II.BOB Asosiy qisim 2.1 M.T.T larda pedagigi jarayonlarni loyhalashtrish metod, usul va vositalari Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bulgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.
Ta‘lim sifatining yuqori darajada bulishiga bevosita ta‘sir etuvchi omillar bo’yicha mutaxassislarning turlicha qarashlari mavjud. Jumladan, bilim oluvchilarning saviyasi, pedagoglarning bilimi va mahorati, ularning kompetentligi va kreativligi, ta‘lim jarayonining moddiy-texnik ta‘minoti, jarayon monitoringining to’g’ri tashkil etilishi, natijalarning tahlili va shu kabi ko’pgina omillarni aytish mumkin. Mazkur omillar har bir oliy ta‘lim muassasasining rivojlanish strategiyasining o’quv va ilmiy jarayonlar bilan bog’liq qismlarida albatta o’z aksini topadi. Ayniqsa, o’quv dasturlarining zamonaviy talablar asosida bo’lishiga erishish, real mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo’naltirilganligi, onlayn ta‘limni amalga oshirishga sharoitlar yaratish, ilmiy faoliyatga yoshlardagi ehtiyojni kuchaytirish, oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, kasbiy ta‘limga yo’naltirish kabilarga bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta‘lim muassasalarida ham muhim vazifa sifatida qaralmoqda. Har bir bulajak mutaxassis ta‘lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetishi va uning amaliyotda ta‘lim muassasalari innovatsion jarayonlariga ko’shilishdagi ahamiyatini anglab etishi hamda yaratish imkoni mavjud bo’lgan innovatsion maydonda o’zini qurish va eng muhimi, yangiliklarni o’zlashtirishdan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va talabaning hamkorlikda belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog’liq, ya‘ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog’liq, ya‘ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta‘lim texnologiyasi o’qituvchi va talaba o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, o’quv jarayonida talabalar mustakil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, ukituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu o’qitish jarayonning asosi hisoblanadi. Har bir o’quv mashg’uloti mavzusi, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya‘ni o’quv jarayonidagi ta‘lim texnologiyasi - bu yakka tartibdagi jarayon bulib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ta‘lim texnologiyasi - ta‘lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo’yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o’quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta‘lim modelini tanlashdan to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini loyihalashtirishni o’z ichiga oladi. Mavzu bo’yicha ilmiy manbalarning qisqacha tahlili. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, ta‘lim texnologiyalari va pedagog ma,oratiga oid bilim, tajriba va interfaol metodlar talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta‘minlaydi. Hozirgi vaqtda ta‘lim-tarbiya jarayonida ta‘lim innovatsiyalarni keng ko’lamda qo’llash jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik, kiritish, yangilikdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talabalar faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi.
U.Tolipov va M.Usmonboevalarning fikriga ko’ra, interaktiv metodlar - bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya‘ni pedagogik ta‘sir etish usullari bulib, ta‘lim mazmunini tarkibiy kismlari hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikdagi faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
talabaning dars davomida befarq bo’lmasligi, mustaqil fikrlashni, ijod etishi va izlanishga majbur etishi:
talabani ukuv jarayonida bilimga bulgan kizikishlarini doimiy ravishda bulishini ta‘minlashi:
talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi:
pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishi.
Taniqli olim N.A.Muslimovning1 ta‘kidlashiga ko’ra, ta‘lim texnologiyalarning xislati shundaki, unga qo’yilgan maqsadga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg’ulotning muvaffaqiyatli o’tishining 80 foizi o’quv jarayonini to’g’ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog’liq.
O’quv jarayonini loyihalashtirish quyidagi uch bosqichdan iborat:
o’quv maqsadlari va natijalarini belgilash;
natijalar asosida nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish;
o’quv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi xaritasi)ni ishlab chiqish.
B.X.Xodjaevning fikriga ko’ra, o’quv jarayonini loyihalashtirishda ta‘lim mazmunini, maqsadini, kutilayotgan natijani to’g’ri belgilash, ta‘lim metodlari, shakllari va vositalarini to’g’ri tanlash, talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning aniq mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg’ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to’g’ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg’unlashuviga e‘tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Professor M.Ochilovning ta‘kidlashicha, o’quv maqsadi - bu muayyan ta‘lim jarayonini yakunida ta‘lim oluvchi tomonidan o’zlashtirilishi, ya‘ni xosil qilinishi lozim bo’lgan bilim, xatti-harakat bilan bog’liq bo’lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlari va xulqini belgilaydi. O’quv maqsadi va natijalarni belgilashda aniq ulchanadigan, real amalga oshiriladigan, erishish mumkin bo’lgan imkoniyat inobatga olinadi.
O’quv-tarbiya jarayonida bilim berishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan keng foydalanish, ularni doimiy ravishda takomillashtirib borish, rivojlangan davlatlar ta‘lim tajribalaridan maqsadli foydalanish – ta‘limning sifati va samaradorligini kafolatlaydi. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan fan, mavzu va uning mazmunida o’rinli foydalanish ta‘lim oluvchilarning qiziqishlarini orttiradi, bilish faoliyatini yuqori darajada bo’lishiga imkon yaratadi. Ta‘limni rivojlantirishda pedagogik jamoa va o’qituvchilarning innovatsion faoliyatini shakllantirish – ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasining talab darajasida bo’lishi, mazmunan boyitishni ta‘minlaydi. Xususan, ta‘lim tizimining boshlang’ich sinflarida o’qitish jarayoni texnik vositalar, innovatsion va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mukammal o’rganish, ta‘lim jarayoniga moslashtirish – bugungi kun talabidir. Bu esa o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini yanada orttiradi, shuningdek o’rgatishda kam kuch, kam vaqt sarflab, o’qitish vositalaridan samarali foydalanishga yo’l ochadi. Ma‘lumki, an‘anaviy o’qitish tizimida o’qituvchi o’quvchiga asosan axborot beruvchi manba hisoblanadi, ya‘ni bilim olishda: axborotlarni uzatish va qayta ishlanmagan holatda o’quvchidan qabul qilib olish kuzatilgan. Ya‘ni dars jarayonida olingan bilim faollashuv pog onasiga ko’tarilmagan. Zamonaviy o’qitish sharoitida esa kafolatlangan o’quv maqsadlariga erishish jarayoni oldindan loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv yuzakilikka emas, balki rejalashtirilgan natijani amalga oshirish imkonini beruvchi konstruktiv, ko’rsatmali sxemada o’z ifodasini topadi. Umuman olganda boshlang’ich sinflarda o’qitish jarayoniga texnologik yondashuv avvalo fanlararo integratsiyani ta‘minlash, bolalarni ortiqcha qiyinchiliklardan ozod etish, vaqtdan unumli foydalanish, sinfda va sinfdan tashqari vaqtlarda bolalar orasida tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, erkin fikrlash, ijodiy izlanish tizimini yaratish kabi qator ishlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Bu borada albatta o’qituvchining mahorati, kreativ yondashuvi, kompetensiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra bunga to’rt yo’l bilan erishiladi: umumiy maqsaddan aniq maqsadlarni ajratib olish; muntazam izlanish, o’z faoliyatini tahlil qilish, qiyoslash va faoliyatni tanqidiy baholash; ilg’or ish tajribalarni o’rganish, o’z sharoiti va imkoniyatidan kelib chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etish va takomillashtirib borish; xorijiy pedagogik tajribalarni ijodiy o’rganish; olingan bilim, ko’nikma va malakalarni amaliyotda keng tadqiq etish. Bugungi kunda amalga oshirayotgan islohotlarning markazida o’quvchini ta‘lim jarayonining sub‘ekti – faol ishtirokchiga aylantirish yotadi. Bunga albatta o’quvtarbiya jarayoniga texnologik yondashuv asosida erishiladi. Texnologik yondashuvning ustuvor jihatlari quyidagilardan iborat: o’quvchilarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va ilg’or g’oyalar paydo bo’ladi. Rang-baranglik fikr va g’oyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog’dagina yuzaga keladi; o’quvchining fikrlash jarayonini qadrlanishi. Bunda o’quvchilar o’z tengdoshlarining fikrlarini ham hurmat qilmog’i lozim; erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanish. O’qitish jarayonida qo’rqmay tavakkal qiluvchi o’quvchilarni rag’batlantirib turilishi; o’quvchilar o’rtasida hamkorlikni talab qiladigan mashg’ulotlardan foydalanish; biror masalada fikr almashishlaridan oldin vaqt va imkoniyat berilishi; belgilangan vazifa va topshiriqlarni bajarish jarayonida bir-birlariga yordam berishlariga sharoit yaratilishi va hokazo. Xulosa sifatida aytish joizki, jamiyatning yangi ijtimoiy kuchlarini yetishtirishda o’qituvchi mas‘ul hisoblanadi. Jamiyat o’qituvchining qo’liga yosh avlodni, ya‘ni o’z kelajagini ishonib topshiradi. Uning kamol topishida o’qituvchining dunyoqarashi, zamonaviy bilimlari va yondashuvlari muhim omillardan sanaladi.