1.2. Qo‘shiqlarni o‘rganishda interaktiv usullardan foydalanish Insonning yoshiga xos umumiy xususiyatlarini o‘rganish bilan psixologiyaning maxsus sohasi - yosh psixologiyasi shug‘ullanadi. Eng umumiy ko‘rinishida maktab yoshi, o‘smirlik va ijtimoiy yetuklik davri kabi yosh bosqichlari ajratiladi. Shu asosda quyidagi yosh davrlarini va ularga muvofiq ta’lim-tarbiya muassasalarini ko‘rsatish mumkin: Shaxsning musiqiy rivojlanishi, tarbiyasi va shakillanishi musiqiy pedagogikasining umumiy asoslari bo‘limi bosh mavzulari xisoblanadi. Insonning musiqiy rivojlanishi uning musiqiy qobiliyatlari va musiqa madaniyatining bir butun tashkil topishi va shakillanishi jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. Musiqiy rivojlanish bu shaxs musiqa madaniyatining jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishdagi tug‘ma va o‘zlashtirilgan, miqdor va sifat o‘zgarishlarining xar tomonlama takomillashuvi. Inson o‘zining musiqiy rivojlanishida qator yosh bosqichlardan o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: |