7 – savol: Mediator (noxun) bilan qanday cholg‘u asboblari chalinadi? A) g‘ijjak. B) dutor. C) doira. D) rubob. 8 – savol: Yakkaxon qo‘shiqchini kim deb ataymiz? A) Yozuvchi. B) shoir. C) solist xonanda. D) cholg‘uchi. 9 – savol: Musiqani kim yaratadi? A) shoir. B) rassom. C) bastakor. D) sozanda.
Bu kabi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilinsa sinfda jonlanish seziladi, muhokama – munozara qilish imkoniyati yuzaga keladi. Javob bergan o‘quvchining javobini esa to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini o‘quvchilarning o‘zlari tekshirib baholashlari uni yanada jonli, qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Darsning musiqa savodi faoliyati samarali bo‘lishida o‘qituvchi milliy cholg‘ular, magnitafon, rasmlardan tashkil topgan ko‘rgazmali qurollardan, notalar yozuvi, cho‘zimlar, pauzalar, dinamik belgilar, alteratsiya belgilari, temp, dirijorlik qoidalari aks ettirilgan ko‘rgazmalardan foydalanishi, berilayotgan topshiriqlarni o‘quvchilar oson bajarishlari va xotirasida mustahkam o‘rnashib qolishlariga yordam beradi.
43
“Chigil yozdi” usuli.
Bu usul (texnologiya) darsning oxirgi qismlarida qo‘llansa, 40 – 45 minut bir joyda o‘tirib, harakatsiz bo‘lgan o‘quvchilarni jonlantirib, kayfiyatini ko‘taradi. Sinf o‘quvchilari qatorlarga bo‘linib musobaqa uyushtiradi. - Har bir qatordan chiqqan o‘quvchilar chalingan kuyga mos raqs tushib berishlari kerak. Kuy repertuari shunday tuzilgan bo‘lishi kerakki, ular usul sur’ati jihatidan farq qiluvchi, iloji bo‘lsa har xil millat musiqalari bo‘lishi lozim. Bunda o‘quvchilarning topqirligi mustaqil ravishda musiqani ichki hissiyot bilan qabul qilishlari, qolaversa boshqa xalqlar musiqasi bilan tanisha borishlari mumkin bo‘ladi. Eng asosiysi bu usul o‘quvchilarda psixologik turg‘unlikni o‘sishi, kayfiyatini ko‘tarib, musiqa darslariga e’tiborini kuchaytiradi.
44
XULOSA.
Musiqa hayotimiz mazmuni, dillardagi sevgi muxabbatni tarannum etuvchi beqiyos go‘zallik kalitidir. Musiqiy ta’lim va tarbiya usullarini takomillashtirib borilishi esa fanni o‘qitilishining yuksakroq darajasini hamda asosini puxtaroq egallab olishni ta’minlashga yordam beradi. Ikkinchi tomondan qaraganda o‘qitish usullarining takomillashgan,yangi variantlarini dars jarayonida qo‘llash o‘qitiladigan mavzuning qiziqarli va mazmundor bo‘lishiga olib keladi.
Ishimiz yuzasida qo‘yiladigan maqsad va vazifalarni nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilish shunday xulosaga olib keldiki, qaysiki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy musiqa vositasida estetik tarbiyalash uchun; 1. Musiqa san’at turlaridan biri ekanligini estetik did beruvchi va uning mazmunida real voqeyliklarni aks ettiruvchi, badiiy obrazlar mavjudligini turli misollar yordamida tushuntirib berish.
2. Musiqiy til va uning o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi musiqaning ta’sirchanligi, tovushlar vositasida ifodanangan ohang namoyon bo‘lishini o‘quvchilarga anglatish;
3. O‘quvchilarga mazmuni turliga bo‘lgan rang-barang qo‘shiqlarni o‘rgatib borish lozim. Bunda o‘quvchining ovoz diapazoni, ijro mahorati va savodxonlik mahoratini inobatga olish, tanlangan qo‘shiqning g‘oyaviy badiiy ma’naviy ma’rifiy jihatlariga e’tibor qaratish va o‘quvchi ehtirosini, qiziqishini qondirishga estetik didga ega ekanligini inobatga olish. 4. O‘quvchilarga cholg‘u asboblari to‘g‘risida ma’lumotlar berish. Ularni chalib o‘rganishlari uchun maslahatlar berib yo‘l yo‘riq ko‘rsatish. O‘quvchilarni musiqa to‘garagi va maxsus musiqa hamda san’at maktablariga
jalb etish.
5. Musiqa madaniyati darsida musiqa tinglash,asarlarni tahlil qilish kuylash musiqa harakterini harakatlarda ifodalash, kabi amaliy faoliyatlar
45
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, izlanish, va ijodkorlikning elementlarini rivojlantirishda asosiy vosita bo‘lib, xizmat qilishi misollar orqali aytib o‘tilishi. 6. O‘quvchilar bilan turli musiqali o‘yinlar o‘tkazib turish, ritmik harakterlarni bajarib borishga da’vat etuvchi musiqiy asarlar orqali estetik tarbiya berishning muhim shakllaridan biri ekanligini ko‘rsatish; Shunday xulosa qilib aytganda boshlang‘ich o‘quvchilari milliy musiqa vositasida musiqaga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiribgina qolmay, Vatanga,xalqqa,san’atga madaniyatga, o‘z xalqi va o‘zga xalqlar tarixiga hurmat e’tiborini oshiradi. Shu asosda mustahkam vatanparvarlik tuyg‘ulari hamda o‘quvchining e’tiqodi uning axloqiy-estetik fazilatlarining ijobiy shakllanishi va rivojlanishining omili hisoblanadi.
46
Dostları ilə paylaş: |