Klaster metodini qo‘llash
O‘qituvchi yordamida bahor fasli haqidagi quyidagi so‘zlar izohlanadi: boychechak, sumalak, bayram, qo‘shiqlar, o‘yinlar, navro‘z, lola, halim va
hokazolar.
Ovoz sozlash mashqlari o‘tkaziladi.
БАҲОР
БОЙЧЕЧАК
ЛОЛА
Bayram
Qo‘shiqlar
НАВРЎЗ
СУМАЛАК
ҲАЛИМ
ЁМҒИР
38
Jamoa bo‘lib kuylash: o‘qituvchi ijrosida M.Burxonovning “Bahor” qo‘shig‘ining kirish qismini tinglab, qo‘shiq nomi, kompozitori o‘quvchilar tomonidan aniqlanadi. So‘ng o‘quvchilar o‘qituvchi yordamida qo‘shiqni eshitish takrorlash uslubida o‘rganadilar (1-bandini).
O‘qituvchi ijrosida M.Burxonovning “Bahor” qo‘shig‘i ifodali ijro etilib beriladi. O‘quvchilar bilan asar mazmuni, xarakteri, tonalligi, o‘lchovi, tempi nazariy tahlil qilinadi.
Asosiy mavzu bo‘yicha cholg‘u ansambli uning tarkibiga kiruvchi cholg‘u asboblari to‘g‘risida o‘quvchilarning bilimlari takrorlanib, o‘qituvchi cholg‘u ansambli turli cholg‘ulardan tuzilishi, qaysi cholg‘u sozlaridan iborat bo‘lishi mumkinligi va rubobchilar, doirachilar, dutorchilar, changchilar, ansambllari ham bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida tushuncha beradi. Musiqa tinglash: Dutor asbobi ijrosida “Chertmak” xalq kuyi tinglanadi. (Audio yoki CD disk yozuvida) O‘quvchilar kuyni tinglab uning nomi, xarakteri, tempi, nima ifodalangani, ifoda vositalari va qaysi cholg‘ularda ijro etilganligi haqida tahlil qiladilar.
Ijodiy faoliyat: O‘quvchilardan cholg‘u ansambli tuziladi va “Chertmak” xalq kuyiga qo‘l harakati bilan turli cholg‘ularda chalishni ko‘rsatib, musiqaga jo‘r
bo‘ladilar.
Musiqa savodi: Usul tashlab notalar sanash, “bak - bum” so‘zi bo‘g‘inlarini ovozda aytib, stol chetiga barmoqlar bilan usul tashlab musiqaga jo‘r
bo‘lish.
Dostları ilə paylaş: |