M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining Markaziy bankdagi rezervlari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yol cheklari va boshqalar;1 M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar;
M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshqalar
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng kop foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bogliq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq ossa, foiz stavkasining osishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq osadi.
Pul taklifi (Ms) oz ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur bolganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bolgan depozitlarni oladi:
Ms= S+D. Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega.. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. Markaziy bank Ozbekiston Respublikasi hududida qonuniy tolov vositasi sifatida banknotlar va tangalar korinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega. Ammo pul taklifini kopaytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, tolov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 somga osgan bolsa, zahira normasi 20 % ga teng bolganda (zahira normasi tijorat banklar depozitlarining malum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 somni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 somni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 somga kopaytiradi va u endi 2000+1600=3600 somni tashkil etadi. Yani, omonatchilarning depozitlardagi 2000 somdan tashqari yana 1600 som qarz oluvchilar qolida qoladi. Agar, 1600 som yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bolgan zahira normasida u 320 somni zahirada qoldirib, 1280 somni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni songgi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi.
Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 somga kopayganligini korsatadi. Bu jarayonni formula korinishida quyidagicha yozishimiz mumkin: