Mundarija: kirish I bob. Musobaqa turlari va Musobaqa nizomi


Musobaqa ishtirokchilarini kuzatish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə11/12
tarix01.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#121771
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
musobaqa nizomi va uni o\'tkazishning tashkiliy uslubiy masalalari

Musobaqa ishtirokchilarini kuzatish:
Tadbirdan so‘ng barcha o‘quvchilar tashkiliy ravishda yashash joylariga avtobuslarda yo‘l patrul xizmati kuzatuvi ostida kuzatildi va ularning ota-onalari bag‘riga yetib borishlari biriktirilgan mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.
O‘tkazilgan tadbirlar tinch va osoyishta o‘tib, favqulodda xodisalar ro‘y bermadi.
Tadbirlar davomida va uning so‘ngida g‘olib o‘quvchilar, ularning ota-onalari, murabbiylar va sport faxriylari “Umid nihollari” sport musobaqalarining ahamiyati, yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar, erishilgan yutuqlarga to‘xtalib, shukronalik va minnatdorlik tuyg‘ularini izhor qildilar.
Tadbirlar va ularga bildirilgan fikrlar markaziy va mahalliy ammaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichini hududlarda o‘tkazilishi:
har bir tuman va maktablarda sportning qaysi turi ommaviylashganligi, uning natijadorligining muhokama qilinishiga, har bir maktab va tumanlarda sportga bo‘lgan munosabatni, ayniqsa, ta’lim muassasalari rahbarlari va tuman hokimlarini natijalarni tahlil qilishga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini chuqur o‘rganishga, tegishli sport turlarini rivojlantirishga, umuman olganda hududda bolalar sportini yanada ommalashtirish choralarini ko‘rishga turtki bo‘ldi.

X U L O S A
Bugungi dolzarb, murakkab iqtisodiy-ijtimoiy jarayonda umumta’lim maktablari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, yuqori malakali sportchilar tayyorlash oliy sport maktabi yoshlarimizning har tomonlama sport chiniqishlarini egallashiga, ularning bilimli bo’lib kamol topishiga munosib xizmat qilmoqda. Ommaviy va oliy mahoratga ega bo’lgan sportchilarning ota-onalari bilan muloqot qilish, ular bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatish muhim vazifalardan biridir. CHunki har bir o’quvchisportchini amaldagi tarbiyasi sport o’yinida ko’rsatayotgan natijalari va shug’ullanayotgan ishlarini ota-onalar yaxshi bilishadi. Har qanday ustozmurabbiy qo’lida shug’ullanayotgan sportchilarning psixologiyasini urfodatini to’liq bilmasligi mumkin. Bu kamchilikni to’ldirish uchun otaonalar bilan samimiy muloqot bo’lishi kerak, aks holda o’sib-rivojlanib, sport sirlarini o’rganayotgan sportchini tarbiyalash muammolari sodir bo’ladi. Bu masalaning bir tomoni. Masalaning boshqa tomoni shundaki, har qanday ota-ona o’z farzandining sog’lom bo’lib o’sishi, sport mahoratiga ega bo’lishi, birovdan kam bo’lmasligi uchun harakat qiladi. Ota-onalar bilan hamkorlik qilish o’sib kelayotgan bolalarning jismoniy rivojlanishi muammolarini aniqlashda va ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun umumta’lim maktablarida jismoniy madaniyat o’qituvchilari, sport murabbiylari har bir ota-ona bilan yaqindan hamkorlik qilish masalasiga o’z e’tiborlarini qaratishlari lozim. Amaliyotda shunday ota-onalar uchraydiki, o’z bolasining jismoniy tayyorgarligi o’ta past bo’lsa-da, ularni musobaqaga qatnashtirishga biror bir jamoa tarkibiga kiritishga astoydil harakat qiladi. Bunday holatlarda sportchi o’quvchilarni sport turlariga tanlab olayotganda har bir o’quvchining ota-onasini taklif qilish kerak. Ular o’z bolasi va boshqa bolalarning sport natijalarini o’zlari ko’rib, ular nimaga qodir ekanligini his etib tursalar, balki yuqoridagi muammolarga ijobiy yondashishlari mumkin bo’ladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin