Mundarija: Kirish I. Bob. Pedagogik konfliktologiya fan sifatida



Yüklə 338,92 Kb.
səhifə2/14
tarix18.10.2023
ölçüsü338,92 Kb.
#156849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi2

Kurs ishi maqsadi: Mazkur kurs ishida konfliktlar to’g’risidagi qarashlar tahlili, konflikt mexanizmlari, uning shakllari, turlari hamda konfliktlarning tugashi nazariy jihatdan tahlil qilingan. Mazkur uslubiy qo’lanmada konfliktlarning psixologik hal qilishning usullari amaliy jihatdan tahlil qilingan.
Kurs ishi vazifasi:

  1. Pedagogik konfliktologiya fanining maqsad va vazifalari

  2. Pedagogik konfliktologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari

  3. Pedagogik konfliktologiyaning ilmiy asoslari

  4. Konfliktologiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi

  5. Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanis

Kurs ishi оb’еkti: Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi va fan sifatida paydo bo’lishi bilаn tаnishtirish jаrаyоni
Kurs ishi prеdmеti: Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi va fan sifatida paydo bo’lishi bilаn tаnishtirish kо’nikmаlаri
Kurs ishining аmаliy аhаmiyаti. Kurs ishi jаrаyоnidа ilgаri surilgаn fikrlаrdаn, yоndаshuvlаrdаn hаmdа sаmаrаdоrligini tа’minlоvchi kurs ishi nаtijаlаridаn pеdаgоgik fаnlаr bо‘yichа mа’ruzаlаr tаyyоrlаsh, qо‘llаnmаlаr yаrаtish, shuningdеk mеtоdik tаvsiyаnоmаlаr yаrаtishdа, ish tаjribаlаrini оmmаlаshtirishdа sаmаrаli fоydаlаnishgа xizmаt qilаdi.
Kurs ishi ishining tаrkibiy tuzilishi vа hаjmi: kirish, 2 bоb, 4 bо‘lim, umumiy xulоsаlаr vа tаvsiyаlаr, fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо‘yxаtidаn ibоrаt.
I.Bob. Pedagogik konfliktologiya fan sifatida
1.1. Pedagogik konfliktologiya fanining maqsad va vazifalari.
Hayot konfliktlarga to‘la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har qanday joyda, har qanday vaziyatda to‘qnash kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, ko‘chada, o‘quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko‘p vaqt odamlar birga bo‘ladigan hollarda, ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan va ruhiy muloqotda bo‘ladigan hollarda, ular ma’lum muddat o‘zaro birga bo‘lishga majbur bo‘lgan paytlarida ko‘proq sodir bo‘ladi.
Hech bir inson o‘zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilinganman deb hisoblay olmaydi. Chunki konfliktlar ba’zan qo‘qqisdan, hech kutilmagan holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, hech bir inson konfliktlardan o‘zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik davrlarimizdan konfliktli vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo‘llarini, usullarini qidiramiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, konflikt ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Chunki u ko‘pchilik insonlarning kundalik turmush tarziga oid voqea va hodisalarni qamrab oladi hamda konflikt rivojidan har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o‘rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko‘rishi mumkin.
Ulg‘ayganimiz sari konfliktli voqea, hodisalar o‘z kuchi va ta’sirini ham kuchaytirib boradi. Ammo biz konflikt nimaligini bilamizmi?! Har doim ham konfliktli vaziyatga tushib qolganda o‘zimizni to‘g‘ri tutamizmi? Konflikt bizning hayotimiz uchun tahdid ko‘rsatadimi? Konfliktning o‘z ichki tabiati qanday? Konfliktdan qanday qutilish ya’ni undan qanday chiqib ketish kerak? Ziddiyat qanday qonuniyatlar asosida rivojlanadi? Nizoni rivojlantiruvchi omillarni oldindan bartaraf etsa bo‘ladimi? Inson ziddiyatlarsiz yashashga o‘rganishi mumkinmi?! kabi savollar butun bir vujudimizni qurshab oladi.
Konfliktologiya, yoki konfliktlar yechimi sohasi yangi rivojlanib kelayotgan va taraqqiy etayotgan fan sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bois, konfliktologiya sohasining nazariy asoslari, uning milliy xususiyatlari, ijtimoiy o‘ziga xosliklari, konfliktlarning jamiyat hayoti bilan aloqadorligi, shaxslararo konfliktlar, konfliktlarning huquqiy aspektlari, mehnat jamoasidagi konfliktlar masalalari ko‘pchilik tadqiqotchilarni qiziqtiradi. Ko‘rinib turibdiki, konfliktologiyaning o‘z ichki yo‘nalishlari ko‘p. Konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish jamiyatdagi inqirozlarning kelib chiqishi va ijtimoiy to‘qnashuvlarning oldini olishga ko‘mak beradi. Ammo bu sohadagi tadqiqotlar unchalik ko‘p bo‘lmay, mazkur qo‘llanmani yozishda konfliktologiya asoslari bo‘yicha ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi ba’zi ma’lum manbalarga tayanildi.
AQShning bir necha universitetlari qoshida konflikt yechimlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqot markazlari faoliyat olib boradi. Mayamida tashkil etilgan “Tinchlik ta’limi tadqiqotlari markazi” ana shunday tashkilotlardan hisoblanadi. Rossiya Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya instituti qoshida ham “Konfliktologik tadqiqotlar markazi” ish olib boradi. Ushbu markazlar asosan konfliktli vaziyatlarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.
Konflikt o‘zi nima? “Konflikt” atamasi “Nizo” tushunchasining dastlabki ekvivalenti sanaladi. Bu fan o‘rganuvchi ob’ektlar nimalardan iborat? Konfliktlarni kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini o‘rganuvchi fan “Konfliktologiya” bo‘lib, u lotincha “conflictus” – to‘qnashuv, “logiya” – ta’limot demakdir. Demak, to‘qnashuv haqida ta’lim berish, ya’ni to‘qnashuv haqidagi fan hisoblanadi.

Yüklə 338,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin