Mundarija kirish i-bob musiqa darslarida interaktiv usullarini qo‘llash yo‘llari


Pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishda musiqa asarlarining o‘rni



Yüklə 54,52 Kb.
səhifə10/22
tarix02.01.2022
ölçüsü54,52 Kb.
#43922
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
M U N D A R I J A

2.2. Pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishda musiqa asarlarining o‘rni.

Musiqa madaniyati darslarida musiqa ta’limi va tarbiyasini amalga oshira borar ekanmiz, o‘qituvchi oldida o‘quvchilarni eng avvalo musiqa san’atiga, o‘zi o‘tayotgan darsga, berilayotgan bilimlar, o‘rganilayotgan kuy – qo‘shiqlarga qiziqish va havas uyg‘otish vazifasi turmog‘i lozim. Maktabda ayniqsa boshlang‘ich sinflarda qo‘shiq aytish, musiqa tinglashga bo‘lgan qiziqish va moyillik, asta – sekin yoshlarning musiqa san’atiga bo‘lgan ijobiy munosabatlari, qolaversa ehtiyojlarining rivojlanib shakllanib borishida muhim o‘rin tutadi. Musiqa darsi o‘z tabiatiga ko‘ra ham san’at ham tarbiya darsidir. Uni rang –barang sermazmun va qiziqarli tashkil qilish har bir o‘qituvchidan katta pedagogik va professional mahorat talab qiladai . Bu o‘rinda musiqiy mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning ijodiy faolligini ta’minlash alohida ahamiyatga ega. Musiqani tushunish, uning hissiy - emotsional ta’siridan bahramand bo‘lish bilim, malaka va ko‘nikmalar qatori emotsional his – tuyg‘ularning ishtirokiga ham bog‘liq. Asarni ijro va idrok etishda his – tuyg‘ular qanchalik faol va chuqur bo‘lsa, ularni tushunish va o‘zlashtirish, ta’sirlanish shuncha ongli va samarali bo‘ladi. Bu holatlar esa o‘z o‘rnida ijodiy faollik natijasida sodir bo‘ladigan jarayondir.. O‘quvchilarni darsga qiziqtirish birinchi navbatda tinglash va ijro etish uchun tanlanadigan repertuar va uslublarga (an’anaviy yoki interfaol metodlar) bog‘liq. Tanlanadigan asarlar repertuarining asosiy mezoni ularning yoshi, qiziqishi, bilim va malakalari, ko‘nikmalari darajasiga bog‘liq.

Shunga muvofiq qo‘llaniladigan metodlar ham ko‘proq o‘yin xarakterida bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sho‘x, o‘yinbop, raqs ishtirokida turli musobaqa tarzida uyushtiriladigan va tematikasi bolalar dunyosiga mos ertak qahramonlari, hayvonlar, parrandalar, o‘simliklar, tabiat manzaralari, qushlar obrazlari bilan bog‘liq asarlar o‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish va havas uyg‘ota oladi, estetik hissiyotlarini, musiqiy qobilyatlarini o‘stirib boradi. Bu

27

o‘rinda zamonaviy qo‘shiqlar qatori xalq qo‘shiqlaridan, qardosh xalqlar va kompozitorlari asarlaridan foydalanish darslarni yanada sermazmun va faol bo‘lishini ta’minlaydi, yoshlarda xalq musiqa merosiga bo‘lgan mehr va muhabbat tuyg‘ularini shakllanishiga kuchli ta’sir etadi. Har bir darsda ijodiy faollik yuzaga



keladi.

Darsning kompozitsiyasi va dramaturgiyasi, uning badiiy – pedagogik g‘oyasi, maqsad va vazifalari, shakllari, metodik usullari va texnologiyalari ham o‘quvchilarda musiqaga, o‘quv materiallariga qiziqishni o‘stirish, ularga musiqa san’ati va madaniyatining ma’naviy mazmunini singdirish, zamonaviy musiqali ijodiy faoliyatni anglashi – bularning hammasi o‘qituvchining ijodiy yondashuvchanligining mahsuli hisoblanadi.

O‘qituvchi musiqa darsini rejasini tuzganda maqsad, vazifasini, mavzusini, turini va o‘qitish shakllarini, musiqiy faoliyatlarni va ular mazmunida o‘quvchilarga beriladigan bilimlar, qo‘llaniladigan uslublar, texnologiyalarni aniqlab, so‘ng darsning senariysini yaratadi. Darsning har bir faoliyati: musiqa tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi, ritmik harakatlar, musiqa cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish, o‘yinlar – bir – biri bilan bog‘lanib uzviylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bunda o‘quvchilarni darsga faol qatnashtirish uchun turli xil texnologiyalar, vositalar, metod va usullar qo‘llaniladi. Har qanday pedagogik texnologiya ta’limning yangi loyihasini rivojlantiruvchi ta’lim tamoillariga asoslangan bo‘lib, o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchilar va o‘qituvchining hamkorligi o‘zaro muloqot, bir – biriga ko‘rsatadigan ta’siri zamonaviy talablar asosida tashkil topishi lozim. Bunday jarayonda o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlash malakalari shakllanadi. O‘quvchilarning faol, samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta’limning pedagogik texnologiyasi ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o‘quv materialini o‘zlashtirishiga sharoit yaratadi.

28

O‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar juda ko‘p. Bu texnologiyalar o‘quvchilarning yosh xususiyatiga, ko‘pchilikni o‘qitishga yoki individual mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan bo‘ladi.



Hozirgai kunda yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etishga bo‘lgan qiziqish kundan – kunga kuchayib bormoqda. Chunki, pedagogik texnologiya va interfaol metodlar o‘quvchi yoshlarni puxta bilim va malakalarni egallashlarini yengillashtiradi, qulaylik tug‘diradi. Shu o‘rinda biz o‘zimizning amaliy tajribamizda qo‘llagan ayrim texnologiyalarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.


Yüklə 54,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin