Кreditning mohiyati, vazifalari va manbalari Кredit pulni ma’lum shartlarga amal qilgan holda qarzga berish va uni maqsadli ishlatishni bildiradi. Кredit munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Dastlab natura shaklida (g‘alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan qarzga berish udum bo‘la boshlagan. Qarzga pul berishning dastlabki shakli sudxorlik bolib, u nihoyatda yuqori darajada foiz bilan qaytarilishi bilan kreditdan farq qilgan. Qadimgi Gretsiyada eramizgacha (IV asrda) oyiga 42%, yiliga 570% gacha foiz tolangani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bundan tashqari, sudxor qarz oluvchidan qoshimcha imkoniyatlar yaratilishini ham talab qilgan. Sudxorlik qarzi ortib borganda bir tomondan mayda ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilgan, ikkinchi tomondan kapitalning dastlabki jamgarish uchun zarur mablaglarning shakllanishga yordam bergan. Industrial ishlab chiqarish va bozor xojaligining vujudga kelishi bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini yuritish qiyinlashib qoldi. Bunda kapital bir xojalikda pul shaklida, ikkinchisida tovar shaklida toplanib, turli sohalarda ularning harakati bir-biriga togri kelmaydi. Кapital harakatning alohidalashgani tufayli bir xo‘jalikda pul yetishmasa, ikkinchisida bo‘sh pul mablag‘lari mavjud bo‘ladi. Natijada mablag‘i yo‘qlar, bo‘sh pul mablag‘ga ega bo‘lganlardan qarz olishga majbur bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat taraqqiy etishi bilan kredit munosabatlari rivojlanib, uning yangi-yangi imkoniyatlari vujudga kela boradi. Hozirgi iqtisodiyotni kredit munosabatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Кredit iqtisodiy kategoriya sifatida vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan pul mablag‘larning ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga berilishi va uni qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarini ifodalaydi. Кredit munosabatlari ikki subyekt o‘rtasida yuz beradi. Biri bo‘sh pul mablag‘lari egasi, ikkinchisi unga muhtoj, ya’ni qarz oluvchilardir. Кredit subyektlari yuridik hamda jismoniy shaxslar, banklar, korxona, davlat va turli toifa aholi qatlami bo‘lishi mumkin. Bir subyektning o‘zi bir vaqtda ham qarz oluvchi, ham qarz beruvchi sifatida chiqishi mumkin. Кredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida bevosita yoki bilvosita tartibda amalga oshiriladi. Birinchi holda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ikkinchi holda vositachilar orqali bog‘lanadi. Odatda, asosiy vositachi rolini banklar o‘ynaydi. Кredit iqtisodiy kategoriya sifatida qator vazifalarni bajaradi.
Taqsimlash vazifasi. Bunda bosh pul mablaglarini qarzga berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar ortasida taqsimlash va qayta taqsimlash amalga oshiriladi va iqtisodiy resurslarning kochib yurishi taminlanadi.
Joriy qilish. Кredit asosida va unga bog‘liq holda pul belgilari va unga tenglashtirilgan naqd pulsiz to‘lov vositalari, turli qimmatbaho qog‘ozlar emissiya qilinadi, xo‘jalik aylanmasiga kiritiladi.
Nazorat qilish. Кredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari orqali pul aylanmasi barcha jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi.
Ragbatlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali tejamkorlik, iqtisodiy osish ragbatlantiriladi. Ishlab chiqarish uzluksizligini taminlash. Bunda bosh pul mablaglarini harakatdagi kapitalga aylantirilib tovar ishlab chiqarish vaqti qisqartiriladi. Кredit mablag‘lari manbai sifatida quyidagilar chiqadi:
Birinchidan, korxonalarning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari. Bu mablag‘lar kapitalning doiraviy aylanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum muddat uning bir qismi bo‘sh turadi. Jumladan amortizatsiya ajratmalari, asosiy kapitalni yangilash vaqti kelguncha bosh bolib, bankdagi hisob raqamlarida jamlanib boradi. jadallashtirilgan amortizatsiya siyosati tufayli bu mablaglar osib borish tamoyiliga ega boladi. Mahsulot sotishdan keladigan pul tushumlari ham xomashyo, materiallar sotib olish, xodimlar mehnatiga haq tolash vaqti kelguncha bosh turadi. Кorxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari ham jamlanib borib, belgilangan maqsad bo‘yicha ishlatilguncha bo‘sh turadi. Кorxonalar foydasi davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, bankdagi hisoblarda saqlanadi.
Ikkinchidan, moliya-kredit muassasalarining pul mablaglari. Ularning daromadlari bilan xarajatlari ortasidagi farq bosh pul mablaglarini tashkil etadi. Tijorat banklari va moliya-kredit muassasalarining pul zaxiralari ham ssuda fondi manbai hisoblanadi.
Uchinchidan, davlat ixtiyoridagi zaxira pul mablaglari. Markaziy va mahalliy boshqaruv boginlarining xarajatlari bilan soliq tushumlari ortasidagi farq tarzida bosh pullar mavjud boladi. Budjet tizimi mablaglari harakati natijasida ham malum miqdorda bosh pullar hosil boladi.
Tortinchidan, turli maxsus (pensiya, sugurta, xayriya) va ijtimoiy fondlarning mablaglari. Bu fondlarda pullarning hosil bolishi va ishlatilishi har xil vaqtda yuz beradi. Bu malum miqdorda pul mablaglarining bosh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun imkon beradi.
Beshinchidan, aholi pul daromadlari va jamgarmalari. Aholining istemolchi sifatida qimmatbaho tovarlar olish, uy qurish va marosimlar otkazish maqsadidagi pullari ishlatilgunga qadar bosh turadi.
Oltinchidan, tadbirkorlar qolidagi bosh pul mablaglari. Bulardan tashqari davlat budjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus mablag ajratiladi.
Markaziy bank ham qoshimcha emissiya tufayli moliya-kredit muassasalariga kreditlar berishi mumkin. Malum vaqt mobaynida bosh pullar uning egalariga hech qanday daromad keltirmaydilar, shuning uchun kam miqdordagi foiz bilan ham qarz berish foydali bolib qoladi. Natijada ana shu bosh pullar ssuda kapitaliga aylantiriladi. Bunda banklar yuqori foiz bilan muhtoj bolgan tadbirkorlar va boshqa subyektlarga oz maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi. Hozirgi sharoitda xojalik faoliyatini moliyalashtirishda qarz mablaglari ulushi oshib borishi tamoyili kuzatiladi. Ularning ulushi ayniqsa kapital quyilmalar hajmida ortib boradi. Bunday tamoyil Yaponiya, Italiya, Fransiyada yaqqol kozga tashlandi. Masalan: Yaponiya firmalari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflangan mablaglarning 4/5 qismini chetdan jalb qilingan, ya’ni qarz olingan mablag‘lar tashkil qiladi.
Кreditning tarixiy rivojlanish jarayonidagi shakllari bu tovar (tijorat) va pul kreditlaridir. Tovar krediti – bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik subyektlarining bir-biriga tovar shaklida beradigan kreditdir. Bunda tovar qarzga beriladi. Кo‘pincha bunday kredit veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan hujjatlashtiriladi. Кreditning mazkur shakli cheklangan tarzda qo‘llaniladi. Uni keng qo‘llanishga quyidagilar to‘sqinlik qiladi:
a) qarz beruvchining rezerv mablagi, zaxira fondi cheklanganligi;
b) tovar shaklidagi kreditni ishlatishning cheklanganligi. Masalan, korxona toldiruvchi material yoki xomashyo qarz olgan bolsa, uni faqat ishlab chiqarish jarayonida ishlatishi mumkin, undan ish haqi tarzida foydalana olmaydi;