Mundarija: Kirish I. Bob. Kontinentlararo migratsiyaning globallashuvi


I.Bob. Kontinentlararo migratsiyaning globallashuvi



Yüklə 45,75 Kb.
səhifə2/3
tarix22.06.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#133960
1   2   3
Migratsiya va qochoqlar muammosi

I.Bob. Kontinentlararo migratsiyaning globallashuvi
Migratsion jarayonlarni boshqarishda ushbu jarayonlarning asosiy yo`nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining 5 ta yo`nalishini ajratib ko`rsatish mumkin:
1) Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya;
2) Sanoati rivojlangan davlatlar doirasidagi migratsiya;
3) Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya;
4) Sobiq sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya;
5) Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi.
BMTning statistik ma`lumotlariga qaraganda, Yevropa aholisi 2050 yilga borib, 128 mln.ga kamayadi, bunda Italiya – 16 mln., Germaniya – 23 mln., Rossiya – 33 mln. kishisini yo`qotadi. Eng ahamiyatlisi, Yevropa umumiy aholisining 10% igina Yevropalik ildizga taqaladi.
EI hududida migratsion oqimni va o`zga madaniyatdagilar hamjamiyatini tartibga solish bo`yicha muayyan ishlar ham ilmiy-nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Yevropaning deyarli barcha davlatlari OAVlarida va siyosiy debatlarda ushbu mavzu tez-tez ko`tarilmoqda.
Germaniya immigratsiya siyosati o`ziga xos maxsus qoida va an`analardan kelib chiqqan bo`lib, u ko`pgina Yevropa davlatlarida qiziqish uyg`otdi.
Agarda 1973 yilda 3,9 mln. (GFR) xorijlik yashagan bo`lsa, 30 yildan so`ng bu ko`rsatkich, ya`ni 2002 yilda 7,3 mln.ni tashkil qildi. Germaniyalik muhojirlarning ko`pchiligi “uchinchi davlat” kishilari bo`lib, ular etnomadaniy nuqtai nazardan, ko`pgina muammolarni keltirib chiqaradi.
2000 yil 1 yanvardan kuchga kirgan “Fuqarolik to`g`risida”gi qonuniga ko`ra, 2000 yilgacha muhojirlardan tug`ilgan bolalar bevosita nemis fuqaroligini qo`lga kiritadi. Balog`at yoshiga etguncha (18 yosh) ular ota-onalarining fuqaroligini saqlab turadilar, lekin 23 yoshgacha fuqarolikni aniq tanlashlari talab etiladi. Fuqarolik olishga ishsizlik nafaqasini oluvchilar, sudlanganlar da`vogarlik qila olmaydilar. SHuningdek, nemis tilini o`rganish bo`yicha test olish majburiy qilib qo`yildi. Umumiy hisobda 2000-2004 yillar oralig`ida 191107 ta muhojirlarning farzandlari nemis fuqaroligini qo`lga kiritishdi. Ularning ko`pchiligini etnik turklar tashkil qiladi.[1][108]
Germaniya yangi migratsion siyosatining tub mohiyati shu bo`ldiki, Germaniya o`zini yakunda rasman “immigratsion mamlakat” deb e`lon qildi. YAna bir muhim jihat shu bo`ldiki, immigrantlarga turli tanishtiruv kurslari (630 soatga mo`ljallangan federal dastur) belgilangan bo`lib, u “uchinchi davlat”lar bilan Yevropa davlatlari fuqarolarini bir xil ko`radi. Musulmon ayollar uchun ham alohida kurslar belgilangan bo`lib, bu yakunda ularning mehnat faoliyatiga tezroq kirishib ketishlariga yordam beradi. O`z navbatida, bu kurslardan bosh tortgan odamlarga ma`muriy choralar ko`riladi.
2006 yil 14 iyulda Berlinda shaxsan federal kantsler rahbarligida xorijliklar integratsiyasi masalasi bo`yicha Sammit bo`lib o`tdi. Unda barcha manfaatdor tomonlar, siyosatchilar, OAV vakillari, iqtisodchilar, kasaba uyushmalari, diniy muassasalar vakillari, shuningdek, madaniyat va sport vakilllari ishtirok etdi. Angela Merkel` ushbu anjuman migrantlar va Germaniya siyosatchilari o`rtasidagi kelgusidagi integratsion siyosat uchun ochiq dialog platformasi bo`lishi kerakligini bildirdi. Buning natijasida, 2007 yil yarmigacha oltita ishchi guruh tuzilishi va ular umummilliy integratsion kontseptsiya (ayniqsa, ta`lim va nemis tilini o`rganish bo`yicha) ishlab chiqishlari belgilandi.
Germaniya yangi immigratsion siyosatining amalda bir vaqtning o`zida, mamlakatda istiqomat qilayotgan va kelayotgan muhojirlar uchun ko`pgina qulayliklarni belgilab berdi. Ta`lim va til jarayoniga urg`u berilayotganligi esa alohida diqqatga sazovor, zero malaka va til bilish amalda, shaxsning keyingi istiqbolini belgilab beradi.
Migrantlar, o`z tabiatiga ko`ra jamiyatning ishbilarmon va harakatchan a`zolari hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak, migratsiya iqtisodiy o`sishga, yangi millatlarning paydo bo`lishi (assimilyatsiyalashuv)ga, marginal madaniyatlarning boyishiga ko`mak bo`lib kelgan.
Migratsion jarayonlarni tahlil etishda, undagi muhim muammoviy masalalarning ham mavjudligini inobatga olish zarur bo`ladi. Ma`lumki, harakat faoliyati mobaynida aksariyat migrantlar ekspluatatsiya qilinadi va ularning huquqlari poymol qilinadi; aksariyat holatlarda o`zlari yo`nalish olgan manzil mamlakatlar madaniyati va turmush tarziga nisbatan integratsiyalashuv qiyin kechishi mumkin; migrantlarni qabul qilayotgan davlatlarning malakali va zarur hisoblangan kadrlariga nisbatan arzon ishchi kuchi sifatida raqobatbardosh bo`lib, ularni ish joylaridan mahrum etishi mumkin. Mana shu va boshqa ko`plab sabablarga ko`ra migratsiya holatin har tomonlama, jumladan sotsiologik o`rganish muhim mavzu hisoblanadi.
Mazkur migratsiyaning hajmidan tashqari yana bir muhim tomoni, ijtimoiy-siyosiy tomoni ham borki, u hozirgi vaqtda ham Yevropalik hisoblangan amerikaliklarning asosan kelib chiqishi afrikalik bo`lgan qullarning avlodlariga nisbatan qaysidir darajada ta`sir kuchiga ega ekanligidir. SHunday bo`lsa-da, AQSHga quldorlikning tugatilishidan so`ng ham Xitoy, Hindiston va YAponiyadan juda ko`plab odamlar shartnoma asosida ko`chishdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Masalan, oxirgi statistik ma`lumotlarga ko`ra ushbu mamlakatga faqat Hindistonning o`zidan 1,5 million odam ko`chib kelgan. Hindistonlik migrantlar dunyo miqyosida o`zining intellektual salohiyati tufayli komp`yuter dasturlari ustasi sifatida tanilgan bo`lsa-da, biroq ularning Amerikadagi faoliyati Yevropa mamlakatlari fuqarolariga tegishli plantatsiyalarda ishlash bilan bog`liqdir.
Migratsiyaning keyingi davri XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlariga kelib, AQSHning sanoatini nihoyatda yuqori sur`atlar bilan rivojlanishi orqali belgilanadi. Bu vaqtda SHimoliy, Janubiy va SHarqiy Yevropaning iqtisodiy turg`un hududlaridan va repressiv siyosiy tizimlaridan qochgan millionlab ishchilar 1850 yildan 1930 yildagi Buyuk Depressiyagacha AQSHga ko`chib ketishda davom etadilar. Ularning orasida ocharchilikdan qochgan irlandiyaliklarni, omadini sinab ko`rish uchun ketgan ingliz, nemis va frantsuzlarni, ishsizlikdan tinkasi qurigan italiyalik va polyaklarni, etnik jihatdan holi tang yahudiy va boshqa millat vakillarini ko`plab uchratish mumkin edi. Bu vaqtda N`yu Yorkdagi Ellis orolidagi immigratsion tekshiruv ro`yxatidan o`tgan migrantlarning soni qariyb 12 mln. kishini tashkil etadi.
Migratsiyaning keyingi katta davri ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa, SHimoliy Amerika va Avstraliyadagi iqtisodni tiklash uchun ishchi kuchi zarur bo`lganligi tufayli sodir bo`ladi. Masalan, bu ko`plab turk migrantlarining Germaniyaga, SHimoliy Afrikaliklarning Frantsiya va Bel`giyaga kelishi bilan bog`liq.
SHu vaqtda mustamlakadan chiqish hali hamon davom etayotgan bo`lib, dunyoning turli burchaklarida “uchinchi davlatlar” deb nom olgan ko`plab jamiyatlarda ozodlik harakatlari natijasida, mustamlakachilik zulmidan qutulish davri boshlanadi. Ammo uning zamirida ham migratsion jarayon jiddiy tus oladi. Bu davr, 1947 yilda Hindistonda bo`lgan ozodlik harakati va Pokiston davlatining vujudga kelishi natijasida, millionlab hindlar va musulmonlarning, hamda Isroil davlatining tashkil topishi natijasida vujudga kelgan ichki nizolar tufayli, yahudiy va falastinliklarning o`z tug`ilib o`sgan joylarini tark etishlari bilan bog`liq. SHuningdek, mag`lubiyatga uchragan Germaniya va YAponiyadan AQSHga intellektual migratsiya kuchayadi.
Avj olgan migratsiya sur`ati AQSHga nisbatan o`tgan asrning 90-yillari boshida bir oz susaygan bo`lsa, Yevropa mintaqasida xalqaro migrantlarning kuchiga bo`lgan talab 70-yillarga kelib deyarli ehtiyoj sezmaydi. Ushbu davrlarda global iqtisodning boshqaruv kuchi Osiyo tomonga ko`cha boshlaydi. Bu esa shundoq ham aholi zich yashaydigan erlarda migrantlarga, xususan, mehnat migratsiyasiga bo`lgan talabni oshiradi. Oxir-oqibat migrant qabul qiluvchi davlatlarda so`nggi yillarda boshpanasizlar, qochoqlar va nomuntazam migrantlarning harakati boshqarib bo`lmas darajaga etdi. Bu tabiiyki, xalqaro miqyosda migratsiya tizimini tartibga solish bo`yicha qator loyihalar ishlab chiqishni taqozo etardi.
Birinchidan, migrantlar orasida ayollar ulushi tez ravishda oshib bormoqda. 2007 yilda Er yuzi bo`yicha migrantlarning deyarli yarmi ayollar bo`ldi, ularning katta qismi rivojlangan davlatlarda va sezilarli qismi esa rivojlanayotgan davlatlarda faoliyat yuritmoqda. BMTning statistik ma`lumotlariga ko`ra, 2005 yilda Yevropa, Lotin Amerikasi, SHimoliy Amerika, Okeaniya va sobiq Ittifoq davlatlarida erkak migrantlarga qaraganda ayol migrantlar ko`proq bo`lgan. E`tirof etadigan tomoni, ilk vaqtlarda ayollarning migratsiyada ishtirok etishda asosiy maqsadlaridan biri an`analardan kelib chiqqan holda, o`z jufti haloli bilan birga bo`lish bo`lsa, bugungi kunda esa mustaqil tarzda ko`chayotgan ayollar nisbati ortib bormoqda, ular asosan oilalarining asosiy boquvchisi sifatida ketmoqdalar.
Ikkinchidan, migrantlarning o`z davlatlari, tranzit va ular boradigan (manzil) davlatlar orasidagi an`anaviy farq tushunarsiz bo`lib qoldi. Bugungi kunda dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar nazoratni amalga oshirish uchun uchta vazifani bajarmoqda, ya`ni migrantlar bu davlatlardan chiqarilmoqda, davlatlar tranzit vazifasini bajarmoqda va migrantlar ularga qarab yo`l olishmoqda.
SHaxsning yashash joyini erkin tanlashini tan olish migratsiya ommaviy, xalqaro tus olayotgan hozirgi davr va jamiyatlar uchun uzoq izlanishlar olib borishni talab etayotgan masalalardan biridir. Inson xuquqlari va ma`naviy madaniy qadriyatlar nuqtai nazaridan u, shubhasiz, ijobiy ahamiyatga ega. SHaxsning o`z ma`naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun barcha davlatlar va o`lkalarda ham real teng imkoniyatlar yaratilgan deb bo`lmaydi. Diniy mutaassiblik, konservativ qarashlar, demokratiyani til uchida tan olayotgan, aslida esa yakka fikrni targ`ib etib, hurfikrlikni goh ochiq, goh yopiq ta`qib etayotgan davlatlardan ochiq fuqarolik jamiyati qurayotgan G`arb davlatlarida migratsiya kuchayib bormoqda. Har yili G`arb davlatlariga Osiyo va sobiq SSSR respublikalaridan 4 millionga yaqin kishi migratsiya qilinadi. Bunday jarayonlar Xitoy, YAponiya, Hindistondan AQSHga ko`chishda ham ko`zga tashlanadi. Demak, migratsiya umumplanetar xarakter kasb etmoqda.
Ko`chish faqat ishchi kuchlarining siljishi emas, u milliy madaniy qatlamlarning siljishi hamdir. U madaniyatlararo integratsiyani kengaytiradi, umuminsoniy ma`naviy-madaniy qadriyatlarning, turmush tarzining rang-baranglashuviga, butun insoniyat uchun normativ ahamiyatga va ko`rinishga ega bo`lgan madaniy paradigmalarning shakllanishiga olib keladi. “Emigratsiya va reemigratsiya hayotning geosiyosiy, siyosiy, iqtisodiy, etnomadaniy, ijtimoiy sohalariga ta`sir etdi”[2][109].
Hozirgi davrda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi migratsiya oqimlarini boshqarish muammosi mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligini shakllantirishning ahamiyatli omillaridan biriga aylanmoqda. CHunki migratsiya (xususan, mehnat migratsiyasi) so`nggi vaqtlarda mintaqaning qator mamlakatlari uchun tahdidli xususiyat kasb etmoqda. Mintaqadagi migratsiya nafaqat o`zining misli ko`rilmagan ulkan miqyosi, balki aksariyat hollarda asosan faqatgina bir mamlakatga – Rossiyaga yo`nalganligi bilan xarakterlidir. VMF ma`lumotlariga ko`ra, Rossiya imigratsiya ko`lamiga ko`ra, kattaligi jihatidan ikkinchi o`rinda turadi. Bu esa, Markaziy Osiyo mintaqasining deyarli barcha mamlakatlarini RF siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog`lab qo`yadi[3][110].
Mintaqadagi mamlakatlar migratsiya jarayonlarining ikkinchi muhim xususiyati migrantlardan olinayotgan moliyaviy tushumlardan ushbu davlatlarning bog`liqligi yuqori darajasidir. (Aynan MVFning ma`lumotlariga ko`ra, mintaqa mamlakatlariga migrantlar tomonidan yuborilayotgan pul jo`natmalari Tojikiston YAIMning 20-25%igacha, Qirg`izistonda 16%igacha tashkil etadi)[4][111] Bog`liklikning bunday darajasining o`ziyoq iqtisodiy xavfsizlikka bevosita tahdiddir. Rossiyada ishchi o`rinlarning so`nggi qisqartirilishi Qirg`iziston Respublikasi migratsiya va bandlik agentligi direktori A.Riskulovaning bejiz jiddiy tashvishga solmayapti, uning fikriga ko`ra, jahon iqtisodiy inqiroziga bog`liq holda migrantlardan pul tushumining kamayishi hozircha kuzatilmayapti. “Biroq migrantlardan keladigan tushumlar kamayishi mumkin, chunki inqiroz ish o`rinlarining qisqarishiga olib keladi, bu esa, ishsizlikning ko`paytirishi yoki xorijga pul topish uchun ketgan kishilarning maoshi kamayishiga olib kelishi mumkin. Bank jo`natmalari bo`yicha Qirg`izistonga migrantlar o`tkazayotgan pullar 800 milliondan ko`proq AQSH dollarini tashkil etadi, biroq shu ayolning so`zlariga ko`ra, agar ular pullarni qarindoshlari orqali yuborishni yoki ko`chmas mulk xarid qilayotganini hisobga oladigan bo`lsak, bu summa 1 milliard AQSH dollaridan oshib ketishi mumkin”[5][112]. Bundan nafaqat Qirg`iziston Respublikasining iqtisodiy, balki milliy xavfsizligiga ham jiddiy xatar bo`lishi mumkinligini, xususan, bu erda Qirg`izistonning tashqi qarzi sezilarli ekanini ham hisobga olish zarurligi haqidagi xulosa kelib chiqadi.
Hozirgi sharoitlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsion oqimlar deyarli nazoratsiz yuz berayotganini hisobga olgan holda har qanday donor mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi kamayishi kuzatilishi mumkinligini tahmin qilish mumkin, chunki malakali mutaxassislarning ketib qolishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va raqobatbardoshligi kamayishiga olib kelishi mumkin. Ayni vaqtda, har qanday mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini saqlab qolish uchun ishlab chiqarishning shunday darajasiga hamda raqobatbardoshlikni ta`minlay oladigan mahsulot samaradorligi va sifatini oshirishga hamda jahondagi savdoda, koopiratsion aloqalarda va ilmiy-texnik, texnologik yutuqlarda teng ishtirok etishga imkon beradigan darajaga chiqish talab etilmoqda. Bunga halal beruvchi omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

Mehnat migratsiyasi sohasida qabul qiluvchi va yuboruvchi mamlakatlar qonunchiligining nomukammalligi. Mavjud qonunlarni amalga oshirishning aniq mexanizmi, ularni bajarilishi ustidan nazoratning mavjud emasligi.


Mehnat migrantlarining faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun huquqiy asos sifatidagi ta`sirchan ikki tomonlama bitimlarning mavjud emasligi.
Mehnat migrantlarini qabul qiluvchi mamlakatlarda undan foydalanish manfaatli bo`lganligi sababli noqonuniy ishchi kuchiga bo`lgan yuqori talab hamda ish beruvchi uchun xorijiy ishchi kuchini yollash tartibining murakkabligi.
Fuqarolarni xorijda qonuniy ishga joylashtirish bo`yicha Tojikistondagi xizmatlar va infratuzilmalarning rivojlanmaganligi.
Qog`ozbozlikning keng tarqalganligi.
Markaziy Osiyo hududi mamlakatlaridagi migratsiya darajasini yuqoriligi iqtisodiy asosi iqtisodiy taraqqiyot darajasi va turli mamlakatlardagi daromadlar darajasidagi farqdir. Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun (Qozog`iston bundan mustasno) Rossiya mehnat migrantlari uchun iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa omillar tufayli eng maqbul mamlakatdir.
YUqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda, mamlakatdan chiqib ketayotgan ishchi kuchi oqimining iqtisodiy zarari o`ta katta, degan uzil-kesil xulosaga kelish mumkin. Migratsiya natijasida mintaqa mamlakatlarining eng malakali mehnat zahiralari qatlamlarining yo`qotilishi mlliy iqtisodiyotlarning uzoq muddatli jonlanish istiqbollariga putur etkazadi va ham ichki, ham xorijiy investitsiyalarning mehnat talab qiluvchi sohalarga kiritilishini kamaytirib yuboradi. Ular o`tmishda raqobatli afzalliklarga ega bo`lgan va Markaziy Osiyo davlatlarining milliy iqtisodiy tizimi uchun yo`l boshlovchi bo`lishi mumkin edi. Bu ham, iqtisodiy xavfsizlikning o`sishiga imkon bermaydi.
Mehnat migratsiyasining hozirgi kundagi jarayonlari, agar qisqa muddat nazaridan qaraladigan bo`lsa, iqtisodiyotga pul va mahsulot zahiralarining sezilarli darajada jamlanishi hamda mamlakat tashqarisida yaratiladigan so`ngra esa, mintaqa mamlakatlariga olib kelinadigan, import qilinadigan qadriyatlarga ta`sir ko`rsatadi.
2004 yil 17 avgustda Koreya Respublikasida sanoat tizimida o`qitish bilan bir qatorda xorijiy fuqarolarni ishga joylashtirishga ruxsat berish tizimi joriy qilingan. Ishga yollash faqatgina bu borada ikki tomonlama shartnoma tuzgan mamlakatlardagina amalga oshiriladi. Bunday mamlakatlar hozircha hammasi bo`lib oltita: Tayland, SHri-Lanka, V`etnam, Mo`g`uliston, Indoneziya va Fillipin[6][113].
Ishga yuborish mamlakatlarini tanlash Koreya Respublikasi xorijiy ishchi kuchi strategiyasi bo`yicha qo`mita va mehnat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi (mehnatga joylashish uchun ruxsat berish tizmiga yuboruvchi mamlakatlarni tanlash sanoat malaka oshirish tizimidan mustaqil tarzda o`tkaziladi). Ishchilarni tanlab olish va taklif qilish Koreya Respublikasi davlat muassasalari va yuboruvchi mamlakat tomonidan xususiy ishga jo`natish agentliklarining vositachiligisiz amalga oshiriladi.
Xulosa tarzida jaxon moliyaviy inkirozi natijasida kuplab mamalakat ish urinlari kiskartirilmokda. BMT taraqqiyot dasturining Yevropa va MDX mamalakatlari buyicha mintaqaviy byurosi markaziy Osiyo departamenti direktori global inkiroz dunyo buyicha 240mln. kishi ishidan ayrildi, 170mln. nafarda ortik kishi kashshok bulib koldi.
Jaxon tsivilizatsiyasining xozirgi rivojlanish boskichi ijtimoiy –iktisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar integratsiyalashuvi xamda globalashuvi bilan xarakterlanadi.
Zamondagi chegaralari va amalga oshish sur`atlari xam barcha mamlakatlar va millatlar uchun bir xil emas. U ayrim mamlakatlar xayotida tezrok, ayrimlarida esa sekinrok kechishi mumkin.

Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan sayin, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar va iqtisodiy qoloq mamlakatlar oʻrtasidagi farqlarning uzluksiz chuqurlashib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli taʼsir koʻrsatmoqda.


Chunki mehnat migratsiyasi kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida migratsiyaning oʻziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga oshirilgan alohida turi boʻlib, iqtisodiyoti ogʻir ahvolda boʻlgan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik va ish haqinig oʻtkir muammolarini hal etishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, siyosiy mustaqillikka erishgan, lekin ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda oʻtmishdan qolgan merosning ogʻir muammolarini uzil-kesil hal etish zaruratiga duch kelgan Oʻzbekiston ham XX asrning fenomeni – mehnat migratsiyasi jarayonlaridan chetda qolish imkonini topolmadi.
Mehnat migratsiyasi: sabab va oqibatlari
Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish bilan bogʻliq tub oʻzgarishlar birinchi navbatda mehnat munosabatlariga benihoya kuchli taʼsir koʻrsatdi. Natijada iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor munosobatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga xos, uning ajralmas qismi va doimiy yoʻldoshi boʻlgan ishsizlik fenomeni yuzaga keldi. Iqtisodiyotda kechgan obyektiv jarayonlar oqibatida minglab, millionlab kishilar ishsiz qoldi, oʻzlarining daromad manbaidan ajraldi. Endigina mustaqillikka erishgan yosh Respublikada kasbiy taʼlim tizimi mamlakatda shiddat bilan shakllananib borayotgan bozorning real talablaridan kelib chiqqan holda malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta atyyorlash tizimiga hali moslashib ulgurmagan edi. Natijada mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga talab oʻrtasida keskin tarkibiy disbalans yuzaga keldi va bozor munosabatlari oʻrnashib borgan sayin tobora chuqurlashib bordi. Bularning hammasi ish haqi oila daromadining yakkayu-yagona manbai boʻlgan yollanma ishchilar uchun haqiqiy fojiaga aylandi, ularni yuzaga kelgan tang vaziyatdan chiqish, oilani taʼminlash choralarini izlashga majbur qildi.
Oʻzbekistonda ishsizlikning yuzaga kelishi va keskin tus olishining hamda sobiq ittifoqdosh respublikalariga nisbatan yana-da asoratliroq kechishining inkor etib boʻlmaydigan oʻziga xos jihatlari va chuqur sabablari bor edi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Sobiq sovet tizimidan meros boʻlib qolgan ijtimoiy sohaning beoʻxshovligi;
sovetlar hukumatining sunʼiy yaratilgan, lekin ish haqi oʻta past, turmush darajasini taʼminlashning xalqaro standartlariga batamom mos kelmaydigan ish oʻrinlari tashkil etish vositasida aholining toʻla bandligini taʼminlash siyosati;
sovetlar imperiyasining yemirilishi oqibatida respublikalararo lateral (gorizontal) iqtisodiy aloqalarning izdan chiqishi;
murakkab demografik vaziyat;
oila tarkibida boqimandalar ulushining kattaligi;
bozor munosabatlariga oʻtish davri qiyinchiliklari taʼsiri ostida ishlab chiqarish mutlaq hajmining qisqarishi;
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarning sodir boʻlishi;
eksport tarkibida xomashyo resurslari ulushining yuqoriligi;
bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ekstensiv omillarning intensiv omillarga almashuvi natijasida ishchi kuchi nisbiy ortiqchaligining yuzaga kelishi va hokazolar.
Iqtisodiy islohotlar jarayonida Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida bir nechta oʻtish davrini boshidan kechirdi. Birinchidan, qaramlikdan mustaqillikka oʻtish, buning oqibatida imperiyaning yemirilishi hamda yaxlit organizm tarkibida koʻp yillik vertikal va gorizontal iqtisodiy aloqalarning izdan chiqishi natijasida ittifoq koʻlamidagi koʻplab yirik-yirik korxonalarning yopilib ketishi yoki ogʻir holatga tushib qolishi. Ikkinchidan, bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga oʻtish, iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy oʻzgarishlar, talabning keskin qisqarishi va hokazolar. Uchinchidan, boqimandalik kayfiyatidan ishbilarmonlik va tadbirkorlik faoliyatiga oʻtishning muqarrarligi.
Qadim zamonlarda bir buyuk faylasuf oʻtish davrida yashash azoblaridan meni Yaratganning oʻzi asrasin, degan ekan. Bir yoʻla bir nechta murakkab oʻtish jarayonlarini boshidan kechirgan Oʻzbekiston iqtisodiyotida qanchalik ogʻir, qanchalik murakkab vaziyat yuzaga kelganligini, kun boʻyi ter toʻkib oilasini arang tebratayotgan oddiy ishchi uchun naqadar ayanchli boʻlganligini toʻla tasavvur qilish uchun juda kuchli iqtisodchi boʻlish shart emas. Mantiqiy tafakkur va aql-idrok bilan vaziyatni oqilona baholashning oʻzi kifoya qiladi.
Darhaqiqat, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan davrda qishloq xoʻjaligi milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri boʻlib, unda jami iqtisodiyotda band boʻlgan aholining 1/3 qismi ijtimoiy foydali mehnat bilan band edi, hozir esa u 26 foizgacha tushdi. Shu davr mobaynida qishloq aholisi tarkibida mehnat resurslarining 1,6-martaga koʻpayganligini ham hisobga olsak, qishloq joylarda mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga boʻlgan talab oʻrtasidagi nomutanosiblikning yana-da chuqurlashganligini koʻramiz va ishsizlik darajasining oshib borishi tabiiy jarayon ekanligiga amin boʻlamiz. Umuman qishloq xoʻjaligida band boʻlgan aholi sonining tobora qisqarib borishi va jami iqtisodiyotda band aholi sonidagi ulushining pasayishi jahon xoʻjaligi tarkibida roʻy berayotgan global tendensiyalarga xos boʻlib, nazarimizda Oʻzbekistonda ham ushbu jarayonlar kelgusida jadallashishi muqarrar. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan Gʻarb davlatlarida ushbu koʻrsatkich 3-5 % atrofida ekanligi, Germaniyada esa 2% dan ham pastligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu shuni anglatadiki, gʻarb dehqoni 20-33 kishini, nemis dehqoni 50 kishini, oʻzbek dehqoni esa atigi 4 kishini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlaydi.
Kelajakda fermer xoʻjaliklari moliyaviy ahvolining yaxshilanib borishi natijasida qishloq xoʻjaligining moddiy-texnika bazasi rivojlanadi va bandlik darajasining qisqarish jarayonlari yana-da jadallashadi va ushbu omil taʼsirida mehnat bozoridagi vaziyat yana-da keskinlashadi.
Ish izlab xorijga chiqqan mehnat migrantlariga nisbatan davlat va jamiyatning, qolaversa, har bir Oʻzbekiston fuqarosining munosabatini shakllantirishda masalaning yuqorida zikr etilgan jihatlarini albatta inobatga olish lozim. Shundagina ular tanlagan yoʻlga adolat yuzasidan, oqilona baho berish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Afsuski, ayrimlar mehnat migrantlarini qanoatsizligi, yengil-yelpi hayotga moyilligi, goʻyoki yurtimizdagi qiyinchiliklarga dosh bermasdan, oson yoʻllar bilan moʻmay daromad topish maqsadida vatanini tark etganlikda aybdor qilib koʻrsatishga urinadilar. Aslida ham shundaymi?
Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda erkin bozor iqtisodiy munosabatlarini shakllantirish hamda oʻtish davrining tabiiy qiyinchiliklari oqibatida yuzaga kelgan va tobora avj olib borayotgan ishsizlikning oldini olish, imkon qadar uning koʻlamini jilovlashning, yaʼni ishsizlik muammosini oqilona hal qilishning ikki yoʻli bor edi.
Birinchi yoʻl – bu mamlakatda koʻplab yangi ish oʻrinlarini yaratish va oʻtish davri qiyinchiliklari hamda tizimli oʻzgarishlar oqibatida barcha ishdan boʻshaganlarni yangidan yaratilgan ish oʻrinlariga joylashtirish. Muammoning yechimi sifatida davlat iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridayoq kichik va xususiy tadirkorlikka keng yoʻl ochib berish, unga imtiyozlar berish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishning tezkor choralarini koʻrish siyosatini tutdi. Lekin, endigina mustaqillikka erishgan va oʻtish davri inqirozini boshidan kechirayotgan mamlakatda ishsizlik muammosini uzil-kesil hal etishda davlatning moliyaviy imkoniyatlari benihoya cheklangan edi. Boz ustiga xalqimizda tadbirkorlik bilan shugʻullanish va uning hisobidan daromad topish tajribasi hali shakllanmagan edi.
Ikkinchi yoʻl – aholiga boshqa mamlakatlarga chiqib, tirikchilik qilishlari, oilasini boqish uchun imkoniyat yaratib berish, aniqrogʻi mehnat migratsiyasiga yoʻl ochib berishdan iborat edi. Respublikamiz uchun bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ana shunday mashaqqatli va beqaror vaziyatda ishsiz qolganlarning bir qismi, aniqrogʻi nomigagina bandlikda boʻlib, maosh olib yurganlar yoki ishdan boʻshab, ishsizlar toifasiga mansub boʻlganlar mana shu ikkinchi yoʻlni tanlashga majbur boʻlishdi.
Mehnat migratsiyasining kelib chiqish sabablari qanchalik murakkab, uning ildizlari qanchalik chuqur boʻlmasin, davlatimizning, xalqimizning, qolaversa har birimizning unga nisbatan munosabatimiz, uning kelajagiga nisbatan aniq strategiyamiz shakllanmogʻi lozim. Mehnat migrantlari yana qancha vaqt begona yurtlarda muhojirlikda yashab, oila tebratishi kerak degan hayotiy savolga aniq javob mana shu strategiyada oʻz aksini topmogʻi lozim.
Mehnat miratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlariga taʼsiri
Bizningcha, mehnat migratsiyasini ‒ Oʻzbekiston uchun iqtisodiy jihatdan zararli, mamlakat ravnaqi yoʻlidagi eng katta toʻsiqlardan biri sifatida baholash lozim. Maʼnaviy jihatdan esa boy tarixga, ibratli anʼanalarga, xalqlar oʻrtasida oʻziga xos obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan xalqimizning shon-shuhrati va shaʼniga tamoman mos kelmaydigan voqelik sifatida qarash lozim. Shu sababli mehnat migratsiyasida yurganlarni oʻz yurtiga qaytarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiq. Nazrimizda, ushbu strategiyani amalga oshirish juda ogʻir jarayon boʻlib, katta safarbarlikni va albatta uzoq vaqtni talab qiladi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida mehnat migratsiyasining keng quloch yoyishini mamlakatda favqulodda yuz bergan ogʻir vaziyat, nochor holat, ilojsizlikdan koʻra koʻrilgan tezkor iloj sifatida qabul qilish mumkin. Lekin keyingi oʻtgan davrdan bugunggacha butun bir avlod tugʻilib voyaga yetdi. Agar davlatni mustaqillikning dastlabki benihoya ogʻir, mashaqqatli yillarida va favqulodda vaziyatlarda iqtisodiy nochor aholi qatlamlariga yordam koʻrsatishdan koʻra mehnat migratsiyasi uchun eshiklarini keng ochib berganlikda ayblashga haqli boʻlmasakda, oradan shuncha yillar oʻtib, mehnat migratsiyasi muammosini hanuzgacha hal etmaganlikda, hozirgi kunda ham son-sanoqsiz yurtdoshlarimiz begona yurtlarda ish izlab yurganligi sabablarini bartaraf eta olmaganlikda ayblashga tom maʼnoda haqlimiz.
Oʻzbekistonda hamon davom etayotgan ushbu voqelikning eng katta aybdorlaridan biri olimlar, ayniqsa iqtisodiy soha ilmi ahlidir. Aynan ular iqtisodiy jabhaning bepoyon kengliklarida Oʻzbekiston uchun eng katta samara berishga qodir tayanch nuqtalari-yu “oʻsish qutb"lari”ni izlab topishlari, mamlakatni taraqqiyotning ravon yoʻliga olib chiqishda xalqimizga, davlatimizga yaqindan yordam berishlari, yangi iqtisodiy jarayonlarning haqiqiy tashabbuskori va harakatga keltiruvchi lokomotivi boʻlmoqlari shart. Albatta, jamiyat iqtisodchi olimlarning maslahatlariga, ilmiy gʻoyalariga ehtiyoj sezmagan, oʻz fikrini erkin bayon etish imkoniyatidan mahrum boʻlgan oʻtgan davr muammolar uchun zamonamiz olimlarni ayblash adolat tamoyillariga mos kelmaydi. Lekin hozirgi oshkoralik davrida, oʻz gʻoyalarini va ilmiy taklif hamda tavsiyalarini erkin bayon qilishga barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan zamonda olimlarimizga nima xalaqit berayapti, degan savol tugʻiladi?
Mehnat migratsiyasi muammolarini bartarf etish yoʻllari
Bizning nazarimizda, mehnat migratsiyasi muammosini hal etishning ikkita asosiy yoʻli bor. Birinchisi – mehnat migratsiyasini Oʻzbekiston mehnat bozoridagi ishchi kuchi taklifi va unga boʻlgan talab oʻrtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish, mehnat migrantlari ishlab topgan daromad hisobidan milliy iqtisodiyotga qoʻshimcha madad berish vositasi sifatida qarash siyosatini davom ettirish. Bu mamlakatda bandlik muammosini hal etishning eng oson va kamchiqim yoʻli.

Ikkinchisi – mehnat migratsiyasidan va undan kelayotgan barcha daromadlardan butkul voz kechish, mehnat migratsiyasini respublika manfaatlariga mos kelmaydigan faoliyat turi sifatida batamom tugatilishiga erishish. Bu ancha murakkab va mashaqqatli yoʻl boʻlib, juda katta saʼy-harakatlarni va qatʼiy choralar koʻrishni taqozo etadi. Bu vaqtincha qiyinchiliklar va iqtisodiy yoʻqotishlar evaziga amalga oshadi. Lekin mehnat migratsiyasiga qarshi siyosat doirasida iqtisodiy mexanizmlar yaratilib, ular harakatga keltirilishi oradan 5-6 yil oʻtar-oʻtmas makrodarajada oʻzining ijobiy natijalarini bera boshlaydi.


Mamlakatda mehnat migratsiyasidan batamom voz kechish va asta-sekin uni xalqimiz uchun yurt xazinasini toʻldirish turi sifatidagi ahamiyatini tugatish siyosati tanlangan va u muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, ushbu siyosat yangi Oʻzbekistonga toʻrt tomonlama manfaat keltiradi. Bu:
Birinchidan, iqtisodiy oʻsish surʼatlarini jadalashtirish va milliy boylikni koʻpaytirishga koʻmak beradi. Ikkinchidan, Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini, imijini oshirishga katta ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Uchinchidan, oʻz xalqi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilgan, uni musofirchilik qiynoqlaridan xolos etgan davlatga nisbatan xalqning hurmati, undan roziligi ortadi. Toʻrtinchidan, juda katta maʼnaviy samaraga erishiladi. Begona yurtlarda musofirchilikda turli xil nohaqliklarga, kamsitishlarga duchor boʻlayotgan yurtdoshlarimiz migratsiya azob-uqubatlaridan xolos boʻladilar, oʻz ona yurtlarida erkin-emin hayot kechirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, 2019-yilda Oʻzbekiston aholisining 2,5 million nafari yoki 7% i mehnat migrantlari hisoblanadi. Shundan 2 million atrofida fuqarolar Rossiyada mehnat qiladi. Mehnat migrantlari tomonidan joʻnatilgan pul mablagʻlari 5,1 mlrd AQSH dollari, yoki mamlakat YAIM taxminan 10% ni tashkil qilgan. Bunda har bir muhojir oyiga oʻrtacha 166,7 AQSH dollari miqdorida mablagʻ ishlab topgan.
Bu juda katta raqamlar. Boshqacha soʻzlar bilan ifodalaganda, mehnat migrantlari ishlab topayotgan daromadlar Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotiga nisbatan taxminan 20 foizni tashkil qiladi. Tabiiyki, Oʻzbekiston buncha miqdordagi mehnat migrantlarini ish bilan ham, arzigulik daromad bilan taʼminlashga qurbi yetmaydi. Demak, mehnat migrantlari muammosini hal etishda ikkinchi yoʻl tanlangan taqdirda ham, uni muayyan ketma-ketlikda turli xil yuqori samarali tashkiliy va iqtisodiy (zarurat taqozo etganda maʼmuriy) vositalar yordamida bosqichma-bosqich, lekin izchil va qatʼiyat bilan amalga oshirish lozim.
Mehnat migratsiyasi muammosini uzil-kesil hal qilish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarimizning va takliflarimizning ayrimlarini bayon etishni lozim topdik.
Birinchi taklif. Mehnat migratsiyasini cheklangan miqdorda faqat malakali ishchi kuchini eksport qilish evaziga amalga oshirish siyosatini olib borish. Shunisi quvonarliki, keyingi vaqtlarda mehnat migratsiyasi bilan bogʻliq masalalarga davlatimiz, shaxsan davlat rahbari, katta eʼtibor qaratmoqda. Yaqinda mamlakat Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning imzolanishi fikrimning yorqin dalilidir. Ushbu qaror, Prezident rahbarligida davlatimiz tomonidan xalq farovonligini oshirish, davlatimizning xalqaro nufuzini koʻtarish, mamlakatni notoʻgʻri shakllantirilgan va bizga yaxshi samara bermayotgan mehnat migratsiyasi illat va kamchiliklaridan xolos etishga qaratilgan dadil qadam.
Bizning nazarimizda, mehnat migratsiyasini tartibga solish uchun Oʻzbekiston “Bandlik va mehnat munosabatlari” vazirligining bevosita boshchiligida ishchi kuchi import qiluvchi mamlakatlar, yirik kompaniyalar buyurtmalariga muvofiq yollanma, malakali ishchi va mutaxassislarni tayyorlash mexanizmini yaratish lozim. Bunda kasbiy malaka va koʻnikmalarga ega iqtidorli yoshlar tanlov asosida saralab olinadi, muayyan davr davomida ularga borib ishlashi lozim boʻlgan mamlakatning tili, tarixi, urf-odatlari, anʼanalari oʻrgatiladi, tanlangan ish, kasb, hunar boʻyicha zaruriy malaka va koʻnikmalar shakllantiriladiki, toki migrant oʻzi tashrif buyurgan mamlakat yoki korxona talablari darajasida vazifalarni bajara oladigan tayyorgarlikka ega boʻlsin. Ishchi kuchi eksportini ilmiy asosda yoʻlga qoʻyilishi respublikaga juda katta manfaat keltiradi:
Birinchidan, ishchi kuchi eksportidan keladigan daromad miqdori keskin oshadi;
Ikinchidan, yoshlarda malakali ishchi yoki malakali mutaxassis boʻlishga, yaʼni yaxshi oʻqishga qiziqishi ortadi;
Uchinchidan, yoshlarda xirijiy tillarni oʻrganishga moyillik va tajriba ortadi;
Toʻrtinchidan, xorijda malakali ishlarni bajargan yoshlarimiz, oʻz yurtiga qaytganda, milliy iqtisod ravnaqiga munosib hissa qoʻshish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ikkinchi taklif. Mamlakatda ishsizlik muammosini hal etish, iqtisodiyotda band boʻlganlarni munosib ish haqi bilan taʼminlash bevosita iqtisodiy oʻsish surʼatlariga bogʻliq. Shu sababli davlat arboblari, masʼuliyatli lavozimlardagi amaldor shaxslar, partiya rahnomalari, profesor-oʻqituvchilar va olimlarning maoshlarini mamlakatda iqtisodiy oʻsish surʼatlari bilan uygʻunlikda oshirib borish tartibini joriy etish. Sababi, mamlakatning iqtisodiy yuksalishi, milliy iqtisodning oʻsish surʼatlari, qolaversa, tirikchilik oʻtkazish, oilani tebratish ilinjida oʻzini oʻz Vatanida oila va ota-onasi bagʻrida yashab, ishlab yurish baxtidan mahrum qilgan, begona yurtlarda ne-ne mashaqqatlar bilan halol mehnat qilib, barcha kamsitish va kezi kelganda haqoratlarga matonat bilan bardosh berib, daromad topayotgan mehnat migrantlariga emas, aynan nomlari yuqorida zikr etilgan toifadagi mutasaddi shaxslarning hatti-harakati va masʼuliyatiga bogʻliq.
Uchinchi taklif. “Ish haqi minimumi” va “Yashash minimumi” toʻgʻrisida qonunlarni qabul qilish va amaliyotga joriy etish. Ushbu chora mamlakatda yaratilgan va bozor subyektlari orasida taqsimlanishi loim boʻlgan milliy daromadda yollanma ishchilarning ulushini adolat yuzasidan oqilona darajada koʻtarish orqali nafaqat mehnat migratsiyasini xohish qiluvchilar sonini qisqartirish, balki mamlakatda boshlangan kambagʻallikka qarshi kurash strategiyasini amalga oshirishning ham muhim vositalaridan biri hisoblanadi.
Toʻrtinchi taklif. Barcha tumanlarda dastlab 1 ta, keyinchalik 2-3 tagacha qishloq xoʻjaligi sohasida yirik-yirik davlat xoʻjaliklarini tashkil etish. Yaqinda saytda eʼlon qilingan Kun.uz muxbirlarining intervyusida ishtirok etgan yigit aqalli 0,5 ga yer maydoni boʻlsa, Oʻzbekistonga qaytishga tayyor ekanligini, hattoki yerga nima ekib, qanday daromad olishni ham yaxshi bilishini maʼlum qilgan. Lekin yerni bunday taqsimlab berish yer resurslaridan unumli foydalanish tamoyillariga mos kelmaydi. Biroq mingta, ikki mingta ehtiyojmandlarga ajratiladigan yer maydonlarini birlashtirib, 500 ga yoki 1000 ga yer maydonida yirik xoʻjalik tashkil etilib, barcha yerga talabgorlarni yerda ishlashga jalb etilsa, unda koʻlam samarasi evaziga katta daromad olish mumkin. Bunday yirik xoʻjaliklarni tashkil etish dastlab kambagʻallikka qarshi kurash uchun nazarda tutilgan davlat resurslarini jalb etish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, xoʻjalik investitsion faoliyatiga yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb etishni ragʻbatlantiruvchi va undan bank foiz stavkalaridan yuqori daromad olishni taʼminlovchi samarali mexanizmlar tizimi yaratilishi va amaliyotga joriy etilmogʻi lozim. Xoʻjalik faoliyatining yuqori samaradorligiga erishish uchun unga konkurs asosida eng kuchli, isteʼdodli rahbarlarni va soha mutaxassislarini jalb etish lozim. Oʻylaymizki, biz tasavvur qilgan shakldagi davlat xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini ilmiy asosda tashkil etishning, fan va amaliyotning oʻzaro uygʻunligini taʼimnlashning haqiqiy andozasiga, qolaversa, agrar sohada ulkan monopol mavqega ega boʻlgan Oʻzbekistonning ushbu sohadagi bepoyon imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, joiz boʻlsa butun jahonga yoyishning samarali markazlariga aylantirilishi qishloq iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda ham, bandlik va qashshoqlik muammolarini hal etishda ham juda katta natijalar beradi. Yirik davlat xoʻjaliklaridan qishloq xoʻjaligida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish, ilgʻor va innovatsion agrotexnik usullardan foydalanish, fan yutuqlarini keng tatbiq etish va yuqori natija olishning eksperimental bazasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiq. Ularni tuman hududidagi fermer xoʻjaliklariga amaliy yordam koʻrsatish, ilmiy-uslubiy qoʻllab-quvvatlash, ularni innovatsion asosda rivojlantirishning lokomativlariga aylantirish lozim. Tuman hududida ishlab chiqarilgan xom ashyoni sanoat miqyosida qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirish, talaygina qismi nes-nobud boʻlayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, ularni tashqi bozorlarga eksport qilishni tashkil etishdek bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etish davlat xoʻjaliklari faoliyatining eng muhim yoʻnalishlariga aylanmogʻi lozim.
Beshinchi taklif. Oʻzbekistonda taʼlim sifatini tubdan radikal darajada koʻtarish. Milliy iqtisodiyotda katta resurslar sarfi va xalqimizning mashaqqatli mehnati evaziga yaratilgan tovar va xizmatlprning jahon bozorida raqobatbardosh boʻlishi uchun ular, birinchidan, sifati yuqori, ikkinchidan esa, narxi arzon boʻlishi kerak (Xitoy tajribasi). Sifati yuqori, lekin narxi arzon raqobatbardosh mahsulotni faqat sifatli mehnat bilan yaratish mumkin. Sifatsiz mehnat bilan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish toʻgʻrisida oʻylash – bulutsiz musaffo osmondan yomgʻir yogʻishiga umidvor boʻlishdek maʼnosiz. Qadimdan bizga meros qolgan naqlda “Shayxda hunar boʻlmasa machit ham torlik qiladi”deyilgan. Qimmatbaho resurslardan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, demak, mamlakatda koʻplab yangi ish oʻrinlari barpo etish, mamlakat iqtisodiy qudratini yuksaltirishning eng samarali yoʻli – xalqimizning hunarini oshirish, iqtisodiyotda band boʻlganlarinng malakasini, bilim saviyasini, kreativ qobiliyatini rivojlantirishdir. Xalqimizda bunday noyob fazilatlarni shakllantarishda taʼlimning roli benihoya katta. Toʻgʻri, keyingi yillarda davlatimiz rahbari, Oʻzbekiston hukumati taʼlimni rivojlantirish borasida keng koʻlamli juda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar taʼlim sohasida koʻproq miqdor oʻzgarishlar sifatida natija bermoqda. Oʻzbekiston ravnaqi uchun aynan sifat oʻzgarishlar juda muhim. Mazkur mavzu doirasida taʼlimning barcha murakkab muammolarini yoritish imkoni mavjud emas. Lekin, loʻnda qilib ifodalaganda, mamlakatda taʼlimnng shunday modeli yaratilishi kerakki, u butun xalqning asosiy diqqat-eʼtiborini taʼlimga, butun kuch-gʻayratini uni tubdan yaxshilashga yoʻnaltirsin. Nazarimizda, bu noyob model xalqimizning qonida azal-azaldan mustahkam joylashgan, buyuk ajdodlarimizdan bizga meros boʻlib qolgan yashirin imkoniyatlarni roʻyobga chiqarishga va uni mamlakatimizni nafaqat mehnat migratsiyasi illatlaridan xolos etishga, balki jonajon Oʻzbekistonni dunyoning iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatlaridan biriga aylantirishga xizmat qilmogʻi lozim. Sifatli taʼlim Oʻzbekistonni katta taraqqiyotning ravon yoʻliga olib chiqishning eng kam xarajat va eng qisqa yoʻlidir.

Xulosa
Prezidentimiz koʻtarib chiqqan Oʻzbekistonni yana-da rivojlantirish, uni rivojlangan 50 ta mamlakat qatoridan oʻrin olishiga erishish, xalqning hayot farovonligini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik darajasini oshirish, taʼlim sifatini takomillashtirish, kambagʻallikka barham berish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish borasidagi tashabbuslarining hayotga tadbiq etishning faol ishtirokchilari boʻlaylik. Ana shundagina hamyurtlarimizning oʻzining jonajon vataniga qaytishiga koʻmaklashishda hissamizni qoʻshgan boʻlamiz. Barchamiz birgalikda, bir tan birjon boʻlib harakat qilsak, Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning ravon yoʻliga boshlab chiqishimiz muqarrar. Oʻzbekiston 2030-yilga borib nafaqat taraqqiy etgan 50 ta mamlakat safiga kirishga erishadi, balki 2040-yillarga borib kuchli 20 talik mamlakat safidan munosib oʻrin egallashi mumkin boʻladi. Shundagina biz oʻtmishda Movarunnahrdek qudratli davlatni shakllantirgan buyuk avlod-ajdodlarimizning shaʼniga munosib ish tutgan boʻlamiz, ularning ruhi poklarini shod aylab, arvohlarining madadini olish baxtiga erishamiz.

Buning uchun avvalo mehnat migrantlari muammosi Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim, bugungi kun va kelajak nuqtayi nazaridan oʻz yechimini kutayotgan markaziy masalalaridan biri sifatida qaralmogʻi lozim. Ushbu masala davlat rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlari, ilmu-fan ahlining, keng jamoatchilik va oʻz-oʻzini boshqarish organlarining doimiy diqqat markazida boʻlmogʻi shart. Bu borada davlatimizning ishchi kuchi eksportiga yoʻnaltirilgan harakatlar strategiyasi va “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmogʻi va tadrijiy ravishda amaliy hayotga tatbiq etilishi lozim.





Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin