Mundarija kirish I bob. Tekis kesimga EGA bo’lgan detalning xususiyatlari


-teorema. To‘g‘ri burchakli aksonometriyada aksonometriya o‘qlari izlar uchburchagining balandliklari bo‘ladi. 2-teorema



Yüklə 137,49 Kb.
səhifə6/7
tarix28.12.2023
ölçüsü137,49 Kb.
#200987
1   2   3   4   5   6   7
1-teorema. To‘g‘ri burchakli aksonometriyada aksonometriya o‘qlari izlar uchburchagining balandliklari bo‘ladi.
2-teorema. To‘g‘ri burchakli aksonometriyada izlar uchburchagi o‘tkir burchakli uchburchakdir.
3-teorema. To‘g‘ri burchakli aksonometriyada aksonometriya o‘qlari orasidagi burchaklar o‘tmas burchaklardir.
To‘g‘ri burchakli standart aksonometriyalar.
To‘g‘ri burchakli standart izometriya. kx=ky=kz=0.82

To‘g‘ri burchakli izometiryada aksonometrik o‘qlar orasidagi burchaklar 120° ga teng


To‘g‘ri burchakli izometriyasini yasashda o‘qlar bo‘yicha o‘zgarish koeffisientlari 1 ga teng qilib olinsa, chizish sur’ati tezlashadi. Bu holda kx=ky=kz=1 bo‘lib, ular izometriyada keltirilgan o‘zgarish koeffisientlari deb yuritiladi. Bunda keltirish koeffisienti ga teng bo‘lib, buyumning aksonometriyasi asliga nisbatan 1,22 marta kattalashadi.
II BOB. Mavzuning o’qitish metodikasi.
2.1 O’quvchilarning aksonometrik proyeksiyaga o’qitish metodikasi
Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tashkil etishda qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdan iboratdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash, o‘quvchidan amaliy mashg‘ulotga qiziqishni uyg‘otish, o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishidan asosiy maqsad shundaki, bunda o’quvchilarning o‘tilgan mavzularni oson o‘zlashtrishi va malakalarini oshirishiga erishgan bo‘lamiz.
Aksonometrik chizmada tasvirlangan ob'ekt elementlarining nisbiy o'rnini aniqlash uchun koordinatalar usulidan foydalanish o'quvchilar ob'ektning geometrik elementlarining (nuqta va chiziqlar) koordinatalarini aniqlash, ularning tasvirlarini ushbu koordinatalar yordamida qurish, shuningdek, tasvirlangan ob'ektni tabiiy koordinatalar tizimiga nisbatan to'g'ri yo'naltirish qobiliyatiga ega ekanliklarini bildiradi. Ammo, umumiy o’rta talim maktab o'quvchilarida bu ko'nikmalarni shakllantirishga e'tibor berilmaydi. Xo'sh, hozirgi maktablarda chizmachilikni o'qitishda, xususan, aksonometrik proyeksiyalar mavzusi mohiyatini tushunish, o'quvchilarda ko'nikmalarni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan qay yo’sinda foydalanish mumkin.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlar qatorida yosh mustaqil O‘zbekistonimizda ham bu borada katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
Masalan:
1. «Qarorlar shajarasi» metodi.
2. «Yozma bahs» metodi.
3. «Fikrlash kengligi shajarasi» metodi.
4. «Charxpalak» metodi.
5. «Men JIF (jamoada ijodiy faoliyat) tashkilotchisi» metodi.
6. «6x6x6» metodi
7. «Fazoviy shakl» (boshqotirma) metodi.
8. Mavzuga oid test savolarini tuzish.
9. Mavzuga oid didaktik o’yinlarni tuzish.
Maktab o’quvchilarga proyeksion usul haqida tushuncha berish maqsadida soxa olimlari turli xil usullardan turlicha maqsadda foydalanib kelmoqdalar. Masalan, rossiyalik olim I.D.Sigov buning uchun maxsus ekranni ishlatishni va proyeksion chiroq yoki boshqa yorug'lik manbai yordamida simli modellar yoki uch o'lchamli narsalarning soyalaridan foydalanadi. Ushbu usul qulaydir, chunki o'quv jarayonida o’quvchilar o'zlarining kundalik tajribalariga asoslangan proyeksiyalar haqida tasavvurga ega bo'ladilar, o’quvchilar esa proyeksion tasvirni olish uchun umumlashtirilgan elementlarni - nuqtai nazarni, proyeksion nurni va proyeksiyalar tekisligini ta'kidlashlari kerak.
Yana bir rossiyalik olim V.O.Gordon esa proyeksiyalash usulini nuqta, tekis shakl yoki kubni proyeksiyalash misolidan foydalanib tushuntiradi. Ushbu usul geometrik sxema bo'lib, uning yordamida proyeksiyalash usullarining mohiyatini aniqlash va proyeksion moslamaning elementlarini ajratib ko'rsatish oson. Biroq, ushbu usuldan foydalanib, o'quvchilar ma'lum bir mavzuni namoyish etganda proyeksion elementlarni yaratish qiyinlashadi.
Pedagogik amaliyotda ko'plab o'qituvchilar ushbu ikkala usulni ham birlashtiradilar. Birinchidan, tasvirni olish jarayoni yorug'lik soyasi misolida ko'rsatiladi, so'ngra proyeksion apparatni shakllantirishning geometrik elementlari (naqsh)lari namoyish etiladi. Xulosa qilib aytganda, aksariyat o'qituvchilar o'quvchilarning e'tiborini proyeksiyalash usullarining ikkita muhim xususiyatiga - proyeksion va qismga qaratadilar.
O’zbek olimlaridan I.Rahmonov va boshqalar muallifligidagi 2019 yil nashr qilingan 9-sinf uchun Chizmachilik darsligida aksonometrik qoidalarga amal qilib to‘g‘ri bajarilgan detalning ichki tuzilishini qirqim qo‘llanilmagan bo‘lsa o‘qish qiyinlashishi, shu boisdan, to‘g‘ri burchakli ko‘rinish chizmalaridagi kabi detalning ichki tuzilishini aniqlash maqsadida aksonometrik proyeksiyada ham qirqim qo‘llanilishi keltirilgan.
Haqiqatdan ham shunday, biz chizmani koʻzdan kechirib unda tasvirlangan narsaning balandligi, uzunligi va eni hamda uning elementlari tarkibiy qisimlari va shartli belgilarini oʻrganib chiqib, narsani koʻz oʻngimizda gavdalantiramiz, ya’ni chizmasini oʻqiymiz. Shunday qilib chizmani oʻqish deganda narsalarni bajarilgan tasvirlariga asosan uning tashqi va ichki tuzilishlarini bilib hamda fahimlab bir butun obrazni tasavvur qilish, uning oʻlchamlarini, ishlov berish usullarini bilish tushuniladi. Bulardan koʻrinib turibdiki, chizmani oʻqishda fazoviy tasavvur eng asosiy koʻrsatkich ekan, shu sababli talabalarning fazoviy tassavuri past boʻlsa ular chizmani oʻqishda qiynaladilar va chizmachilikka boʻlgan qiziqishlari susayib boradi. Shuning uchun biz chizmachilik fanlari oʻqituvchilari butun etiborimizni talabalarning fazoviy tassavurini oshirishga bor kuch g’ayratimizni va metodik soʻzlashlarimizni safarbar qilishimiz zarur boʻladi. Shundagina biz yoshlarni kelgusidagi ishlab chiqarish sharoitiga yoki ta’lim jarayoniga etuk boʻlishlariga erishamiz.
Ilmiy tadqiqot ishimga oid mavzularni asosiy adabiyotlardagi taxlili shuni koʻrsatdiki chizmalarini oʻqish, yani chizmada tasvirlangan natijalarni tassavur qilishning quyidagi tartibda oshirilar ekan:
1) Chizmadagi koʻrinishlardan foydalanib narsani fikran oddiy geometrik figuralarga ajratib, uning tashqi sirtlarining formasini aniqlash;
2) Chizmachilikdagi kesim va qirqmlardan foydalanib, uning ichki tuzilishlarini anglab va faximlab etish;
3) Narsaning tarkibiy qisimlarini tahlil qilib va oʻrganib chiqib uning bir butun yaxlit obrazini fazoda tiklash-tassavur qilish;
4) Chizmada keltirilgan shartli belgilardan masalan (ø), (R), (□) va (▻) kabi belgilardan foydalanib narsaning ayrim sirtlari va yuzalari toʻg’risida qoʻshimcha tassavurga ega boʻlish.
Fazoviy tassavurlash usullari toʻgʻrisida tahlil qilib chiqilgan adabiyotlarda faqatgina mashq qilish usullari toʻgʻrisida gap boradi. Mashq qilish usullariga quyidagi turlari kiradi. 1. Sodda, oʻrta, murakkab va oʻta murakkab narsalarning chizmasidan foydalanib ularning oddiydan murakkabga asosida yaqqol tasvirini bajarish hamda ularni chizmalari bilan qiyoslash;
2. Yaqqol tasvirlarga mos keluvchi proyeksiyalarni proyeksiyalar bankidan topish va uning aksinchasi, yani berilgan koʻrinishlarga mos boʻlgan narsaning yaqqol tasvirini toʻgʻri topish.
3. Narsaning chizmasini asliga yoki yaqqol koʻrinishga qarab bajarish;
4. Yozma tavsifi boʻyicha koʻrinishlari va yaqqol tasvirini bajarish;
5. Narsani ikki koʻrinishi boʻyicha uchinchisini yasash.
6. Narsalarining kesilishi rejalashtirilgan elementlarining chizmasini bajarish.
7.Chizmasi boʻyicha narsalarni turli materiallardan modellarini yasash.
8. Yigʻma birlikning yigʻish chizmasini detallarga ajratish.
Fazoviy tassavurini oʻstirishadigan mashq qilish usulining yuqorida qayd etilgan turlari bir-biri bilan uzviy bogʻlangan boʻlib ular talabalardan etarli nazariy bilim va amaliy koʻnikma hamda malaka talab qiladi.
Mashq qilishning turlarini metodik nuqtai nazardan taxlil qilinsa, ular “Oddiydan murakkablikka” prinsipiga mos keladi. Shuning uchun biz oʻz ishimizda fazoviy tassavurning oʻstirishni mashq qilish usulining ayrim turlarini chuqurroq oʻrganishni metodik toʻgʻri deb topdik. Chunki talabalar chizmachilik fani dasturidagi rejalashtirilgan proyeksion chizmachilikga oid mavzularni oʻrganish jarayonida bu turlardagi vazifalarni bajaradilar.
Amaliy jihatdan qaraganda aksonometrik proyeksiyalar va unga asoslangan texnik rasmlami o‘rgatishga zaruriyat qolmaganday tuyulishi mumkin: ishlab chiqarishda ular juda kam qo‘llantladi, arxitektura, qurilish chizm achiligida ular ko‘pincha perspektivadan foydalaniladi. Ammo bu mavzuni maktab chizmachiligi kursiga kiritish xususiyati foydasiga kamida ikkita dalil keltirish mumkin.
Birinchisi - aksonometrik proyeksiyalar katta ta’limiy ahamiyati.Avvalambor u fazoviy tasavvurni rivojlantirish va mashq qildirish uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Aksonometrik proyeksiyalami (hatto qo‘lda bajariladigan texnik rasmlami ham) bajarish buyum originalining xuddi geometrik skeletini ochganday uning fazoviy shakli va tuzilishini yaqqol tasvirlaydi va fazoviy tasavvur rivojlanishiga foydali yuklama beradi. Aksonometrik proyeksiya va texnik rasm bajarish ayniqsa o‘zini rasm chizishga qobiliyatsiz deb hisoblab yurgan o‘quvchilarda alohida qoniqish hosil qilishini sezish mumkin. Texnik rasm (aksonometrik) fazoning uchta o‘lchamida joylashgan tasvirlar haqidagi ham axborotlarni bitta tasvirda aks ettiradi. Buning natijasida bunday tasvir yuqori darajada yaqqol bo‘lib, tasvir buyum shaklini to‘liq tasavvur qilishda deyarli qiyinchilik tug’dirmaydi.
Ikkinchisi - yaqqol tasvirlaming katta o ‘quv qiymatidir. Yaqqol tasvirlar xuddi real buyum va uning to ‘g‘ri burchakli proyeksiyalari orasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida xizm at qiladi. Bu holda yaqqol tasvir va kom pleks chizmalami solishtirib chizmani o‘qishga doir qator mashqlar tizim ini tayyorlashga imkon beradi.
Model yordamida qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiyani hosil qilish uchun predmetning oldingi qirrasi proyeksiyalar tekisligiga parallel, proyeksiyalovchi nurlar esa tekisiikka o‘tkir burchak ostida yo‘naltiriladi. Bu holda oldingi qirra tekisiikka haqiqiy kattalikda proyeksiyalanadi, yon va yuqorigi qirralarining kattaliklari esa o‘zgaradi. Agar predm etning qirralarini fazoda tekisiikka nisbatan biror burchak ostida joylashtirib uni tekisiikka perpendikulyar bo‘lgan nurlar bilan proyeksiyalansa, tekislikning izometrik proyeksiyasi hosil bo‘ladi.

Yüklə 137,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin