I. BOB 1.1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari. Pul iqtisodiyot subektlari mulkining bir turi bolib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga kora farq qilad:
birinchidan,pul yuqori likvidliliklar, yani qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega;
ikkinchidan, baholar ozgarmas bolgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz.
Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi. 1. Tolov vositasi (almashinuv vositasi); Qiymat olchovi vositasi.
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal tolov vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida tolovlar uch yol bilan amalgam oshiriladi: 1) naqd pul tolovi; 2) bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, yani naqd bolmagan pul kochirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida.
Qiymat olchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi.
Oz tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. Shu sababga kora pullar ularga otkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bolsa, unda u boylik toplash maqsadida jamgariladi. Pulning bu funktsiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aktsiyalar, kochmas mulk ham bajarishi mumkin.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning tolov vositasi sifatidagi vazifasi jamgarish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi tolov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bolinadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda ozaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: