Mundarija Kirish I bob sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari


Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari



Yüklə 93,97 Kb.
səhifə4/13
tarix13.06.2022
ölçüsü93,97 Kb.
#61320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
sinfdan tashqari kurs

Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari
Matematik o’n minutlik
Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o’n minutliklardir.
O’n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o’quvchilari ishtirokida xaftada bir marta uyushtiriladi.O’quvchi o’n minutlik uchun shunday masala misol, mashq va o’yinlar tanlashi kerakki,ular hajm jihatdan kichik bo’lsin, lekin o’quvchilarning aktivligini oshirsin, o’quvchilarning kelajakda umumiy bilish faolyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo’naltiruvchi vosita bo’lib qolsin. O’n minutlikni faqat sinfda o’tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto maktabdan tashqarida o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar bilan tevarak–atrof va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin – asta mushohada qilish asosida o’tkaziladi. Qiziqarli matematika soatlari Mashg’ulotlarning bu turi nisbatan ko’proq vaqtga (taxminan 45 minut) mo’ljalangan bo’lib, qiziqarli o’yin, qiziqarli o’yin, sonli topishmoqlar, she’riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalalardan tarkib topadi. Bunday mashg’ulotlatlar 1 – sinf o’quv yilining II yarmidan boshlab avval bir oyda bir marta, keyinchalik 2 martadan o’tkazilishi mumkin. Unda o’quvchilarning o’zlari tashabbus ko’rsatishlariga erishmoq kerak.Matematika to’garak Matematika to’garagi sinfdan tashqari ishlarning eng ommalashgan turi.To’garak ixtiyoriy ravishda tuziladi. Har qaysi matematika to’garagida qatnashadigan o’quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak, aks holda o’qituvchiga qiyinchilik tug’diradi va o’quvchilar to’garakda aktiv ishtirok eta olmaydilar. To’garak a’zolarining soni ko’payib ketsa, ularni ikki guruhga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Guruhlar bilan bir hafta, ikkinchisi bilan ikkinchi hafta shug’ullanish mumkin. Mashg’ulot 30 – 40 minut davom etsa yetarli. Ma’lum vaqt oralig’ida guruhlarni qo’shib mashg’ulot o’tkazish va mashg’ulotlarni musobaqa yoki viktorina o’tkazish maqsadga muvofiqdir.Matematika to’garagi mashg’ulotini sentyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab (birinchi sinf uchun ikkinchi yarim yillikdan) may oyining birinchi yarmida yakunlash mumkin. To’garak ishlarini boshlashdan oldin o’qituvchi kamida 3 – 4 mashg’ulotga yetadigan material tayyorlab, uni rejalashtirish va to’garakni tashkil qilishga tayyorgarlik ko’rishi kerak. Matematika to’garagida o’rganiladigan material mazmuni va hajmini chegaralab qo’yish qiyin.
Bunda maktab sharoiti va o’qituvchining tayyorgarligiga qarab to’garakda turli xil tarixiy, nazariy va amaliy materiallarni o’rganish mumkin. Matematika to’garagining muvaffaqiyatli ishlashda, o’quvchilarni to’garak ishiga jalb qilishda, qiziqtirishda dastlabki mashg’ulotlarning roli katta.Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dastlabki mashg’ulotlarning ko’p qismini qiziqarli matematikaga ajratish ham yaramaydi, chunki keyingi mashg’ulotlarda qiziqarli matematikadan boshqa materillarga qiziqish kamayadi, natijada o’quvchilar to’garakdan soviy boshlaydi.Shuning uchun dastlabki mashg’ulotlarda ham, keyingi mashg’ulotlarda ham qiziqarli materiallar hajm jihatdan barobar ma’quldir. Sinfdan tashqari ish tashkilotchisining matematik va umumpedagogik mahorati ham bu ishning sifatiga va ilmiy metodik darajasiga ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi. O’qituvchining shaxsiy malakasi ham katta ahamiyatga ega.Shu sababli sinfdan tashqari ish har bir o’qituvchini qanoatlantiradigan aniq uslubiy ko’rsatmalar berishi qiyin.To’garak mashg’ulotlarini o’tkazish sinf darslariga yaqin. Sinfdagi va sinfdan tashqari ishlarning o’xshashligi jamoa o’quv ishini tashkil qilish formasi bilan aniqlandi, bunda o’qituvchi o’quvchilar guruhi bilan mashg’ulot olib boradi, zaruriy tushunchalarni beradi, o’quvchilardan so’raydi va h.k. Bu yerda o’quvchilarga katta tashabbuskorlik berish maqsadga muvofiq, ularga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan mulohazalarini bemalol aytish uchun to’la imkoniyat berish kerak. Bunda o’quvchilarni matematik tilda gapirishga o’rgata borish, ularni matematik nuqtalari (og’zaki nutq va yozma nutq) ustida ishlashi ham eng muhim pedagogik vazifalardan biridir.
Bundan tashqari to’garaklarda to’garak kutubxonasi, matematika burchagi tashkil qilish va ularni jihozlash, ayrim tadqiqot ishlari olib borish maqsdaga muvofiqdir. Bu ishlarni yaxshi tashkil qilish uchun sharoitga qarab, chorak dasturlari, yarim yillik matematik va taqvimiy dasturlari tuziladi. Matematik viktorinalar Matematik viktorinalar ma’lum mavzu, bo’lim yoki umuman matematikaga doir masalalar bo’yicha savol – javob o’yini bo’lib, ko’p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi. Boshlang’ich sinflarda viktorinalar 10 – 20 minut davom etadi.Bunda oldindan tayyorlangan 5 – 6 savolga og’zaki yoki yozma javob olinadi. I – IV sinflarda matematik viktorinalarni tizimli o’tkazib turish o’quvchilarni masalalarni turli usullarda yechishga o’rgatadi, ularning fikrlash va xozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi. Umuman, viktorinalar qizigan musobaqa tarzida o’tadi, eng bilag’on topqir va hozirjavob o’quvchini, ilg’or sinfni aniqlash imkonini beradi. Viktorinada qatnashish mutlaqo ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, matematikaga qiziquvchilarni aniqlash va keyinchalik ularni matematikaga jalb etish maqsadida o’tkaziladi. Albatta, viktorinada tavsiya etilgan savollar turlicha qiyinlikda bo’lib, unga ko’proq o’quvchilarning qatnashuviga erishish kerak.Matematik viktorinalar har xil o’tkazilishi mumkin. Quyidagi ikki xilini misol tariqasida keltiramiz: 1. Savollar (misol, masalalar) o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga og’zaki beriladi yoki doskaga oldindan yozib qo’yiladi. Javobni ham o’quvchilar og’zaki tayyorlaydilar.Yoki o’z daftarlariga qisqa, ya’ni o’zlari eslab turishlari uchun kerakli narsalarni yozib turadilar.O’qituvchi o’quvchilardan bir nechtasi qo’l ko’targuncha kutib turib, keyin birinchi bo’lib qo’l ko’targan o’quvchini so’raydi. Agar birinchi qo’l ko’targan o’quvchi noto’g’ri javob bersa, ikkinchi uchunchi va qo’l ko’targan o’quvchilardan (to’g’ri javob olguncha) so’raladi: 2. Agar o’qituvchi savolni doskaga yoki qog’ozga oldindan yozib qo’yiladigan bo’lsa u o’quvchilarga ishlash uchun buyruq beradi va javoblarni daftarga yozib to’g’riligiga ishonch qilgandan keyin qo’l ko’tarish kerakligini aytadi. O’qituvchi qo’l ko’targan o’quvchilar oldiga borib berilgan savol, masala yoki misol javobini ko’radi. So’ngra avval qo’l ko’targan o’quvchiga javobni aytishga va javobini tushuntirib berishga ruxsat beradi.
Matematik ertaliklar Matematik ertaliklar (kechlar) ommaviy tadbirlardan biri bo’lib, o’quvchilar va ota – onalar o’rtasida matematik bilimlarni tarqatish hamda o’quvchilarning matematikaga qiziqishini oshirish, shu bilan birga ularni matematik to’garaklarga ko’proq jalb qilish maqsadida o’tkaziladi. Bunday ertaliklar I – IV sinflarda 1 – 2 marta o’tkazish mumkin. Ertalikni bir sinf bilan yoki parallel sinflarni qo’shib o’tkazish mumkin.Ertalik o’rta hisobda bir soat davom etishi mumkin.Ertalikni o’tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish kerak.Buning uchun eng kamida bir oy oldin o’qituvchi chuqur o’ylangan reja tuzib chiqishi kerak.Shundan keyin o’quvchilar bilan suxbatlashib, ularga qilinadigan ishlar taqsimlab chiqiladi. Bu ishga yuqori sinf o’quvchilarini va ota – onalarini ham jalb qilish mumkin Ertalik dasturini kerakli materiallar (she’r, qo’shiq, boshqotirma, qiziqarli masala, matematik o’yin, konkurs masalalari, viktorina savollari, ishtirokchi personajlar kostyumi va boshqa) tayyor bo’lgandan so’ng yana bir marotaba ko’rib chiqish va muhokamadan o’tkazish kerak. Bu o’rtoqlarini ham taklif etish shart. Ertalikni (kecha) o’tkazishdan bir hafta oldin uning chiroyli bezatilgan va katta qilib yozilgan dasturni ko’rinarli joyga osib qo’yish kerak. Dasturdagi bazi sa’vollarga boshqa o’quvchilar ham tayyorgarlik ko’rishi mumkin.Ertalik o’tayotgan xonaga (zal) shu ertalikka atab chiqarilgan matematik ro’znoma yoki jurnal osib qo’yiladi.Iloji boricha shu xona ertalikka moslab bezatiladi. Ertalikda (kecha) ishtirok etgan bolalar fantaziya qilish, muloxaza yuritish, to’g’ri fikrlash va gapirishga o’rganishadi. Demak, matematik ertalik uchun sarflangan vaqt faqat matematik qimmatga ega bo’lmay, balki o’quvchilar uchun umummadaniy qimmatga va tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Matematik musobaqa Yuqorida aytib o’tilgan sinfdan tashqari ishlarda (10 minutlik, viktorina, ertalik va h.k.), asosan, butun sinf o’quvchilari ishtirok etsa, matematik musobaqalarda (konkurs, olimpiada) ko’pchilik ishtirok etib, g’oliblar musobaqasi bilan yakunlaydi, ya’ni bu musobaqa bir necha (ko’pincha 3 yoki 4) davom etadi. 1 turda istagan hamma o’quvchilar qatnashishi mumkin.Unda muvaffaqiyatli qatnashgan o’quvchilar II – turda qatnashadilar. II – turdan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilar III – turda qatnashush huquqiga ega bo’ladilar va h.k. I turni sinfdagi barcha o’quvchilar ishtirokidagi og’zaki qiziqarli savollar orqali viktorina shaklida o’tkazish mumkin.Shunda g’olib chiqqan o’quvchilar bilan II – tur musobaqalar o’tkaziladi.Shundan keyin parallel sinflar o’quvchilari III – turda kuch sinashadi.Natijada sinf yoki maktab bo’yicha eng kuchli o’quvchilar aniqlanadi.Ular munosib taqdirlanadi. Q Z K (Quvnoqlar va zukkolar klubi) Bu xildagi kechalar o’quvchilarga zo’r qiziqish uyg’otadi. Shu bilan birga ularga “Sog’lom aql” va fahm – farosat, prezident chaqiriqlariga labbay deb javob berib, “Sog’lom avlod”ga mos farzandlar bo’lib yetishish, shuningdek mantiqiy mulohazalarga asoslangan holda istagancha fantaziya qilish imkonini beradi.Bunda kechaning matematik mazmuni faqat matematikaga doir masallar bilan chegaralanib qolmasdan, asosan o’yin tarzida, rebus, krassvord, viktorina, qiziqarli savol – javob, topshiriqlar, mulohazalarda ustalik bilan niqoblangan xatolarni topish shaklda beriladi.
QZK larni bir sinf o’quvchilarini ikkiga bo’lib yoki parallel sinflar o’rtasida komanda tuzib o’tkazish mumkin.Bunda puxta o’ylangan reja hamda dastur tuziladi.Komandalar alohida – alohida mashq qiladilar.Matematika o’qituvchilari ishtirokida jyuri saylanadi. Jamoalar va faol qatnashgan o’quvchilar uchun mukofatlar avvaldan tayyorlab qo’yilishi lozim. Mukofat uchun ko’proq qiziqarli matematikaga doir kitolar olinishi, kelgusida matematikadan tashqari ishlarni o’tkazishda o’quvchilarni aktivligini oshirish imkonini beradi.Matematik ro’znoma Matematik ro’znoma o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi.Matematik ro’znoma odatda matematika to’garagi organi hisoblanadi, shu sababli ro’znoma to’garak a’zolarining kuchi bilan o’qituvchining bevosita raxbarligida tayyorlanadi.O’qituvchi ro’znomani tayyorlashda mumkin qadar o’quvchilarning shaxsiy tashabbuskorligini oshirishga erishish kerak. Devoriy ro’znomalar quyidagi bo’limlardan tashkil topishi mumkin: - Matematika tarixidan bir shingil; - Sinf o’quvchilarining matematik xayoti; - O’quvchilarga o’qish uchun tavsiya qilinadigan adabiyotlar; - Masalalar (qiziqarli, mantiqiy, konkurs); - Matematik o’yinlar; - Yumor; O’tgan nomerdagi konkurs masalalarining yechimi va javobini redkollegiyaga topshirgan o’quvchilar haqida qisqa, lekin maroqli hikoyalar berilishi kerak. Biror matematik haqida hikoya qilindigan bo’lsa, uning rasmi va rasmning tagida bu olim haqidagi, uning ishlari to’g’risidagi ma’lumot yoki olim hayotidagi qiziq voqealar to’g’risidagi kichikroq hikoya beriladi. Olim aytgan fikrlarni yoki u haqidagi boshqa olimlar aytgan so’zlarni ko’chirib yozish ham foydali.Ro’znomada berilgan masalalarning shartlari qisqa, tez esda qoladigan bo’lishi maqsadga muvofiqdir."Bilasizmi?" mavzusida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan: Odamning bo’yi bir kunda 1 cm dan 6 cm gacha o’zgarishi mumkin. Dunyodagi eng uzun temir yo’l 9302 km Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln.tonnagacha kumush bor. Matematika burchagini tashkil qilishni o’quvchilar va ularning ota-onalari aktiv yordamida amalga oshirilishi mumkin. Matematikadan ekskursiyalar o’tkazish Matematikadan sinfdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlardan biri ekskursiyadir.Puxta o’ylab, oldindan rejalashtirilgan ekskursiya natijasida o’quvchilar atrof – muhitni idrok qiladilar. Tabiat voqeligini va mehnat jarayonlarini ko’radilar. Kuzatishlar natijasidagi o’zlaridagi bilimlarini hayot bilan bog’lashga intiladilar. Ularda turli narsa, voqea va jarayonlarga qiziquvchanlik odati tarkib topadi. Ekskursiyalarni tashkil etish va o’tkazish asosan, darsdan tashqari vaqtda amalga oshirilsa ham uning tayyorgarlik va yakunlash bosqichi dars mashg’ulotlari bilan uyg’unlashib ketadi. Ekskursiyani samarali o’tishi o’qituvchining puxta tayyorgarligiga bog’liq. U oldindan ekskursiyaga boriladigan ob’yekt bilan tanishgan bo’lishi va hatto, uchrashish mo’ljallangan odamlar bilan suhbatlashgan bo’lishi lozim. Shunda tashkiliy jihatdan ovoragarchilik ham bo’lmaydi. Ekskursiyaga tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri uning maqsadini belgilash va reja tuzishdan iborat. Rejada ekskursiyaning boshidan oxirigacha bajariladigan hamma ishlar o’z ifodasini topishi kerak: nimalar ko’riladi, nimalar yozib olinadi, nimalarning rasm (sxemasi) chizib olinadi. Nihoyat, ekskursiyaning muvaffaqiyati yana o’quvchilar bilan bo’ladigan tayyorgarlik suhbatiga ham bog’liq.
Bu suhbatda o’quvchilarning ekskursiya maqsadi bilan tanishtiriladi va birgalikda ekskursiya rejasi tuzib olinadi. Albatta ekskursiyadan keyingi mashg’ulotlarda ekskursiyaga yakun yasaladi. Ko’riladigan narsalar matematik nuqtai nazardan analiz qilinadi yoki to’plangan materiallar asosida misol - masalalar tuzib yechiladi va h.k. Matematik ekskursiyalar maqsadi - konkret hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish. Bular o’quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo’li bilan olinadi.Ekskursiya o’tkazishdan maqsad bolalarga tushunarli bo’lishi nihoyatda muhimdir. Bolalar oldindan nima qilishlari va o’zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan o’rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo’jaligi dalalariga va boshqa joylarga ekskursiyalar o’tkaziladi. Bajarishda qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin.
Shunday masalalardan ba’zilarini keltiramiz: 1. Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor o’rasini kavlaydi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha o’ra kavlaydi?2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi va ikkita yuk tashuvchi ishlaydi. Material tashishda hammasi bo’lib qancha odam band?Ekskursiyadan olib kelingan qurilish materiallaridan texnologiya darslari uchun stendlar tayyorlashda foydalanish, binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin.Nazorat uchun savollar 1.Matematikadan to’garak mashg’ulotlariga qaysi sinflarda necha soatdan vaqt ajratiladi? 2. Sinfdan tashqari ishlarning tashkil qilish xususiyatlari va ularning turlarini aytib bering. 3. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo’yicha na’munaviy mashg’ulotdan misol keltiring.

Yüklə 93,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin