Kurs ishining maqsadi: Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazishning samarali shakl va usullarini aniqlash.
Kurs ishini ob`ekti: Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish jarayoni.
Kurs ishining metodologik asoslari bo’lib «Ta’lim to’g’risida»gi qonun hamda Sh.Mirziyoyevning asarlari, boshlang’ich ta’lim va pedagogika fani kontseptsiyalari xizmat qiladi.
Kurs ishining metodlari - mavzuga oid ilmiy adabiyotlar va maqolalar tahlili; ilg’or boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish tajribalarini umumlashtirish; muammoga tegishli bo’lgan maktab hujjatlari va o’quvchilarning ijodiy ishlarini o’rganish; maqsadli kuzatuv, savol-javob; pedagogik eksperiment; to’plangan ma’lumotlarni statistik tahlil qilish va hokazo.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida takidlangan: siyosiy tuzumiing o’zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari goyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir.
Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilgor tajribalarga suyanib o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik-do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:
- sinfning boshlangich jamoasini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish.
- o’quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish.
- shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish.
- jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidai turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:
1.O’qituvchi jamoa azolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) moslashuv davrida ularga ishonch, xurmat, xushmuomalalik, talablarni to’gri qo’ya bilish shu bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bulish talab etiladi;
2.O’quvchilar jamoasidagi etaklovchi kuch tayanch o’zagini tanlash;
3.Jamoa azolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish;
4.Jamoada yangi anana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish;
5.Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy tasiri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bogliqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi.Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.
Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan manaviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, etiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. Mustaqil O’zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko’rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda:
fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatinianglab oluvchi;
vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;
diniy bagrikenglik va mehr-muravvatli bo’lish;
davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo’lish;
o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;
yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda;
maqsadni aniqligi va uni to’gri yo’naltirish madaniyati;
tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati;
- o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi etiqodligi va ixtiyorlik.
Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol goyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi goyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi.
- Xalqimizning boy manaviy, anana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish.
- O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-etiqodni tarbiyalash.
- Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
- Mehrli-muruvvatli va bagri kenglik.
Ayniqsa bogcha va kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning talimiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar.
Boshlangich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir:
Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish.
O’quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi.
Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarshshg munosabati.
O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, ananalar haqidagi bilim darajasi.
Qomusiy marifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari.Mazkur qoidalar bogchada sodda holda qo’llaniladi.