Birinchi muammo. Valyuta munosabatlari tarixida ikki model ma'lum - "shok" modeli va yetarli shart-sharoitlar yaratilishiga qarab valyuta ayirboshlanishiga asta-sekin o’tish modeli. Birinchisi volyuntaristik (Turkiya, Sharqiy Yevropa davlatlari, Rossiya) variant bo’lib, milliy valyuta kursining pasayishi, rasmiy oltin-valyuta zahiralarining kamayishi bilan xususiyatlidir. Chunki, xorijiy valyutaga bo’lgan talab oshib boradi.
Bunday devalvatsiya importni qimmatlashtiradi, bu esa o’z navbatida inflyatsiyani o’stiradi va tashqi qarzni xorijiy valyutada to’lashda valyuta yo’qotishlarni kuchaytiradi. Devalvatsiyani eksportga bo’lgan rag’batlantiruvchi omiliga kelsak, ushbu omil agarda shunga loyiq eksport qilinuvchi raqobatbardosh tovarlar mavjud bo’lsa albatta ishlaydi.
Ikkinchi variant, valyutaning erkin ayirboshlanishiga bosqichma-bosqich o’tish (G’arbiy Yevropa davlatlari va Yaponiya tajribasi) "shok"li variantga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega. Chunki, u milliy va jahon bozorlari faoliyatlarini o’zaro bir-biriga bog’lashga, xususan bahoning shakllanish jarayoni hamda unga turtki omillarini tayyorlashga asoslangan. Valyuta ayirboshlanishini kiritishning asosiy sabablari bo’lib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, davlat byudjeti kamomadini qisqartirish,inflyatsiya sur'atini pasaytirish, to’lov balansi kamomadini kamaytirish, mamlakat tashqi faoliyatini muvofiqlashtirish, rasmiy oltin va valyuta zahiralarini to’plash, mamlakatda siyosiy hamda ijtimoiy holatni barqarorlashtirish hisoblanadi.
Ikkinchi muammo, rezident va norezident shaxslar uchun valyuta ayirboshlanishini kiritilishining ketma-ketligini aniqlashdir. Jahon tajribasiga ko’ra, teng huquqli hamkorlikdan manfaatdor qilish maqsadida odatda birinchi navbatda xorijlik hamkorlarga e'tibor qaratiladi.
Uchinchi muammo, valyuta ayirboshlanishi kiritilayotgan operatsiyalarning tanlovi bilan bog’liq. 1958 yilning dekabrida, ob’yektiv iqtisodiy shart-sharoitlar etilishi bilan, G’arbiy Yevropa mamlakatlari norezidentlar uchun to’lov balansi joriy operatsiyalari bo’yicha valyuta cheklovlarini bekor qilgan holda, o’z valyutalarining qisman ayirboshlanishini kiritdilar. Texnik jihatdan ushbu tadbir o’tkaziladigan va erkin ayirboshlanadigan hisobvaraqlarni bir turdagi toifaga, ya'ni "xorijliklarning tashqi hisobvaraqlari"ga o’zaro birlashtirish orqali amalga oshirilgan edi. 1961 yilning fevralida ushbu mamlakatlar rezidentlar uchun ham valyuta cheklovlarini bekor qildilar.
20 yil mobaynida asta-sekin, ma'lum bir intervallar bilan, faqat 1970 yillarning o’rtalaridan boshlab mamlakatlar o’z valyutalarining ayirboshlanishini moliyaviy operatsiyalarga ham qo’llay boshladilar. Buning sababi kapitallarning xalqaro migratsiyasi, to’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalari, qimmatli qog’ozlar bilan shartnomalar, kredit operatsiyalarini o’z ichiga olgan holda, tovarlar hamda xizmatlar oqimidan ancha ilgarilab ketganidadir.
Bu esa o’z navbatida to’lov balansi va valyuta kursiga ijobiy ta'sir etadi. Shu sababli moliyaviy operatsiyalar bo’yicha valyuta cheklovlarini bekor qilinish jarayoni asta-sekin va notekis boradi. Ushbu cheklovlar, milliy iqtisodiyotni himoyalash maqsadida, davriy asosda tiklanib turiladi. Tuzilmaviy inqirozlarning o’zaro chambarchas bog’lanib ketishi sharoitida 1960-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab va 1970-80 yillarda valyuta munosabatlarining erkinlashtirilishi tovarlar hamda kapitallar harakati yo’lidagi to’siqlar shaklidagi valyuta proteksionizmi bilan almashdi. Ushbu jarayon mamlakatlararo kelishmovchiliklarning kuchayishiga olib keluvchi, o’zining notekisligi bilan ajralib turadi. 1971 - 1973 yillarda GFR, Fransiya, Shveysariya, Benilyuks, Ispaniya davlatlari o’z hududlariga kapitallar oqib kelishini birmuncha sekinlashtirish maqsadida valyuta cheklovlarini kiritdilar. 1972 yilning iyulida Buyuk Britaniya funt sterling kursining erkin suzish rejimiga o’tish sharoitida sterling zonasi mamlakatlari bilan aloqalarida kapitalni "chiqib ketish" maromini sekinlashtirish maqsadida kapitallar harakati bo’yicha birinchi bor valyuta cheklovlarini kiritdi. 1973 yilning martidan valyuta kurslarining erkin suzish rejimiga ommaviy o’tilishi valyuta cheklovlari va xalqaro moliyaviy operatsiyalar bo’yicha nazoratning bo’shashganligini anglatdi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan