1. 2. Sharq mutafakkirlari o’qituvchi nutqi va uni shakllantirish haqida. Buyuk mutafakkirlar o’qituvchi nutki va uni shakllantirish haqida. Notiklik mahorati kadim zamonlardan san‘at darajasiga kutarilgan. Kadimgi Gretsiya / Yunoniston / da va Rimda notiklik madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutkning oldiga kuyiladigan talablar ishlab chikildi. Bunga kuldorlik to’zumining rivojlanishi, kuldorlik demokratiyasi sabab buldi. Bu davrda davlatning, savdo – sotikning, sud ishlarining nixoyatda tarakkiy etishi notiklikni san‘at darajasiga kutardi.5 U davrda davlat arboblarining obru – e‘tibori va yukori lavozimlarga kutarilishi ularning notikligi mahoratiga ham bog’liq bo’lgan. Notiklik san‘ati sarkardalik mahorati bilan baravar darajada uluglangan. Notiklik va sarkardalik san‘atini mukammal egallagan arboblargina yukori lavozimlarga saylangan. Yetuk inson bo’lish uchun albatta, notiklik san‘atini egallash shart kilib kuyilgan. Ana shu extiyoj tufayli notiklik san‘atining nazariyasi yaratildi. Uning Tsitsiron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetilib chikadi. Tsitsironning « Notiklik haqida», « Notik», « Brush» kabi asarlari xozir ham ma‘lum kimmatga ega.
Rim notiklik mahoratining yana bir buyuk vakili Mark Fobiy Kvantiliandir. U o’zining «Notik bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiklikning birinchi sharti kilib qo’yadi. Kvantilian notiklikka doir bilimni juda yoshlikdan o’rgana borish kerak, deydi. Nutkning tinglovchiga tushunarli bo’lishiga katta ahamiyat beradi. U « Sen shunday so’zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin»,- degan edi.
Demak, kadimgi Yunoniston va Rimda madaniy nutk va notiklik nazariyasi rivojlantirildi. Bu nazariya keyinchalik Ovrupoda fanning yo’zaga kelishiga asos buldi. Eramizning 335 yilida Aristotelning «Ritorika»si yaratildi. Unda notik oldiga quyidagilarni vazifa kilib qo’yadi:
Bu talablar xozir ham o’z kuchini saklab kelmokda.
Bugungi kunda nutk tizimida kommunikativ yondashuv, talabalarga o’z fikrini ifodalash va bashqalar fikrini tushuna olishga kumaklashishi, ya‘ni ulardan muayyan muloqotda katnashish kunikma va malakalarini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Talabalar esa mashgulot jarayonida quyidagi holatlarga aloxida e‘tibor karatishlari zarur. O’rganilayotgan mavzu buyicha yangi ma‘lumotni tushunish va eslab qolish o’rganilayotgan til va mavzular buyicha ma‘lumotlarni darslik, o’quv kullanmalari, kushimcha materiallar yordamida mustaxkamlash va o’zlashtirish, yangi mavzuni o’zlashtirish jarayonida o’z – o’zini muntazam nazorat kilib borish, talabalar o’rtasida dialog – suxbat, turli uyinlarda ishtirok etish, guruhdagi talabalarning mavzu buyicha ma‘lumotlarini tinglab tushunish, ularning bilim saviyasini o’ziniki bilan takkoslash asosida tegishli xulosalar chiqarish va boshqalar.6 Usha davr notiklik san‘atini bugunki kun nuktai nazaridan olib karaydigan bo’lsak, bir – biriga juda yakinligini ko’ramiz.
Usha davr sud notikligining katta namoyondasi Tsitseron edi. U sud notikligida juda katta muvaffakkiyatga erishdi, notiklik nazariyasiga kata xissa kushdi.
Rossiya tarixida notiklik san‘atiga bo’lgan e‘tibor, asosan Pyotr 1 davrida ancha kuchaygan. XY11 – XY11 asrlarga kelib rus notikligi jonlangan. Bu davr notikligiga asoslangan beshta yunalish mavjud edi:
Yukori lavozimdagi dvoryanlar orasidagi mavjud bo’lgan Saroy notikligi.
Diniy notiklik.
Xalq notikligi. Bunda asosan xalq ko’zgalonlari raxbarlarining notikligi ko’zda tutiladi.
Harbiy notiklik.
Diplomatik notiklik.
Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek xalqi ham notiklik san‘ati rivojiga katta e‘tibor berganlar. Bizda notiklik kadim zamonlardan san‘at darajasiga kutarilgan. Notiklik san‘ati musulmon Sharkida voizlik san‘ati deb yuritilgan. Ya‘ni sharkda nutk va‘z / arabcha pand – nasixat ma‘nosida/, notiklik esa voiz deb atalgan. / va‘z aytuvchi, nutk so’zlovchi shaxs degan ma‘noni anglatgan/.
Sharkda, jumladan Movorounnaxrda ilmiy, badiiy ijodning diniy va dunyoviy fanlarning tarakkiyoti, shuningdek, «Ko’r‘on»ni targib qilish bilan bog’liq holda va‘zxonlik san‘ati ham rivojlangan. Jaxonga mashxur olimlarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Maxmud Koshgariy, az – Zamaxshariy va bashqalar til, grammatika, mantikshunoslik, psihologiya masalalariga bagishlangan asarlar yozdilar. Bu asarlarda nutk oldiga kuyiladigan talablar, so’zning ahamiyati, undan makadga muvofik foydalanish, nutk odobi borasida ham kimmatli fikrlar bildirilgan.
Buyuk komusiy olim Abu Rayxon Beruniy ( 973 – 1048 ) o’zining «Geodeziya» asarining kirish kismida fanlarning paydo bo’lishi va tarmoklanib ko’payishi haqida so’z yuritib, har bir fanning inson xayotidagi zaruriy extiyojlari talabi bilan yo’zaga kelishi aytadi.7 Uningcha : grammatika aro’z va mantik fanlari ham shu extiyoj xosilasidir. Inson nutki o’z to’zilishi materialligiga qarab, rostni ham, yolgonni ham ifodalashi mumkin. Bu ko’plab munozaralarga sabab bo’ladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolgondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Bu mantik fanidir.
Beruniy yozadi : «Agar dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan boglanib keladigan naxv /grammatika/, aro’z /she‘r ulchovi/ va mantik /logika/ni mutolaa qilganda edi, so’z /olim nutki demokchi/ zotan nasr va nazm ajralishini bilgan bulardi. / Beruniy tanlangan asari. 3-tom., 1982 yil, 64 bet /.
Demak, Beruniy nutkning ikki xil ko’rinishi borligini ko’rsatadi:
Nasr;
nazm.
Nutkning bu turlari ma‘lum qoidalar asosida shakllanadi.
Beruniy shakl va mazmun birliga katta ahamiyat beradi. Shakl mazmunga xizmat qilishi kerak. Nutk o’zining nasriy va nazmiy shaklida ham so’zlovchi o’qituvchi nazarda tutiladi/ o’z oldiga qo’ygan fikrni ifodalashi shart.
Ulug vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy ( 870 – 950 ) to’g’ri so’zlash to’g’ri mantikiy xulosalar chikarish, mazmundor va go’zal nutk to’zishda leksikologiya, grammatika va mantikning nakadar ahamiyati zarurligi haqida shunday yozadi :
«Qanday kilib ta‘lim berish va ta‘lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday surash va qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu xakda bilimlarning eng birinchisi jismlarga substantsiya – narsalar, va aktsidentsiya xodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilm deb tasdiklayman.8 Ikkinchisi, ilm grammatikasidir : u jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda sustantsiya va aktsidentsiyaning joylashishini bilib olamiz, undan chikadigan notiklarni ifodalovchi so’zlarni va nutkni qanday to’zishni o’rgatadi.
Uchinchi ilm, mantikdir : ma‘lum xulosalar keltirib chikarish uchun logik figuralarga binoan qanday kilib darak gaplarni joylashtirishni o’rgatadi, bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz, hamda tilga nima to’g’ri, nima yolgon ekanligi haqida xukm chikaramiz.
Ko’rinib turibdiki, bu ikki buyuk olimning fikricha nutk o’qituvchi faoliyatida katta urin tutar ekan.9 Beruniy bilan zamondosh bo’lgan Abu Abdullox al Xorazmiy 907 yilda vafot etgan. O’zining ”Mafotixul ulum” “Ilm kalitlari” asarida usha davr madaniyatining ba‘zi bir masalalarini – ish kogozlari, ularning shakllari, ishlatiladigan terminlar haqida ma‘lumot beradi.
Bu fikrlar X asrdayoq ulkamizda bidiiy nutk yuksak darajada rivojlangan, uning nazariyasi ishlanganligini ko’rsatadi.
Kadimgi shark pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Kobusnoma»da ham nutk odobi va madaniyati haqida ibratli gaplar aytilgan. «Kobusnoma» Kaykovus tomonidan 1082 – 1083 yillarda yaratilgan bo’lib, 44 bobdan iborat. Uning 7 – bobbi so’z odobi va nutk odobi haqidadir. Kaykovusning farzandlariga qilgan nasixatlari sifatida yozilgan.
«Kobusnoma»ning «Suxandonlik bilan baland martabaga ega bo’lish haqida» deb nomlangan yettinchi bobida va xunarni egallashga bagishlangan oltinchi bobida notiklik sirlariga oid ayrim to’g’ri muloxazalar bildiriladiki, bu usha davrda ham katta ahamiyatga ega bo’lgan, xozirda ham o’z kimmatini yuqotgani yuk.
«Kobusnoma» avtori Kaykovus hamma xunarlar ichida so’z xunari notiklikni a‘lo deb biladi : «Bilgilkim, hamma xunardan so’z xunari yaxshi». Shu tufayli «kishi suxandon va notik bo’lishi lozim» deb ko’rsatadi. Avtor notiklikni egallashning yulini sanab utadi:
Birinchidan, tinimsiz mexnat, o’rganishdir.
Ikkinchidan, nutkning go’zal bo’lishi. «Nutking go’zal bulsin.» «So’zning ikki tomoni bordir: biri go’zal tomoni, ikkinchisi xunuk tomonidir. Xalq oldida gapiradigan gaping go’zal bulsin, bu so’zni xalq kabul kilsin. / «Kobusnoma»., Toshkent., «O’qituvchi» nashr., 1986 yil, 40 bet./ ( Bundan keyingi misollar ham shu nashrdan olinadi).
Uchinchchidan, har bir fikrni ifodalashga tinglovchi qalbiga to’g’ri yul topa bilish, shaklga e‘tibor berish masalasi, «Ya‘ni bir so’zni bir ibora bilan aytsa, eshitgan kishining kungli parishon bo’ladi, shu so’zni bashqa ibora bilan aytsa, eshitgan kishining kungli baxra oladi.
Turtinchidan, har bir so’z to’g’ri va asosli bo’lishi lozimligi uktiriladi.
Beshinchidan, har bir nutk ma‘lum ilmiy asosga ega bo’lsagina ta‘sirchan bo’ladi. Ya‘ni nutk karatilgan predmetni yaxshi o’rganib chikish lozimligini uktiradi. «Bilmagan ilmdan gapirmagin…» «Bilmagan ilm – ma‘rifatni bilaman deb da‘vo kilsang xech narsa xosil bulmaydi, bexuda zaxmat chekasan», - deydi.
Oltinchidan, «Ilgari uylash bir nav karomatdir. Ya‘ni tayyorgarchiliksiz nutk bush chikadi».
Yettinchidan, kamtarlikni uluglab : «Har kancha donno bo’lsang ham, o’zingni nodon bilgin, toki senga ilm o’rganish eshigi ochik bulgay», - deydi.
Sakkizinchidan, tinglovchining harakteriga qarab ish tutish lozimligini uktiradi. «Amaldorlar bilan amaldorlardek, oddiy odamlar bilan oddiy odamlardek so’zlashgil, donishmandlik chegarasidan chikma, sening so’zingni eshitgan kishiga ogir tuyulmasin / agar shunday bulmasa \ sening so’zingni xujjat va dalil bilan ham eshitmaydilar.
Tukkizinchidan, nutkda kiskalik, aniklik bo’lishi kerakligini aytadi: «Ko’p bil-u, oz so’zla… Shunday so’zlaginki, bu so’z bekor va zoya ketmasin»
Uninchidan, «So’z eshitishdan kochma, kishi so’z eshitish bilan notik bo’ladi». «Odamlar orasida o’zingni odamlardek tut, insonga insonlardek munosabatda bul», - deydi.
Kaykovus, nutkni egallashdan maksad, xalq diliga yul topa bilishdir, Deya uktiradi.
O’zbek mumtoz adabiy tilining xomiysi bo’lgan Alisher Navoiy turkiy tilda go’zal nutk to’zishning bayrokdori sifatida o’zining buyuk ijodi bilan o’zbek tili boyliklarini namoyon etdi.10 Alisher Navoiyning «Maxbub – ul – kulub», «Muxokama – tul – lugatayn», «Nazmul Javoxir» asarlari o’zbek tilida nutk to’zishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta xissa kushdi.
Navoiy «Maxbub – ul – kulub» asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutk so’zlovchi dilidagi fikrni to’g’ri aks ettirish deydi : «Saodatbax Ruh zuloliga matlaa‘ ham til; Tilga iktiddolig – Xakimi Xirodmand, so’zga ixtiyorsiz – layli najand…»
Mazmuni: Saodatbaxsh ruhning timnikligi manbaa ham til, baxtsizliklar yuldo’zining boshlanishiga sabab ham til. Tiliga kuchi yetadigan kishi akl podshosidir; so’zga ahamiyat bermaydigan kishi la‘natlangan, past kishidir . Til go’zal va dillarni olovlantiruvchi bo’lishi bilan birga so’zlovchining dildagini aks ettirsa, yanada yaxshi bo’ladi».
Bunda Navoiy til deganda nutkni nazarda tutadi. Biz esa o’qituvchi, tarbiyachi nutkini nazarda tutamiz.
Alisher Navoiy o’zining «Maxbubul – kulub» nomli falsafiy asarining 24 – faslining «Nasixat axli va voizlik zikrida» deb ataydi va bunda voizlik san‘atiga o’z munosabatini bildiradi.
A.Navoiy notiklikda kiskalik va ravshanlikni yoktiradi. Bu jixatdan «Maxbubul – kulub» dagi 60 tanbexi urinlidir. «CHin so’z mu‘tabar, yaxshi so’z muxtasar. Ko’p deguvchi mumil, mukarrar ulguvchi loya‘kul». Ya‘ni chin so’z e‘tiborli, yaxshi so’z kiska bo’ladi. Ko’p so’zlovchi zeriktiradi, kayta gapiradigan – akldan ozgan , deydi. U tuturuksiz gap bilan kishilarning gashiga teguvchilarni akli past, nosoglom kishilardir, deb baholaydi.
XII- XIII asr mutafakkirlari bo’lgan Yusuf Xos Xojib, Axmad Yugnakiylar ham so’zning kadri, undan foydalanish, kam so’zlab ko’p ma‘no yuklash, ravshan fikrlash kabi masalalar xususida ham kimmatli fikrlar bildirganlar.
Yusuf Xos Xojibning “|Kutadgu bilig” “Baxt – saodatga erishtiruvchi bilim”asari insonni uluglashga karatilgan bo’lib, muallif fikricha, insonning ulugligi akl – idroki, bilimi, o’quvi, xunarga ega bo’lishi va so’zlash qobiliyatidadir. U so’zlovchilarni tilning ahamiyatini tushungan holda, xovlikmasdan, so’zning ma‘nolarini yaxshi anglab, nutkni ravon kilib to’zishga chakiradi. «Bilib so’zla, so’z bilig sanalar» deydi u, « Odobning boshi tildir» deya aytgan edi ulug ajdodimiz.11 Gapirishdan maksad so’zlovchi ko’zda tutgan narsa, xodisa, vokealarni tinglovchiga to’g’ri, ta‘sirchan yetkazishdan iborat. Bunday ekan, nutkning ravonligi, to’g’riligi va mantikiyligiga erishish, ayniksa, o’qituvchi uchun muxim ahamiyat kasb etadi.
Demak, yukorida aytilganlardan, shunday xulosa qilish mumkinki, Shark mutafakkirlari notik oldiga quyidagi talablarni qo’yganlar :
Tilni o’rganish, uning leksikasi va grammatikasini puxta egallash;
Mantikli so’zlashga o’rganish;
nutkning ichki /mazmun/ va tashki /shakl/ ko’rinishiga birday e‘tibor berish;
Go’zal va ta‘sirchan nutk to’za bilish;
Til boyliklarini maksadga muvofik hamda urinli ishlatish va bashqalar.