Mundarija: kirish I bob. Muammoning tahlili


yosh gimnastikachilarga quydagicha mashg‘ulotlarni o‘tkazdik



Yüklə 87,11 Kb.
səhifə12/13
tarix19.10.2023
ölçüsü87,11 Kb.
#157091
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Gimnastikachilar tayyorlashda jismoniy va amaliy mashg\'ulotlar samarasi

yosh gimnastikachilarga quydagicha mashg‘ulotlarni o‘tkazdik



Dushanba


Tayyorgarlik qism 32 daqiqa

Ixtisoslashtirilgan razminka – tezkorlik-kuch sifatlarini rivojlantirish

Asosiy qism 37 daqiqa

Akrobatika

Turnik

Xoreografiya

YAkuniy qism 21 daqiqa

Akrobatik elementlar bilan bog‘liq o‘yinlar.

Uy vazifasi. Bo‘g‘imlar qayishqoqligini rivojlantirish

CHorshanba



Tayyorgarlik qism 30 daqiqa
Ixtisoslashgan razminka. MJT – bo‘g‘imlar qayishqoqligini rivojlantirish

Asosiy qism 40 daqiqa
Koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirish. Halqalar. Sakrash

YAkuniy qism 20 daqiqa
Akrobatik elementlarga xos estafeta o‘yinlar

Juma


Tayyorgarlik qism 30 daqiqa
Ixtisoslashgan razminka. Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlar

Asosiy qism 35 daqiqa
Qo‘shpoya. Turnik Xoreografiya

YAkuniy qism 25 daqiqa
Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari

Qayd etilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yosh gimnastikachilarda hafta bo‘yicha o‘tkaziladigan trenirovka mashg‘ulotlari tarkibiga kiritilgan tayyorgarlik mashqlari va gimnastik ko‘pkurash turlariga maxsus mashqlar xajmi (soati) hafta bo‘ylab to‘lqinsimon ravishda ortib borgan. Pedagogik kuzatish shuni ko‘rsatdiki mashg‘ulotning tayyorgarlik qismida qo‘llaniladigan mashqlar asosiy qismda rejalashtirilgan ko‘pkurash turlari mashqlariga mos emasligi izohlanadi. Jumladan, agar mashg‘ulotning asosiy qismida qo‘shpoya va turnikda bajariladigan mashqlar rejalashtirilgan bo‘lsa, demak mashg‘ulotning tayyorgarlik qismida shu mashqlarga hos egiluvchanlik va tezkor – kuch mashqlari qo‘llanilishi lozim.


Mashqlar majmualari bajarishga 10-15 daqiqa vaqt ajratilgan, bu esa shu majmualarni 2-3 marta qaytarish imkoniyatini yaratadi. Lekin mashqlar umumjismoniy tayyorgarlikka qaratilgan.
Alohida ta’kidlash joizki, barcha mashqlar o‘yinsimon tarzda ijro etiladi. Masalan: «Kim oyog‘ini to‘g‘ri yozib ko‘tarib uzoq vaqt saqlay oladi», «Kim gimnastik o‘rindiqdan chizilgan doiraning markaziga sakray oladi» va h.k.
Asosiy qismda ko‘pkurash turlariga oid mashqlarni bajarishdan oldin maxsus jisoniy mashqlar bajarilmaydi, mashqlarni texnikasi o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotning yakuniy qismida gimnastikachilar umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantiruvchi sekin shiddatli mashqlarni bajaradilar.
Mashg‘ulotlarda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka oid
mashqlarni bajarishga jami 30-40% vaqt sarflanadi. Har 2-3 haftada jismoniy sifatlarni rivojlanganlik darajasi nazorat mashqlari yordamida baholanib boriladi.
Sportchi jismoniy tayyorgarligi rivojlanish ko‘rsatgichlarini yil davomida 3 marta baholanadi, bu tizimida mashg‘ulot rejasiga o‘zgartirish kiritish imkoniyatin bermaydi.
Maxsus adabiyotlarlar tahlili shundan dalolat beradiki, qo‘llardagi muvozanat mashqlarini bajarishni o‘qitish metodlari va vositalardan foydalanish masalalari bo‘yicha mualliflarning fikrlari bir biridan ancha farq qiladi. Qo‘llarda tik turishni o‘qitishning an’anaviy metodikasi barqaror harakat ko‘nikmalarining shakllanishini ta’minlab bermayapti, ko‘p hollarda texnik xatolarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.
Maxsus adabiyotlarda harakatlarni o‘rgatish sifatini oshiradigan, ancha
istiqbolli yo‘llardan biri hisoblangan algoritmik shakldagi ko‘rsatmalar usulidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Qo‘llarda tik turish mashqlarini o‘rgatishda mashg‘ulotlarning noan’naviy vositalarini qo‘llash bo‘yicha bir qator ilmiy ishlanmalar mavjudligiga qaramasdan, bu masala sport turi va ixtisoslik, tayyorgarlik bosqichini hisobga olgan holda shug‘ullanuvchilarning aniq kontingenti bilan ishning xususiyatlarini tubdan aniqlashni qarab chiqishni talab qiladi.
Qo‘llarda tik turishni o‘qitish metodikasining an’anaviy metodikasining yaroqsiz ekanligi to‘g‘risida adabiyotlardagi ma’lumotlar anketa so‘roqnomasi materiallari asosida o‘z tasdig‘ini topdi. Trenerlar va sportchilar boshqa turdagi tayyorgarliklar ichida etakchi o‘rin bergan holda, tik turish tayyorgarligining alohida ahamiyat kasb etishini va muhimligini tan oldilar. Ulardan ko‘pchiligi (so‘roq qilinganlarning 80%i) turli xildagi yordamchi moslamalar va nazorat vositalarini keng jalb qilgan holda qo‘llarda tik turish mashqlarini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish zarurligini ta’kidladilar.
Tayyorgarlikning dastlabki va keyingi bosqichlarida tik turishlar va murakkab aylanish mashqlarini o‘rgatishni, qoida bo‘yicha, akrobatika bo‘yicha mutaxassis emas, balki sport turi bo‘yicha trenerlar olib boradi.
Pedagogik kuzatuvlar umumta’lim maktablarida va sport maktablarida o‘tkazildi. Tayyorgarlikning turli tomonlari darajasi aniqlandi va olingan ma’lumotlar mavjud adabiyotlardagi normativ ko‘rsatkichlar bilan taqqoslandi.
Umumta’lim maktablarida pedagogik kuzatuvlarning asosiy vazifasi tabiiy dars sharoitida muvozanat mashqlarini o‘zlashtirish jarayonini va ularni o‘quvchilarning jismoniy va funksional rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish bo‘ldi.
Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, turli tik turishlarni o‘rgatish va ularni takomillashtirishga dars vaqtining 5-10% i ajratiladi.
Olingan natijalarga muvofiq, 90 % gacha bo‘lgan o‘quvchilar mashqlarni
bajarishdagi faol munosabatiga qaramasdan qo‘llarda tik turish mashqlarini o‘zlashtira olmadilar. Bunga asosiy sabab sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • Jismoniy tayyorgarlikning past darajasi;

  • O‘qituvchilar tomonidan to‘ntarilgan holatda mashqlarni bajarishning shug‘ullanuvchilarning organizmiga ta’sirini etarlicha baholamaslik;

  • 60% o‘qituvchilarda to‘ntarilgan holatda tik turishlarni o‘rgatish bo‘yicha maxsus bilimlarning yo‘qligi;

  • Mazkur muammo bo‘yicha maxsus uslubiy adabiyotlarning etishmasligi.

Murakkab koordinatsiyali sport turlarida qo‘llardagi muvozanat mashqlarini o‘rgatishda yaxlit va qismlarga bo‘lingan o‘qitish usulidan foydalaniladi. Ammo, asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish dastlabki bosqichda asta-sekinlik bilan olib boriladi. Tik turishlarni o‘rgatishda yordamchi vositalar va moslamalarni inkor etish texnik jihatdan noto‘g‘ri harakat ko‘nikmalarining, qolaversa, tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida tuzatib bo‘lmaydigan xatolarning shakllanishiga olib keladi.
Respublikadagi etakchi sportchilarning musobaqalardagi natijasi yuqorida bayon etilgan fikrlarni tasdiqlab turibdi. Bu musobaqalardagi natijalar tahlil qilinganda ma’lum bo‘ldiki, kombinatsiyalarni bajarishdagi 40% xatolar aynan qo‘llarda tik turishdagi muvozanatni buzilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. (tik turishga ishonchsiz chiqish, bajarish texnikasidagi xatolik, kuchli muvozanat, etarli bo‘lmagan qayd, tik turishdan yiqilib tushish).
Belgilangan xatolarning ko‘pchiligi, qoida bo‘yicha, qo‘llarda tik turishni o‘rgatishning dastlabki bosqichida paydo bo‘ladi. Bu esa keyinchalik murakkab mashqlarni o‘zlashtirish jarayonini qiyinlashtiradi.
Afsuski, gimnastikachilarning malakasi o‘sib borishi bilan bu mashqlarning musobaqa dasturlaridan asta-cekinlik bilan chiqarib yuborilishi kuzatilmoqda.
Sport maktablarida shug‘ullanuvchilar ustida olib borilgan pedagogik kuzatuvlar va nazorat tekshiruvlari natijasi shug‘ullanuvchilarning tik turish tayyorgarligi darajasi past ekanligini ko‘rsatdi.
Maxsus harakat tayyorgarligi bo‘yicha nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar akrobatik bilan shug‘ullangan va bir oz bo‘lsa ham elementlarni biladigan yosh
gimnastikachilarda kuzatildi. Sportchilar tavsiya etilgan nazorat mashqlarining 50%idan 70%igacha bajargan bo‘lsalar, akrobatlar ularning barchasini bajardilar. Bu holat yo‘naltirilgan tor ixtisoslik tayyorgarligi, qo‘llardagi muvozanat mashqlarini katta hajmda bajarilishi hamda tayyorgarlik mashg‘ulotlari jarayonida dasturlash elementlaridan, qo‘shimcha moslamalardan va videotexnikadan foydalanilishi bilan izohlanadi. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali mutaxassislar olib boradilar.
Sportchilarda qo‘llardagi muvozanat mashqlarini o‘rgatishning yaxshi tashkil qilingan “maktab”i mavjud emas. Ularning ko‘pchiligi (70%i) tik turishni qayd qilgandan so‘ng ozgina vaqt o‘tishi bilan holatni qayta tiklashga yo‘naltirilgan zarur yordamchi harakatlarsiz muvozanatni yo‘qotadi. Gimnastikachilar nazorat mashqlarini ikkinchi urinishda bajardilar. Bu barqaror harakat ko‘nikmalarining mavjud emasligidan dalolat beradi.
Ko‘pchilik sportchilarning tana a’zolarini boshqarish, yordamchi harakatlarni amalga oshirish, qo‘llard tik turish holatini qayta tiklash va muvozanatga keltirish qobiliyatini yo‘qligi musobaqalarda katta yo‘qotishlarga (0,5-1 ballgacha) olib keladi.
Trenerlar koordinatsiya bo‘yicha murakkab harakatlarni o‘zlashtirishda, jumladan, to‘ntarilgan holatda mashqlarni o‘rgatishda asosiy rol o‘ynaydigan organizmning analizator tizimiga mashg‘ulotlar paytida etarlicha e‘tibor bermaydilar. Sportchilarning funksional ko‘rsatkichlari nafaqat normativ (me‘yoriy) ma’lumotlardan, balki akrobatlarining ko‘rsatkichlaridan ham ancha pastligi aniqlandi. (o‘g‘il bolalarda YArotskiy testida). Kuchsiz vestibulyar tayyorgarlik tik turish tayyorgarligi ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu haqda nazorat sinovlari guvohlik bermoqda.
Tayyorgarlikning tadqiq qilinayotgan tomonlarining korrelyasion tahlili va nazorat sinovlari ko‘rsatkichlari test guruhlarini ajratishga va ularni asosiy eksperiment dasturiga kiritishga imkon berdi:

      1. jismoniy tayyorgarlik (kuch qobiliyatlari va bo‘g‘imlardagi harakatchanlik);

      2. funksional tayyorgarlik (koordinatsiya va muvozanat sinovi);

v) maxsus harakat tayyorgarligi (qo‘llarda tik turish mashqlari).
YOsh gimnastikachilarni tayyorlash tizimining butun samaradorligida uni bolalar va o‘smirlar sport maktabi sharoitiga o‘tkazish amalda mumkin emas. Istisno tariqasida, o‘rgatuvchi asosiy mashqlar kompleksi, o‘quv dasturini tuzishda inobatga olingan elementar moslamalarni keltirish mumkin.
Maxsus adabiyotlar, anketa so‘rovnomasi va pedagogik kuzatuvlar quyidagilarga imkon berdi:

  • algoritmik tipdagi ko‘rsatmalar uslubi va mashg‘ulotlarning noan’anaviy vositalarini qo‘llagan holda qo‘llardagi muvozanat mashqlarini o‘rgatish dasturini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berish;

  • murakkab koordinatsiyali harakat talab qiladigan sport turlarida to‘ntarilgan holatni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning asosida qo‘llardagi muvozanat mashqlarining tasnifini ishlab chiqish;

  • vositalarni, jumladan mashg‘ulotlarning noan’anaviy vositalarini tanlash va ularni guruhlar bo‘yicha tasniflashni amalga oshirish;

  • qo‘llardagi muvozanat mashqlari va tayanish mashqlarini o‘rgatish

jarayonida joriy va bosqich nazorati uchun baholash mezonini ishlab chiqish.
O‘quv dasturini ishlab chiqish asosida A.M.SHlemin modifikatsiyasidagi algoritmik tipdagi ko‘rsatmalar strukturasi yotadi. Ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirish materialni o‘zlashtirishning qayd qilingan ketma-ketligi, to‘g‘ri va teskari aloqa tamoyiliga rioya qilish, bosqichma-bosqich nazoratni o‘tkazish va o‘z vaqtida tuzatishlar kiritishga asoslangan.
Dasturning samaradorligi oddiy kuraklarda tik turishdan tortib bir qo‘lda tik turishgacha qo‘llardagi muvozanat mashqlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik eksperiment davomida aniqlandi.
Tavsiyalar va mashg‘ulotlar amaliyoti tajribasi dastur bo‘limlari talablari hamda murakkab darajasining o‘sib borishi hisobga olingan holda taqsimlangan maxsus mashqlar tanlashga imkoniyat yaratdi. Dastur qat’iy belgilangan ketma- ketlikda bajariladigan besh qismdan iborat maxsus o‘quv-mashg‘ulot
topshiriqlarini o‘z ichiga oladi.
Dasturning tarkibiy qismiga o‘qitishning noan’anaviy vositalari, tayyorgarlikning bosqichlari hisobgan olingan holda guruhlar bo‘yicha tasnif, shug‘ullanuvchilarning jismoniy va texnik tayyorgarlik darajasi kiritilgan.
Eksperiment davomida dastur bo‘limlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan tadqiq qilinayotgan yosh gimnastikachilar va o‘quvchilarini tayyorlashdagi ustunlik aniqlandi. Qo‘llarda tik turishni bajarish uchun o‘rtacha baho o‘quvchilarda tegishli ravishda 7,5 va 4,3 ballni, sportchilarda esa 8,7 va 7,3 ballni tashkil etdi.
Ishlab chiqilgan dastur ahamiyatining tasdig‘i sifatida xilma xillik belgisi ko‘rsatkichi (δ) va variatsiya koeffitsienti (SV) xizmat qilishi mumkin. SHunday qilib, tadqiqot davomida kuzatishlarning yuqori darajadagi bir xilligi sharoitida (SV 10% dan kam) o‘rta arifmetik (X) chekinishdan standart chekinish (δ) miqdori shug‘ullanuvchilarda ancha kam bo‘ldi.
Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh gimnastikachilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini va ularni texnik mahorat o‘rtasida aniqlandi. SHuning uchun maxsus mashqlar majmualarini ishlab chiqish zarurligiga asos bo‘ldi.
Qo‘shpoyada ijro etiladigan tayanch mashqlari tayanch holatda keskin yoysimon harakat bilan, kursida (kon) esa tayanch holatni o‘zgartirib oyoq va gavdani turli yo‘nalishda yoysimon va aylanma harakat bilan ifodalanadi.
Mazkur mashqlar xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda ularga mos statik kuch, chidamkorlik va tezkorlik kuch sifatlarini rivojlantiruvchi vositalar tanlab olindi. Tanlangan mashqlar asosan ijrochi organlarni (qo‘l-oyoqlar) tanadan uzoqlashtiruvchi va yaqinlashtiruvchi mushaklar guruhini rivojlantirishga qaratildi. Kursida bajariladigan mashqlarda muvozanat saqlash muhim bo‘lgani sababli shu qobiliyatni rivojlantiruvchi mashqlar ham tanlandi.
Dastakli ot va qo‘shpoyada bajariladigan mashqlar uchun zarur bo‘lgan statik kuchni rivojlantirishga mo‘ljallangan majmualarda quyidagi mashqlar kiritildi: tana – oyoqlarni jipslashtirib gorizontal tayanchda turish
«yopishmachoq» («prilipalochka»). 5-6 yoshli bolalar bu mashqlarni trener yordamida bajaradilar.
Otdan tana bilan sirg‘anish (5-6 yoshli bolalar dastakli ot), qorinda ot ustida aylanish, gorizontal tayanch xolatda harakatlanishi, maxsus chidamkorlik, muvozanat saqlash va snaryadni xis qilish sifatlarini rivojlantiradi. Bundan tashqari otda yoysimon harkatlarni ko‘p marta qaytarish, kesma yoysimon harakatlarni surunkali bajarilishi, faol egiluvchanlik sifatini rivojlantiruvchi mashqlarni kiritish zarurligini taqozo etadi. Tanlangan aksariyat mashqlar o‘yin uslubida bajarib ijro etiladi. Masalan, «Kim tezroq», «Holatni kim uzoqroq saqlaydi».

      1. jadval

    1. Yüklə 87,11 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin