MUNDARIJA KIRISH I BOB. Innovatsion marketing tushunchasi I.1. Innovatsion marketingning mohiyati I.2. Innovatsion marketing turlari II BOB. Innovatsion marketingni o‘ziga xos xususiyatlari II.1. Innovatsion marketing jarayonining tizimli xususiyatlari II.2. Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan hisoblanadi.
Marketingni bir qancha tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob mualliflari martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi.
Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.
Innovatsion faoliyat yo’nalishlari eng avvalo, ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki iste’molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko’rishini o’rganish natijalaribilan belgilanishi lozim. Innovatsion marketing texnologiyalarining o’ziga xos xususiyati shundaki, ular jismoniy jihatdan mavjud bo’lgan mahsulot bilan emas, balki uning ishlab chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli ravishda, marketing tadqiqotlari o’tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi.
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori kon’yunkturasini o’rganish, innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo’lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalaydi.
Innovatsion marketing ob’ekti intellektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar va xizmatlarni siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari hisoblanadi.
Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Innovatsiyalarni tijoratlashtirish esa yoki mukammallashmagan, yoki umuman bo’lmagan. Biroq bugungi kunga kelib, raqobat kurashida innovatsiyalar ishlab chiqarishni emas, ularni amaliy qo„llashni tashkillashtira oladiganlar g’olib kelmoqda.