2.2. Tekis detalning ortogonal metodikasini o’qitish metodikasi O'zbekistonda qabul qilingan ta'lim standartlariga asosan chizmachilik umumta'lim maktablarining 8-9 - sinflarida, kasb-hunar kolIejlarining mos mutaxassisliklarida o'qitiladi. Umumta'lim maktablari va kollejlar uchun chizmachiIik o'qituvchilari asosan oliy o'quv yurtlaridagi «tasviriy san'at va muhandislik grafikasi» mutaxassislikligida tayyorlanadi.
Grafika (chizmachilik) o'qituvchisining kasb-hunar kollejlaridagi grafika fanlaridan ham dars berishi ko'zda tutilganligini e'tiborga olsak, chizmachilik o'qituvchisi muhandislik grafikasining hamma bo'limlari bO'yicha chuqur bilimga ega bo'lishi, boshqa fanlar bilan aloqalari, politexnik va gumanitar yo'nalishlari haqida aniq tasavvur va ularni amalda qo'llash malakalariga ega bo'lishi zarur. Kasb-hunar kollejlarida yosh, texnik savodxon xodimlami tayyorlash bo'yicha talablar chizmachilik o'qituvchisi oldida mazmunan yangi vazifalami qo'ymoqda.
Yuzaga kelgan ahvol chizmachilik o'qituvchisini qo'shimcha metodik yordamlarsiz qoldirish mumkin emasligini ko'rsatmoqda. Shuning uchun ushbu qo'llanmada o'quv dasturi chegarasidan chiquvchi, bizningcha fan o'qituvchisi bilishi zarur bo'lgan bir nechta qo'shimcha mavzularni kiritishni maqsadga muvofiq deb topdik. Bu yerda shuni qo'shimcha qilib o'tish kerakki, o'quvchilar ham, yosh o'qituvchilar ham ba'zan ishlab chiqarish chizmalari bilan ish ko'rishlariga to'gri kelib qoladi va «Bu nima?» degan tabiiy savol tug'iladi. Chizmalar texnik hujjadar sifatida inson faoliyatining har xii sohalarida qo'llaniladi. Buning ustiga ularning konstruktiv - texnik va texnologik sifatlari ularga ta'sir o'tkazadi.
Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi fan sifatida nisbatan yaqinda pay do bo'lgan. Bunda S.I.Dembinskiy va V.l.Kuzmenkolaming «O'rta maktablarda chizmachilik o'qitish metodikasi» nomli (1965-y.) darsligi katta ahamiyatga ega. Bu darslikda o'qitish metodlaridagi kamchiliklar tahlil qilinib, ulami bartaraf qilish hamda o'quvchilar grafik savodxonligini oshirish yo'llari batafsil tahlil qilingan, shu bO'yicha o'qitish vositalarini tayorlash va ulardan dars jarayonida foydalanish usullari ko'rsatilgan. Darslik nashr qilingandan buyon nisbatan ko'p vaqt o'tganligi, chizmachilik fani va uni o'qitish metodikasidagi o'zgarish va rivojlanishlarni e'tiborga olsak, u mazmun jihatida hozirgi kun talablaridan ancha orqada qolgan.
Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi fani ta'lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda umumta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida chizmachilik (muhandislik grafikasi) fanini o'rganishdan maqsad, fanning mazmtini va o'quvchilar grafik ishlami bajarishdagi eng qulay ish uslublarini hamda o'quv jarayonini samarali tashkil qilishning shakl va vositalarini o'rganadigan fan hisoblanadi.
Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi oldida pedagogika fani tarmog'i sifatida quyidagi vazifalar turadi:
1. Umumta'lim maktablarida chizmachilik o'qitishning aniq maqsadlarini va uning fan sifatida bilim berish hamda tarbiyaviy ahamiyatlarini aniqlash;
2. O'qitishning mazmuni va strukturasini aniqlash;
3. O'quvchilarning mustahkam bilim, ko'nikma va malakalarini ta'minlovchi o'qitishning eng qulay uslub, vosita va shakllarini ish lab chiqish;
4. O'quvchilarning bilim olish jarayonini tadqiqot qilish.
Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasida kursning asosiy bo'lim va mavzularini o'rganishning samarali usullari, chizmalarni o'qish va bajarish ko'nikmalarini shakllantirish metodikasi, grafik masalalarning roli va ulardan o'qitishda foydalanish uslublari kabilar o'rganiladi.
Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi chizmachilik kursining nazariy masalalarini o'rganadi. Bunda: chizmachilik kursini maktabda o'qitishning maqsad va vazifalari; o'qitishning tashkiliy shakl va metodlarini ishlab chiqish; o'qitishning metodik vositalari (o'quv - ko'rgazmali qurollar va jihozlar)ni tanlash, ishlab chiqish va tadqiqot qilish; chizmachilikning boshqa fanlar bilan aloqalarini (matematika, mehnat, ... ) hamda kurs mazmunini ochib beruvchi tushunchalarni aniqlash va hokazolar kiradi.