Mundarija: kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari



Yüklə 94,41 Kb.
səhifə3/6
tarix26.10.2023
ölçüsü94,41 Kb.
#161542
1   2   3   4   5   6
Rivojlantiruvchi muxitni tashkil etishni loyihalashtirish

1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari.
Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning etmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotsining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan. SHu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda matbuotda e’lon qilingan “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohani bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga xizmat qilishi shubhasiz.
Albatta, mazkur masalaga e’tibor kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Ortga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan 25 yillik mustaqillik davrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ta’limni tubdan isloh qilishning muhim bosqichlari amalga oshirilib, mohiyatan hech qaysi bir davlatda mavjud bo‘lmagan uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi. YA’ni yosh avlodning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan to oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz bilim olishlari, kasb o‘rganishi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Bu borada, ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimini rivojlantirish, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etish, maktabga tayyorlash masalalari ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb qaraldi. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun, eng avvalo, qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam.
Jumladan, davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturda keng ko‘lamli strategik maqsadlar, muhim vazifalar belgilangani bilan ahamiyatlidir.
Xususan, hujjatda bugungi kundagi hayotiy talab va ehtiyojlar, sohada echimini kutayotgan masalalar hamda hali ishga solinmagan imkoniyatlar hisobga olinganligi barchamizni quvontiradi.
Ayniqsa, kelgusi besh yillikda 2200 ta maktabgacha ta’lim tashkilotsining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash hamda ushbu maqsadlar uchun jami 2,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilayotgani ushbu qaror o‘z ichiga nechog‘lik keng ko‘lamli vazifalarni qamrab olganligini ko‘rsatadi.
Haqiqatan ham, bugungi kunda qishloq joylarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini keskin oshirish zarurati ko‘rinmoqda. Ayrim qishloq sharoitida yashaydigan yosh onalar uchun bolalar bog‘chasi masalasi hayotiy ehtiyojga aylangan. Albatta, bu ehtiyoj bejiz emas. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, birinchidan, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning umumiy savodini chiqarish, bolalarda Vatanni sevish, u bilan g‘ururlanish hissini uyg‘otish, Konstitutsiyani o‘rgatish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini berayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, yosh bolali onalarning mehnat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarishga ham xizmat qiladi.
Qolaversa, hududlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan yangi uy-joy massivlarida yosh oilalar farzandlari uchun bolalar bog‘chalari sonini ko‘paytirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Qarorga muvofiq, ayni shu maqsadda joylarda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, namunaviy loyiha asosida 70 va 120 o‘rinli 50 ta zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini bunyod etish hamda mavjud tashkilotlarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish, 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirish nazarda tutilmoqda. Bu orqali bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobar oshirishga erishiladi.
SHu bilan birga, qarorga ko‘ra qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirish nazarda tutilayotgani kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar uchun engillik yaratadi.
Albatta, bu boradagi islohotlar samarasini soha talablariga to‘liq javob bera oladigan kadrlarsiz tasavvur etish qiyin. SHu sababli tizimdagi pedagog xodimlar mahoratini ilg‘or usullar orqali muntazam oshirib borish mexanizmini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga keng tatbiq etgan holda, uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish masalasi ham dolzarb sanaladi.
Ayni shu omillarni inobatga olgan holda qarorda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish vazifasi belgilangani ayni muddaodir. CHunki, biz o‘z oldimizga farzandlarimizning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadini qo‘ygan ekanmiz, shubhasiz, pedagog-tarbiyachilarning malakasini oshirish borasidagi mavjud tajribalarni zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishimiz zarur. SHu bilan birga, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini psixolog, defektolog kabi mutaxassislar bilan ta’minlash ham bugungi kun talabidir. SHuning barobarida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni maktabga tayyorlashda qisqa muddatli tayyorlov guruhlarining roli muhim sanaladi.
Ayni shu sababli kelgusida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Qolaversa, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish ham maqsadga muvofiq sanaladi. Davlatimiz rahbarining mazkur qarorida 3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgani bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash darajasini yuksaltiradi.SHu o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni intellektual, jismoniy, axloqiy jihatdan tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlash maqsadida turli to‘garaklar, ma’naviyat va ekologiya xonalari, kichik muzey, kutubxonalar tashkil etish borasidagi an’analarni izchil davom ettirish maqsadga muvofiq. CHunki kitobga, san’atga, ilmga, umuman, kelajakda muayyan kasbni egallashga bo‘lgan qiziqish bolalarda ayni shu davrda shakllanadi.Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada kengaytirish, bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularga berilayotgan ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash va sohaga doir qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilishga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Partiyamiz Saylovoldi dasturiga muvofiq, partiyadoshlarimiz bolalarni tarbiyalash va o‘qitish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, chunonchi, bolalar bog‘chalari, maktablarda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga intilib kelishmoqda.Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, ushbu yo‘nalishda oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri bu — mutasaddi tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV bilan hamkorlikda Prezidentimizning yangi qarori mazmun-mohiyatini, bolalarni erta yoshdan rivojlantirish, ularni ijtimoiy moslashtirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining roli va ahamiyatini aholi orasida yanada kengroq targ‘ib qilish, chuqur tushuntirishdan iboratdir.Muxtasar aytganda, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otadi, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. SHunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va etuk shaxs bo‘lib shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Ta’limning interfaol metodlari-bu shaxs psixologiyasi, o‘kuv psixologiya, kattalar pedagogikasining eng yangi tamoyillariga asoslangan mashq va treninglar orqali o‘tadigan ta’lim metodidir. Interfaol metodlarda ishtirokchi shaxsi asosiy markazda bo‘ladi. Trening jarayonida uning layoqat va sifatlari rivojlantiriladi. Interfaol metodlar yordamida ta’lim oluvchi ongli ravishda muammoni hal qilish, qaror qabul qilish va mustaqillikni anglaydi. Interfaol ishning asosiy tamoyili, guruh ishtirokchilarining o‘zlarini real, hayotiy vaziyatga tushirish va javoblarni o‘zlari topishlariga imkon yaratish. Interfaol yondashuvning afzalligi, inson o‘zi o‘ylagan, topgan va tajriba orqali erishgan ma’lumotlarini osonroq o‘zlashtiradi. Ishtirokchilar tajribasiga murojaat qiling: ta’limning qaysi interfaol metodlarini bilasiz? Biz darsimizda qaysi interfaol metodlardan foydalandik? Ishtirokchilarning barcha javoblarini yozib boring. Ishtirokchilar metodlar bilan birga mashqlarni ham aytishlari mumkin. YOzilgan fikrlarga asoslanib, ularning qay biri mashq, kay biri metod ekanligini tushuntiring. Maqsaddan kelib chiqqan holda, mashqlarning ichida metodlar ishlab chiqilishi mumkinligi haqida tushuncha bering. Ta’limning asosiy interfaol metodlari:
 Guruhlar ishi
 Aqliy hujum
 Rolli o‘yin
 Ishchanlik o‘yinlari
 Individual ish
 Juftliklar ishi
 mini-ma’ruza
 suhbat
 munozara
Guruhlar ishi 1. Ishtirokchilarga «Ta’limning interfaol metodlari» tarqatma materialini bering. Ularni 4 guruhga ajrating. Xar bir guruh alohida metod ustida ishlashini tushuntiring: 1-gurux «Aqliy hujum», 2-guruh «ishchanlik o‘yini», 3-guruh «juftliklar ishi», 4-guruh «rolli o‘yin». Vazifa: Metodni taqdimot qilishni o‘ylab ko‘ring va taqdimotga tayyorlaning hamda ushbu savollarni ko‘rib chiqing:
 Qanday maqsadda qo‘llanadi?
 Bu metodni qo‘llashda nimalarga e’tibor berish kerak?
 Bu metodning afzalligi nimada?


Yüklə 94,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin