Oldingi kamera burchagi va ko`zning drenaj apparati. Kamera suyukligi va uning dinamikasi. Oldingi kamera soxasida uning xalkasimon joylashgan periferik kismi aloxida axamiyatga ega. Bu soxani oldingi kamera burchagi yoki kameraning filtratsion burchagi deyiladi. Fiziologik sharoitlarda u kamera suyukligining almashinuvida ishtirok etadi. Oldingi kamera burchagining patologik xolatlari KIB ning buzilishiga sharoit yaratadi. Oldingi kamera burchagini tashkaridan ko`z fibroz kapsulasi bilan chegaralangan. Orka devorini esa rangdor parda ildizi, chukkisida siliar tananing kichik kesimi tashkil kiladi. Skleradagi burchak chukkisidan uncha chuko`r bulmagan, xalkasimon tarnovcha - sulcus sclerae internus utgan. Tarnovchaning orka kismi bir kancha kalinlashgan va skleraning aylana tolalari xisobiga shakllangan skleral valikni xosil kiladi (gonioskopda ko`rinadigan orka chegaralangan shvalbe xalkasi). Skleral valik siliar tana va rangdor pardani ushlab turuvchi boylamlarning birikkan soxasi – trabekulyar apparat xisoblanadi. U gubkasimon tukima ko`rinishda skleral valikning oldingi kismini, orka kismidan shlemm kanalini koplab turadi. Trabekulyar apparat 2 kismdan iborat: trabekulyar apparatning kup kismini egallaydigan sklero-korneal kism (lig. Sclero-corneale) va nozik, uveal kism.
Trabekulyar apparatning sklero-korneal kismi murakkab strukturaga ega uralib ketgan trabekulalar turidan iborat. Xar bir trabekula markazida kisman shox pardadan, kisman skleradan utadigan kollagen tolalar mavjud. Ular tashki tomondan gomogen shishasimon qavatdan tuzilgan futlyar bilan koplangan.
Trabekulyar apparatning uveal kismi oddiy va kuchsizrok tuzilgan. Unda elastik tur mavjud emas. Shlemm kanali esa skleral tarnovcha tubi buylab aylana ko`rinishida utadi. Kanal yakka xolda, kengligi 0,25 mm, ba’zi joylarda keyin bir uzanga kushilib ketadigan kanalchalarga bulinadi. Shlemm kanali ichki tomondan endoteliy bilan koplangan.
Shlemm kanalining tashki tomonidan murakkab anastamoz turini xosil kiladigan ba’zi joylari keng, varikoz kengaygan tomirlar utgan (20-30-40 tagacha).