Mundarija kirish i-bob musiqa darslarida interaktiv usullarini qo‘llash yo‘llari



Yüklə 54,52 Kb.
səhifə7/22
tarix02.01.2022
ölçüsü54,52 Kb.
#43922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
M U N D A R I J A

«Muzyorarlar» usuli Maqsad: Ishtirokchilarni o‘zaro tanishuvlari uchun erkin muhitni yaratish. «Muzyorarlar» boshqacha tanishuvlar deb ataladi. Bu mashg‘ulot qisqacha qilib aytganda, o‘quvchilarning o‘zlarini tutishlariga, bir-birlari bilan tanishishiga va guruhda o‘zaro ishonch muhitini yaratishga ko‘maklashadi. Ularni ishtirok etishga va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga dav’at etadi. Ta’lim jarayonida biz bunday mashqlarning yangi turlarini yaratishimiz mumkin. «Guruhlarga bo‘linish» usuli Bu usulda o‘quvchilar turli topshiriqlarni bajarish jarayonida hamkorlikda ishlashga, yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchi past o‘zlashtirgan o‘quvchi lar bilan birgalikda ishlashga o‘rganadi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar tomonidan biror bir vazifani bajarishda ularni kichik guruhlarga bo‘lib olish zarur bo‘lib qoladi. Shunda ularni turli usullar bilan guruhlarga bo‘lish mumkin. Masalan: guruhlarga bo‘linishning oddiy usuli, ikki o‘rinli birinchi stol atrofida o‘tirgan o‘quvchilarning ikkinchi stol atrofida o‘tirgan o‘quvchilar tomoniga burilib o‘tirib olishi, uchunchi stol atrofidagi o‘quvchilar esa to‘rtinchi stol atrofidagi o‘quvchilarga qarab o‘tirib olishadi. Shunday qilib o‘quvchilar bir nechta guruhlarga bo‘linadilar.

Guruhga bo‘linishning boshqa usuli: o‘qituvchi o‘quvchilarda bir nechta (bu o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan nechta guruhga bo‘linishni istashiga bog‘liq) bir nechta uy hayvonlarining o‘quvchilari nomini aytishni so‘raydi. So‘ngra shu nomlar bilan har bir o‘quvchini nomlab chiqadi. Har bir o‘quvchi nomi aytilgan hayvoncha nomini eslab qolishi kerak. Tarbiyachi har bir o‘quvchidan nomi aytilgan hayvonchalar tovushini chiqarib, o‘sha guruhini topishini so‘raydi. Masalan: «me, me..», mushukchalar «miyov, miyov..» va hokazo.

Bu usul juda qulay bo‘lib, o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga, oz fursatda ko‘p ma’lumot yig‘ishlariga bir-birlari bilan munozara uyushtirgan holda vazifani bajarishga undaydi. Yuqoridagi vazifalardan tashqari boshqacha topshiriqlarni mujassam etgan rasmlardan ham foydalanish ham mumkin.

Musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi bu ta’limning kompetensiyaviy yondashuviga asoslangan Davlat talablaridir. Ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar.

17

Musiqa mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi fanidan ta’lim mazmunining minimal hajmi. Musiqa mashg‘ulotlarida egallashi lozim bo‘lgan kompetensiyalari. Musiqa mashg‘ulotlari ta’limi dasturi mazmuni, mohiyati va tahlili. Ishlab chiqilgan dastur – davlat hujjati bo‘lib, musiqa o‘qituvchisini ta’limiy tarbiyaviy ishi, tayyorligi nazarda tutiladi. Musiqa darslarini rejalashtirar ekan, pedagog o‘quvchilarning o‘rgatiladigan repertuar va faoliyat turlarini ketma – ketligini to‘g‘ri tuzishi kerak.



Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg‘ulotini qiziqarli va o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko‘rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur darsni tashkillashda musiqa rahbari quyidagilarni yoddan chiqarmasligi kerak:  mashg‘ulot bayoni, yangi qo‘shiq, foydalaniladigan cholg‘u asboblari uchun tayyorlangan ko‘rgazmalar;  qismlarni bir-biriga uzviy bog‘lay olish;  o‘quvchilarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda sodda va past ohangda muloqatda bo‘lish;  texnika vositalaridan foydalana olish;  musiqiy ta’limiy va didaktik o‘yinlar yordamida o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borish; Darsni rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:  Musiqa tinglashda rasmlardan, bastakor va kompazitor portretlaridan, xilma-xil rangdagi shakllardan foydalanish;  Ovoz diapozonini kengaytirish mashqlarida musiqali zinacha ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan foydalanish;  Qo‘shiq kuylaganda rasmlarga qarab qo‘shiq nomini topish;  Laparlar va raqslarni ijro etganda atributlar (gullar, lentalar, v.b.) foydalanish;  Bolalarni ijodiy kobiliyatini rivojlantirishda musiqali harakatli va obrazli o‘yinlarni o‘rgatilganda shu o‘yinga mos atributlarni tayyorlab fikrlashga o‘rgatish, sahnalashtirilgan jarayonda bolalarni mustaqil harakat qilishlariga imkon yaratadi va katta o‘rin egallaydi.

Mavjud pedagogik vazifalar saqlangan holda o‘zbeklarga xos milliy qadriyatlar, an’analar, xalq ijodi, musiqa merosini o‘quvchilarni idrok etish qobilyati darajasida bosqichma – bosqich tadbiq etish nazarda tutiladi.

Avalam bor musiqa repertuarlari o‘quvchilarda jonajon Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatini e’ozlash, do‘stlik, hamjihatlik, rahm – shafqat kabi xislatlar musiqaviy obrazlar orqali idrok etilishga qaratilgan. Bunda ilg‘or tajribali yangicha ishlash metodikasiga asoslangan musiqiy repertuarlari, o‘quv

18

materiallari choraklarga taqsimlangan bo‘lib, dastlabki bilim va ko‘nikmalarni egallashda, ta’lim maqsadlarni egallashda muhim ahamiyat kasb etadi. Darslarning tuzilishi o‘quv materialllarining mazmunidan kelib chiqish lozim. Bunda asarning tarbiyaviy ahamiyati, ularning badiiy g‘oyaviy saviyasi, o‘quvchilar yoshiga mosligi, asar mavzusining xilma – xilligi hisobga olinadi.



Ma’lumki, musiqiy faoliyat musiqa tinglash, qo‘shiq aytish, musiqiy ritmik harakat, o‘quvchilar cholg‘u asboblarida chalishni o‘rganish kabi turlarga bo‘linadi. Har bir faoliyat turi o‘quvchining musiqiy didini rivojlantirishga yordam berib, ma’lum malakani shakllantiradi. - musiqiy tovushlar rangini bir-biridan farqlanishini bilish; - musiqaga mos harakat bajarishlarini xis etishlariga o‘rgatish, qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlash, his etish va ifodalash; - musiqa tinglash qobiliyatini o‘stirish; - jamoa bo‘lib kuylash; - aytim so‘zlarini ma’no va mazmunini o‘rganish uchun ularni mushohada qilish qobiliyatini o‘stirish. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilarni tavsiya etish mumkin: Birinchidan, o‘quvchilarni musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish borasida o‘quv dasturda repertuar tanlash yoshiga xos jihatlarini e’tiborga olish; Ikkinchidan, musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida ularda musiqiy ohangga bo‘lgan his-tuyg‘ularni hosil qilish yo‘li bilan Ona-Vatan, xalq, millatga nisbatan mehr-muhabbatni tarbiyalash, shu orqali ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish; Uchinchidan, o‘quvchilarni musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlarni bajarish, o‘quvchilar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish; To‘rtinchidan, o‘quvchilar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish hamda unga odatlantirish; Beshinchidan, musiqiy asarlardan zavq olishlari, shu asosda ularning musiqiy did va badiiy fikr yuritishlarini rivojlantirish; Oltinchidan, musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o‘yin va raqs ifoda etishga o‘rgatish; Yettinchidan, musiqa mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg‘u sozlar jo‘rligida milliy ohang-kuy va musiqiyritmik harakatlarni bajarishga o‘rgatish; Sakkizinchidan, musiqa mashg‘ulotlari mazmunini Vatan, shahar, mahalla, tabiat, jamiyat hayoti bilan bog‘lash, ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan

19

tadbirlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish. Turli konsertlar tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.



Hozirgi zamon ta’lim tizimida amal qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim jarayonini tashkil etishni tubdan o`zgartirishga qaratilgan texnalogiyalardan biri o`quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi pedagogik texnalogiya hisoblanadi. O`quv materiallarini yangi pedagogik texnalogiya asosida loyihalash asosan ta’lim jarayoniga tatbiq etishda amalga oshiriladi. Bunda o`quvchilarning faolligini ta’minlashga, o`quv materiallarini o`zlashtirishni ta’minlashga alohida e’tibor beriladi.

Pedagogik texnalogiya ta’lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning natijali munosabatini tashkil etibgina qolmasdan, balki o`quvchilarning bilish faolligini ta’minlashni ko`zda tutadi. Bu esa o`z navbatida ta’lim jarayonida bitta texnalogiyadan emas, balki o`quvchilar bilim olishining har bir bosqichida o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib tegishli texnalogiyadan foydalanishni talab etadi. Bugungi kunda musiqa ta’limini o‘rganishda ham o`quv materiallarini loyihalashda ta’lim texnalogiyalarining didaktik o`yin, muammoli, komp’yuterli, modulli, mantiqiy-mazmunli, hamkorlikda o`qitish turlari keng qo`llanilmoqda. 1. Didaktik o`yinga asoslangan texnalogiyalarda o`quv materiallari o`quvchilar ongiga o`yin faoliyati bilan uyg‘unlashtirilgan holda singdiriladi (rolli, syujetli o`yinlar) yoki o`quv materiallarining o`zlashtirish natijalarini ham turli o`yinlar vositasida nazorat qilinishi mumkin (rangli kartochkalar, videotopishmoqlar, o`zing nomla, zinama-zina va hokazo). 2. Musiqali komp’yuter o`qitish texnalogiyasida o`quv materiallarini ya’ni kuy qo‘shiqlarni loyihalashda quyidagicha foydalanish mumkin: a) o`quv materialini qulay va aniq tarzda tuzishda (masalan, o`quvchi notalarni dasturda terishini tasavvur qilishi qiyin bo`lgan hodisa, jarayonlarni komp’yuter vositasida tushuntirishni ta’minlash); b) shakllantirilgan bilim, malakalarni amaliyotda qo`llash; c) o`quvchilarning o`quv materiallarini o`zlashtirish natijalarini tekshirish va baholash; d) repetitorlik vazifasini bajarish.

20

3. Muammoli ta’lim texnalogiyalarida o`quv materialini o`quvchiga yetkazish muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish orqali amalga oshiriladi. O`qituvchi o`quv materiallarini muammoli texnalogiya asosida loyihalashtirishda material mazmunini ifodalovchi savollar zanjirini tuzishi va mantiqiy ketmaketlikda o`quvchilarga bayon etishi orqali o`quvchilarning bilish faolligini oshirishga erishadi. Bunda o`quv materiali mazmunini tashkil etgan asosiy tushuncha, fikrlarni o`quvchilar mantiqiy fikrlash orqali egallab borishiga erishish



zarur.

4. Mantiqiy-mazmunli texnalogiya o`quv materiallarining tizimlilik, mantiqiy-evristik, karkasli (sinchli) loyihalash prinsiplari va elementlarining triada (uchlik) tarkiblarini modellarda mujassamlashtiradi. Ushbu texnalogiyadan foydalanishda o`quv materiallari tizimlilik asosida sinchli modellarda ifodalanadi, o`quv materialining butun tarkibi mana shu bitta modelda o`z aksini topadi. 5. Hamkorlikda o`qitish texnalogiyalaridan foydalanishda o`quvchilarga DTS va dasturlarda belgilangan bilim, ko`nikma, malakalarni shakllantirish, o`quv materiallarini o`quvchilar tomonidan qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, bahs va munozaralar o`tkazishni nazarda tutadi. Hamkorlikda o`qitish texnalogiyasi o`quv materiallarini nafaqat o`qituvchi bilan hamkorlikda o`rgatish, balki o`zaro guruh yoki juftlik asosida o`zlashtirishni ham nazarda

tutadi.

21


Yüklə 54,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin