Mundarija kirish I bob. Nazar Eshonqul asarlarida yangicha tasvir va bayon usuli II bob. Adib asarlarida qahramon ruhiyatidagi evrilishlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiri sh mavzuning dolzarbligi



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə2/7
tarix22.12.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#190423
1   2   3   4   5   6   7
Mundarija kirish I bob. Nazar Eshonqul asarlarida yangicha tasvi-www.hozir.org (1)

Mavzuning o‘rganilish darajasi. O‘zbek adabiyotida Nazar Eshonqul ijodi, asarlarining zamonaviy nasrda tutgan o‘rni borasida qator maqolalar, ilmiy tadqiqotlar yaratilmoqda. Yozuvchi hikoyalardagi qahramon va tasvir masalasining o‘ziga xosligi adabiyotshunos olimlar U.Normatov (“Umidbaxsh tamoyillar”), Q.Yo‘ldoshev (“Yoniq so‘z”, “Dastlabki dovon belgilari”), A.Rasulov (“Badiiylik – bezavol yangilik”), U.Hamdam (“Yangilanish ehtiyoji”) singari kitob va adabiy-tanqidiy maqolalarida o‘rganilgan, tahlilga tortilgan. Shunga qaramay, Nazar Eshonqul asarlarida obraz yaratish mahorati maxsus tadqiqotlar ob’ekti bo‘lgan emas. Mana shularni e’tiborga olgan holda, yozuvchi asarlarining o‘ziga xos jihatlari, ulardagi milliylik va g‘oyaviylik masalasini tadqiqot ob’ekti qilib oldik va o‘rgandik.

Bitiruv ishining maqsad va vazifalari. Nazar Eshonqul hikoya va qissalari o‘zining yuksak badiiyati, g‘oyaviyligi bilan ahamiyatlidir.Axloqiy pokdomonlik-boqiy ma’naviy qadriyat hamma vaqt adolatning asosiy mezonlaridan biri sifatida talqin etiladi. Ijodkor shaxs fojiasini, savdoyilikka mubtalo bo‘lgan inson qismatining o‘kinchi va dahshatini, muhitning kasallik ildizlarini ochib ko‘rsatishga, inson xotirasi-sha’ni masalasi, komil odamiylik va yuz tuban ma’naviy tubanlik, axloqsizlik o‘rtasidagi kurash jarayonida aks ettiriladi. hayotining qabariq tasvirlarini o‘rganish va bu o’rinda yozuvchining obraz yaratish mahorati ishning asosiy maqsadini tashkil etadi. Ana shu maqsadni amalga oshirishda vazifalar belgilandi. Nazar Eshonqulning mustaqillik davrida yaratilgan hikoya va qissalari chuqur ilmiy tadqiq etilib, ularga xos janr va uslub xususiyatlarini ilmiy tadqiq etish vositasida, yozuvchi asarlaridagi o‘ziga xos ramziylik xususiyatlarini aniqlash; shaxs jumbog‘iga ijodkor munosabatini o‘rganish natijasida u yaratgan asarlarga xos hayot haqiqatini badiiy idrok etish va tasvirlash mahoratini o‘rganish mazkur bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalarini tashkil qiladi.
─ o‘zbek nasrida alohida shaxslar olamini, ularning o‘ziga xos tuyg‘ularini, intim olamini tabiiyligicha, bor ziddiyatlari bilan haqqoniy tasvirlashga harakat qilmoqdalar. Natijada o‘zbek nasrida insonni yangi jihatlardan anglash tendensiyasi qaror topdi. O‘zbek yozuvchilari o‘z ruhiyatini taftish etib, o‘zligini anglashga intilgan qahramonlar hayot hodisalari va odamlarga ham o‘ziga xos munosabatda bo‘lishlari tabiiy hol ekanini diqqat markazida tutgan holda ziddiyatli va murakkab insonlar obrazini yaratishga erishdilar;
─ insonni tasvirlash orqali insonni anglashning o‘ziga xos falsafasi ham yaratiladi. O‘zbek adiblari janr taraqqiyotining yangi davrida hodisalarga va inson shaxsiga yangi jihatlardan yondashish bilan birga real hayot hodisalari mantig‘iga, xarakterlar mohiyatiga mos miflar va afsona-yu rivoyatlardan foydalanib, ularning ma’no-mazmuniga singdirilgan hayotiy falsafasini tasvirlanayotgan hodisalar mohiyatiga uyg‘unlashtirish vositasida epik tafakkurning serma’no serohangligini, mazmunning ko‘lamdorligini ta’minlaganlar. Natijada badiiy fikr harakati uchun keng makon yaratilgan, janr imkoniyatlari yanada kengaygan;
─ yozuvchi ayrim so‘zlar yoki so‘z birikmalarining ko‘pma’nolilik yo ko‘pohanglilik xususiyatidan (“Shamolni tutib bo‘lmaydi” va “Maymun yetaklagan odam”, “Qultoy”) mahorat bilan foydalanib, asar qahramonlari dunyosining, ruhiyatining yashirin nuqtalariga yetib bora olgan va inson dunyosidagi fojialarni butun dahshati bilan ichdan yoritishga erishgan.
Nazar Eshonqul asarlarida hayot hodisalari, shaxs ruhiyatini xolis kuzatish hamda badiiy tahlil qilish orqali o‘tmishdagi mustabid tuzum va uning mafkurasi yetkazgan fojialarni inson dunyosidagi inqiroz, ziddiyatga bog‘lab yoritilgan. Natijada, xayolot bilan ruhiyat, hayotiy hodisalar bilan inson borlig‘i uzviylikda, bor ko‘lami va turfa ranglari bilan tasvirlanmoqda, sharqona milliy ruhni, o‘ziga xos hayot falsafasini ifoda qilmoqda.

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin