Mundarija: kirish I. Bob. Valyuta siyosati va uning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi mazmuni



Yüklə 108 Kb.
səhifə7/8
tarix24.10.2023
ölçüsü108 Kb.
#160303
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'zbekiston respublikasi valyuta kursi

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 841-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
2.2. Valyuta siyosatida so’m konvertatsiyasining muammolari va bartaraf etish imkoniyatlari.
O’zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlariga mustaqillik yillarida asos solingan. 1993 yilning 15 noyabrida dastlabki oraliq "so’m-kupon" valyutasi joriy etildi. Bunga, ya'ni oraliq valyutaning joriy etilishiga sabab milliy pul islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomonlarini tartibga solish uchun respublika ichki iqtisodiyotining real omillarini yanada to’liqroq aniqlash hamda hisobga olish sabab bo’ldi. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 22 noyabrdagi "Iste'mol bozorini himoyalash va respublikada pul muomalasini mustahkamlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qaroriga muvofiq 1993 yil 1 dekabrdan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida sobiq SSRI Davlat bankining 1961-1992 yillar namunasidagi qiymati 200, 500 va 1000 rubl bo’lgan pul biletlarini to’lov vositasi sifatida qabul qilish to’xtatildi.
Mazkur qarorda 1961-1992 yillar namunasidagi qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50 va 100 rubl bo’lgan kupyuralar cheklovlarsiz parallel to’lov vositasi sifatida muomalada bo’lishi qayd etilgan edi. 50 va 100 rubl qiymatidagi kupyuralar 1993 yil 15 dekabrgacha, qiymati 1, 3, 5, 10, 25 rubl bo’lgan kupyuralar esa 1994 yil 1 yanvargacha muomalada bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlarning muomalada bo’lish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorida O’zbekiston Respublikasi hududida 1993 yil 15 noyabrda muomalaga chiqarilgan, qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 bo’lgan so’m-kuponlar qonuniy to’lov vositasi hisoblanishi belgilab qo’yildi. Bunda Rossiya Davlat bankining 1993 yil namunasidagi barcha qiymatdagi banknotlari dastlabki davrda O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlar bilan bir qatorda cheklovlarsiz to’lov vositasi sifatida qabul qilindi.
Shu tarzda 1993 yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi uch turdagi pul birligi muomalada bo’ldi: so’m-kuponlar, sobiq SSRI Davlat bankining qiymati 100 rublgacha bo’lgan kupyuralari va Rossiya Davlat bankining 1993 yil namunasidagi kupyuralari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 aprelda qabul qilingan "Pul muomalasini mustahkamlash va so’m-kupon harid 17 qobiliyatini oshirishning kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori pul muomalasini barqarorlashtirish, so’mning harid qobiliyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda muhim tadbir bo’ldi. Ushbu qarorga muvofiq 1994 yil 15 apreldan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida Rossiya banki banknotlarining muomalada bo’lishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularni turli to’lovlarga qabul qilinishi taqiqlab qo’yildi. Respublika hukumati tomonidan ko’rilgan choralar natijasida pul muomalasi va iste'mol bozoridagi salbiy jarayonlar to’xtatildi, to’liq qimmatli milliy valyutani joriy etish uchun sharoitlar yaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 122-moddasi va "O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida"gi qonunning 11-moddasi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993 yil 3 sentyabrdagi 952-HI sonli qaroriga muvofiq 1994 yilning 1-iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi bo’lgan milliy valyuta - "so’m" muomalaga kiritildi. O’zbekiston Respublikasining milliy pul birligi "so’m" 1994 yilning 1- iyuligacha muomalada yurgan so’m-kuponlar o’rniga denominatciya yo’li bilan 1000:1 nisbatda muomalaga kiritilgan.
1994 yilning 1-iyul holatiga "so’m"ning AQSh dollariga nisbatan kursi 7 so’mni tashkil etgan edi. 1994 yil iyul oyi davomida respublika hududida yangi pul belgilari ham, so’m-kuponlar ham belgilangan nisbatda to’lovlarning barcha turlarida hech qanday cheklovlarsiz qabul qilindi. 1994 yilning 1-avgustida 1 AQSh dollari 11 so’mga teng edi. Mavjud valyuta bozorini kengaytirishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining savdo-sotiq va hisob-kitoblar sohasida turli choratadbirlarni qabul qilishni ko’zda tutuvchi 1994 yil 4 oktyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori ushbu jarayonning muhim bosqichlaridan biri bo’ldi. Ushbu qarorga binoan 1994 yil 15 oktyabrdan boshlab, respublika hududida O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo’lgan yuridik hamda jismoniy shaxslar o’rtasidagi barcha to’lov va hisob-kitoblar faqat milliy valyuta - so’mda amalga oshirilishi lozim edi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 7 maydagi 842-XI raqamli qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi hududida valyuta munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi "Valyutani tartibga solish to’g’risida"gi " qonuni amal qila boshladi. Respublikada kechayotgan erkinlashtirish jarayonlari va 2003 yilda valyuta borasidagi bir qator cheklovlarning bekor qilinishi natijasida ushbu qonunning yangi tahriri O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003 yilning 11-dekabrida tasdiqlandi. 18 1992 yil 19 oktyabrdagi 14-raqamli xat bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki "O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining valyuta almashtirish shahobchasi haqidagi Nizomni" muomalaga kiritdi.
1994 yil 18 aprelda 45-raqamli "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan xorijiy valyutada olingan tushumning bir qismini O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotuv Tartibi" va 47-raqamli "Korxonalar tomonidan SSRI tarkibiga kirgan davlatlar sub’ektlari bilan savdo operatsiyalardan (bajarilgan ishlar, xizmatlar) olingan tushumning bir qismini majburiy sotuv Tartibi" qabul qilingan.


Xulosa.
Iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda vamamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyutasiyosati muhim rol o’ynaydi. U iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlash,ishsizlikning oldini olish va inflatsiyani jilovlash, to’lov balansining aktivliginisaqlab turishda makroiqtisodiy siyosatning muhim va ajramas qismi hisoblanadi.Oxirgi yillarda O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati jadal sur’atlar bilanrivojlanib bormoqda. Xorijiy sarmoyalar ishtirokida yangidan-yangi qo’shmakorxonalar vujudga kelib tashqi iqtisodiy faoliyatga qo’shilmoqda. Tabiiyki, mazkur tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtrokchilari xorijiy sheriklari oldidagimajburiyatlarini bajarish uchun xorijiy valyutani sotish yoki sotib olishga kuchli ehtiyoj sezmoqdalar.
Mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan vatashqi iqtisodiy faoliyat shakllanishida asosiy o’rinda turuvchi valyuta qonunchiligidoimo davomiy rivojlanish va takomillashishda bo’lmog’i lozim. Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Birjadan tashqaribozorni kengaytirish va rivojlantirish, tijoriy banklarning roli va mas’uliyatini oshirish hisobidan, milliy valyutamizni erkin muomaladagi valyutaga to’liqalmashtirish (konvertatsiya qilish) masalasini yechish vaqti keldi.
Bu tadbirmamlakatimizga kirib kelayotgan investitsiyalar hajmini oshirish garovi vakafolatidir”1.Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish, tashqi iqtisodiymunosabatlarni jadallashtirish yo’lida yurtboshimiz buyruqlari va hukumatimizqarorlari bosqichma-bosqich qabul qilindi.Valyuta bozorini erkinlashtirish uchun Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi VIII moddasiga muvofiq joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha konvertatsiya yo’lga qo’yildi.

Yüklə 108 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin