2.1. 5-6yoshligimnastikachilardapedagogikkuzatuvlarniolibborish. yoshli gimnastikachilar jismoniy tayyorgarligini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning mashg‘ulotlarida musobaqa mashqlari xususiyatiga mos hamda jismoniy va texnik tayyorgarlikka baravar ta’sir etuvchi prinsipda qo‘llaniladigan mashqlar etarli darajada o‘z ifodasini topmaydi. Ushbu prinsipda qo‘llaniladigan mashqlardan odatda murabbiylar tayyorgarlikning ancha keyingi bosqichlarida foydalanadilar. Vaxolanki, keyingi bosqichlarda gimnastikachilar murakkab koordinatsion harakatlarga hos mashqlar dasturlari ustida ishlashlari lozim bo‘ladi. Etarli darajada shakllanmagan jismoniy va texnik tayyorgarlik ana shu murakkab dasturli mashqlarni sifatli bajarish imkonini bermaydi.
SHuning uchun qo‘shma ta’sir etuvchi mashqlarni dastlabki tayyorgarlik bosqichida qo‘llash trenerlar uchun yosh gimnastikachilarning sport mahorati ustida ko‘proq va samaraliroq ishlash imkoniyatini yaratadi.
Ta’kidlash lozimki, qo‘shma ta’sir etuvchi (jismoniy va texnik tayyorgarlikka) musobaqa mashqlari xususiyatlariga mos mashqlarni dastlabki tayyorgarlik bosqichida qo‘llashda albatta gimnastik ko‘p kurash turlari nazarda tutilishi lozim.5 Qayd etilgan fikrga asoslangan holda, biz dastlabki tayyorgarlik guruhlarida ko‘p-kurashning har bir turiga yo‘naltirilgan o‘z ichiga bir vaqtni o‘zida ham jismoniy, ham texnik tayyorgarlikka ta’sir etuvchi mashqlar saralab majmualarini ishlab chiqdik. Mazkur mashqlarni qo‘llashda asosiy e‘tibor qo‘l va oyoqlarni «yozuvchi» va «olib keluvchi» (dastlabgi holatga) mushaklar harakati sifatlarini tarbiyalashga qaratildi.
E‘tirof etilayotgan mashqlarni tanlashda biz dinamik mutanosiblik prinsipi va o‘z ichiga musobaqa mashqlari xususiyatiga moslikni ifoda etuvchi quyidagi mezonlarga asoslandik: mashqda ishtirok etuvchi asosiy mushaklar guruhi; harakatni amplitudasi va yo‘nalishi; harakat amplitudasidagi aosiy faza; kuchlanish darajasi va uni jadallashtirish vaqti; harakat tezligi; mushaklarni ishlash maromi. SHu mezonlarga assosan maxsus jismoniy va texnik
tayyorgarlik birligi (chambarchas bog‘liqligi) g‘oyasini aks ettiruvchi mashqlarni yalpi (baravar) qo‘llash uslubiyati aniqlanadi. Aynan shunday mashqlar bir vaqtni o‘zida maxsus jismoniy tayyorgarlik va texnik elementlarni ko‘pkurash turlari bo‘yicha shakllantirish imkonini beradi.
jadval