2. Pantomima uslubi.
O‘quvchilar doira shaklida o‘tiradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga cholg‘u asboblarining rasmini tarqatadi. O‘quvchilarning vazifasi ushbu cholg‘u asboblarida qanday holatda kuyni ijro etilishini harakatlar bilan ko‘rsatishdan iborat. Qolganlar esa kuzatib, qaysi cholg‘u asbobi ko‘rsatilayotganligini topishi kerak. Masalan, rasmda doira surati aks etgan bo‘lsa, stulda o‘tirgan holda qo‘l harakati bilan ko‘rsatib beradi, karnay, surnay, g‘ijjak, rubob, dutor, fortepiano,
29
cholg‘u asboblari mos qo‘l harakatlari bilan tasvirlanadi. 5 – 6 ta o‘quvchining chiqishidan so‘ng muhokama qilinadi.
3. Marhamat davom ettir. (takrorlash darslari uchun) Sinf ikki guruhga bo‘linadi. Oldingi darslarda o‘rgatilgan qo‘shiqlardan birini 1 – guruh boshlab beradi, birinchi kuplet kuylanadi, 2 – guruh davom ettiradi. Qaysi guruh to‘g‘ri, aniq davom ettirsa u g‘olib bo‘ladi va 2 – qo‘shiqni tanlash huquqiga ega bo‘ladi. 3 ta qo‘shiqdan keyin mutloq g‘olib aniqlanadi va baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |