2.2. Ekologik tarbiya - tarbiya nazariyasining yangi shakli O’zbekiston Respublikasida ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish soxasida ma’lum tadbirlar o’tqazilmoqda. Mamlakatimizda ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishning uzluksiz konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Lekin bu borada kamchiliklar hali ko’p. Jumladan O’zbekiston respublikasining “Tabiatni muxofaza qilish to’g’risidagi” qonunida ushbu masalaga kam o’rin berilgan. Ekologik axborot tizimi yaxshi shakillanmagan. Bu muammolar yaqin yillar ichida ijobiy hal qilinishi lozim.
XXI asr-ekologiya asri bo’lishi shubhasizdir. Xar bir inson ona sayyoramiz tabiatni ziyon yetkazmasdan o’zgartirishi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o’zining munosib hissasini qo’shishi lozimdir.
XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta'siri o'zining yuqori bosqichiga yetdi. Hozirgi avlod mahalliy va ma'naviy ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. Bunday murrakab davrda ekologiyaning ilmiy-nazariy, amaliy, talimiy madaniy va axboriy ahamiyatlari tobora ortib bormoqda. Atrof muhit holatini to'g'ri baholash, zarur tadbirlarning o'z vaqtida o'tkazilishini ta'minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosit bog"liqdir.
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo'nalishlari mavjud. Bu yo'nalishlar ichida pedagogik yo'nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi. Pedagogik yo'nalishda ekologik ta'lim va tarbiya berish ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim deganda o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim-tarbiya umumiy ta'lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo'lib, maktabda barcha fanlarni o'qitishda amalga oshirilishi ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabia-timiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o'rgata boriladi. Atoqli pedagog V. A. Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbe»ni ochib, birinchi so'zini g'ijjalab o'qishlariga qadar awal dunyodagi eng ajoyib kitob-tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» deb ta'kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir. Ekologik tarbiyada o'quvchilarni o'z maktabini; yashaydigan muhiti-shahar va qishloq ko'chalarini ko'kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega. Ekologik savodxonlik va madaniyat, awalo, oiladan boshlanadi. Ekologik duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog'liqdir. Agar bu masala oilada to'g'ri yoiga qo'yilmagan bo'lsa, uni maktablarda, keyingi ta'lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo'ladi. Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e'tibor bilan qaraganlar va bu borada ibratli an'analarni vujudga keltirganlar. Bolalar go'daklik chog'laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va ko'kalamzorlashtirish hissi sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni alohida chuqurchalarga tashlash; hojatxonalarni ariq, soy, buloq suvlaridan uzoqroq joyda kovlash; yong'in chiqmasligi chorasini ko'rish; turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki kurib qolganlaridan foydalanish; nihollarni sindirib, payxon qilmaslik; qushlarning uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tufiama, uini iflos qilma, chunki barcha joniyorlar uni ichib bahra oladi», «Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o'zing iste'mol qilasan», «Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo'ladi. Chunki unda ahli mo'minning nasibasi bor» — deb pandu-nasihatlar qilganlar. Islomdan avval zardushtiylik dinida tabiatni, xususan, suvnl iflos yoki isrof qilgan kishi 400 darra kaltaklangan. Suvga hurmat islom dinimizda ham saqlanib qolgan. Mana shu hurmat ta'sirida xalqda ko'plab maqollar, rivoyatlar, ibratli hikoyatlar, ertaklar vujudga kelgan. Ekologik ta'lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog'chalarida, umumiy ta'lim maktablarida, keyingi ta'lim bosqichlarida hamda mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Bu o'rinda hayotiy misollar orqali hozirgi paytda oilalarda ekologik savodxonlikning pastliligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko'plab odamlar mollarini ekinzorlarda, bog'larda xatto mevali va manzarali daraxtlarga bog'lab boqish-moqda. Axir o'tmishda xalqimiz qaramog'idagi hayvonlarni duch kelgan yerda emas, alohida ajratib qo'yilgan yaylovlarda o'tlatgan. Ma'lumki, inson aqli uning umumiy rivojlanishning dastlabki 3-4 yilida 50 foizni, 4-8 yilida 30 foizini, 8-17 yilida esa 20 foizni tashkil qiladi. Shuni hisobga olib, ekologik ta'lim-tarbiyani; asosan, bog'cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog'cha bolalarida avval ekologik ta'lim tushunchalari shakllan-tiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o'quv-chilarga ekologik ta'lim-tarbiya beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan qүyidagi yүnalishda ish olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi: 1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga tabiat olami, undagi voqea-hodisalar үrtasidagi bog'liqlik to'g'risida aniq bilimlar berish. 2. Bolalarda tabiat, uni asrab-avaylash, uni boyitishga oid faoliyatni shakllantirish. 3. Bolalarni davlatimizning tabiatni qүriqlash, uni asrab-avaylash bo'yicha olib borilayotgan ishlari bilan tanishtirib borish. Buni maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari, ota-onalar va jamoatchilik o'zaro hamkorlikda izchillik bilan ta'lim-tarbiyaviy ishlar orqali amalga oshirib borishi zarur.
Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyatning bir-biri bilan chambarchas bog’langan yaxlit borliqning ikki bo’lagini tashkil etadi.
Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o’ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va uning ongi tabiat qonunlariga bo’ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi, uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo’nalishlarda doim muloqatda bo’ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni tabiat bilan bog’laydi. Insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha narsalar –ozuqa , kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi.Jamiyatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo’ladi.
XVIII-XIX asrlarda sanoat taraqqiyoti tufayli ko’plab tabiiy zaxiralar: Yer osti boyliklari, qishloq xo’jalik yerlari baliq zaxiralari, suv va quruqlik hayvonlari, o’simlik dunyosida kengroq foydalanila boshladi. Janubiy va Shimoliy Amerika hamda Afrika materiklari atrofidagi orollarini mustamlaka qilish tezlashdi. Sharqiy slavyanlar Sibirga kelib joylashdilar va Tinch okeaniga qirg’oqlariga yetib bordilar.
Xulosa Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o‘tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo‘ladi. Sayr vaqtida tabiat xodisalarini kattalar mexnatini bolalar bilan yalpi kuzatish o`tkaziladi. Vaqti-vaqti bilan kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalarga ularga ma'lum, ular sevib qolgan adabiy asarlarni o`qib beradi. Kundalik hayotda bolalar bilan turli metodlardan foydalanib olib boriladigan ta'limiy ishlar barcha hollarda uning asosiy shakli-mashg`ulot bilan uzviy bog`liqdir. Shu maqsadlarda kundalik pedagogik jarayonda o`qitishning bolalarning uncha katta bo`lmagan miqdorini qamrab oluvchi guruxli shakli qo`llaniladi.
Keyin harakatli o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish, turli-tuman ijodiy o‘yinlar tashkil etiladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo‘lgan talabini to‘la qondirishi, bolalarda ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o‘rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak. Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigienik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi. Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlikni tarbiyalash va shular orqali tabiatga qiziqish, vatanparavarlik, mehnatsevarlik, tabiatni saqlovchi va uning boyliklarini ko'paytiruvchi, kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirishda tabiat burchagining ahamiyati kattadir. Shu bilan birga bolalar bilan ekskursiya chog’ida ular o’rtasidagi o’zaro do’stlik rishtalari yanada mustahkamlanadi. Tabiat qo’ynidagi birgalikdagi mehnat jarayoni ularning o’rtasidagi mehrni rttiradi.
Ekskursiya jarayonida eng muhim bo’lgan jihat bolalarning aqliy qobilyatlari yana ham rivojlanishini hisobga olib bu ta’lim shaklini muntazam olib borish;
Tabiatdagi jonli va jonsiz borliq bolalarning idrokini, tasavvur dunyosini kengaytiradi. Shu sababli ota-onalarga imkon qadar uy sharoitida tabiat burchagi tashkil etishni tavsiya etamiz.