Mundarija kirish I bob. Nazar Eshonqul asarlarida yangicha tasvir va bayon usuli II bob. Adib asarlarida qahramon ruhiyatidagi evrilishlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiri sh mavzuning dolzarbligi



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə3/7
tarix22.12.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#190423
1   2   3   4   5   6   7
Mundarija kirish I bob. Nazar Eshonqul asarlarida yangicha tasvi-www.hozir.org (1)

Bitiruv ishining ilmiy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishida o‘zbek milliy nasrida keyingi avlod nosirlari ijodida uslubiy izlanishlarning o‘ziga xosliklari, milliy koloritning yorqinligi o‘rganildi. Bu o‘rinda yozuvchi Nazar Eshonqul ijodida obraz yaratish mahorati, milliy qahramon tasviri, obrazlar tizimining o’ziga xos jihatlari, inson taqdiri misolida hayotning murakkab qiyofasini haqqoniy yoritib berilishi kabi masalalarga e’tibor qaratildi. “Maymun yetaklagan odam”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyalaridagi tipik qahramon darajasiga ko‘tarilgan rassom va Bayna momo timsollari chuqur o‘rganildi. “Qora kitob” qissasida inson ma’naviyati masalasi, o‘zini anglash, o‘zligini topish isyoni, bu o‘rinda yozuvchining badiiy mahorati, asardagi badiiy tilning o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, bugungi o‘zbek nasrining yutuqlari, Nazar Eshonqul ijodi misolida tahlil etilib, yozuvchining badiiy obraz yaratish mahoratini o‘rganish, adabiyotshunoslik ilmida bugungi kunda adabiy asarni tahlil qilishning yangicha tamoyillari yangicha badiiy tafakkur nuqtayi nazaridan qarashlar asosida amalga oshirildi.

Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv ishidan chiqarilgan ilmiy xulosa va qarashlardan zamonaviy o‘zbek adabiyoti bo‘yicha qilinadigan tadqiqotlarda foydalanish mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida adabiyot fanida “Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti” mavzusini o‘qitishda hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 3-kursida Nazar Eshonqul ijodini o‘rganishda amalga oshirilgan ilmiy-nazariy qarashlarni qo‘llash mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining manbalari. Keyingi yillarda o‘zbek nasrining asosiy tamoyillari tahlil etilgan adabiy-nazariy hamda tanqidiy maqolalar, kitoblar ishning manbasi vazifasini o‘tadi. Yozuvchi Nazar Eshonqulning turli yillarda nashr etilgan hikoya va qissalardan tarkib topgan “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Maymun yetaklagan odam”, “Yalpiz hidi” kitoblari bitiruv malakaviy ishining manbasini tashkil etadi. Shunihgdek, adabiyotshunosligimizda Nazar Eshonqul asarlari yuzasidan bildirilgan fikrlar, yozuvchi ijodiga doir tadqiqotlardan foydalanildi.

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin