Mundarija: kirish I bob. Musobaqa turlari va Musobaqa nizomi


Musobaqa ishtirokchilari sonining o‘sishi va raqobatning rivojlanishi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə10/12
tarix01.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#121771
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
musobaqa nizomi va uni o\'tkazishning tashkiliy uslubiy masalalari

Musobaqa ishtirokchilari sonining o‘sishi va raqobatning rivojlanishi:
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tgan yillar mobaynida hududlarda qurilgan 1 605 ta bolalar sporti majmualari yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishga zamin yaratdi.
Agar, 2003 yilda 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning 20 foizi sport bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ayni kunda bu ko‘rsatkich 55,8 foizga yetdi. Jumladan, qizlar ulushi mos ravishda 16,4 foizdan 45,7 foizga oshdi.

2012 yilda “Umid nihollari” sport musobaqasi sportning 12 ta turidan o‘tkazilgan edi, 2015 yilda esa 17 ta turdan o‘tkazildi.


Sportning olimpiya turlarini rivojlantirish, mazkur musobaqaga o‘quvchilarni yanada ko‘proq qamrab olish maqsadida 2012 yilgi musobaqa dasturidan sportning 2 ta - milliy kurash va belbog‘li kurash turlari chiqarildi va 2015 yilgi musobaqa dasturiga sportning 7 ta turi - badminton, boks, og‘ir atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, taekvando, dzyudo kiritildi.
Natijada, 2015 yilda musobaqa ishtirokchilari soni 2012 yilga nisbatan 388 876 nafaraga yoki 5,1 foizga oshdi.
Jumladan, musobaqaning maktab bosqichida 2012 yilga nisbatan 2015 yilda 208 620 nafar, tuman (shahar) bosqichida 176 698 nafar, hududiy bosqichida 3 558 nafar ko‘p o‘quvchilar ishtirok etdi.
Joylarda yangi sport inshootlarining bosqichma-bosqich barpo etilayotgani va zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlanayotganligi tumanlarda sportning rivojlanish darajasining ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Avvalgi musobaqalarning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni faqat viloyat markazlaridagi va unga yaqin joylashgan tuman, shaharlar egallagan bo‘lsa, 2015 yilda o‘tkazilgan musobaqaning hududiy bosqichida sovrinli o‘rinlarni chekka tumanlar: Chimboy, Xovos, Yangiqo‘rg‘on, Xatirchi, Chiroqchi, Koson tumanlarining yoshlari egallashdi.
Shuningdek, musobaqaning hududiy bosqichida 1-o‘rinni ilk bor Chilonzor, Sirdaryo tumanlari qo‘lga kiritdi.
Musobaqa natijalari:
“Umid nihollari” sport musobaqalarining maktab, tuman va hududiy bosqichlarida qatnashgan 4 mln. nafardan (ularning 1,8 mln. nafari qizlar (44%) ortiq o‘quvchi-yoshlar orasidan
1 792 nafari (shundan 602 nafari qizlar (33,5%) musobaqaning hududiy bosqichi g‘oliblari deb topildi.
Sportning 17 ta turi bo‘yicha musobaqaning hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 792 nafar o‘quvchi-sportchilar yurtimizda ishlab chiqarilgan 196 ta televizor, 196 ta velosiped, 196 ta sport kiyimi va sumkasi, 51 ta DVD pleyr bilan taqdirlandi.

Hududiy bosqichlarda 1-o‘rinni egallagan jamoalar ilk bor Prezidentimizning tashabbuslari bilan (Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Chirchiq, Farg‘ona va Urganch shaharlari hamda Chilonzor va Sirdaryo tumanlari) “Prezident sovg‘asi” sifatida 14 ta “Damas” rusumli avtomashinalar bilan mukofotlandi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin