Ilmiy ishning predmeti, pulning paydo bo`lish sabablari, pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllari, funktsiyalari, Qiymat shakllarining evolyutsiyasi, Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o`ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning turlarini chuqurroq o`rgatadi.
Moliyaviy aktivlar tomonidan pulga bolgan talab pulning jamgarish vositasi sifatidagi funktsiyasiga asoslangan, yani odamlar ozlarining moliyaviy aktivlarni aktsiyalar, obligatsiyalar, bankdagi omonatlari korinishida qollarida tutib turadi. Jamgarish zaruriyati ham pulga bolgan talabni shakllantiradi.
Pulga bolgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilishi bahosiga nisbatan teskari bogliqlikda boladi. Foiz stavkasi qanchalik yuqori bolsa, pulga bolgan talab shuncha past boladi va aksincha, foiz stavkasini pasayishi bilan pulga bolgan talab oshadi.
Milliy ishlab chiqarish ortasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki uning vositalari yordamida amalga oshiriladi, olchanadi, baholanadi.
Pul maxsus xususiyatga ega bolgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning rivojlanishi natijasida paydo bolgan. U tovarlar ayirboshlashda umumiy teng qimmatlilik rolini bajaradi. Pul maxsus xususiyatga, yani likvidlilik xususiyatiga ega bolganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi.
Xar qanday buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi.
Agar sarf xarajatlar nulga teng bolsa, unda bunday buyum mutloq likvidli hisoblanadi. Masalan 1000 somlik qiymatga ega bolgan pulni boshqa kopgina buyumlarga oson almashtirish mumkin va bunda sotuvchilar 1000 somlik qogozning qiymatini hech qanday tushirmasdan qabul qilishadi, yani bu erda ayirboshlash jarayoni butunlay sarf xarajatlarsiz kechadi.
Ayirboshlash kengayishi bilan kredit pullar deb ataluvchi veksellar, banknotlar, cheklar, sertifikatlar va hakozolar paydo bola boshladi. Ular tovar ayirboshlashni, yani oldi sotdi jarayonini engillashtirish, tezlashtirish va ixchamlashtirishga xizmat qiladi.
Keng manoda pul deganda nimalar tushuniladi, pul massasiga nimalar kiritiladi? Bu savolga javob berish juda muhim, chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirish, uni bir zaylda rivojlanishi kop hollarda pul massasini samarali tartibga solishga bogliq.
Pulga talabni baholashda ikkita asosiy yondashuv mavjud. Ulardan birinchisi nominal YaIM ni pul massasi miqdoriga bolish orqali hisoblanadigan pul aylanish tezligining oхirgi o‘zgarishlarini ekstropolyatsiyalashga asoslanadi.
Agar pul aylanish tezligi oхirgi bir necha yil davomida o‘zgarmagan bo‘lsa yoki qandaydir tendensiya bo‘yicha o‘zgargan bo‘lsa, shu asosda bashorat davri uchun pul aylanish tezligini baholash mumkin. Shu tarzda aniqlangan pul aylanish tezligining miqdoriga asoslanib inflatsion kutish va foiz stavkalari boyicha ozgartirishlar kiritish mumkin.
Pul aylanish tezligining bashoratidan foydalanib bashorat qilingan YaIMga mos keluvchi pulga bolgan talabni ham bashorat qilish imkoniyati tugiladi. Bashoratlashning ushbu usulidan foydalanish, ayniqsa, dinamika qatorlarida malumotlar yyetarli bolmagan yoki malumotlar sifati past bolgan, shuningdek moliya sektorida sezilarli darajada institutsional ozgarishlar sodir bolayotgan mamlakatlarda katta foyda beradi.
Pulga bolgan talabni baholashning ikkinchi usuli ekonometrik usullarga asoslanadi. Iqtisodiy agentlarning moliyaviy qarorlari unchalik kop bolmagan ayrim iqtisodiy ozagaruvchilarning funksiyasi sifatida, pul agregatlari orasidagi bogliqliklar va ularni belgilovchi ozgaruvchilar vaqt davomida ozgarmaydi deb qaraladi.