Mundarija: kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari



Yüklə 94,41 Kb.
səhifə2/6
tarix26.10.2023
ölçüsü94,41 Kb.
#161542
1   2   3   4   5   6
Rivojlantiruvchi muxitni tashkil etishni loyihalashtirish

Kurs ishining maqsadi. Kalit so`zlar: tadqiqotlar, maktabgacha ta`lim, o`quv mashg`ulot, tarbiyalanuvchi, tarbiyachi, malaka, talaba, qobiliyat, rivojlanish, muhit. Zamonaviy rivojlanish muhitini yaratish maktabgacha yoshdagi bolalar uchun amalga oshirilishi mumkin bo'lgan faoliyat sub'ekti sifatida bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydi. Guruhning muhiti Tarbiyachi va bolalarning individualligini aks ettiradi, u o'ziga xos va individualdir.
Kurs ishining ob`ekti. Maktabgacha ta`lim tashkiloti.
Kurs ishining predmeti. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog'liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo'lgan uslublarni tanlay olish ham muhimdir.
Kurs ishining vazifalari. Pedagogika fani o‘z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o'rganadi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot uslublari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Kurs ishining tuzulishi. Kirish, asosiy qism, 2 ta bob 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan iborat.

I.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI TASHKIL ETISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
l.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishning ilmiy pedagogik asoslari.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta`lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini yanada oshirish va ular ko’rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo’ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3955-son qarori chiqarildi.
Bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs qilib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta’lim tashkiloti binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta’lim tashkilotida yong‘in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo‘lgan talablar bir qator qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida kadrlar salohiyatini yanada oshirish maqsadida respublikamizda o‘tgan yilga nisbatan qabul kvotalari bu sohada 2,5 baravar oshdi. Kunduzgi, sirtqi shakllaridan tashqari kechki o‘quv shaklida ham talabalar qabul qilindi. Bundan tashqari, mamlakatimizda Rossiya davlat pedagogika universitetining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi filialining ochilishi ham mazkur sohadagi tarixiy o‘zgarishlardan biridir.
Bu boradagi dastlabki qadam Respublikamiz prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan 2016 yilda qabul qilingan PQ-2707 – son “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari bo‘ldi. 2017 yil 30 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-son farmoniga asosan respublikamizda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Barcha viloyatlarda maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda tuman va shaharlarda maktabgacha ta’lim bo‘limlari faoliyat boshladi. Maktabgacha ta’lim vazirligining markaziy apparatiga va hududiy bo‘limlariga tajribali va malakali mutaxassislar jalb etildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkiliy tuzulmasi belgilandi. Uning tarkibiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, tuman, shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Infro tuzulmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi, Toshkent shahridagi Puchon universiteti, “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markaz” MCHJ, “Ilk qadam”(IQ)jurnali tahririyati, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish inistituti, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi, Ixtisoslashtirilgan loyiha-planlashtirish institutlari kiritildi. 138 nafardan iborat Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparati shakllantirildi. Farmonda belgilanganidek, 2018-2019 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar dasturi belgilandi va uning bajarilishi bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Bu dastur juda keng qamrovli bo‘lib, qisqa muddatda maktabgacha ta’lim sohasida doir bir qator huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-maydagi PQ-4312-sonli qaroriga asosan “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiya respublikamizda o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi maktabgacha ta’limni rivojlantirish bosqichlarini belgilab berdi. Natijada respublikamiz 2016 yilda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish 30 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib respublikamizda yashovchi aholining 2,5 milliondan ortig‘ini 3-7 yoshli bolalar tashkil etib, 3-7 yoshli bolalarni qamrab olish bo‘yicha bu ko‘rsatkich 54 foizni tashkil etdi. .
Hozirgi kunda Respublikamizda 13500 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Unda davlat, nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti ish olib bormoqda. Shunday bo‘lishiga qaramay, davlatimizda bolalarni qamrab olish 40,5 foizni tashkil etmoqda. Bu esa ushbu sohada yanada keng faoliyat ko‘rsatishimizni talab etadi.
Ta’lim-tarbiya tizimida maktabgacha yoshdagi bolalarning muammolariga nisbatan tarbiyachilarning munosabatlari asosan oddiy, vaziyatli xarakterga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari aksariyat hollarda, bolalarning tashqaridan namoyon bo‘lgan hatti-harakatlari va bajargan ishlariga juda oddiy tezkor ko‘mak tarzida yordamlashish bilan cheklanadilar. Bu jarayonda ularni intellektual jihatdan rivojlantirishga deyarli e’tibor qaratmaydilar. To‘polonchi, intizomsiz bolalarni jazolash, ota-onalariga ular haqida shikoyat qilish orqali ularning hatti-harakatlarini tuzatishga umid bog‘laydilar.
Tarbiyachilarning bunday faoliyati bir yoqlama xarakterga ega bo‘lib, bolalarning intellektual rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Albatta, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga ko‘maklashishi, ularni qo‘llab-quvvatlash mayllari ijobiy, samimiy, pedagogik jihatdan asoslangan bo‘lib, u bolaning hayoti, intellektual taraqqiyoti, sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularda o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini tarkib toptirish, atrof-muhit haqida tasavvur hosil qilishga yo‘llash, uni inson sifatida shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa-da, mazkur jarayonda ular ko‘pincha buyurish, po‘pisa qilish, qo‘rqitish usulidan foydalanadilar. Buning natijasida, murg‘ak bolada qo‘pollik, bo‘ysinmaslik yoki yalqovlik kabi salbiy xususiyatlar juda erta paydo bo‘ladi.
Bunday yordam bolaning harakatlariga noo‘rin aralashish, uning ishlariga to‘sqinlik qilish tarzida namoyon bo‘ladi. Natijada tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasidagi hamkorlikka putur etadi va ko‘rsatilgan pedagogik yordam va qo‘llab-quvvatlov hech qanday samara bermaydi. Bolaning hissiyotlarini qo‘zg‘atish, ichki ziddiyatlar natijasida hosil bo‘lgan salbiy xatti-harakatlarni tarbiyachilar tomonidan sun’iy tarzda, zo‘ravonlik bilan bartaraf etish hollari keng tarqalgan. Bunday vaziyatda bola tarbiyasidan himoyalanishga intilib, natijada ular o‘ziga xosligi, betakrorligini namoyon qila olmaydi. O‘zligini pinhon tutadi va vujudga kelgan vaziyatga osongina moslashadi. Shu sababdan bola shaxsiga yo‘naltirilgan pedagogik tizim uni tashqi jihatdan namoyon bo‘lishiga ko‘maklashish bilan chegaralanib qo‘lmasdan, bolaning ichki mayllari, ehtiyojlarini hisobga olishga oid pedagogik ko‘rsatmalarga tayangan holda tashkil etilishi lozim. Bu jarayonda tarbiyachining vazifasi bolaning shaxsiy imkoniyatlari, o‘zligi, ichki “men”ini namoyon etishga xizmat qiladigan vosita va usullarni qo‘llashdan iboratdir. Buning uchun ular o‘zlariga ma’lumdek tuyulgan haqiqatlar bilan bola ruhiyatiga ozor bermay, tarbiyalanuvchilar intellektual rivojlanishlarida duch keladigan muammolarni aniqlay olishlari lozim.
Pedagogik qo‘llab-quvvatlash tushunchasining asosiy mazmun-mohiyatini ifodalovchi tayanch iboralardan biri “bolalar muammolaridir”. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim jarayoni oldiga barkamol shaxsning shakllanishi uchun poydevor hosil qilish vazifasi turibdi. Buning uchun yaqin o‘tmishda foydalanilgan an’anaviy o‘lchovlardan qutulish taqozo qilinmoqda. Har bir bola o‘zini jamiyatda erkin his etishi va mikrosotsiumda munosib o‘rin topishi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?” – degan savollarga javob topish maktabgacha ta’lim pedagogikasining muhim vazifalaridandir. Har bir bolani maktabgacha ta’lim bosqichidan boshlab, pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual rivojlantirish, ularning o‘ychan nigohlariga e’tiborsiz bo‘lmaslik, ko‘makka muhtoj bolalarni aniqlash va tezkor yordam ko‘rsatish, ularning o‘zlarini namoyon qila olishlariga ko‘maklashish echimini kutayotgan muhim masalalardandir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida bolaning individual muammolarini bevosita va bilvosita hal etishga qaratilgan individual va guruhli ishlar tashkil etilishi, ular muammolarni bartaraf qilishga qaratilishi va tezkorlik xarakteriga ega bo‘lishi lozim.
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim sohasida ham bir qator o‘zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirildi. Mazkur bo‘g‘inda ham an’anaviy ta’limdan farqli tarzda yangi dasturlar, texnologiyalar amal qila boshladi.Bugungi kunda maktabgacha ta’lim jarayonida bolaga insonparvarlik tamoyillari asosida yondashish ustuvor o‘rin egallamoqda. Uning asosini bolalarni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish, ularning o‘ziga xosligi, shaxsiy sifatlari va intellektual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilar orasida sub’ekt-sub’ekt munosabatlarini qaror toptirish ustuvor ahamiyat kasb eta boshladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni intellektual rivojlantirish, ularning tasavvurlarini kengaytirishda qulay imkoniyatlar yarata oladigan, bog‘cha-maktab kabi yangi tipdagi ta’lim tashkilotlari vujudga keldi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oliy ma’lumotli tarbiyachilar safi kengaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da maktabgacha ta’limga alohida e’tibor qaratish lozimligi uqtirildi. Jumladan: “Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi”
Maktabgacha ta’lim jarayoni bolalarni axloqiy, intellektual, jismoniy rivojlantirish uchun qulay pedagogik imkoniyatlarga ega. Zero, bu haqida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da quyidagicha vazifa qo‘yilgan: “malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; ...; zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha tashkilotlarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;”1 va hokazo.
Bunday vazifalarni bajarish uchun birinchi navbatda, tarbiyachilarning malakasini oshirish va ularni tayyorlash sifatini yaxshilash talab etiladi. Maktabgacha ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash uchun D.B.Elkonin, V.V.Davidov va L.V.Zankovlar konsepsiyasiga tayanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunga kelib maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual rivojlantirish muammosi dolzarb masala sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnovchi bolalar soni qator sabablarga ko‘ra yildan-yilga pasaymoqda. 1992 yildan bugungi kunda qadar mazkur ko‘rsatkich 55% ga qisqargan. Bu esa boshlang‘ich sinflarda ularni o‘qitish va inetellektual rivojlantirish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Oilada bolalarga beriladigan ta’lim- tarbiya esa, maktabgacha ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan pedagogik jarayon natijasiga tenglashmayapti.
Bugungi kunga kelib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mujassam rivojlantirish maqsadi ustuvor bo‘lib, o‘quv predmetlariga asoslangan ta’lim-tarbiyaga chek qo‘yildi. Bolalarning tasavvurlari, tushunchalari, so‘z boyliklarini kengaytirish, atrof-muhit haqida ma’lumotlar berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Chunki ko‘p predmetlilikka asoslangan ta’lim bolalarda yaxlit tasavvur hosil qilishga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan bir qatorda, ularning vaqti va kuchi ortiqcha sarflanishiga olib keladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tabiat, inson, jamiyat haqidagi dastlabki eng oddiy tasavvurlarni hosil qilish lozim.
Maktabgacha ta’lim bosqichida innovatsion jarayonlarning keng amalga oshirilishi bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va intellektual rivojalanishi uchun zamin yaratmoqda. Tarbiyachi maktabgacha ta’lim jarayonini bolalarni qo‘llab-quvvatlash va intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan modeli yaratuvchisi sifatida namoyon bo‘lishi kerak. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, buning uchun tarbiyachi maktabgacha ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar va innovatsion usullarni chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Shu bilan bir qatorda, tarbiyachilar bola ruhiy rivojlanishini tashxislashning turli metodikalarini yaxshi bilishlari talab etiladi. Ular zamonaviy insonparvarlik konsepsiyalarni bilishlari va shaxsni tarbiyalash metodikasini egallagan bo‘lishlari zarur.
A.S.Makarenko bo’lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o’rganishi zarurligini ta’kidlab,shunday deydi: “Tarbiyachi tashkil etishni,yurishni,hazillashishni,quvnoq,jahldor bo;lishi lozim,u o’zini shunday tutishi lozimki,uning har bir harakati tarbiyalasin”.
Kuzatishlarimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik jarayonida quyidagi tendensiyalar mavjudligini ko‘rsatmoqda: O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar soni kamayishi kuzatilmoqda. Bu hol ayniqsa, qishloq joylarida yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi tug‘ilishning bir qadar kamayganligi. Shu bilan bir qatorda, shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruhlarida bolalar soni yil sayin ko‘paymoqda. Bu ayniqsa, ta’lim-tarbiya samaradorligi va sifati yuqori bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuzatilmoqda.
Bu birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tashkilotlari moddiy texnik bazasini rivojlantirish, oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan ta’minlashni taqozo qilmoqda, 5-6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash uchun o‘quv anjomlari va malakali mutaxassislarning yetishmasligi kuzatilmoqda. Aksariyat ota-onalarda esa, bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabga tayyorlash ishtiyoqi kuchlidir. Bundan tashqari 6 yoshlilar uchun maktab muhitiga qo‘yilgan qat’iy talablar: o‘yinlar, mashg‘ulotlar o‘tkazish va dam olish uchun xonalarning yetarli bo‘lishi va zarur jihozlar bilan ta’minlanishi talab etiladi. Bunday sharoitning yetarlicha mavjud emasligi, bolalarni maktabga tayyorlashda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan milliy g’oya asosidagi tafakkur, chuqur bilim va ixtisoslikni talab qilmoqda. Uning negizi - milliy qadriyatlarimizdir. “Yangicha yashash,ozod va obod Vatan erkin va farovon xayot qurish tuyg’usi esa yosh avlod oldiga keksa avlodga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni qo’ymoqda. Xususan,ong va tafakkur hamda ma’naviy qadriyatlardagi o’zgarishlar hayot talabidan orqada qolayotganligi ma’naviy saloxiyatdagi qusurlar bilan bog’liqdir”.
Musatqillik yillarida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim mazmunida uzviylikni ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Buning natijasida 6 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kelishi bir qadar ko‘paydi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim mazmuniga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish, bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish tizimini yaratishga ehtiyoj sezilmoqda.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg`ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o`yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o`z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o`z-o`ziga xizmat qilish, sayrlar o`tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog`chasidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to`g`ri tashkil etishga bog`liqdir. Bolalar bog`chasining pedagogik jarayonida ta'lim muhim axamiyat kasb etadi va u kundalik xayotda, o`yinda, mehnatda, mashg`ulotlar orqali amalga oshiriladi.
Bu davrda maktabgacha ta’limda bir qator yangilanishlar amalga oshirilib, uning maqsadlari tubdan yangilandi. Uning bolalarni intellektual rivojlantiruvchi funksiyasi kengayib ta’lim oluvchilarning o‘ziga xosligini hisobga olish ustuvor ahamiyat kasb eta boshladi. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha ta’limning yangi mazmuni ko‘pvariatlilik, uzviylik, bolalarda dastlabki ko‘nikmalar va tasavvurlarni shakllantirish, ularning individual xususiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Biroq, daslabki ko‘rsatkichlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga an’anaviy tizim asosida yondashish bugungi kunda ham salmoqli 58 % ni tashkil qilmoqda. Yangicha yondashuvlar esa, 23% ni, oraliq yondashuvlar 19% ni tashkil etmoqda.
Yangicha yondashuvlarning o‘ziga xos pedagogik xususiyatlari shundaki, u bolalarda dastlabki ko‘nikma va tasavvurlarni hosil qilish asosida ularning ongi, tafakkurini o‘stirishga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berish asosida ularni intellektual rivojlantirish uchun ta’lim jarayoni sub’ekti sifatida ularning faollikni shakllantirishga alohida e’tibor berilishi lozim. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularni o‘z-o‘zini rivojlantirish va muntazam takomillashtirishga intiluvchi, ta’lim sub’ekti sifatida shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zarur. Buning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasini ishlab chiqish talab etilmoqda. O‘z navbatida pedagog kadrlarni ham mazkur metodika asosida ishlashga tayyorlash zaruriyati mavjud.
Tarbiyachi bolalarning syujetli-rasmli o`yinlarining hamma xilini syujetli-rolli, qurilish dramalashtirilgan tabiiy materiallar bilan o`ynaydigan qilib tashkil etadi. Bolalarga o`yin harakatlarini o`rgatadi, tengdoshlari bilan bo`ladigan munosabatlarda haqqoniylik printsipiga rioya qilishni uqtiradi. Shu bilan birga u bolalardagi ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik va boshqa xislatlarni qo`llab quvvatlaydi. Ijodiy o`yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi sayrda, ya'ni mashg`ulotdan tashqari hamma vaqtda tashkil etilaveradi. Rejimda qoidali o`yinlar katta o`rinni egallaydi. Mashg`ulotlarda va mashg`ulotdan tashqari vaqtda o`ynaladigan didaktik va xarakatli o`yinlar muxim rol uynaydi. Tarbiyachi bolalarning sensor rivojlanishini, aqliy tarbiyasini, bilish jarayonlarini didaktik o`yinlar orqali amalga oshiradi.
Bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual rivojlantirish tizimining afzalligi ularni mujassam taraqqiy ettirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning asosiy mazmuni ta’lim oluvchilarning intellektual faoliyatlarini rivojlantirish, dastlabki tushuncha, ko‘nikma va tasavvurlarini tarkib toptirishning ishonchli asosi sifatida iroda va hissiyotlarini boyitishdan iborat. Mazkur tizimning yaxlitligi barcha qismlarning o‘zaro aloqadorligida o‘z ifodasini topadi. Maktabgacha ta’limning yangi maqsadlari, yangi didaktik tamoyillari, mazmuni, metodik tizimning tipik xususiyatlari, tushunchalar, ko‘nikmalar, tasavvurlar hosil qilish va ularni rivojlantirishning natijaviyligini ta’minlashni nazarda tutadi. Buning uchun bir qator maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mazkur tizimdan foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur muammoning dolzarbligi jamiyatda intellektual salohiyatga ega yoshlarga bo‘lgan ehtiyojning kuchliligi bilan belgilanadi. Bolaning mavjud olamini yaxshilik sari yo‘naltirish, ularning hayotdagi etukligini ta’minlash insonparvar pedagogikaning muhim masalalaridan biridir. XXI asr – intellektual salohiyat asri sifatida insoniyat tarixiga kirib keldi. Hozirgi tamaddunning eng yuqori cho‘qqisi yuksak ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirish davri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Buning natijasida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy infrastrukturalar, fan va texnologiyalar rivojlanmoqda.
Yangi madaniy qadriyatlarga asoslangan O‘zbekiston jamiyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab bolalarning intellektual rivojlanishlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini vujudga keltirish insonparvar pedagogikaning yetakchi vazifalaridan biridir. Ta’lim oluvchilarning haq-huquqlari va rivojlanish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat siyosati bolani har tomonlama rivojlantirish uchun qulay pedagogik imkoniyatlarni yaratishga qaratilgandir. Buning uchun bolalarning ongi, xulq-atvorlari va ta’lim-tarbiya jarayoniga moslashishlari uchun yangi ijtimoiy-madaniy qadriyatlardan foydalanish lozim.
Bolalarning intellektual rivojlanishlarini qo‘llab-quvvatlash muammosining dolzarbligi ijtimoiy voqelik, ko‘p madaniyatlilikka asoslangan ta’lim-tarbiya hamda ijtimoiy pedagogik vaziyatlar bilan bevosita bog‘liqdir. Bu o‘z navbatida ijtimoiy pedagogik vaziyatning o‘ziga xos jihatlariga ham tayanishni taqozo qiladi. Bu jarayonda ta’lim, milliy tarbiya, bolalar ekologiyasi, bolalarni fan-texnika yutuqlariga qiziqishlari muhim ahamiyatga ega.
Bolalarni intellektual rivojlanishlarini qo‘llab-quvvatlashda ularning shaxsiyati va o‘zligiga tayanish talab etiladi. Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim-tarbiya paradigmasi o‘zgaradi va maktabgacha ta’limning yangi nazariyasi va amaliyotini tadqiq etishni taqozo qiladi. Bunday nazariya doirasida bolalarning intellektual shakllanishlari va bu sohadagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning ajralmas tarkibiy qismidir.
Insonparvarlik g’oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma yerda barqaror bo’lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo’l kuymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do’stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat qilish, atrof-muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir. Bu qadriyatlar butun insoniyat tomonidan qo’lga kiritilgan fan, texnika, madaniyat, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish borasidagi yangi jihatlar, demokratiya, qonunchilik, adolatni barqarorlashtirish borasidagi yutuqlardan ham iborat bo’lib, ulardan oqilona foydalanish respublikamizni jahondagi rivojlangan davlatlardan biriga aylantirish ishiga ham xizmat qiladi. Bu borada biror chekinishlarga, milliy mahdudlik va kalondimog’likka yo’l qo’yish nihoyatda katta yo’qotishlarga olib kelishi mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar mahalliy sharoit, imkoniyatlar, tarixiy an’analar bilan bog’langandagina kerakli samara beradi.
Zamonaviy ijtimoiy-pedagogik vaziyatlar, ko‘p faoliyatlilikka asoslangan ta’lim jarayonining rivojlanishi, bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlashning nazariy asoslarini aniqlash zaruriyatini ilgari surmoqda. Maktabgacha ta’lim nazariyasi va amaliyotining tahlili shuni ko‘rsatadiki, jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida bolalarni intellektual rivojlantirish va ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqirish muammosi bu jarayonda ularni qo‘llab-quvvatlash va himoyalash ko‘plab olimlarning ishlarida o‘z ifodasini topgan.
O‘tmishda yashab o‘tgan yirik pedagoglar: Ya.A.Komenskiy, G.I.Pestolotssi, J.J.Russo, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, P.F.Kapterev, V.I.Vodovozov, P.P.Blonskiy, S.T.SHatskiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Abu ibn Sinolarning ishlarida bu muammoga oid yondashuvlar o‘z ifodasini topgan.
Ular milliy xarakterdagi ta’lim tashkilotlarida bolalarni intellektual, axloqiy, ma’naviy, erkin shaxs sifatida shakllantirish, ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan tarbiyachi va o‘qituvchilarni tayyorlash, ularni bolalarni qo‘llab-quvvatlash va himoyalashga oid nazariyalar bilan qurollantirish sohasida o‘z qarashlarini bayon qilingan. Bu ishlarda bola shaxsining intellektual rivojlanishida ijtimoiy pedagogik qo‘llab-quvvatlashning muhimligi alohida ta’kidlanadi.
Insonni qo‘llab-quvvatlash va himoyalashning falsafiy yo‘nalishlari N.A. Berdyaev, G.F. Gegel, I. Kant, V. Leybnits, M. Monten, J.J. Russo, E.Fromm, E.Yusupovlarning ishlarida o‘z ifodasini topgan. Bu ishlarda inson xarakteri, ichki olamining falsafiy asoslarini tushunish yo‘llari o‘z ifodasini topgan. Bunga yaxshilik, yomonlik, buyuklik va pastga urish kabilarni kiritish mumkin.
Bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash va himoyalashning muhimligini har jihatdan anglab etgan pedagoglar bu sohadagi nazariyaga asos solishga kirishdilar. Biz o‘z qarashlarimizni nazariy jihatdan asoslashda pedagog hamda psixologlarning shu sohadagi yondashuvlariga tayanamiz. Jumladan, Z.Freyd, E.Bern, E.Erikson, R.Berns, K.YUng, U.Glasser, R.Safarova, B.Ma’murov va boshqalar. Mazkur olimlar tomonidan bolalarni ijtimoiy pedagogik qo‘llab-quvvatlash va himoyalash muammosi keng ko‘lamda o‘rganilgan. Bu sohada E.V.Bondarevskaya, B.Z.Vulfov, L.S.Vыgotskiy, V.A.Kan-Kalik, I.YA.Lerner, A.N.Leontev, L.I.Novikova, S.L.Rubinshteyn, V.A.Slastenin, N.E.Shurkovalar salmoqli fikrlarni ilgari surdilar.
Bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlashning olimlar tomonidan ishlab chiqilgan nazariy asoslari: pedagogik bilimlarning tabiatini asoslashga bag‘ishlangan (V.V. Kraevskiy), ta’lim jarayonining yaxlitligi (V.S. Ilin), pedagogik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari (V.I. Zagvyazinskiy)larning ishlariga tayanadi. Mazkur ishlarda ta’lim jarayoniga nisbatan tabiiy-ilmiy yondashuv o‘z ifodasini topgan.
Fundamental nazariyalar, an’anaviy ta’lim-tarbiya tizimi pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini nazariy jihatdan asoslashda katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda, pedagogik meros bizning nuqtai nazarimizda ijobiy jihatlari bilan namoyon bo‘ladi. Mavjud ta’lim-tarbiyaning ijobiy jihatlari sifatida pedagogik qo‘llab-quvvatlashga qarshi harakatlar amalga oshirilganda bolaning hissiyotlari yo‘qoladi; bolalar tashkilotlarining samarali faoliyat ko‘rsatishlari; maqsadlarning oydinligi; jamoaviylik kabilar tarkib topadi. Ilgarigi barcha nazariyalar shaxsga ob’ekt sifatida yondashishni talab qilar edi. Ta’lim jarayoniga nisbatan bilimlarga asoslangan yondashuvda bolaning o‘ziga xos xususiyatlariga etarlicha e’tibor berilmaydi.
Ta’lim-tarbiyaning mavjud shart-sharoitlarida bola shaxsini qo‘llab-quvvatlash va himoyalash masalasi istiqbolli yo‘nalish sifatida namoyon bo‘lmoqda. Chunki bu muammo yangi ahamiyat va xarakter kasb etmoqda. O‘zining mohiyati va mazmun jihatdan to‘ldirilishi zarurligi asoslanganda bir qator integrallashgan fundamental omillarga tayanadi. Bunday omillar sirasiga global, milliy, hududiy rivojlanish omillarini kiritish mumkin. Ularning markazida ta’lim oluvchilar shaxsi, ularni qo‘llab-quvvatlash va himoyalash turadi.
Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni rivojlantirish, ularda tabiatga nisbatan ijobiy tuyg‘u, qarash va harakatlarning shakllanishini ko‘zda tutadi-ki, ular mahalliy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashib ketadi. Bolalarni tabiat haqidagi bilimlarini rivojlanishi tabiatni saqlab qolish, uning umrini uzaytirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bolalarni qar tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda tabiatshunoslikning roli katta. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog‘cha yoshidan boshlamoq kerak. Shunga ko‘ra bolalar bog‘chalarida murqak qalblarga ta‘lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng muhim vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, ini sevishi, tabiatda yuz beradigan voqea-hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi, qolaversa tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Bunday sharoitda ta’lim jarayonining muhim muammosi ta’lim-tarbiyaning insonparvarona paradigmalarini ishlab chiqish hisoblanadi. Bu paradigmalar zamonaviy ijtimoiy-madaniy vaziyatga mos kelishi lozim. SHundagina u ko‘pmadaniyatlilikka asoslangan ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal eta oladi. Uning echimlarini topishga harakat qilish, innovatsion tarbiya konsepsiyasi mualliflari tomonidan amalga oshirildi. Biz ham o‘z tadqiqotlarimiz jarayonida xuddi mana shu konsepsiyaning asosini tashkil qilgan insonparvar yondashuvlarga tayanishga harakat qildik. Bunga quyidagilar aloqadordir: o‘z-o‘zini rivojlantirishga asoslangan tarbiya tizimi (L.I. Novikova); insonni madaniyat yordamida tarbiyalash (E.V. Bondarevskaya); jamoaviy ijodiy ish metodlari (I.P. Ivanov); erkinlik pedagogikasi va pedagogik qo‘llab-quvvatlash (O.S. Gazman); shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning didaktik modellari (V.V. Serikov); pedagogik faoliyatni mustaqil tashkil etish (S.V. Kulnevich) kabilar bunga misol bo‘la oladi. Mazkur tadqiqotlar negizida ifodalangan g‘oya: dunyo ta’limning ilmiy-texnika taraqqiyotiga o‘tish paradigmasidan, bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga asoslangan shaxsga yo‘naltirilgan hamda o‘z faoliyatini ijodiy tadbiq etishga qaratilgan insonparvarlik paradigmasiga o‘tmoqda.
Bugungi kunda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolardan biri, innovatsion faoliyatga tayyor bo‘lgan pedagoglarni etishtirish muammosidir. Pedagogning kasbiy layoqatliligi ko‘pgina mutaxassislarning tadqiqotlarida ko‘rsatib o‘tilgan. (E.V. Bondarevskaya, A.D. Alferova, G.D. Dmitrieva, R.M. Kulichenko, N.V. Kuzmina, V.T. Fomenko, V.A. Slastenin, R.H.Juraev, S.T.Turg‘unov, SH.Q.Mardonov).
Ta’lim oluvchilar shaxsini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratilgan bir qator ishlar mutaxassislarda alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Ta’lim oluvchilar shaxsini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishning innovatsion tizimini vujudga keltirishga yo‘naltirilgan bir qator yondashuvlar muammoni asoslashda alohida ahamiyatga ega.
Insonparvar pedagogikada vujudga kelgan ko‘pgina konsepsiyalar va nazariyalar ta’lim oluvchilar shaxsini qo‘llab-quvvatlash tizimini nazariy jihatdan asoslashda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, pedagogik qo‘llab-quvvatlash asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning intellektual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish muammosi tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolib ketmoqda. Chunki bugungi kunga qadar maktabgacha ta’lim pedagogikasida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv yetarlicha tadbiq etilmayapti. Shu bilan bir qatorda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash va himoyalashning didaktik shart-sharoitlari, vositalarini ishlab chiqish muammosi o‘ziga jalb qilmagan. Shuning uchun ham ularning tadqiqot ishlarida mazkur muammo mutlaqo yechilmagan.

Yüklə 94,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin