Mundarija Kirish I bob sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari


Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mazmun mohiyati



Yüklə 93,97 Kb.
səhifə3/13
tarix13.06.2022
ölçüsü93,97 Kb.
#61320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
sinfdan tashqari kurs

1.2 Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mazmun mohiyati
Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda o’quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg’ulotlatlarni tushunamiz. Matematikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo’lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg’ulotlar dars mashg’ulotlarining mantiqiy davomi bo’lib xizmat qila oladi.Sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda ko’pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi.Lekin ilg’or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang’ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli – tuman formalarda mashg’ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o’qitishda boshlang’ich va yuqori sinflar uzviyligini ta’minlaydi. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o’quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o’rni benihoya katta. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Darsdan tashqari qilinadigan ishlar o’quv reja asosida ya’ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo’lib, bunga sinfdagi barcha talabalar bevosita ishtirok etiladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlardan asosiy maqsadi reja va darslikdan tashqari o’quvchilarga qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan iborat. Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ish turi matematika to’garagini tashkil etishda o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlariga qarab tanlab olinar ekan.
Matematikadan to’garaklarni tashkil etishda qiziqarli misol va masalalardan, mantiqiy masalalardan foydalanish lozim. Sinfdan tashqari amaliy mashg’ulotlar davomida o’quvchilar bilan (bolalar bilan joylarda) maqsadni ko’zlovchi, barqaror amaliy natijaga olib keladigan ularni havaslarini orttiradigan amalda bajariladigan ishlarni olib borishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar quyidagi yo’nalishlarda olib borilishi mumkin.
a) ommaviy ishlar; (musobaqalar, ko’rik tanlovlar, kechalar, ertakliklar, ekskursiyalar va hokazolar);
b) to’garak ishlar (yosh matematiklar);
v) o’qituvchilarning mustaqil mashg’ulotlarini yo’lga qo’yish (bunda o’quvchilar fan va texnikaning biron soxasini o’rganish uchun mustaqil ishlaydilar va hokazo).
g) Maktabdagi o’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan ishlashni tashkil etish usullari.
O’quvchilar bilan o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlari mazmuni quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
1. Rejalashtiruvchi material dastur materiali bilan bog’lanishga ega. Bunda hisoblash amallari qaralayotgan sinf dasturi talablaridan ortib ketmaydi, hisoblashlar, masalalar yechish, geometrik figuralarni yasashlarga amaliyot bilan nazariya orasidagi bog’lanishi ta’minlanishi kerak.
2. O’rganilayotgan masalalar istiqbol maqsadlarga ega bo’lishi, ya’ni o’quvchilarni kelajakda o’rganilishi nazarda tutilgan matematik masalalarni, masalan: to’plam, funktsional bog’lanish, algebraik simvolika, tenglamalar, grafiklar, ular yordamida arifmetik masalalarni yechish va xokazolarni o’rganishda tayyorlanish maqsadlariga ega bo’lishi mumkin.
3. O’rganiladigan masalalarning mazmuni qaralayotgan yoshdagi bolalarning kuchlari yetadigan, ularda matematikaga muhabbat va uni o’rganishga qiziqish uyg’otadigan asosiy ta’lim va tarbiyaviy masalalarni hal qilish imkonini beradigan bo’lishi kerak.

Yüklə 93,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin