Mavzuning dolzarbligi - O`qituvchi o`z nutqidan keng foydalana olishi kerak. O`quvchilarga voqea hodisalar, shaxslar haqida ma’lumot berishda bu kata ahamiyat kasb etadi. O`qituvchilik kasbi bevosita ovoz xususiyatlari bilan bog`liq, yoqimli va jarangdor ovozga ega bo`lgan o`qituvchi o`z o`quvchilariga ovozining shiradorligi bilan ham ta’sir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun o`qituvchi o`z ovozini kuchini, yoqimliligini bilishi zarur.
Ishning maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi o’qituvchilarning nutq ma’daniyati hamda uni rivojlantirishda o‘qitish metodikasiga oid ma’lumotlarni tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqot predmeti. Ushbu mavzu doirasida o’qituvchilarning nutq ma’danyatini o`rganish hamda rivojlantirish tushunchalariga keng izoh berish asosiy predmetlardandir.
Ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Umumiy hajmi 29 bet.
I BOB. O`QITUVCHINING NUTQ ODOBI 1. 1. O’qituvchi nutqi va uning ijtimoiy ahamiyati.
O’qituvchi faoliyatida nutk juda muxim vazifalarni bajaradi. O’qituvchi o’z faoliyati davomida, xususan, o’quvchilarga bilim, kunikma va malakalarni singdiradi, ularni tarbiyalaydi, atroflicha rivojlantirishga o’z xissasini kushadi.
O’qituvchining so’zlari ta‘sirida bolalarda muayyan ruhiy jarayonlar va ruhiy holatlar vujudga keladi, shaxsiy xislatlar shakllanadi.
Demak, o’qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi doirasiga uning notiklik san‘atini egallaganlik darajasi, nutkiy qobiliyati, so’zamolligi ham kiradi.
Nutkni ruyobga chiqaruvchi organ bu tildir. Til bu dunyoni bilish, bilimlarni tuplash, saklash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go’zallik ko’rinishlarini o’quvchiga yetkazish kabi juda ko’p vazifalarni bajaradi. Ammo shunga karamay, ilmiy manbaalarda, darsliklarda tilning moxiyati, vazifasi juda kam holda, ya‘ni eng muxim aloka vositasi bo’lgan ijtimoiy xodisa sifatida talkin kilinadi.
Nutk, ayniksa, o’qituvchi nutki tilni ana shunday rangni turli turli tuman tarzda idrok etish asosida shakllanadi. Ayniksa, yozma va ogzaki nutkni rivojlantira olgan odamgina erkin va mustakil fikrlay oladi.
Nutk, aynan o’qituvchi nutki, jamiyat madaniy – ma‘rifiy tarakkiyotining, shaxs ma‘naviy kamolotining muxim belgisidir.
O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi, «Ta‘lim to’g’risida»gi Qonunlari, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturim» va bashqa xujjatlarda ta‘lim tizimining barcha boskichlarida yosh avlodda nutk madaniyati malakalarini shakllantirish va takomillashtirish masalalariga ham katta e‘tibor berilgan. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida so’zlagan nutkida bunday deb ta‘kidlagan edi : « O’z fikrini mutlako mustakil ona tilida ravon, go’zal va lunda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, raxbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin».2 Ayniksa, o’qituvchining nutk madaniyati bizning tugunmas til boyligini egallash darajamizdir.
O’qituvchi nutkining madaniyatliligini ta‘min etadigan to’g’rilik, soflik, aniklik, mantikiylik, ifodalilik, rang – baranglik kabi bir kancha sifatlar mavjud.
O’qituvchi nutki, nutkning ana shu sifatlarini va texnikasini o’quvchilarga o’rgatadi.
O’qituvchi nutkini o’quvchilarga o’rgatishdan maksad o’quvchi va talabalarni ta‘lim – tarbiya va shaxsni shakllantirishning muxim vositalaridan biri bo’lgan nutkni egallashlariga yordam berish, pedagogik muloqot madaniyati asoslari bilan tanishtirish, ularni ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasini egallashlariga yordam berishdir.
Bu mavzuni ukish natijasida talabalar nutk haqidagi bilim asoslari bilan tanishadilar, o’qituvchi nutkining sifatlari bilan, nutk texnikasi asoslari bilan hamda xozirgi o’zbek adabiy tilining normalari bilan tanishadilar va unga amal qilishga o’rganadilar, ifodali ukish madaniyatini egallaydilar.
Nutq odobi insonning ahloqini belgilovchi mezondir. Ahloq fan sifatida o`rta asrlarda yuzaga keldi. Kishining odobi, eng avvalo uning nutqida ko`rinadi. Nutq odobi – aytilishi zarur bo`lgan xabarlarni tinglovchiga hurmat qilgan holda, bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi:
Paronimlarni bilish, ulardan tovush yaqinliklariga e’tibor berish; tor muhitda ishlatiladigan dialektalizm so`zlarning ma’nolari yaxshi anglatgan holda nutqqa kiritish.
O`qituvchining ovozidan quyidagi xususiyatlar bo`lishi lozim.
jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
Asarlarning ayrim parchalari darsda hikoya qilib beriladi. Hikoya qilib berishda voqealar batafsil yoki ma’lum qisqartirishlar bilan bayon etilishi mumkin.
Nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o`quvchiga yetkazishda qo`llanadigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko`rinishda bo`lganda uni texnikasini ham ikki xil ko`rsatish mumkin:
1. Og`zaki nutq texnikasi.
2. Yozma nutq texnikasi.
Og`zaki nutq texnikasi tovush, bo`g`in, so`zlarni, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlarni anglatadi. Bunga ovozdan foydalanish tovush fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan nutq faoliyatining ma’nosi bilan, nutq ishlatilayotgan so`z ma’nolarini bilish bilan bog`liq bo`ladi. Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetining yaxshi bilsa, unga mos so`zlar tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma’nolariga vazifalar yuksala, nutqning aniq bo`lishi muqarrardir.3 Nutqning sifati ma’nosidan aniqligining o`zi nimalardan iborat? Aniqlikni “nutq borlik”, nutq – tafakkur munosabatlari asosida aniqlasa bo`ladi.
Ish qog`ozlarga xos bo`lgan xususiyatlar.
Yozma nutq ham huddi og`zaki nutq kabi tinglovchi uchun yaratiladi. Uning qulayligidan, o`quvchiga tez va butun mohiyati bilan yetib borishidan yozuvchi ham, o`quvchiga ham minnatdor. Shuni nazarda tutganda yozma nutq texnikasi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
a) har qanday yozma nutq xat boshidan, bosh harf bilan boshlanishi kerak, har bir gap mazmunan nisbatan tugallangan bo`lishi, yorqin fikr anglatishi kerak;
- keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo`lgan darajasi);
- havodorlik (erkin so`zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo`lish);
- ixchamlik va harakatchanlik;
- chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo`lish);
- moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikani eshitilish sharoitida moslasha olish);
- qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik;
- suggestivlik (ovozni hayajon ifodalash va bu orqali tinglovchining hulqiga ta’sir qilish xususiyati.
c) ma’lum bir fikr bayon etilgandan so`ng, nutqni tarkibiy qismi bo`lgan boshqa fikr xat boshidan boshlanishi zarur.
Xat boshilar (abzatslar) bir-biri bilan mantiqiy bog`langan bo`lishi lozim.
d) Dialoglardan tashkil topgan yozma nutqda har bir shaxsni gapi teri orqali yoziladi;
e) ko`chirma gaplar, ko`chirmalar, o`z ma’nosida ishlatilmagan so`zlar, birikmalar qo`shtirnoq ichiga olinadi;
f) nutq uchun ikkinchi darajali hisoblangan, undagi gaplarning tarkibiy qismi hisoblanmaydigan narsalar teri yoki qavs bilan ajratiladi;
g) ot kesim, izohlovchi, undalma, ajratiladigan bo`laklar tegishli tinish belgilari bilan ajratiladi;
h) nutqning xat boshidan yirik qismlarga boblarga bo`lib ko`rsatiladi.4 Ish qog`ozlarga ham yozma nutq hisoblanadi.
Ularning yozilishi ham nutqqa xos umumiy talablardan chetga chiqmaydi.