Mundarija kirish I bob. Tekis kesimga EGA bo’lgan detalning xususiyatlari


I BOB. Tekis kesimga ega bo’lgan detalning xususiyatlari



Yüklə 137,49 Kb.
səhifə2/7
tarix28.12.2023
ölçüsü137,49 Kb.
#200987
1   2   3   4   5   6   7
I BOB. Tekis kesimga ega bo’lgan detalning xususiyatlari
1.1. Ortogonal proyeksiya haqida umumiy ma’lumot.
Tekislik fazoda proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan umumiy va xususiy vaziyatlarda joylashishi mumkin.
Umumiy vaziyatdagi tekisliklar. Agar tekislik proyeksiyalar tekisliklarining birortasiga parallel yoki perpendikulyar bo„lmasa, uni umumiy vaziyatdagi tekislik deyiladi (1, a-rasm). Chizmada umumiy vaziyatdagi tekislikning izlari proyeksiyalar o’qlari bilan ixtiyoriy burchak hosil qiladi. Agar biror P tekislik proyeksiyalar tekisliklari bilan bir xil burchak hosil qilsa, uning PH va PV izlari Ox o’qi bilan bir xil burchak hosil qiladi.
Xususiy vaziyatdagi tekisliklar. Agar tekislik proyeksiyalar tekisligining biriga perpendikulyar yoki parallel bo’lsa, uni xususiy vaziyatdagi tekislik deb ataladi.
Proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo’lgan tekisliklar proyeksiyalovchi tekisliklar deyiladi.

Gorizontal proyeksiyalovchi tekislik

Gorizontal proyeksiyalovchi M(MH, MV) tekislikning MV frontal izi Ox o„qiga perpendikulyar bo’ladi (1.4,a,b-rasm), MH gorizontal izi esa Ox o„qiga nisbatan ixtiyoriy burchakda joylashgan bo’ladi. Bu tekislik gorizontal izi MH va Ox o’q orasidagi burchak, M va V tekisliklar orasidagi burchakning haqiqiy qiymatiga teng bo’ladi.


Gorizontal proyeksiyalovchi tekislikka tegishli tekis geometrik shakllarning gorizontal proyeksiyalari to’g’ri chiziq bo’ladi va tekislikning gorizontal izi bilan ustma-ust tushadi (1-b, rasm).






b)

1-rasm


Frontal proyeksiyalovchi tekislik
Ta’rif. Frontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo’lgan tekislik frontal proyeksiyalovchi tekislik deyiladi.

Frontal proyeksiyalovchi N(NH, NV) tekislikning gorizontal NH izi Ox o’qiga perpendikulyar bo’ladi (1- a, rasm), frontal NV izi esa ixtiyoriy burchakda joylashgan bo’ladi. Frontal proyeksiyalovchi tekislikning frontal NV izining Ox o’qi bilan hosil qilgan burchagi N va H tekisliklar orasidagi burchakning haqiqiy qiymatiga teng. Frontal proyeksiyalovchi tekislikka tegishli bo’lgan tekis shakllarning frontal proyeksiyalari to’g’ri chiziq bo’ladi va tekislikning frontal izi bilan ustma-ust tushadi (2-rasm).






Yüklə 137,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin