6-rasm
1.2 Aksonometrik proyeksiya va turlari
Aksonometriya grekcha so‘z bo‘lib, axon – o‘q, metrien – o‘lchayman, ya’ni o‘qlar bo‘yicha o‘lchash degan ma’noni bildiradi.
Ta’rif. Dekart koordinatalar sistemasida joylashtirilgan buyum va uning proyeksiyalari shu sistema bilan birgalikda berilgan s yo‘nalish bo‘yicha ixtiyoriy olingan biror P tekislikdagi proyeksiyasi uning aksonometriyasi deyiladi.
Aksonometrik proyeksiyalar ikki xil bo‘ladi:
Parallel proyeksiyalash asosida qurilgan aksonometrik proyeksiyalar.
Markaziy proyeksiyalash asosida qurilgan aksonometrik proyeksiyalar yoki ular perspektiv proyeksiyalar deb ham yuritiladi.
Aksonometrik o‘qlarning vaziyatlari va shu o‘qlar bo‘yicha o‘zgarish koeffisientlari berilgan bo‘lsa, fazodagi xar qanday nuqtaning aksonometriyasini yasash mumkin. Buning uchun nuqtaning x, y va z koordinatalarini mos o‘zgarish koeffisientlariga ko‘paytirib, aksonometrik o‘qlar bo‘yicha (yoki ularga parallel) o‘lchab qo‘yiladi va uch zvenoli koordinatalar siniq chizig‘ining aksonometriyasi yasaladi.
Aksonometrik proyeksiyalar uch turga bo‘linadi.
Agar uchala o‘qlar bo‘yicha o‘zgarish koeffisientlari o‘zaro teng bo‘lsa, ya’ni kx=ky=kz bo‘lganda hosil bo‘lgan aksonometriya izometrik proyeksiyalar deyiladi.
Agar o‘zgarish koeffisientlaridan ikkitasi o‘zaro teng bo‘lib, uchinchisi ulardan farkli bo‘lsa, ya’ni kx=ky≠kz, kz=ky≠kx, yoki kx=kz≠ky bo‘lganda, hosil bo‘lgan aksonometriya dimetrik proyeksiyalar deyiladi.
Uchala o‘qlar bo‘yicha o‘zgarish koeffisienti turlicha bo‘lgan aksonometriyalar (kx≠ky≠kz bo‘lsa), trimetrik proyeksiyalar deyiladi.
To‘g‘ri burchakli aksonometrik proyeksiyalarda keltirilgan o‘zgarish koeffisientlari.
kx=0.92, ky=0.47, kz=0.96;
To‘g‘ri burchakli aksonometriyada izlar uchburchagi va aksonometriya o‘qlari
Dostları ilə paylaş: |