fi tyerminlari 
asosida vujudga kelgan joy nomlari ko’pchilikni tashkil etadi. Ma’lumki butun 
o’zbek xalqi uchun xos bo’lgan kasb-korlar, hunarmandchilik tarmoqlari Buxoro 
xalqi uchun ham xosdir. Masalan: zargarlik, zardo’zlik, pichoqchilik, temirchilik, 
kulolchilik va shunga o’xshash bir qancha kasb-korlar bilan shug`ullangan aholi 
yashagan joylar ularning kasb-kori nomi bilan Temirchi, Kulolon, Qassobon,
1
Barkayev. J, Haydarov. Y. – Buxoro tarixi., T.: “O’qituvchi”. 1991. 6-b

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin