Rivojlantiruvchi muxitni tashkil etishni loyihalashtirish
II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN ZAMONAVIY TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI 2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda rivojlantiruvchi muhit ta’siri. Svetofor metodi Ta’rifi. Ma’lum mavzuni o‘rganish vaqtida o‘qituvchi u bo‘yicha tezislarni tayyorlaydi (5-7ta, mavzuning murakkabligiga qarab). Tezislar navbatma-navbat doskaga yoziladi (tasviri tushiriladi yoki oldindan tayyorlangan plakatlar shaklida ilib qo‘yiladi). Tinglovchilarga o‘ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. So‘ng tezis bilan rozi bo‘lgan har bir tinglovchi yashil kartochkani ko‘taradi; rozi bo‘lmagan – qizil kartochkani; ikkilanayotgan yoki qaror qabul qilishda betaraf bo‘lishni xohlayotgan – sariq kartochkani yuqoriga ko‘taradi. Agar ishtirokchilar fikri asosan birbiriga mos keladigan bo‘lsa, o‘qituvchi navbatdagi tezisga o‘tadi. Agar tezis muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o‘z qarorlarini asoslab berish iltimos qilinadi. Afzalliklari.
Ushbu mashq barcha tinglovchilarning fikrini bilib olishga imkon beradi: hech kim oddiygina tomoshabin bo‘lib qolmaydi. Ishtirokchilarning ko‘pchiligida mashq boshlanganidan keyin birozdan so‘ng nuqtai nazardagi tafovutlar sabablarini bilish va o‘z fikrini asoslash bo‘yicha kuchli qiziqish paydo bo‘ladi. Tinglovchilarning nutqini, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish, asoslash qobiliyatini rivojlantiradi. Qiyinchiliklari. Agar vaqt cheklovlari sababli munozara o‘tkazishga imkon bo‘lmasa, ushbu uslubdan foydalanish kerak emas. Agar tezislarning ko‘pchiligi bo‘yicha ishtirokchilar fikri bir-biriga mos kelsa, mashqqa bo‘lgan qiziqish tezda yo‘qoladi.
SHu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilgach tinglovchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g‘oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So‘ngra o‘zlashtirilgan bilimlar asosida tinglovchilarning o‘zlarigariga shunday sxemalarni ishlab chiqishriga shunday sxemalarni ishlab chiqishriga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifalari yuklanadi.
Zamonaviy ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar STEAM (S-fan, T-texnologiya, E - muhandislik, A - can’at, M - matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi Muammolarni keng qamrovli tushunish Ijodiy fikrlash Muhandislik yondashuv Tanqidiy fikrlash Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash Dizayn asoslarini tushunish Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni halarni hal etishda yordam beradi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, YAponiya, Izrail, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta’lim muassalarida bolalarni 33 ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda. Bugungi dunyo kechagi kabi emas, ertangi kun ham bugungi kabi bo‘lmaydi! Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda.
Zamonaviy bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud bo‘lmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta’lim va bilimlarga muhtoj bo‘ladi. STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAM-ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, bunad ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. SHuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. 34 O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. YAxshi natija bermagan “mahsulot”ni qayta-qayt sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi. Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Ko‘pincha, stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan
Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM –bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, ko‘priklar, osmono‘par binolarni qurish, elektron o‘yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada. Loyihalar uchun ijodiy va innovainnovatsion yondashuvlar. STEAM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, qurilish, test vatakomillashtirish. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. O‘z navbatida hamkorlik yokiturli imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, bir vaqtda bolalarda fan va texnologiyalarni qo‘llash, yangiinnovatsiyalarni yaratishi mumkin.