2.2 1941-1945- yillar mobaynida fan,maorif sohasidagi o‘zgarishlar. Fanlar akademiyasining ochilishi respublika hayotida muhim voqea bo‘ldi, ilm-fanning yanada taraqqiy etishi uchun mustahkam poydevor yaratildi. Tez orada yangi ilmiy muassasalar vujudga keldi. Til, adabiyot va tarix instituti bazasida Tarix va arxeologiya, Til va adabiyot institutiari, Sharqshunoslik instituti, Iqtisodiyot, Matematika va mexanika, Tuproqshunoslik, Fizika-texnika institutiari va boshqa laboratoriyalar tashkil etildi. 1945-yilga kelib Fanlar akademiyasi tarkibida 23 ta ilmiy muassasa, shu jumladan, 2 ta ilmiy tadqiqot institutlari, 2 ta laboratoriya, tajriba stansiyalari faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining uch faxriy a’zosi, 15 haqiqiy a’zosi, 20 muxbir a’zosi va 1265 ilmiy xodimi, shu jumladan, 54 ta fan doktori va 172 ta fan nomzodi ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. Ular orasida fizika-matematika fanlari doktorlari T. A. Sarimsoqov va V. I. Romanovskiy, geolog olim H. M. Abdullayev, fizik olim S. U. Umarov, faylasuf I. Mo‘minov, adib S. Ayniy, yozuvchi Oybek, shoir G‘. G‘ulom va boshqalar bor edi. Sharqshunoslik instituti olimlarining Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish asosida tayyorlagan fors, arab va turkiy tillarda yozilgan qo‘lyozmalar to‘plami jahondagi eng boy to‘plamlardan biri bo‘lib qoldi. To‘plam 3 jilddan iborat bo‘lib, ularda 300 ga yaqin qo‘lyozma tavsiflab va ilmiy jihatdan baholab berildi. 1944-yilda O‘zFA Prezidiumida aspirantura tashkil etildi va o‘sha yili 60 kishi, shu jumladan, 41 o‘zbek qabul qilindi. 1944-yilda Akademiya institutlarida 2 ta doktorlik, 17 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi. Urush yillarida o‘zbekistonlik olimlar mingdan ortiq ilmiy ishlarni bajardilar, ularning ko‘pchiligi xalq xo‘jalik va mudofaa ahamiyatiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston xalq ta’limi, jumladan, oliy o‘quv yurtlari og‘ir sinovlardan o‘tdi. Ko‘pchilik professoro‘qituvchilar, talabalar frontga safarbar etildi. Samarqand kooperativ instituti bilan Toshkent moliyaiqtisodiyot instituti, Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlari, O‘zbek va O‘rta Osiyo davlat universitetlari birlashtirildi. Ularning bo‘shagan binolariga harbiy muassasalar, gospitallar joylashtirildi. Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa va boshqa shaharlardan 1941—1943-yillarda ko‘chirib keltirilgan 35 oliy o‘quv yurti va 7 harbiy akademiya qabul qilib olindi, ularning ba’zilari o‘zaro yoki O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan birlashtirildi. O‘z professor-o‘qituvchilari bilan ko‘chirib keltirilgan oliy o‘quv yurtlarining faoliyati respublikada oliy ta’limning yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir etdi. Moskvalik va leningradlik olimlar talabalarga yangi kurslar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidilar, mahalliy millat vakillaridan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga ko‘maklashdilar, yangi mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ular xalq xo‘jalik va harbiy ahamiyatga molik mavzularda tadqiqot ishlarini uyushtirdilar. Toshkent industriya instituti ilmiy jamoasi, masalan, Bekobodda metallurgiya zavodini qurish, mis va boshqa mahalliy rudalarni eritish usullarini ishlab chiqish, metallar korroziyasiga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish, yangi zavodlarloyihasini ishlab chiqish va qurish borasida faol qatnashdilar. O‘zbekiston hukumati oliy o‘quv yurtlaridagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, moddiy ba’zasini mustahkamlash, o‘qituvchilar bilan ta’minlash masalalarida ko‘maklashdi. Ayniqsa, ko‘chib kelgan tajribali
pedagoglar, olimlar 1943—1944-yillarda o‘z shaharlariga qayta boshlagan, urushning dastlabki davrida vaqtincha yopilgan yoki birlashtirilgan institutlar qayta
tiklanayotgan, yangidan Chimboy va Urganch pedagogika institutlari, Namangan va Marg‘ilon o‘qituvchilar institutlari, Toshkent teatr san’ati instituti ochilgan, ilmiy-pedagogik kadrlarga muhtojlik ortgan bir paytda respublika hukumatining oliy o‘quv yurtlariga ko‘magi sezilarli bo‘ldi. Yirik oliy o‘quv yurtlarida doktorantura va aspiranturaga qabul kengaytirildi. Respublika miqyosida ishlab turgan rahbar xodimlar oliy o‘quv yurtlariga ishga yuborildi. 1945-yilda oliy o‘quv yurtlari soni 1940-yilga nisbatan 3 taga ko‘payib 33 tani tashkil etdi, talabalar soni esa 19,1 mingdan 21,2 ming kishiga ortdi. Urush yillarida hammasi bo‘lib 10 mingdan ko‘proq oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassis tayyorlandi7.
Xalq maorifida ham jiddiy qiyinchiliklar bo‘ldi. Ko‘plab maktablar binolari gospitallar, yotoqxonalar, harbiy o‘quv yurtlariga berildi. Maktablar birlashtirildi, ko‘p smenali o‘qish joriy etildi. Urushgacha respublika maktablarida ishlayotgan o‘qituvchilarning 74,6 foizini erkaklar tashkil etardi. Ular frontga, ishlab chiqarish ishlariga ketdi. Buning ustiga darsliklar, uskunalar, daftarlar yetishmas edi. Qisqa muddatli kurslar tashkil etilib, boshlang‘ich sinflar uchun o‘qituvchilar tayyorlandi, boshqa ishga ketgan o‘qituvchilarni maktabga qaytarish tadbirlari ko‘rildi, ularning moddiy-maishiy ahvolini yaxshilashga g‘amxo‘rlik qilindi. 1944-yilda o‘qituvchilar armiya safidan maktablarga qaytarildi. O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi yaxshilandi. Kundalik o‘qish foydali mehnat bilan qo‘shib olib borildi. O‘qishdan tashqari vaqtlarida o‘quvchilar gospitallarga otaliq yordami berdilar, frontdagilarning oilalariga ko‘maklashdilar, temir-ter-sak to‘plab topshirdilar, qishloq xo‘jalik ishlarida qatnashdilar. Maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida o‘quvchilar bilimini baholashning besh balli tartibi, boshlang‘ich va yetti yillik maktablarni tamomlovchilar uchun bitiruv imtihonlari, o‘rta maktabni tamomlovchilar uchun yetuklik attestati — guvohnomasi uchun imtihonlar topshirish majburiyati, maktab o‘quv dasturlarini a’lo o‘zlashtirgan va
a’lo xulqli o‘quvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlash joriy etildi. Bu tadbirlar dars mashg‘ulotlari saviyasini ko‘tarishga, o‘quvchilar intizomini yaxshilashga olib keldi. Ko‘chirib keltirilgan muassasalar o‘z joylariga qaytib keta boshlagach, maktab binolari ham bo‘shatila bordi, o‘quvchilar o‘z maktablari bag‘riga qaytib, o‘qishlarini davom ettirdilar.
1940/41-o‘quv yilida 5504 ta umumta’lim maktablarida 1368,9 ming o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1945/46-o‘quv yilida 4976 ta umumta’lim maktablarida 989,2 ming bola ta’lim oldi. O‘zbekiston yozuvchilari va shoirlari o‘zlarining qaynoq ijodi bilan xalqni mardonalikka chorlab, fidokorona mehnatga ruhlantirib g‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘z faoliyatini dushmanni tezroq tor-mor etishga qaratdi. Uning rayosati qoshida tashviqot va targ‘ibot bo‘limi, harbiy komissiya tuzildi. Ijodiy ziyolilarning radio va matbuotda kishilarni hushyorlikka, vatanparvarlikka, dushmanga qarshi mardona jang qilishga, front orqasini mustahkamlashga chorlovchi chiqishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonga vaqtincha ko‘chirib keltirilgan rus, ukrain, belorus, moldavan va boshqa millatlarga mansub yozuvchi va shoirlar ham respublikamiz hayotida
faol qatnashdilar, o‘zbekistonlik hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qildilar. «Biz yengamiz!» degan almanax, «O‘zbekiston shoirlari — frontga» deganantologiya ana shunday hamkorlikning mevasi bo‘ldi. Hamid Olimjon, Uyg‘un, Sobir Abdulla, Nikolay Pogodinlar birgalikda «O‘zbekiston qilichi» musiqali dramasini yaratdilar. Urush yillarida yaratilgan Oybekning «Navoiy» va
«Qutlug‘ qon» romanlari, Abdulla Qahhorning «Oltin yulduz» qissasi, «Xotinlar» asari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor bo‘ldi. She’riyatda ulkan yuksalish bo‘ldi. Hamid Olimjonning «Qo‘lingga qurol ol», «Sharqdan G‘arbga ketayotgan do‘stga», «Jangchi Tursun» va «Roksananing ko‘z yoshlari», G‘afur G‘ulomning «Sen yetim emassan», «Men-yahudiyman», «Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak», Uyg‘unning «Qasam», «Bir qadam ham orqaga chekinilmasin» va «Maktub», Maqsud Shayxzodaning «Ona kuzatmoqda» va «Kapitan Gastello» she’rlari, Sharof Rashidovning «Qahrim» she’rlar to‘plami, Sulton Jo‘raning «Pulemyotchi ovozi», «Nayzamiz» she’rlari fashizm kirdikorlarini fosh etib, g‘alaba qozonishga ishonchni kuylab, xalqning jangovar ruhini ko‘tardi. Ona zamin, Vatanga sadoqat, dushmanga nafrat, jasorat va mardlikni tarannum etgan bu teran she’rlar jangovar quroldan qolishmaydigan dahshatli qurol bo‘lib xizmat qildi. Urush yillarida respublika ommaviy axborot vositalari ommani front uchun, g‘alaba uchun safarbar etishda, xalqni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. O‘sha damlarda O‘zbekistonda 200 ga yaqin gazeta, shundan 124 tasi o‘zbek tilida, 52 ta jurnal, shundan 19 tasi o‘zbek tilida nashr etilar edi. Gazetalarning bir gallik adadi 900 ming, shundan 600 ming nusxasi o‘zbek tilida chiqardi. Gazetalar va jurnallar sahifalarida frontdagi vaziyat, respublika mehnat jamoalarining fidokorona mehnati, qiyinchiliklar yoritilar edi. O‘zbekistonning bir guruh yozuvchi va jurnalistlari sovet armiyasi siyosiy boshqarmalari ixtiyoriga yuborildi. Bulardan To‘lqin Rustamov va Rasul Muhammadiy sovet armiyasi bosh boshqarmasida inspektor, Jalolxon Azizxonov, Rustam Abdurahmonov, Adham Rahmat, Sharif Bo‘latov, MuhammadjonMurodov, Yo‘lchiBilolov va boshqalar front gazetalarida muharrir o‘rinbosarlari bo‘lib xizmat qildilar. NazirSafarov, MirzakalonIsmoiliy, ZinnatFatxullin, Meli Jo‘ra, To‘g‘on Ernazarov, Sulton Jo‘ra va boshqalar harbiy muxbirlar sifatida va jurnalistikaning boshqa jangovar sohalarida faoliyat ko‘rsatdilar. Urush yillarida o‘zbek tilida 14 ta front va 12 ta diviziya gazetasi nashr etilardi. «Front haqiqati», «Qizil askar haqiqati», «Qizil Armiya», «Vatan sharafi uchun», «Dushmanga qarshi olg‘a» kabi gazetalar nashr etilgan.
Urush yillarida radio xodimlarining, madaniyma’rifiy muassasalarning xizmatlari ham katta bo‘ldi. Urush yillarida 754 ta kino qurilma, 11 ta muzey, 360 ta qiroatxona, 1044 ta klub, 433 ta kutubxona, 2800 ta qizil choyxona omma orasida siyosiy, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni olib borish markazi sifatida xizmat qildi. San’at front xizmatida Urush yillarida sahna san’ati rivojlandi. Toshkentda va Andijonda yangi teatrlar ochildi, respublikada hammasi bo‘lib 36 ta teatr ishlab turdi. Shuningdek, ko‘chirib keltirilgan 14 teatr ham faoliyat ko‘rsatdi. Teatrlarda urush mavzusiga bag‘ishlangan «Davron ota», «Sherali», «O‘zbekiston qilichi» musiqali dramalari, «Ulug‘bek» va «Mahmud Torobiy» operalari, mardlik, jasorat mavzularida yozilgan Komil Yashinning «Bosqinchilarga o‘lim», M. Shayxzodaning «Jaloliddin» pyesalari ko‘rsatildi. Urush yillarida o‘zbek davlat opera va balet teatri 10 ta, Hamza teatri 16 ta, Gorkiy nomli rus drama teatri 32 ta yangi spektakllarni sahnalashtirdilar. Respublika teatr jamoalari 1942—1944-yillarda 203 ta yangi asarni sahnalashtirdilar, 187568 marta spektakl va konsert namoyish etdilar, ularni millionlab kishilar tomosha qildilar. Xalq ashulachilarining, talantli bastakorlarning ijodi zo‘r shuhrat qozondi. To‘xtasin Jalilov va Yunus Rajabiy xalq musiqa san’atining an’analariga tayanib, xalqchil asarlar yaratdilar. M. Ashrafiy, T. Sodiqov, M. Burhonovlar musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko‘tardilar.Toshkent badiiy filmlar studiyasi vaqtincha ko‘chib kelgan yirik kinomatograflar bilan hamkorlikda «Ikki jangchi», «Nasriddin Buxoroda», «217-raqamli odam», «Vatangam sovg‘a», «Besh respublikaning film-konserti» nomli kinofilmlarni yaratdilar8.
O‘zbekiston rassomlari zo‘r g‘ayrat bilan ishladilar. L. Abdullayevning «Qizil Armiyaga kuzatuv» va «Mukofot bilan tabriklash», O‘. Tansiqboyevning «Otliqlar hujumi» va «Partizan qiz», Ch. Ahmarovning «O‘zbekiston — frontga», V. Y. Kaydalovning «Fashist gazandasi yo‘q qilindi» va «Dushmanga qaqshatqich
zarba» asarlari O‘zbekiston badiiy xazinasidan mustahkam o‘rin egalladi. Urush yillarida O‘zbekiston rassomlari 39 ta ko‘rgazma tashkil etdilar, besh mingdan
ko‘proq badiiy-siyosiy plakatlar yaratdilar. O‘zbekiston san’at xodimlari mehnatkash xalqqa, jangchilarga xizmat qilib, ularning ruhini ko‘tarib turdilar.
San’atkorlardan tuzilgan 30 dan ortiq konsert brigadalari frontdagi jangovar harbiy qismlarning askar va zobitlari uchun 400 danko‘proq konsert berdilar, respublika hududida joylashgan harbiy qismlarda 15 mingta, gospitallarda 10 mingta konsert uyushtirdilar. Ishchilar, paxtakorlar huzurida doimo xizmatda bo‘ldilar. Bu tadbirlarda faol qatnashgan atoqli san’atkorlar: Halima Nosirova, Tamaraxonim, Abror Hidoyatov, LutfixonimSarimsoqova, SoraEshonto‘rayeva, Abbos Bakirov, Kommuna Ismoilova va boshqalar xalq hurmatiga sazovor bo‘ldilar. Ijodkor ziyolilarning asarlari, san’at ustalarining chiqishlari xalqni ma’naviy jihatdan ko‘tardi, ommani g‘alaba uchun kurashga safarbar etishda muhim omil bo‘ldi. O‘zbek ijodkorlari fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar.
Xulosa Umuman, rеspublikaningogir urush davridagi ma'naviy hayotining o'ziga xos xususiyatlariga baho bеrganda shuni aytish kеrakki, urush yillari yaratilgan badiiy asarlar o'lka aholisi hayotidagi insonparvarlik fazilatlarini ulug'lashga qaratilgan edi.
Badiiy va ilmiy ijodda insonparvarlik asoslariga bo'lgan e'tibor bu qadar kuchayishiga imkon bеrgan muhim omil urushning boshlangich davrida mustabid tuzumning mafkuraviy tazyiqlari birmuncha zaiflashib qolganligi edi. Insonparvarlik yo'nalishidagi asarlarda «dohiylar» sha'niga maqtovli so'zlar aytishga, dabdababozlikka, rasmiyatchilikka tobora kam- roq o'rin bеrila boshlandi. Urushning borishida burilish boshlanishi bilanoq, yuqori tabaqalarda mafkura frontida partiya rahbarligiga «еtarli baho bеrmaslik» va uning zaiflashib qolganligi, omma orasida goyaviysiyosiy ishlarga еtarli e'tibor bеrilmayotganligi tobora ko'proqsеzila boshladi.
Ayniqsa, yuqori doiralarda xalqimizning «inqilobdan oldingi» o'tmi- shidan faxrlanishi norozilik uygotgan edi. Bunga tеgishlijavob ta'siri sodir bo'ldi. Bir qator dirеktiv qarorlar qabul qilinib, ularda ittifoqdosh rеspublikalarning ko'pchiligida tarixchilar va yozuvchilar «fеodal o'tmishni markscha-lеnincha ilmiy tahlil qilish» o'rniga uni idеallashtirishgamahliyo bo'lganliklari ko'rsatib o'tildi. «Aybdorlar» orasida O'zbеkiston ham tilga olingan edi. «Ochib tashlangan kamchilik»largabеrilgan bahoning «to'g'riligi»nitеkshirish uchun O'z KP(b) MQning maxsus komissiyasi tuzildi. Bu komissiyaning «aniqlashicha», rеspublika ijodiy ziyolilarining ayrim namoyandalari haqiqatan ham partiya amalga oshirib kеlayotgan yo'lga zid o'laroq «inqilobdan oldingi o'tmishni idеallashtirishga va eski madaniyat oldida qullarcha sajda qilishga yo'l qo'yganlar».uBiroq mafkura sohasidagi qattiqqo'llikka qaramay, O'zbеkistonning ijodkor ziyolilari urush yillarida o'zbеk xalqining ma'naviy jihatdan uyg'onishi uchun ko'p ish qildilar, og'ir urush davrida xalqning ongi zulmkor rasmiy targ'ibotdan sеkin-asta xalos bo'lib bordi, unga bo'lgan ishonch so'na boshladi, urushda mustaqil fikrlovchi inson, mustaqil fikr-mulohazalarga, xatgi-harakatlarga ega bo'lgan inson shakllana boshladi.
Shunday qilib, mamlakat ichkarisidagi mеhnatkashlar fashizmga qarshi umumxalq kurashida ulug'vor roli o'ynadilar. O'zbеkistoniqgisodiyoti, fan va madaniyati mustabid tuzumni saqlab qolish maqsadlariga butunlay bo'ysundirildi. O'zbеk xalqining fidokorona mеhnati Ikkinchi jahon urushi g'olibona tugallanishining bеvosita tarkibiy qismi bo'ldi