Mundarija: Kirish i-bob. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va uning vazifalari


Maktabgacha ta'lim tarixi,maktabgacha pedagogika fan sifatida



Yüklə 295,62 Kb.
səhifə5/7
tarix16.12.2023
ölçüsü295,62 Kb.
#183238
1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari

2.2. Maktabgacha ta'lim tarixi,maktabgacha pedagogika fan sifatida
XIX asming ikkinchi yarmi-XX asrda Shveysarya, Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlarida nemis pedagogi Fridrix Frebelning maktabgacha tarbiya nazariyasi keng ommalashdi. Pedagogika tarixida Frebelning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u maktabgacha tarbiya nazariyotchisi bo‘lgani holda maktabgacha pedagogikani mustaqil fan tarmog’iga ajratilishiga ko‘maklashdi. Ayni paytda u ilk bor «bolalar bog’chasi» tushunchasini muomalaga kiritdi.
Fridrix Frebelning pedagogik tizimi Bolalar bog’chasining paydo bo‘lishi tarixi 1837-yilga borib taqaladi, bolalar bog’chasining asoschisi deb taniqli nemis pedagogi - Fridrix Frebel hisoblanadi. Aynan u Germaniyaning Bad- Blankenburg shahrida bolalar uchun tashkil qilingan muassasasini “bolalar bog’ chasi” deb atadi va ushbu atama butun dunyoda umumiy tarzda qabul qilindi. Shunday savol tug’iladi: Nima sababdan muassasa “bolalar bog’chasi” deb ataladi? Taxminlardan biriga ko‘ra, F.Frebel bolalarni “Olloh ekinlari” deb hisoblagan, ya’ni ular g’amxo‘rlik va parvarishga muhtoj o‘simliklar bog’i hisoblanadi. Yana bir taxmin shundan iboratki, nemis pedagogi Sorbixdagi “Saroy bog’ida” deb nomlangan sobiq mehmonxonada “bolalarni parvarishlash bo‘yicha birinchi muassasa”ni ochgan. Farzandlarini muassasaga olib borar ekan, shaharcha aholisi boqqa ketayapmiz, deb aytgan. Chunki bolalar bog’chasi o‘zining dizayniga ko‘ra gullar va daraxtlarga o‘ralgan bog’ bo‘lgan. Bolalar bog’chasi tarbiyachilarini nemis pedagogi “bog’bon qizlar” deb atagan, bu bilan u bolalarga bo‘lgan mehrini ifodalagan, pedagoglarni bolalarga voyaga yetishi va rivojlanishi uchun ko‘maklashishga da’vat etgan. Frebelning bolalar bog’chalari shuningdek, vaqtincha oila o‘mini bosish va ota-onalarga tarbiya ishlariga yordamlashish uchun tashkil qilingan: onalar bilan bolalar birga kelishi, ular bilan o‘ynashi va bog’bon qizlardan o‘rganishi mumkin bo‘lgan.
Shu tarzda, F.Frebelning katta xizmati bolalar bog’chasining ochilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim uslubiyotining yaratilishi bo‘ldi. Uning asosini bolalarga boigan cheksiz mehr tashkil qiladi. Ushbu uslubiyotning asosiy jihatlarini sanab o‘taylik: o‘yin, nutqni rivojlantirish, jamoaviy tarbiya, mehr-muhabbat bilan o‘rab olish, jazolaming yo‘qligi va tarixda qolib ketgan «Frebel tuhfalari».
Bolalar tarbiyasiga katta e’tibor qaratar ekan, Frebel o‘yinlami o‘z uslubiyotining asosi deb bilgan, bular: ijodiy, harakatli, fantaziyali, taqlidli va h.z. o‘yinlar. Shuni ta’kidlash kerakki, aynan Frebel didaktik o‘yinlar tizimini yaratishga asos solgan. U didaktik o‘yinlar va turli tuman mashg’ulotlami o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalami ishlab chiqqan. Olim olib borgan ishlar unda shunday e’tiqodni shakllantirdiki, «bolalar o‘yini-bu turmush ko‘zgusi va ichki olamning erkin namoyishi»dir.
F.Frebel mayda motorika yordamida bolalar nuqtini rivojlantirishni taklif qilgan. U ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish bosqichlarini batafsil ko‘rsatib bergan hamda buyum bilan tanishishni uning nomini atashdan boshlash kerak, degan talabni ilgari surgan.
Nemis pedagogining fikricha, turli materiallar bilan ko‘plab mashqlar bajaruvchi bolalar boshqa bolalardan ancha avval so‘zlay boshlaydi.
Frebel xilma-xil bolalar faoliyati turlari va mashg’ulotlami taklif etgan, bular: mozaika, munchoqlar, cho‘plar, qog’ozlar, bo‘yoqlar bilan ishlash, rasm chizish, qog’ozdan to‘qish, qog’ozni qirqish, loydan narsalar yasash. Origamiga katta e’tibor qaratilgan (ya’ni qaychidan foydalanmasdan turib, qog’ozdan shakllar yasash). Shuningdek, olimning bog’chasida arqonli o‘yinlar; qum o‘ynash, konstruksiyalar yasash uzviy mashg’ulotlar hisoblagan. Bular ijodiy qobiliyatni o‘stirish, intellektni shakllantirish, dunyoni abstrakt holda qabul qila olish, noan’anaviy qarorlar qabul qilish layoqatini rivojlantirishga ko‘maklashadi. 0‘yin jarayonida bolalar bilan suhbatlashish ham ko‘zda tutilgan. Suhbat mavzusi Frebelning fikricha, avvaldan tayyorlanib, bolaning faoliyat bilan shug’ullanish va boshqa bolalar bilan muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, uni tengdoshlari jamoasida tarbiyalash kerak. Ushbu g’oyani u chuqur pedagogik asos bilan mustahkamladi va uni keng ommalashtirish bo‘yicha ko‘p ishlami amalga oshirdi.
F.Frebel jamoaviy tarbiyani insoniyat asosi, deb bilgan. Shu sababli u bolani majburiy tartibda jamoaviy faoliyatga jalb qilish, ya’ni uning bolalar bog’chasiga qatnashi zarur, deb hisoblagan. U bolaning tanasini rivojlantirish zarur, tashqi hissiyot sezgilarini mashq qildirish, ularni odamlar va tabiat bilan tanishtirish kerak, deb hisoblagan. Shu kabi o‘yin jarayonida bolani maktabga tayyorlash,
bog’dagi o‘simliklar kabi, ularga rivojlanishida yordamlashish kerak, deb bilgan. Ayni paytda har bir bolaning individualligini yodda tutishga da’vat etgan. Shu sababli bog’da katta gullar to‘plami bo‘lgan, bolalar gullami guruh bo‘lib parvarish qilgan, ayni paytda bitta bolaga biriktirilgan o‘simlik ekilgan tuvak ham bo‘lgan.
F.Frebel uslubiyotining g‘oyasi - barcha narsalar bolalarga. Olim bolalarga hayvonlar haqidagi voqealami aytib bergan, zero bolalar hayvonlami yaxshi ko‘rishini tushungan. So‘ngra bolalarning gullarga mehri balandligini anglagan. Shu sababli uning tarbiyalanuvchilari gullami mustaqil parvarishlay boshlagan. Asta-sekin musiqaning bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini sezgan. Shundan kelib chiqib, bolalar ashula ayta boshlagan va «bog’bon qizlar»ning (ya’ni, tarbiyachilaming) ashulalarini tinglagan.
Frebel jazolarga, bolalarga nisbatan har qanday shafqatsizlik namoyishlariga qarshi bo‘lgan. Fridrix Frebel haqida so‘z ketganda uning «tuhfalarini» alohida eslatish kerak. «Frebel tuhfalari» - bu olim tomonidan ishlab chiqilgan didaktik material bo‘lib, bolani ilk yoshda rivojlanishiga mo‘ljallangan. Bu bolaning turli ko'nikmalari va layoqatlarini mashq qildiruvi o‘yinchoqlar tizimidir. Har bir o‘yinchoq bolani rivojlantirishga ko‘maklashadi hamda undan foydalanishda muayyan qoidalami ko‘zda tutadi. F.Frebel 6 ta nomdagi “Tuhfalar”ni taklif etdi:
Birinchi tuhfa - bu koptok. Bu birinchi o‘yinchoq, chunki shaming burchaklari yo‘q, bola uchun qulay. Material sifatida ko‘pincha mayda, yumshoq, jundan to‘qilgan shar-koptoklar taklif qilingan. Har bir koptokka ip bog’langan. Bolaga turli rangdagi koptokni ko‘rsatish orqali ona uni ranglami farqlashga o‘rgatgan. Koptoklar turli ranglarga bo‘yalgan - qizil, yashil, sariq, to‘q sariq, oq, ko‘k va binafsha rangli koptoklar bo‘lgan. Shar-koptokni turli tomonga: «yuqoriga-pastga», «chapga-o‘ngga», «oldinga-orqaga» tebratar ekan, ona harakatlar nomini aytadi va bolani makondagi harakatlar bilan tanishtiradi. Bolani tasdiq va inkor bilan tanishtirish maqsadida ona shami kaftiga qo‘yib, so‘ng uni yashirar ekan, «Koptok bor - koptok yo‘q» deb aytadi.
Ikkinchi tuhfa - kichik o‘lchamli: yog’och kub, shar va silindr bo‘lgan. Aniqlik kiritamiz: shar diametri, silindr asosi va kubik tomonlar bir xil. Ularning yordamida bola ashyolaming turli shakllari bilan tanishadi. Kubik o‘z shakli va barqarorligi bilan shaming aksidir. Shar nemis olimi tomonidan harakatlanish ramzi, kubik esa - barqarorlik ramzi, xilma-xiliikda yagonalik ramzi hisoblanadi. Shu narsa nazarda tutiladiki, kub yagona, ammo unga qaysi tomondan qarayotganmgizga ko‘ra ko‘rinishi turlicha bo‘ladi: qirrasi, tomoni, uchi bilan. Silindr shaming ham, kubning ham xossalarini birlashtiradi: u asosiga qo‘yilganda barqaror, yotqizilganda harakatlanadi.
Uchinchi tuhfa - bu 8 ta kubikka bo’lingan kub. Ya’ni, kub o‘rtasidan bo‘lingan, har bir qismi esa - to‘rt bo‘lakka. Buning yordamida, Frebelning fikricha, bola butun narsa va uning tarkibiy qismlari haqida tasawurga ega bo‘ladi. Shu tufayli bola o‘z ijodini rivojlantirish, kubiklardan narsalar qurish, ularni turlicha kombinatsiyalarga birlashtirish lmkoniga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi tuhfa - bu o‘sha o‘lchamli kub bo'lib, u 8 ta plitkaga bolingan.
Ya’ni, kubik o‘rtasidan bo‘linadi, har bir qismi esa - to‘rtta cho‘ziq plitkaga bo‘linadi. Har bir plitkaning uzunligi kubik tomoniga teng, qalinligi ushbu tomonning to‘rtdan bir qismiga teng.
Beshinchi tuhfa - bu 27 ta mayda kubiklarga boiingan kub, ulardan to‘qqiztasi yanada mayda bo‘laklarga bo‘lingan.
Oltinchi tuhfa - bu ham 27 ta kubikka bo‘lingan kub bo'lgan, ularning aksariyati yana qismlarga: plitkalarga, diagonaliga ko‘ra bo‘lingan.
Shu tarzda Frebel bo'yicha bolalar bog’chasining maqsadi va tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:

  • faoliyatning 3 ta turiga - o‘yin, o‘quv, mehnatga yo‘naltirilganlik;

  • bola hissiyotlarini rivojlantirish;

  • bolaning tanasi va ruhini mustahkamlash;

Metodik ishlar (kutubxona, bolalar adabiyoti, metodik qo'llanmalar)

  • Chet ellarda Maktabgacha ta’lim tizimi

  • Ilg'or ish tajribalaridan namunalar

  • Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun maslahatlardan iborat bo'lgan.

Maktabgacha pedagogika sohasi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan pedagog-psixolog Pavel Petrovich Blons­kiy (1884-1941):

  • Maktabgacha ta’limga kirish (1913-y)

  • Bolalarning yosh xususiyatlari (1934-y), ko'nikmalari mu- allifi, asosan bolalikning ilk yosh davr xususiyatlari ustida tadqiqotlar olib borgan olimdir.

Stanislav Teofilovich Shaskiy (1878-1934) pedagog olim, u Maktabgacha ta'limning mazmuni va metodlari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Uning rahbarligida pedagogik texnikum tashkil etilgan. U tomonidan "Bolalar mehnati va dam olishi” deb nomlangan jamiyat ish olib borgan. Uning "De- ti - rabotyagi budushego" (1908) asari bolalar tarbiyasining muhim jihatlarini keng yoritib bergan.
Luiza Karlovna Shleger (1863-1942) - Maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha ko'zga ko'ringan olima. U tomonidan "Materiali dlya besed s malenkimi detmi", "Prakticheskaya rabota v detskom sadu” (1915 g) nomli kitobida bolalarning o'yin va mehnat faoliyatini tashkil etish masalalari o'rin egallagan. U Maktab­gacha ta’lim bo'yicha kadrlar tayyorlash ishida faol ishtirok etgan.
Lidiya Ivanovna Chulitskaya (1870-1938) taniqli pedagog- shifokor, ilk yosh davr gigiyenasi bo'yicha olima. Uning "Gigiena detskogo sada" (1923 g), "Gigiena detskogo vozrasta” (1938 g), "Razvitie dvijeniy u detey na pervom i vtorom godu”,"Igriv doshkolnom vozraste" asarlari Maktabgacha ta’lim sohasi rivojida muhim o'rin tutdi. Shuningdek, u Maktabgacha ta'lim bo'yicha kadrlar tayyorlash; bolalar bog'chalarining sanitariya holatini saqlash masalalarida faol ishtirok etgan.
Hozirgi bosqichda, maktabgacha yoshdagi bolalarni turli vaziyatlarda harakatlana olishga, kutilmagan muammolarni hal qilishga, nafaqat an’anaviy, balki noan'anaviy ijodiy yechimlar topa bilishga va ularni hayotga joriy etishga o'rgatish kerak. Buning yordamida bolalar yangi sharoitlarga moslashish va maktabga tayyorlanish, hayotda yutuqqa erishish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Ta’limning tahlili shuni ta’kidlash imkonini beradiki, zamonaviy ta’lim kompetentlilik yondashuviga asoslanadi. O'zbekistonning maktabgacha ta'lim muassasalarida o'quv- ta’lim ishlari «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab­gacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat ta- lablari» va "Ilk qadam” maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi» asosida olib borilmoqda.
"Ilk qadam” MTMsining Davlat o'quv dasturiga muvofiq turli yosh guruhlarida quyidagi rivojlantiruvchi markazlarida ish olib borilishi belgilangan: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabiat», «Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika», «San’at markazi», «Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish». Guruh bolalari o'z istagiga binoan xohlagan mazkur markazlardan birini tanlab, faoliyat olib borishi mumkin.
Taqqoslash asosida, maktabgacha ta’limning tarixi bilan hozirgi holati o'rtasida qiziq bir o'xshashlikni qayd etamiz. E’tibor qiling, aynan F.Frebelning "bolalar bog'chasi”da ta’limga nisbatan yuqorida tilga olingan yondashuvlarga asos solingan. Xususan, bu jihat bolalar bog'chasida bolalar faoliyatini tashkillashtirishda namoyon bo'ladi. Bunda, masalan, xonaning bir burchagida bolalar guruhi yog’och kublardan minora yasaydi, boshqa burchagida esa - ikkinchi guruh barmoqlari bilan chizish orqali katta rasmni chizadi. Bunday faoliyat davomida ular quyidagi turdagi masalalarni hal qiladi: "Qanday qilib qursak, minora yiqilmaydi? Minoraga nima bo'ladi - yiqiladimi yoki turib qoladimi? Yana qanday ranglar qo'shish mum- kin? Qanday geometrik shakllarni qo'shish mumkin?" va h.z. Hozirgi bosqichda bularning barchasi jiddiy ravishda boyitil- gan va takomillashtirilgan. Ularga mavzuli tamoyil asos qilib olingan. Butun o'quv yili davomida mavzu belgilangan va har bir oy uchun mavzuning nomi ko'zda tutilgan. Har bir oyning nomi o'z nomiga ega mavzuli to'rtta haftaga bo'lingan va h.z.

Yüklə 295,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin