Mundarija Kirish I bob sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari


II bob. Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 93,97 Kb.
səhifə5/13
tarix13.06.2022
ölçüsü93,97 Kb.
#61320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
sinfdan tashqari kurs

II bob. Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish


2.1. Boshlang’ich sinflarda matematikadan to’garak ishlarini tashkil etishning maqsad va vazifalari

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta`kidlangan: siyosiy tuzumiing o’zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g`oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir.


Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg`or tajribalarga suyanib o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik-do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:
- sinfning boshlang`ich jamoasini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish.
- o’quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish.
- shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish.
- jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidai turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:
1.O’qituvchi jamoa a`zolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) moslashuv davrida ularga ishonch, xurmat, xushmuomalalik, talablarni to’g`ri qo’ya bilish shu bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bulish talab etiladi;
2.O’quvchilar jamoasidagi etaklovchi kuch tayanch o’zagini tanlash;
3.Jamoa a`zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish;
4.Jamoada yangi an`ana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish;
5.Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi.Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.
Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma`naviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e`tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. Mustaqil O’zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko’rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda:

  • fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini
    anglab oluvchi;

  • vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;

  • diniy bag`rikenglik va mehr-muravvatli bo’lish;

  • davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo’lish;

  • o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;

  • yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda;

  • maqsadni aniqligi va uni to’g`ri yo’naltirish madaniyati;

  • tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati;

- o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e`tiqodligi va ixtiyorlik.
Maktabgacha ta`lim muassasa tarbiyachilarini tarbiyachilik faoliyati va uni amalga oshirish metodikasini «Uchinchi ming yillikning bolasi» qo’llanmasidan foydalanishni tavsiya etamiz.
Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g`oyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi.
- Xalqimizning boy ma`naviy, an`ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish.
- O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e`tiqodni tarbiyalash.
- Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
- Mehrli-muruvvatli va bag`ri kenglik.
Ayniqsa bog`cha va kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ta`limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar.
Boshlang`ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir:
Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish.

  1. O’quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi.

  2. Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarshshg munosabati.

  3. O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an`analar haqidagi bilim darajasi.

  4. Qomusiy ma`rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Mazkur qoidalar bog`chada sodda holda qo’llaniladi.

Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o’rinlidir.SHundagina har bir o’qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o’xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi.Bunday rejalar tarbiyaviy ta`sirga ega bo’lib maqsadga erishtira oladi.

Yüklə 93,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin