I-BOB Musiqa darslarida interaktiv usullarini qo‘llash yo‘llari 1.1 Interaktiv usullar orqali o‘qitish va muloqotli ta’lim berish O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyoti va istiqbolini ta’minlash iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib, bunday o‘zgarishlarda faol ishtirok etish uchun kasbiy soha egalaridan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, intelektual salohiyat, keng dunyoqarash va axborot kommunikatsiyalaridan ustalik bilan foydalanish malakalariga ega bo‘lishlik talab etiladi. Ana shu talablar asosida pedagog kadrlarni tayyorlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanib borishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri, bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali, ongli mutaxasis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz1”!
Shuning uchun ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsad va vazifalarini amalgam oshirishning birinchi bosqichida “Pedagog va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malskasini oshirishni zamon talablariga javob berdigan darajada tashkil etish” belgilangan.
Ikkinchi bosqichda ta’lim muassasalarining texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o‘quv –tarbiya jarayoni yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Shu ma’noda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amalga joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham o‘qituvchi kasb mahoratini yanada takomillashtirish, pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil
1
I. Karimov. Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent, Sharq, 1997. 5-bet
11
etish bilan bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni mazkur faoliyatga tayyorlash bugungi kunning muhim talablaridan biridir.
Ta’limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta’sir etuvchi va uning samaradorligi, bir butunligi va muvoffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Interaktiv usullar orqali o‘qitish va muloqotli ta’lim berish, standart o‘qitishning resursi bo‘lib hisoblanadi. Kichik guruhlarda o‘qitish va ishlash usulini qo‘llash natijasida o‘qitish jarayonini jaddalashtirish mumkin, ya’ni rivojlanish potensialini yuqori darajaga ko‘tarish, mashg‘ulot mazmunini chuqur va keng miqyosida o‘zlashtirishga sharoit yaratadi. Faol o‘qitish usullardan hammasi xam interaktiv usullariga kirmaydi. Interaktiv o‘qitish usullari deganimizda, avvalo, o‘quvchilar orasida mavzuni o‘rganish va o‘zlashtirish usuli o‘zaro muloqot va o‘qitish jarayonini psixologik mexanizm nuqtasidan kuchaytiradiganlarni tushunish zarur. Bular orasida birinchi navbatda kichik guruhlarda ishlash misol bo‘ladi. Kichik guruxlarda ishlash usullarini bugungi kunda o‘qitish jarayonida kam qo‘llanilishining sabablari ko‘p bo‘lib, ular orasida eski rusumli, ya’ni tushuntirish, demonstratsion va illustrasiya qilish usullari ustin bo‘lib saqlanishi va yangi, innovatsion, muloqotga asoslangan o‘qitish usullariga ishonch bo‘lmaganligi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashkari, interaktiv o‘qitish usullarini o‘qituvchilarning o‘zlari ham bilmasligi, metodik tayyorgarlik yetishmovchiligi bu usullarning keng tarqamasligining sababi
bo‘ladi.
Shu qatorda bugungi kunda interaktiv o‘qitish usullarini tibbiyot oliygohlarda tadbiq qilish dolzarb muammolardan bo‘lib saklanmokda. Ularni o‘qitish jarayoniga tug‘ri qo‘llash ta’lim jarayonini yanada yuqoriroq tabaqaga ko‘tarishi mumkinligi, kelajakda umumiy amaliyot o‘qituvchisini hayot real vaziyatga yaqinlashtirgan holda unda ilmiy fikrlash va davlat standarti tomonidan asoslangan kasb hunarini o‘zlashtirishi zarurligi saqlanib turibdi.
Dostları ilə paylaş: |