O‘yin o‘tkazish:“Asar” so‘ziga yoki boshqa o‘qituvchi o‘zi tanlab olgan so‘zga krassvord tuzish.
So‘z doskaga yoziladi, o‘quvchilar bittadan chiqib, o‘qituvchi yordamida krossvordga to‘g‘ri keladigan so‘zlarni yozadilar. So‘zni to‘g‘ri topish uchun
39
o‘qituvchi savollar beradi. To‘g‘ri topganlar rangli kartochkalar bilan rag‘batlantiriladi.
Dars yakuni: O‘qituvchi dars davomida o‘tilganlarni mustahkamlaydi. Uyga vazifa: O‘tilgan mavzularni o‘rganib kelish. Ansambllar ijrosida radio eshittirish va televidenie ko‘rsatuvlarida kuy va qo‘shiqlarni tinglab ifodalash. Darslikda berilgan rebusni tayyorlab kelish. Bahs – munozara darslari – musiqiy asarlarni chuqur tahlil qilish musiqa savodiga oid bilimlar musiqa tarixi, musiqiy asarlar tahlili, musiqa shakli kabi musiqiy – nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘ladi. Bu texnologiya asosan chorak yoki yarim yil davomida olingan musiqiy – nazariy bilimlarga asoslangan bo‘ladi. Bahs – munozara darslari o‘quvchilarning avval egallagan bilimlari negizida tashkil etiladi. O‘quvchilar uchun notanish yoki aniq bo‘lmagan masalaga oydinlik kiritish, munozarali qarashlarda bir to‘xtamga kelish va shu asosda o‘quvchilarni bilimlarni mustaqil egallashlariga erishish, musiqiy tafakkur va musiqiy idroklarini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Bahs – munozara darslari boshqa darslardan o‘ziga xos jihatlari bilan farq qiladi. Ya’ni bu darsda biror bir masala yoki mavzu yuzasidan tortishuv bo‘ladi. Masalan: “Kuyda nima ifodalanadi?”, “Musiqaning ifoda vositalariga nimalar kiradi?”, “Ansambl nima?” va hokazo. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘z fikr – mulohazalari bilan o‘rtoqlashadilar. Bu darslarda bahs kuchli bo‘ladi va har bir fikr o‘z isboti bilan tasdiqlanadi, eng ma’qul variant qabul qilinadi. Bahs – munozara darslari o‘quvchilardan o‘ziga xos tayyorgarlikni talab qiladi. Bu darslar o‘quvchilarni hozirjavoblikka, mustaqil fikrlashga, masalalarga ijodiy yondashishga, nutqlarining teranlashishiga ijobiy ta’sir etadi. Bitta musiqiy asardan sinfdagi o‘quvchilar turli xil ta’surotlar oladilar. Shuning uchun o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashishlari ularning tafakkurlari va tasavvurlarini boyitishga yordam beradi.
40
Bahs – munozara uyushtirish pedagogik jihatdan ham katta ahamiyatga ega. U o‘quvchilarning estetik tuyg‘ularini, didlarini tarbiyalashda ham muhim vositalardan hisoblanadi. Munozara mavzusini o‘quv dasturi mazmuni va talablariga, shuningdek, o‘quvchilarning bilim va malakalariga mosligi nuqtai – nazaridan o‘qituvchi tanlaydi. Bunda o‘quvchilarning hohish – istaklari va qiziqishlari ham hisobga olinmog‘i lozim.
O‘qituvchi munozarali savollarni tuzadi va o‘quvchilarni bahsga chorlaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarbi faolligini kuchaytirib, javoblarni izchil va aniq bo‘lishini nazorat qilib turadi. Bunday darslar o‘qituvchi va o‘quvchilarni bir – biriga yaqinlashtiradi, do‘stona va ijodiy muhitni vujudga keltiradi. Bunday darslarni uyushtirish o‘qituvchi va o‘quvchilardan dars jarayonida bir qator qoidalarga amal qilishlarini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |