Mundarija kirish I. Bob maktabgacha ta’lim tizimida pedagogic jarayonlarni loyhalashtirishning dolzarbligi



Yüklə 62,81 Kb.
səhifə12/12
tarix18.12.2023
ölçüsü62,81 Kb.
#183936
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi fotima 1112

Ko‘rgazmali

Og‘zaki

Amaliy

O‘yin metodlari

Kuzatish

Tushuntirish

Mashq

Didaktik o'yinlar

Ko'rsatish

Hikoya qilish

Mustaqil ish

Harakatli o'yinlar

TVdan foydalanish

So'zlab berish

Oddiy tajriba

Mashqli o'yinlar




O'qib berish




Inssenirovkalar




Suhbat









Kuzatish metodi bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish imkonini beradi.
Bunda bolalar ko’rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa, asosan, yangi bilim berishda qo’llaniladi. Kuzatish — bolalarning narsa, voqealarning ma‘lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Bu usul ma‘lum obyektlarni kuzatishda yetakchi o’rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi. Bu metodda tarbiyachi bolalarga narsaning o’zini yoki tasvirini ko’rsatadi. Kuzatish so’z bilan qo’shib olib boriladi. Bu asosan bevosita kuzatib, ko’rib bo’lmaydigan narsalar bilan tanishtirishda qo’llaniladi. Masalan, hayvonlar, o’simliklar hayoti bilan tanishtirish.
Texnikaviy vositalardan foydalanish. MTTda ta‘lim jarayonini qiziqarliroq o£tkazishni ta‘minlaydi. Tevarak-atrof bilan tanish tirish imkoniyatini kengaytiradi. Texnikaviy vositalardan tar biyachi katta va tayyorlov guruhlarida foydalanadi. Kichik gu ruhlardan boshlab bolalarga hikoyalarga ishlangan suratlar ko’rsatiladi. Bu buyum va narsalarni izchillik bilan idrok etish imkonini beradi va sinchkovlik hislarini o’stiradi.
Hikoya qilib berish metodida materialni aniq, obrazli, ta‘sirchan bayon qilinadi. O’rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o’qib beriladi. Bu bolalarga ta‘lim berishda va ularning aqliy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hikoya qilib berish metodi mustaqil metod sifatida qo‗llaniladi.
Suhbat metodi. Suhbat MTT didaktikasida muhim o’rinni egallaydi. Tarbiyachi bolalar bilim va amaliy tajribalariga suyanib, savollardan foydalangan holda ularni yangi bilimlarni egallashiga, mustahkamlashiga harakat qiladi.
«Suhbat 3—4 yoshli bolalar bilan o’tkazilmaydi. 4—5 yoshli bolalar bilan ham suhbat mustaqil mashg’ulot sifatida o'tkazilmaydi. Bu yoshda kuzatish qisqa suhbat bilan qo’shib olib boriladi. 6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil mashg‗ulot tarzida o'tkazilishi mumkin»1.
Amaliy metod. Bu metod tarbiyachiga bolalarning turli-tuman amaliy faoliyatlarini tashkil etishga, bilim, malaka va ko’nikmalarni egallab olishga yordam beradi. Bu metod orqali bola buyumlarning o’ziga tanish bo’lmagan xususiyatlarini bilib oladi. Tarbiyachi amaliy mashg’ulotlarda bolalarning oldiga vazifa qo’yib, bolalardan mashq qilishni talab etadi. Shular orqali bola bilim, ko’nikma va malakalarni egallab oladi.
O‘yin metodi didaktik vazifani tushunarliroq, ta‘limni qiziqarli qilib tashkil etishga yordam beradi.O’’yin metodi bolalarning ixtiyoriy diqqatlarini oshiradi, bola irodasini, ijodiy fikrini rivojlantiradi. Bola ijodiy o’yinda aqliy jihatdan tarbiyalanadi va rivojlanadi. Kichkintoylar o’ynaydigan sujetli o’yinlarning asosiy mazmuni — buyumlar bilan bajari ladigan xilma-xil harakatlarni tasvirlashdir. Bunday o’yinlar jarayonida bolalar buyumlardan foydalanish, ular bilan amallar bajarishning ijtimoiy mustahkamlangan usullarini o’zlashtirib oladilar. Bunda harakatlarni umumlashtirish va bolaning ongida ularni aniq bir buyumdan ajratish jarayoni ro’y beradi. Bolaning rivojlanishiga qarab, ularning ijodiy o’yinlari tobora rejali xususiyat kasb etadi: bolalar o’yinning mazmuni haqida, o’yinchoqlardan foydalanish va h.k.lar to’g’risida kelishib oladilar. Shu yo’l bilan o’yin davomida bolaning rivojlanishi uchun muhim bo’lgan tafakkurning rejalashtiruvchi vazifasi tarkib topadi. Bolaning aqliy tarbiyasida ijodiy o’yinlar bilan bir qatorda didaktik o’yinlar ham katta o’rin egallaydi. Bunday o’yinlar tayyor mazmunga va aniq qoidalarga ega. Juda ko’p xalq o’yinlari avloddan avlodga o’tib kelmoqda. Pedagoglar tomonidan ham ko’pgina o’yinlar ishlab chiqilgan. Didaktik o’yinlar deb nomlanishining o’zi ham bu o’yinlarning maqsadi bolalarni aqliy rivojlanti rishdan iboratligini bildiradi. Binobarin, ular aqliy tarbiya vo sitasi, deb qaraladi
2.2 M.T.T larda ta,lim jarayonlarni loyhalashtrish bosqaichlari ,qonunyatlari va tamoyillari
Ta’lim tamoyillari. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv 
jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko’ra tashkil etiluvchi 
ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini
belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga 
asoslanuvchi me’yoriy asoslari (qoidalari) o’z ifodasini topgan. Ta’lim 
tamoyillarini bilish o’quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, 
uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o’quv materialini mazmunini 
tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlash imkonini
beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o’qituvchilar va o’quvchilarga yaxlit 
jarayonning bosqichlariga amal qilish, o’zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi. 
Ta’lim tamoyillari o’zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim 
nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi 
qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi
eski ko’rinishlari o’zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O’qitish 
va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning 
umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko’zga tashlanmoqda. 
Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida 
tomonlarini aks ettiradi. 
Ta’limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan 
tizim sifatida e’tirof etish mumkin:
I. Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan 
bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g’oyalarni ifodalaydi: 
- fuqarolik; 
- ilmiyligi; 
- tarbiyalovchi ta’lim; 
- fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi (ta’limning hayot bilan, 
nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi); 
- tabiat bilan uyg’unligi; 
- madaniyat bilan uyg’unligi; 
- insonparvarligi. 
Fuqarolik tamoyili. Unga ko’ra ta’lim mazmunini shaxsning 
sub’ektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga 
yo’naltirishda namoyon bo’lishi kerak. U ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o’zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidag tasavvurlarining shakllanishi bilan bog’liq. 
- Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi; 
- ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi; 
- ta’limda onglilik va ijodiy faollik; 
- ta’limda ko’rgazmalilik; 
- ta’limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi); 
- ta’limning tushunarliligi; 
- guruhli va individual ta’lim birligi; 
- ta’limning o’quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi; 
- oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning 
muvofiqliligi; 
- pedagogik hamkorlik. 
Ta’limning ilmiy bo’lish qoidasi. Ilmiy bo’limlar-voqelikning xaqqoniy 
in’ikosidir. Tevarak- atrofini o’rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va 
xodisalarning ichki muhim xossalarini va o’zaro aloqalarini aks ettiruvchi 
bilimlargina ilmiy hisoblanadi.
Ta’limning ilmiyligi qoidasi o’quvchininig o’quv materialidagi qonuniyatlarni 
aks ettirishi, tushinishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish zarur.Nazariy qoidalarni tushinish - materialni ilmiy asosida izohlab berishning 
muhim belgisi bo’lib, u o’quvchining fikrlash faoliyati xususiyatlarini 
belgilaydi. Ilmiy-bilimlar ilmiyligicha qolib, voqelikni har xil bo’lish qoidasi. 
Ilmiy izoh ta’limning hamma bosqichlarida, har bir sinfda ilmiylik qoidalari 
vazifalaridan biri - nazariy ma’lumotlar tizimini shy ma’lumotlarda tevarak- 
atrofdagi dunyoni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan bilib olishdir.
Ilmiylik qoidasi barcha guruhlardagi va turli o’quv yurtlaridagi o’quvchilarg
o’rganish uchun ilmiy jihatdan ishonarli, amalda sinab ko’rilgan ma’lumotlar 
berilishini talab etadi.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyo qarash, 
e’tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi.
Ta’limning ilmiy bo’lish qoidasi ta’lim jarayonida o’quvchilarni Hozirgi zamon 
fan-texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan 
qurollantirish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishni 
ta’minlashga qaratilgan. Didaktikaning ilmiylik qoidasi maktab ta’limiga 
aloqador bo’lib qolmay, o’qitish usullariga ham aloqadordir. U ta’lim 
jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydalana oladigan o’qitish usullarini 
takomillashtirishni ham talab qiladi.
Ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili bilish 
bosqichlarining ob’ektivligini anglatadi. 
Izchillik ta’lim mazmuni, uning shakli va usullari, o’quv jarayoni 
ishtirokchilari bo’lgan sub’ektlarning o’zaro munosabatlariga taalluqli. U 
alohida parsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o’quv vaziyatlari, 
predmet va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-
sekin o’zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o’quv jarayoniga birlashtirishga 
imkon beradi. Izchillik ta’lim jarayonining ma’lum tizim va ketma-ketlik asosida
bo’lishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o’rganmay turib hal etib bo’lmaydi. 
Muntazamlik va ketma-ketlik u yoki bu o’quv materialini o’zlashtirish 
sur’ati, uning elementlari o’rtasidagi o’zaro mosligini tahlil qilishga imkon 
beradi. Ta’limning muntazamliligi va ketma-ketligi ma’lum fanlar bo’yicha 
bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish 
o’rtasidagi qarama-qarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi 
navbatda dastur va darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo hamda 
fanlar ichidagi bog’liqlikni ta’minlash evaziga namoyon bo’ladi.
Onglilik va ijodiy faollik tamoyili. Uning asosini fanni o’rganishda 
muhim ahamiyatga ega bo’luvchi qoidalar majmuini shakllantirish tashkil etadi. 
Bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog’liq: 
ta’lim motivlari, o’quvchilarning faollik darajasi, o’quv-tarbiyaviy jarayonning 
samarali tashkil etilishi, o’qituvchi tomonidan qo’llanuvchi ta’lim metodlari va 
vositalarining samaradorligi va boshqalar. O’quvchilarning faolliklari 
reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Mazkur tamoyil 
o’quvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
Ko’rgazmalilik tamoyili ta’lim jarayonini tashkil etish asosida yotuvchi 
muhim qoidalardan biri hisoblanadi. YA.A.Komenskiy uni didaktikaning “oltin 
qoidasi” deb atagan. Unga binoan ta’limda inson sezgi organlaridan foydalanish 
kerak. “Agarda biz o’quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak, 
unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko’rish bilan 
Ta’limga intilishimiz kerak – deb ta’kidlaydi u – agarda qandaydir predmetn
baravariga bir necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo’lsa, mayli ular 
baravariga bir necha sezgilari bilan o’rganilsin”
Tajribalar asosida o’rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon 
mohiyatini hikoya qilib berish o’zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi. 
Xususan, axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15 foiz, ko’rib qabul qilis
esa – 25 foizni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida ularni bir vaqtda ishtirok etish
natijasida ma’lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 foizgacha ortadi. 
Я.А. Коменский. Буюк дидактика. (М.Очилов таржимасида) -Т., 1975 й, 121
Ko’rgazmalilikdan o’quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish 
mumkin: yangi materialni o’zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashki
qilish hamda o’quvchilarning dastur materiallarini o’zlashtirishlarini tekshirish 
va baholashda. 
Ta’limning samaradorligi va ishonchliligi tamoyili. An’anaviy 
didaktikada u mustahkamlik tamoyili kabi ifoda etiladi. Agarda o’qitish jarayoni 
ta’lim maqsadlariga erishishni ta’minlamasa, u holda ushbu jarayonni tashkil 
etish zaruriyati yuzaga kelmaydi. SHu bois ta’lim samarali, shuningdek, 
rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo’lishi kerak.
Ta’limning ishonchliligi va mustahkamliligini ta’minlash uchun 
o’quvchilar o’qish jarayonida o’quv-o’rganish harakatlarining quyidagi to’la 
siklini o’zlashtira olishlari zarur: o’rganilayotgan materiallarni dastlabki qabul 
qilish, uni chuqurroq anglab yetish, eslab qolish, o’zlashtirilgan bilimlarini 
qo’llash bo’yicha ma’lum faoliyatni amalga oshirish, ularni takrorlash va 
tizimlashtirish.
pedagogik jarayonning qonuniyatlari va tamoyillari.
Pedagogik jarayon qonuniyatlari – bu ob’ektiv mavjud bo‘lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni.Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tasnifi mavjud emas. Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati – ta’lim oluvchining keyingi barcha muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlardagi muvafaqqiyatiga bog’liq bo‘ladi. Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi qonuniyati – shaxs rivoji darajasi va sur’ati:. Yagona pedagogik jarayon qonuniyatlari singari tamoyillari masalasida ham turli qarashlar mavjud. Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining Yu.K.Babanskiy bo‘yicha tasnifi: Pedagogik jarayonning maqsadga yo‘naltirilganligi; Ta’lim va tarbiya mazmunining ilmiyligi; Ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik; Tizimlilik va ketma-ketlik; Onglilik, faollik, tashabbuskorlik, ta’lim oluvchilarning ijodkorligi
pedagogik jarayonning bosqichlari.
Pedagogik Jarayon o'z ma'nosida ta'lim va ta'lim birligini ta'minlash (uning tor o'zgacha ma'noda) rivojlanishining yaxlit jarayoni hisoblanadi. O'quv, tarbiyaviy, rivojlanish, pedagogik jarayoni o'quv, o'quv va rivojlanayotgan kabi funktsiyalarni amalga oshirishni ta'minlaydi.
Pedagogik jarayoni hamjamiyati ta'lim jarayoni sifatida ( o'quv tadbiri) va o'quv jarayoni (dars) pedagogik jarayon sifatida amalga oshiriladi.
"Pedagogik jarayoni" konsepsiyasining ma'nosi "Ta'lim berish, o'qitish, o'qitish, o'qitishni tayyorlash" formulasi bilan ifodalanishi mumkin. Ta'lim va ta'lim o'quv jarayonining asosi sifatida shaxsiyatni rivojlantirishni amalga oshiradi. Bu erdan siz pedagogik jarayonning mohiyatini belgilashingiz mumkin: bu ta'lim va ta'lim yaxlitligi asosida shaxsiyatning rivojlanishi.
Pedagogik jarayoni o'qituvchi va o'quvchining o'zaro ta'siri bo'yicha faoliyat, pedagogik jarayon tarkibida quyidagi komponentlar ajratilishi mumkin.
Maqsad komponenti Maqsadlar (strategik va taktik) o'rganish va chiqish o'quv faoliyati.
Maxsusko'p narsa o'qituvchilar va ta'lim bilan ma'lumot almashish bo'yicha aloqalar orqali o'rnatiladi. Bular tashkiliy va tadbirlar, aloqa aloqalari.
Pedagogik jarayoni - Bu odamlar (o'quvchilar, o'qituvchilar, o'qituvchilar va o'quvchilar) ning zarur bilimlari, amaliy ko'nikmalari va ko'nikmalarini, inson va guruhning axloqiy va siyosiy, psixologik va fizikaviy xususiyatlarini shakllantirish uchun tashkillashtirilgan va yo'naltirilgan faoliyatdir. Ushbu faoliyat boshqa barcha jamoat jarayoni: iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, madaniy va boshqalar. Bunday faoliyatning mohiyati, mazmuni, mazmuni va yo'nalishi jamiyat holatiga, samarali kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining real ta'siriga bog'liq.

XULOSA
Yuqoridagilardankelibchiqib, bugungikundadavlatvanodavlatmaktabgachata’limtashkilotlaridata’limvatarbiyasifatinitakomillashtirishmuammosinialohidatadqiqotpredmetisifatidao’rganishehtiyojisezilmoqda. Muammoningyechiminitopishuchun: - davlatvanodavlatmaktabgachatarbiyatashkilotlarixodimlariningmalakasinioshirishda «tarbiyakvalimetriyasi» va «ta’limkvalimetriyasi» tushunchalariniilmiyjihatdantavsiflash; - davlatvanodavlatmaktabgachatarbiyatashkilotlariboshqarishningmetodologikvanazariyasoslarinisifatlimenejmentnuqtainazaridantadqiqqilish; - davlatvanodavlatmaktabgachatarbiyatashkilotlarigaqo’yiladigandavlattalablarinitabaqalashtirilganyondashuvasosidatakomillashtirish; - davlatvanodavlatmaktabgachatarbiyatashkilotlarixodimlariningmalakaoshirishdankeyingifaoliyatisamaradorligimonitoringinijoriyetishbo’yichatavsiyalarishlabchiqish; - davlatvanodavlatmaktabgachatarbiyatashkilotlaritarbiyalanuvchilariiqtidorinianiqlashvarivojlantirishgamo’ljallanganmetodikqo’llanmalaryaratishvaamaliyotgatatbiqetish; - davlatvanodavlatmaktabgachatarbiyatashkilotlaridasifatmenejmentitiziminitakomillashtirishbo’yichailmiyasoslangantakliflarishlabchiqishlozim. Davlatvanodavlatmaktabgachatarbiyatashkilotlarixodimlariningfaoliyatinikvalimetriyaasosidabaholash, kasbiyfaoliyatnatijasi, tarbiyalanuvchilarningintellektualdarajasivashaxsiyrivojlanishimezonlarigaasoslanganholdatakomillashtirishgaqaratishlozim. Shundayqilib, ta’lim-tarbiyasifatinioshirishjarayonidayangimazmunvamohiyatgaegabo’lganinsonparvarliktamoyillarigaasoslangan, yaratuvchanlik, ijodkorlikkaintilishhissibilanyo’g’rilganta’limkomilinsonshaxsiniyetuklikkayo’naltiradi. Binobarin, O’zbekistondamaktabgachata’limtashkilotlaridaolibborilayotganislohotlarta’lim-tarbiyaningmaqsadiniyangiyo’nalishgaburdi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli shaxs manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Yuqorida aytilganlarga qoshich qildadigon bo’lsak biz kirish qismimizdagi ma’lumotlarda aytgandek Respublikamizda 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish” kontseptsiyasini ishlab chiqildi. Ta’limni rivojlantirishda pedagogik jamoa va o’qituvchilarning innovatsion faoliyatini shakllantirish – ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasining talab darajasida bo’lishi, mazmunan boyitishni ta’minlaydi. Xususan, ta’lim tizimining boshlang’ich sinflarida o’qitish jarayoni texnik vositalar, innovatsion va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mukammal o’rganish, ta’lim jarayoniga moslashtirish – bugungi kun talabidir. Bu esa o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini yanada orttiradi, shuningdek o’rgatishda kam kuch, kam vaqt sarflab, o’qitish vositalaridan samarali foydalanishga yo’l ochadi. Ma’lumki, an’anaviy o’qitish tizimida o’qituvchi o’quvchiga asosan axborot beruvchi manba hisoblanadi, ya’ni bilim olishda: axborotlarni uzatish va qayta ishlanmagan holatda o’quvchidan qabul qilib olish kuzatilgan. Ya’ni dars jarayonida olingan bilim faollashuv pog onasiga ko’tarilmagan. Zamonaviy o’qitish sharoitida esa kafolatlangan o’quv maqsadlariga erishish jarayoni oldindan loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Pedagogik faoliyat maqsadini amalga oshirish ta'lim muhitini shakllantirish, o'quvchilar faoliyatini tashkil etishdir.

Adabiyotlar


1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori, 2019., 13 may, PQ 4312 son. 2. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga qo’ramiz. –Toshkent:O’zbekiston, 2017.-488 bet. 3. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. –Toshkent: O’qituvchi, 1998.-43-bet.
2.O’zbekiston Respublikasi ‘’Maktabgacha ta’lim tizmini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida’’gi PQ-3955 Sonli qarori.
3.Mirziyoyev SH.Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.T; O’zbekiston.2017y.
4. Ilk qadam’’davlat o’quv dasturi.T.BMT bolalar jamg’armasi2022-y 2-nashri.
5.O’bekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Davlat Standartlari.
6.Sodiqov SH.A Maktabgacha pedagogika T;Tafakkur bo’stoni 2013.
7.F. R.Qodirova.Maktabgacha pedagogika.T.;Tafakkur 2019.
8.SH.M.Mirziyoyev ‘’Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz’’ T.2016.
9.D.R.Djurayev Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning tendensiyalari.
10.SH.M.Mirziyoyev.’’Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi’’T.;2016.
Yüklə 62,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin